ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

INDAU (Eruca Sativa Mill.)- ISTIQBOLLI DORIVOR O‘SIMLIK

Annotatsiya

Ushbu tezisda hozirgi kunda ko‘plab davlatlarda sabzavot ekini sifatida qo‘llanilib kelinayotgan indau o‘simligining dorivorlik xususiyatlari va uning tarkibi, foydalilik xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

INDAU (Eruca Sativa Mill.)- ISTIQBOLLI DORIVOR O‘SIMLIK

Eshdavlatova Dilfuza Bekmurodovna

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali

Farmakologiya va klinik farmakologiya” kafedrasi assistenti

Termiz shahri, O‘zbekiston Annotatsiya. Ushbu tezisda hozirgi kunda ko‘plab davlatlarda sabzavot ekini sifatida qo‘llanilib kelinayotgan indau o‘simligining dorivorlik xususiyatlari va uning tarkibi, foydalilik xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar. Hindiston, Pokiston, Eron, biodizel ASTM D 6751, vitaminlar, kaliy, temir, marganes tuzlari, kobalt, mis, yod, rux, molibden, bor mikroelementlari, foliy, organik kislotalar. Аннотация. В данной дипломной работе представлены сведения о лечебных свойствах растения индау, которое в настоящее время используется во многих странах в качестве овощной культуры, и его составе, полезных свойствах. Ключевые слова. Индия, Пакистан, Иран, биодизель ASTM D 6751, витамины, калий, железо, соли марганца, кобальт, медь, йод, цинк, молибден, микроэлементы Бора, фолиевая кислота, органические кислоты. Annotation. This thesis describes the medicinal properties of the indau plant, which is currently used as a vegetable crop in many states, and its composition, utility properties. Keywords. India, Pakistan, Iran, biodiesel ASTM D 6751, vitamins, potassium, iron, manganese salts, cobalt, copper, iodine, zinc, molybdenum, boron microelements, folic, organic acids. Kirish. Indau yaqin Sharqning qurgʻoqchilik va yarim qurgʻoqchilik mintaqalarida oʻsishga moslashgan boʻlib uning tarkibidagi moydan Hindiston, Pokiston, Eron va boshqa mamlakatlarda biodizel ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo manba sifatida foydalanish koʻzda tutilgan. Indau moyi bugungi kunda ushbu davlatlarda foydalanishdagi mineral dizel yoqilgʻisi (B10) bilan 10% nisbatda aralashtirib foydalanganda dvigateldan ajralib chiqadigan chiqindilar kamligi hamda ekologik jihatdan samarali ekanligi ta'kidlandi. Eruca sativa (Janubiy Osiyoda taramira nomi bilan tanilgan) moyi biodizel ASTM D 6751 standartiga muvofiq sinovdan oʻtkazilganda yaxshi yoqilgʻi xususiyatlarini koʻrsatdi. Taramira moyining ekologik koʻrsatkichlari B10 (10% (v/v) biodizel mineral dizel yoqilgʻisi bilan yaxshi aralashadi, bu Pokiston hukumati tomonidan 2025 yil uchun amalga oshirilishi belgilangan rejada ta'kidlab oʻtilgan . Indau xantal oʻrnida ishlatilishi mumkin. Quruq moyi davolash va oziq-ovqat maqsadlarida foydalaniladi. Oʻsimlik gemisellyuloza, sellyuloza lignin, kabi dietik tolalarga boy boʻlib, ular organizmda soʻrilmaydi. Ammo, organizmdan zararli moddalarni chiqarishda va qon tarkibida xolesterin miqdorini kamaytirishda muhim rol oʻynaydi. Kavkazda uning bargi salat sifatida iste'mol qilinsa, poyasi xantal tayyorlashda ishlatiladi . Uning tarkibida 14% gacha quruq moddalar, xantal moyi, bargida esa antioksidant - vitaminlar (S, A, K, RP, N), V guruhiga kiruvchi vitaminlar mavjud, foliy kislotasiga boy. Muhim jihatlardan biri tarkibida juda koʻp miqdorda kaliy, kalsiy va hayotiy

