ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

OZODLIKDAN MAHRUM QILISH JAZOSINING QO‘LLANISHI VA JAZONI IJRO ETISH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida ozodlikdan mahrum qilish jazo turining huquqiy mohiyati, qo‘llanish tartibi va so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan liberallashtirish siyosati keng ko‘lamda yoritilgan. O‘zbekistonning sud-huquq tizimidagi islohotlar, probatsiya institutining joriy etilishi, manzil-koloniyalar tizimini kengaytirish va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan yondashuvlar alohida tahlil qilinadi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

IJRO ETISH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR

Irnazarov Shuxrat Najmetdinovich

Termiz davlat universiteti yuridik fakultati “Jinoyat huquqi va Fuqarolik protsessi”

kafedrasi o‘qituvchisi.

Ibragimova Munisa Xakim qizi

Termiz davlat universiteti yuridik fakultati 4-bosqich talabasi. Anotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida ozodlikdan mahrum qilish jazo turining huquqiy mohiyati, qo‘llanish tartibi va so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan liberallashtirish siyosati keng ko‘lamda yoritilgan. O‘zbekistonning sud-huquq tizimidagi islohotlar, probatsiya institutining joriy etilishi, manzil-koloniyalar tizimini kengaytirish va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan yondashuvlar alohida tahlil qilinadi.

Shuningdek, AQSh va Rossiya Federatsiyasi huquq tizimlarida ozodlikdan mahrum qilishning tartibi, muddatlari va ijro etish mexanizmlari o‘rganilib, uchala tizimning o‘xshash va farqli jihatlari taqqoslab ko‘rsatilgan. Maqola jinoyat huquqi, jazo ijro etish siyosati, xalqaro standartlar hamda reabilitatsiya jarayonlariga asoslanib, ozodlikdan mahrum qilish institutining zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini ochib beradi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston tizimining insonparvarlik va ijtimoiy reintegratsiyaga yo‘naltirilganligi, AQSh tizimining murakkab federal tuzilishga egaligi, Rossiya tizimining esa qat’iy tartib va izolyatsiyaga asoslanganligi aniq ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: Ozodlikdan mahrum qilish.Jinoyat huquqi.Jazoni ijro etish.Manzilkoloniyalar.Probatsiya.Jazo liberallashtirilishi.AQSh qamoq tizimi.Rossiya federatsiyasi penitensiar tizimi.Reabilitatsiya.Nelson Mandela qoidalari.Umrbod qamoq.Insonparvarlik tamoyillari. Kirish

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta'kidlaganidek: "Sud huquq sohasi, jumladan, jinoiy jazolarni liberallashtiriah borasidagi islohatlarimiz ham izchil davom ettirildi. Natijada bu yil sudlangan shaxslarning 74 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan boĝliq bòlmagan jazolar tayinlandi".

Ozodlikdan mahrum qilish jinoiy javobgarlikning eng og‘ir turlaridan biri bo‘lib, davlat tomonidan shaxsning jamiyatdan majburiy ajratilishi va maxsus tartibdagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanishini nazarda tutadi. Ushbu institutning huquqiy mazmuni, avvalo, jinoyatchilikning oldini olish, jamiyatning xavfsizligini ta’minlash va mahkumni tuzatish maqsadlariga asoslanadi. Zamonaviy jinoyat huquqida ozodlikdan mahrum qilish jazosining qo‘llanishi ehtiyotkorlik bilan, faqat zarur holatlarda belgilanishi lozim bo‘lgan o‘ta keskin choradir.

O‘zbekiston Respublikasida ozodlikdan mahrum qilishning huquqiy asoslari, birinchidan, Konstitutsiyada mustahkamlangan bo‘lib, unda hech kim sudning hukmisiz ozodlikdan mahrum etilishi mumkin emasligi, shuningdek, shaxsning sha’ni va qadrqimmati himoya qilinishi kerakligi belgilangan. Ikkinchidan, ozodlikdan mahrum qilishning aniq tartibi, muddatlari, jazoni o‘tash shartlari Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Jinoyat ijroiya kodeksida belgilangan. Jinoyat kodeksiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish faqat og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilganda yoki boshqa jazolar yetarli bo‘lmaganda qo‘llanadi. Jinoyat ijroiya kodeksi esa mahkumlarning huquqlari, majburiyatlari, saqlash sharoitlari, mehnatga jalb qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, uchrashuvlar va yozishmalar tartibini belgilaydi.

