ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

“DORI VOSITALARINING FARMAKOKINETIKASI” MAVZUSINI O‘QITISH

Annotatsiya

Farmakologik moddalarning yoki dori preparatlarining foydali ta‟siri ularning farmakokinetikasiga va farmakodinamikasiga bog`liqdir.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

O‘QITISH

Zayniddinov Muhiddin Salayiddinovich

Respublika o’rta tibbiyot va farmasevtika xodimlarini malakasini oshirish va ularni

ixtisoslashtirish markazi Termiz filliali, Termiz shahri, O‘zbekiston Annotatsiya: Farmakologik moddalarning yoki dori preparatlarining foydali ta‟siri ularning farmakokinetikasiga va farmakodinamikasiga bog`liqdir. Kalit so’z: Asetilxolin, metabolizm, oqsillar, lipoproteinlar, biotransformatsiya, so’rilish. Farmakokinetika so`zi tom ma‟noda dori moddasining organizmda harakati degan ma‟noni anglatadi. Aniqrog`i, dorilar farmakokinetikasiga ularning organizmga yuborish yo`llari, so`rilishi, qonga o`tishi, tanada tarqalishi, oqsillar bilan bog`lanishi, tana to`siqlaridan o`tishi, organizmda taqsimlanishi, yig`ilishi, jigarda metabolizmga uchrashi va nihoyat organizmdan chiqib ketish yo`llarini o`rganish kiradi. Dori preparatlar og`iz orqali qabul qilinganda moddaning dori shaklini yo`qotishi va ichakdan so`rilib qonga o`tishini biofarmastiya o`rganadi. CHunki yaratilgan dori shakli bu tomondan mos bo`lishi kerak. Ushbu dori preparatining farmakokinetik bosqichlari (davrlari) quyidagicha: dorining dori shaklini yo`qotishi, oshqozon-ichak shilliq pardasidan qonga so`rilishi, qon bilan jigarga borishi, jigardan chiqib katta qon aylanishiga o`tishi. Dori preparatlari bu jarayonlarda turli o`zgarishlarga, ta‟sirlarga uchrashi mumkin. Ularning ichakdan so`rilishi, birinchidan, dori shakliga, kimyoviy tuzilishiga va xossalariga, ikkinchidan, ichakning fiziologik, patologik holatiga, qon aylanishiga, harakatiga va boshqalarga bog`liqdir. qonga o`tgandan keyin esa oqsillar, lipoproteidlar, shaklli elementlar bilan bog`lanishi, yoki bog`lanmay ozod holda bo`lishi mumkin. qon oqsillari bilan mustahkam bog`langan dori moddasi o`z farmakologik ta‟sirini yo`qotishi mumkin va u qonda uzoq muddat saqlanadi va organizmdan chiqib ketishi qiyinlashadi. qondagi dori moddasini to`qimaga - hujayralarga o`tishi kapillyarlarda sodir bo`lib, dori moddasining fizik-kimyoviy xossalariga va to`qima to`siqlariga bog`liqdir. Kapillyarlar endoteliysi va u tegib turgan hujayra-to`qima membranasi (pardasi) bu jarayonning qay darajada kechishida katta ahamiyatga ega. Qonda ko`pgina dori moddalari to`qima hujayralarga o`tib o`z ta’sirini ko`rsatadi. Ayrim dori vositalari esa o`ta olmaydi. Masalan, oson eruvchan kichik molekulali dorilar (astetilxolin, noradrenalin, to`rtlamchi azot birikmali moddalar va b.) markaziy nerv tizimining nerv hujayralariga kira olmaydi. SHuning uchun ham ular o`z ta‟sirini namoyon eta olmaydi. Farmakokinetikaning yuqorida zikr etilgan xususiyatlaridan tashqari, dori vositalarining samarali ta’sir etishida, kasallikka davo bo`lishida ularning jigarda metabolizmga uchrashi va bemor organizmidan chiqib ketishi - ekskrestiyasi alohida ahamiyatlidir. Dori moddalarining organizmda kimyoviy tuzilishini o`zgartirishi metabolizm

“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI

DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”

deyiladi, buning natijasida hosil bo`lgan birikmalar metabolitlar deb yuritiladi. Dori vositalarining bunday metabolizmga yoki biotransformastiyaga uchrashi natijasida ularning farmakologik ta‟siri zaiflashadi yoki butunlay yo`qoladi. Metabolitlarning ko`pchiligi farmakologik noaktiv bo`lib, suvda eriydigan bo`lganligi sababli organizmdan tez chiqib ketadi. Ko`pchilik dorilarning, shuningdek fitopreparatlarning ham, bunday metabolizmga uchrashi organizmning turli to`qimalarida (masalan, oshqozon-ichakda, qon shaklli elementlari va fermentlari ta‟sirida va b.) sodir bo`lishi mumkin. Lekin dori vositalar biotransformastiyasi asosan jigarda sodir bo`lib, undagi mikrosomal fermentlar hisobiga amalga oshiriladi. Jigar hujayralaridagi (gepatostitlar) endoplazmatik to`r, mitoxondriy, ribosomalar bilan bog`langan fermentlar (oksidaza, reduktaza, esteraza, amidaza, R 450 va b.) dorilarni oksidlanishini, qaytarilishini, gidrolizga uchrashini, astetillanishini va boshqa o`zgarishlarni ta‟minlaydi. Umuman olganda dori vositalarining shu jumladan dorivor o`simliklar tarkibidagi kimyoviy moddalarning ham metabolizmga uchrashi quyidagi 2 yo`sinda sodir bo`ladi: Xulosa.Dori vositalarining metabolik transformastiyasi yoki nosintetik biotransformastiyasi. Bunda dori moddalar oksidlanish, qaytarilish, gidrolizlanishga uchraydi (masalan, novokainamid, astetilxolin, atropin va b.). Dori vositalarining konyugastiyasi yoki sintetik biotransformastiyasi. Bunda esa organizmdagi turli kimyoviy moddalarning qo`shilishi hisobiga yangi birikmalar hosil bo`ladi. Masalan, sulfanilamid preparatlarning astetillanishi, salistilatlarning glistin bilan birikishi, kamforaning glyukuron, oltingugurt kislotalar bilan birikma hosil qilishi shular jumlasidandir. SHunday dori moddalari borki, ular metabolizmga uchramay organizmdan o`zgarmagan, o`z ta’sirini saqlagan xolda chiqib ketadi. Masalan, ampistillin, furazolin, gentamistin va b. Ushbu preparatlar uroantiseptik sifatida siydik yo`llarining yallig`lanish kasalliklarida keng miqyosda ishlatiladi.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.