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

muhim fosfor, temir, yod tuzlarining borligidir. Bularning hammasi indauning parhezpoblik ahamiyatini belgilaydi. E.L. Kurbakov, A.G. Malchanova (2011) tadqiqodlariga koʻra Moskva viloyati sharoitida indau bargida antioksidantlar miqdori askorbin kislotasi birligida 17,9 mg/g ni, S vitamini -84,7 mg %, quruq moddalar -10,2%, kaliy -385,6 mg% ni tashkil etgan . V.A.Ludilov, M.M. Ivanova, J.V. Kursheva (2009) tadqiqotlariga koʻra, namlik yuqori boʻlgan 2008-yil sharoitida indau barglarida quruq modda miqdori quruq kelgan 2007- yilga nisbatan 135 mkg/kg koʻp boʻlgan. Umuman indau koʻkatida Moskva viloyati sharoitida yod miqdori 700-835 mkg/kg, selen miqdori esa 128-132 mkg/kg (quruq massasida) tashkil etgan. T.K. Golovko, G.N. Tabalenkova va boshqalar (2010) ma'lumotlariga koʻra himoyalangan maydonlarda indau bargida (100 g tovar maxsulotda mg hisobida) quyidagi moddalar mavjud: xlorofill - 82, karatinoidlar - 18, askorbin kislotasi - 267, monasaxar - 710, disaxaridlar - 70, umumiy azot - 430, aminokislotalar - 1930. Ularning ta'kidlashicha indau tarkibida salat, shnitt piyoz, rayxon, kashnichga nisbatan koʻp darajada kalsiy va molibden tuzlari mavjud . V.S. Filimonov (2009) ma'lumotlariga koʻra indau bargida barchaga ma'lum boʻlgan barcha vitaminlar, kaliy, temir, marganes tuzlari, kobalt, mis, yod, rux, molibden, bor mikroelementlari, foliy va organik kislotalar mavjud. Oʻrta yer dengizi mamlakatlarida indau salatbop, Osiyoning quruq mintaqalarida moy beruvchi ekin sifatida etishtiriladi. Barglari bilan bir qatorda taomlarda ularning gullari yogʻi qoʻzoqlari va urugʻlari ham ishlatiladi. Ular barglariga nisbatan achchiqroq xantal-qalampir ta'mini beradi. Indau nafaqat salat sifatida, balki goʻshtga qoʻshib ishlatiladigan pasta sifatida ham ishlatiladi . Indau Italiyaning janubidagi Apuliyada raketa va rukolo nomi bilan yetishtirilib, makaron mahsulotlarini tayyorlash uchun ishlatiladi, undan uyda tayyorlangan pomidor sousi va pekorino bilan ziravorlangan makaronga koʻp miqdorda maydalangan koʻkatidan qoʻshiladi. Shuningdek, undan koʻplab oddiy reseptlar va souslar tayyorlashda foydalaniladi . Turkiyada indau baliqdan tayyorlangan taom bilan salat sifatida iste'mol qilinadi, lekin unga qoʻshimcha ravishda zaytun moyi va limon sharbati sousi qoʻshiladi. Indau nemis xalqi tomonidan avvaldan qadrlanib kelingan, ammo keyinchalik rimliklar tomonidan oʻzlarining kashfiyoti sifatida uni Italiyaga olib ketilgan. Alp togʻlarining shimolida esa, oʻsimlik asta-sekin unutilib ketilgan. Biroq, oʻtgan asrning 80-yillarida Germaniyada italyan oshxonalari juda ommalashganligi sababli indau oʻzining italyancha rukola nomi bilan nemis oshxonalariga qaytib kirib keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1.Ashraf M. Organie scbotances responsible for saet tolerance in Eruca sativa // Biol. Plant. (Praque), V. 36. 1994.– P. 255-259. 2. Baenas N., Abellan A., Rivera S., Morena D.A., et al. Properties, Recovery and Applications Elsevier; Amsterdam, the Netherlands: 2018 Foods and supplements. – P. 327-362. 3. Bennet R.N. Mellon F.A., Botting N.P., Fagles J. Rosa F.A.S., Williamson G. Identification of the najor glucosinolate in leaves of Eruca sativa. PhytochemistryOK.-2002. Vol. 61. -№1. – Р. 25-30. 4. Bigliardis B., Galati F., Innovation trends in the food industry: the case of functional foods. Frends Food Sci Technol. 2013. V. 31. – P. 118-129. 5. D’Antuono L.F., Elementi S., Nere R. Glucosinolates in Diplotaxis and Eruca leaves: Dirersity, taxonomic relations and apllied aspects. Phytochemistry. 2008. V 69. – P. 187-199. 6. Esiok D., Bozokalta M.K., Yagmur B., Kaygisiz Askiogul T. Nutrional value and ekonomik plant properties of Eruca sativa L. accessions.// Acta Hort. 459, N 29, 2010. – P. 42-44. 7. Finlay T.W.Proposed ccriteria for assessing the efficacy of cancer reduction by plant foods enriched in carotenoids, glucosinolates, polyphenols and selenocompounds // J: Annals of Botany, 2005, V. 95. – P. 1075-1096. 8.Muqimov B., Aramov M. Indau- introduksiya uchun istiqbollosabzavot ekini// J: Agrokimyo himoya va o‘simliklar karantini. 2021, №2. – B 90-93.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.