Ushbu institutning tarixi jahon amaliyotida ko‘p asrlar davomida shakllangan bo‘lib, dastlab ozodlikdan mahrum qilish jazosidan ko‘ra jismoniy jazolar, surgun yoki o‘lim jazosi keng qo‘llanilgan. Davlatning insonparvarlik tamoyillariga o‘tishi bilan qamoqxona tizimi shakllanib, jazo faqatgina jismoniy azob berish emas, balki shaxsni tuzatish, qayta ijtimoiylashtirish funksiyasini ham bajara boshladi. O‘zbekiston ham mustaqillik yillarida jazo tizimini isloh qilib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni kengaytirgan, probatsiya institutini joriy qilgan hamda jazoni ijro etish muassasalarida xalqaro standartlarga moslashuv jarayonini kuchaytirgan.1

Bugungi kunda ozodlikdan mahrum qilish jazosining qo‘llanishi faqatgina jazolash emas, balki mahkumlarni qayta tarbiyalash, ularga kasb o‘rgatish, ijtimoiy hayotga moslashtirish, takroriy jinoyatchilikning oldini olish kabi maqsadlarni ham qamrab oladi. BMTning “Mahkumlar bilan muomala qilishning minimal standart qoidalari” (Nelson Mandela qoidalari), Yevropa Kengashining qamoqxona qoidalari kabi xalqaro normalar O‘zbekiston jazo ijro etish tizimida ham qo‘llanmoqda. Unda mahkumlarning inson huquqlari, sog‘lig‘i, xavfsizligi, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish birlamchi talablardan hisoblanadi.

O‘zbekistonning so‘nggi islohotlari jarayonida ozodlikdan mahrum qilish jazo turi sifatida imkon qadar qisqartirilishi, uni faqat zarur hollarda qo‘llash va jinoyatchilarni ijtimoiy hayotga qaytarishga xizmat qiladigan muqobil mexanizmlarni kengaytirish siyosati kuchaygan. Shu bilan birga, ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning huquqiy himoyasi, advokat yordami, oilasi bilan aloqada bo‘lishi, sog‘lom turmush sharoitlari ta’minlanishi davlatning insonparvar demokratik tamoyillariga asoslangan majburiyatidir.

Ozodlikdan mahrum qilish — jinoiy javobgarlik tizimida eng keskin va og‘ir jazolardan biri bo‘lib, jinoyat sodir etishda ayblangan shaxsning davlat tomonidan maxsus saqlash va tarbiyaviy muassasalarida majburiy tarzda jamiyatdan ajratilishini nazarda tutadi. Ushbu jazo turi mahkumga bir qator muhim cheklovlar qo‘yilishi bilan xarakterlanadi: shaxsning harakatlanish erkinligi, mehnat faoliyatini erkin tanlash huquqi, vaqtidan mustaqil foydalanish imkoniyati va boshqa asosiy huquqlari ma’lum muddatga cheklanadi.

Mazkur jazo turining asosiy maqsadi — jinoyatchini jamiyatdan vaqtincha ajratish orqali uning jinoiy faoliyatini davom ettirish ehtimolini bartaraf etish, shaxsni tarbiyalash va tuzatish, shuningdek, jamiyatning boshqa a’zolariga ogohlantiruvchi-preventiv ta’sir ko‘rsatishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish faqat tegishli moddada bevosita nazarda tutilgan holatlardagina qo‘llanadi. 1 Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini tashkil etish Jinoyat kodeksida belgilangan tartibga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish jazosi sud tomonidan aniq muddatga tayinlanadi. Jazoning eng kam muddati 6 oy, eng ko‘pi esa 20 yil etib belgilangan bo‘lib, bir necha jazolarni qo‘shish yo‘li bilan tayinlanganda umumiy muddat 25 yilgacha yetishi mumkin. Mahkumlar jazoni o‘tashi uchun turli toifadagi muassasalarga joylashtiriladi: manzil koloniyalari, umumiy tartibli koloniyalar, qattiq va maxsus tartibli koloniyalar hamda turmalar shular jumlasidandir. Jazoni ijro etish muassasasining turini sud hukmda belgilab beradi.2 Manzil-koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi:

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar, shuningdek qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzilkoloniyalar; umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan o‘tkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar (JIK 46-m.). Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi:

a. og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm

qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;

b. o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga

hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;

c. og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm

qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar (JIK 47-m.). Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi:

a. ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi

jazoni o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar

saqlanadigan koloniyalar;

b. ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi

jazoni o‘tagan va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, 2 Ozodlikdan mahrum qilish - Vikipediya

shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar (JIK

48-m.). Maxsus tartibli koloniyalar:ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan.3 Qasddan sodir etilgan og‘ir jinoyat uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning shaxsiy yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilishi mumkin. Xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilgan mahkumlar jazoni qullab bo‘ylamaydigan umumiy koloniyalarda boshqa shaxslardan ham ajratilgan holda saqlanadi. Quyidagi mahkumlar xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydi:

• voyaga yetmagan shaxslar;

• ajnabiy fuqarolar;

• fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

• sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga mansub

mahkumlar (JIK 53-m.).

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining “Amnistiya to‘g‘risida”gi qaror e’lon qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini ta’minlashda insonparvarlik prinsiplariga rioya etilayotganligidan dalolat beradi.

2003-yilning 26-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga sudlangan shaxslarning jazo o‘tash sharoitlarini liberallashtirish 3 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi to‘g‘risida”gi farmoni matbuotda e’lon qilindi. Unga muvofiq sud-huquq islohotlari va jinoyat-ijroiya qonunchiligini liberallashtirishning navbatdagi bosqichi jarayonida, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etib, birinchi marta sudlangan shaxslar ozodlikdan mahrum etish jazosini manzil-koloniyalarda, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etib birinchi marta sudlanganlar esa umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashlari belgilandi.4

Shunday qilib, ozodlikdan mahrum qilish jazo turi nafaqat shaxsni jamiyatdan izolyatsiya qilish, balki uni ijtimoiy foydali hayot tarziga qaytarish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamiyat xavfsizligini ta’minlashning asosiy huquqiy vositalaridan biri hisoblanadi.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov hibsxonasi ma’muriyati tomonidan sud hukmi qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan paytdan boshlab o‘n kunlik muddat ichida jazoni ijro etish muassasasiga yuboriladi. Ushbu muddat davomida mahkum amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq saqlanadi.

Tergov hibsxonasi ma’muriyati mahkumning jazoni o‘tash uchun jo‘nab ketganligi haqida uning oila a’zolarini uch kunlik muddatda xabardor etishi shart. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati esa mahkum muassasaga yetib kelgan kundan boshlab uch kun ichida mazkur holat haqida hukm chiqargan sud organiga axborot beradi. Shu bilan birga, mahkumning oilasiga muassasaning manzili ko‘rsatilgan holda, mahkumning yozishmalar olib borish, uchrashuvlar o‘tkazish, posilka, yo‘qlov va banderollar qabul qilish, shuningdek telefon orqali muloqot qilish huquqlari to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xabarnoma yuboradi.

Muassasaga yetib kelgan mahkumlar, odatda, ularning shaxsini o‘rganish, psixologik moslashuvini ta’minlash va ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirish maqsadida o‘n besh sutkagacha bo‘lgan muddatga qabul bo‘limiga joylashtiriladi. Manzil-koloniyalarga kelgan shaxslar hamda xo‘jalik xizmatlariga jalb qilinishi munosabati bilan tergov hibsxonalari yoki turmalarda qoldirilgan shaxslar ushbu tartibdan istisno etiladi. Mahkumlar muassasaga joylashtirilgach, ularga jazoni o‘tash tartibi, shartlari, hamda shaxsning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida zarur axborot beriladi. 4 Jinoyat ijroiya huquqi: Darslik / I.Ismailov, Q.R.Abdurasulova, A.A.Shodiyev va boshq. -T.:O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2022.- 206 b.

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxs, odatda, butun jazo muddatini bir koloniyaga o‘tkazish masalasi uning xavfsizligini ta’minlash zarurati tug‘ilganda, mahkumning roziligi asosida yoki mazkur muassasada qolishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa obyektiv holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Mahkum sog‘lig‘ining yomonlashuvi yoki kasallik aniqlangan hollarda uni koloniyadan yoki turmadan ixtisoslashgan tibbiy muassasaga o‘tkazish masalasi tibbiy xulosa asosida hal etiladi. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar quyidagi toifalar bo‘yicha alohida saqlanadi: erkaklar va ayollar, voyaga yetmaganlar va katta yoshdagilar, birinchi marta ozodlikdan mahrum etilganlar hamda ilgari ushbu jazo turini o‘tagan shaxslar. Shuningdek, ayrim toifadagi shaxslar boshqa mahkumlardan to‘liq ajratilgan holda saqlanishi belgilangan. Mahkumlarni ko‘chirish tartibi va mahkumlarni saqlash sharoitining o‘zgartirilishi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Jinoyat kodeksining 50-moddaida ozodlikdan mahrum qilish tushunchasi keltirilgan, unga asosan, O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan bog‘liq qoidalarni belgilaydi. Ushbu modda asosida ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib, jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Jazo muddati odatda bir oydan yigirma yilgacha belgilanishi mumkin, biroq uchinchi qismda ko‘rsatilgan hollarda bundan mustasno. Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish, ya’ni yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddat, faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda, jumladan qasddan odam o‘ldirish yoki terrorizm uchun tayinlanadi. Shu bilan birga, uzoq muddatli jazo ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Ozodlikdan mahrum qilish boshqa jazo turlari bilan birlashtirilganda uning muddati yigirma besh yilgacha bo‘lishi mumkin. Ayollarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan jazo muddati esa tegishli moddalarda belgilangan eng ko‘p muddatning uchdan ikki qismidan oshmasligi lozim. Jazoni ijro etish tartibi mahkumning jinoyat turiga va ijtimoiy xavfi darajasiga bog‘liq. Erkaklarga nisbatan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan yoki qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilanadi, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun esa umumiy tartibli koloniyalarda, ilgari sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tayotgan shaxslar yoki qasddan yangi jinoyat sodir etganlarga esa qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash tayinlanadi. O‘ta xavfli retsidivistlar, umrbod ozodlikdan mahrum etilganlar va afv etilgan, lekin jazo ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar maxsus tartibli koloniyalarda jazoni o‘taydilar.

Ayollarga nisbatan esa ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun manzil-koloniyalar, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun umumiy tartibli koloniyalar, ilgari ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan va yangi o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotgan, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlar uchun esa qattiq tartibli koloniyalar belgilanadi. Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga o‘ta xavfli retsidivistlarga yoki og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga tayinlanadi.

Ozodlikdan mahrum qilish homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga va qonunchilikka muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Sud mahkumni manzil-koloniyada o‘tirishi belgilangan bo‘lsa va u saqlash tartibini ashaddiy buzgan deb topilsa, sud uni jazoning o‘talmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazishi mumkin. Shu bilan birga, modda jinoyat va jazoni ijro etish shartlari bo‘yicha har bir kategoriya uchun aniq yo‘riqnomalarni belgilab, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.5 AQSh va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi.

Xalqaro taqqoslash uchun AQSh va Rossiya Federatsiyasini olsak, ozodlikdan mahrum qilish jazosi ularda ham asosiy jazo turi hisoblanadi, biroq tartib va ijro jihatlari farqlidir. AQShda jazolar federal va shtat darajasida belgilansa-da, aksariyat mahkumlar shtat qamoqxonalarga yuboriladi. AQSh huquq tizimida ozodlikdan mahrum qilish jazo turi federal darajada ham, shtatlar darajasida ham tartibga solinadi. AQShda jinoyat sodir etgan shaxsga jazo tayinlashda Konstitutsiyaning VIII tuzatishi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, unda “qattiq va g‘ayrioddiy jazolar” taqiqlangan. Shu bois, ozodlikdan mahrum qilishning qo‘llanishi sud tomonidan jinoyatning jiddiyligi, ijtimoiy xavf darajasi, ayblanuvchining 5 22.09.1994. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi https://lex.uz/docs/-111453 shaxsiy holati, avvalgi sudlanganligi va jamiyat manfaatlari inobatga olingan holda belgilanadi. Federal Jinoyat kodeksining 3553-moddasida sud jazo tayinlayotganda javobgarlik, jinoyatchilikning oldini olish, jazoning adolatli bo‘lishi, shuningdek mahkumning tuzalishi, psixologik va tibbiy ehtiyojlarini qondirish kabi omillarni e’tiborga olishi kerakligi belgilangan6.

AQShda qamoqxonalar ikki asosiy turga bo‘linadi: federal qamoqxona tizimi va shtat qamoqxonalari. Federal qamoqxonalar Amerika Qo‘shma Shtatlari Adliya vazirligiga qarashli Federal Prison Bureau (BOP) tomonidan boshqariladi, shtat qamoqxonalari esa tegishli shtatning Department of Corrections tizimiga bo‘ysunadi. Mahkumlarning katta qismi shtat muassasalarida saqlanadi, chunki ko‘pchilik jinoyatlar shtat qonunlariga asoslangan holda ko‘rib chiqiladi. Qamoqxonalar xavfsizlik darajasiga ko‘ra “minimum”, “medium”, “high security” yoki “supermax” muassasalarga ajratiladi. Supermax turidagi muassasalar eng xavfli jinoyatchilarni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, chegaralangan harakatlanish, qat’iy izolyatsiya va kuchaytirilgan nazorat bilan ajralib turadi.

AQShda jazoni ijro etish tizimi faqat izolyatsiyaga emas, balki mahkumni qayta ijtimoiylashtirishga ham qaratilgan bo‘lib, aksariyat qamoqxonalar ta’lim dasturlari, kasbhunar kurslari, ruhiy salomatlik bo‘yicha dasturlar, giyohvandlikdan davolash kurslari va ijtimoiy reabilitatsiya treninglarini o‘tkazadi. Ko‘pgina shtatlarda “parol” tizimi mavjud bo‘lib, u mahkumning muddatidan oldin ozod qilinishi va maxsus nazorat ostida jamiyatga qaytishi imkonini beradi. Shu bilan birga, AQSh qamoqxona tizimi dunyoda eng yirik tizimlardan hisoblanadi: milliondan ortiq shaxs ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lib, bu mamlakatning jinoyatga qarshi qat’iy siyosatini aks ettiradi.

Shunga qaramay, AQShda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Jumladan, ayrim shtatlarda uzoq muddatli jazolar keng qo‘llanishi, jazoni o‘tash sharoitlari bo‘yicha tengsizliklar, irqiy diskriminatsiya, maxsus izolyatsiya kameralaridan ortiqcha foydalanish kabi masalalar xalqaro tashkilotlar tomonidan tanqid qilinadi. Biroq so‘nggi yillarda islohotlar natijasida reabilitatsiya dasturlari kengaytirilmoqda, shartli 6 18 U.S. Code § 3553 – Federal jazoni belgilash asoslari muddatidan oldin ozod qilish tizimi takomillashtirilmoqda va minor jinoyatlar uchun qamoq muddatlarini qisqartirish tendensiyasi kuchaymoqda. Umuman olganda, AQSh huquq tizimida ozodlikdan mahrum qilish eng ko‘p qo‘llaniladigan jazo turi bo‘lib, uning mazmuni izolyatsiya, jazolash, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek mahkumni qayta tarbiyalash va jamiyatga moslashtirishga qaratilgan kompleks tizimdir. So‘nggi statistika bo‘yicha AQShda 2023 yil holatiga ko‘ra 1 254 200 dan ortiq mahkum qamoqda saqlanayotgan boʻlib, bu dunyo bo‘yicha juda katta ko‘rsatkichdir. U yerda penitentier tizim katta va zamonaviy infratuzilma bilan ajralib turadi, ammo odatda mahkumlar uchun reprofasyl dasturlar (kasb-hunar, taʼlim, ruhiy yordam) ham taqdim etilishi eʼtiborni jalb etadi. Rossiya Federatsiyasi huquq tizimida ozodlikdan mahrum qilish jazo turi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi va RF Jinoyat-ijroiya kodeksi asosida tartibga solinadi, hamda shaxsni jamiyatdan izolyatsiya qilish orqali jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va mahkumni tuzatish maqsadlariga xizmat qiladi.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 56-moddasida ozodlikdan mahrum qilishning huquqiy mazmuni va muddatlari belgilangan bo‘lib, jazo eng kamida ikki oy, eng ko‘pi esa yigirma yil etib belgilanadi. Bir necha jinoyatlar bo‘yicha hukmlar qo‘shilganda jazo muddati o‘ttiz yilgacha yetishi mumkin, o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgan taqdirda esa umrbod qamoq jazosini tayinlash mumkin. Ayollarga, voyaga yetmaganlarga va 65 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan umrbod jazo qo‘llanmaydi7. Rossiyada jazoni ijro etish muassasalari differensiallashtirilgan bo‘lib, yarim ochiq turdagi koloniyalar (koloniya-poseleniya), umumiy tartibli, qattiq tartibli va maxsus tartibli koloniyalar, shuningdek yuqori darajadagi izolyatsiya nazarda tutiladigan turmalar mavjud. Koloniya turi jinoyatning ijtimoiy xavf darajasiga, shaxsning avvalgi sudlanganligiga, retsidivistlik holatlariga qarab belgilanadi. Mahkumlar erkaklar va ayollar, voyaga yetmaganlar va katta yoshdagilar, birinchi marta sudlanganlar va retsidivistlar sifatida 7 Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi alohida saqlanadi. RF Jinoyat-ijroiya kodeksi jazoning bajarilishi jarayonida mahkumning huquqlari, xavfsizligi, mehnatga jalb etilishi, axloqan tuzalishi va tartibga rioya etishi bo‘yicha aniq normalarni belgilaydi. Rossiya qamoq tizimida mehnat majburiyati keng qo‘llanadi, aksariyat koloniyalar ishlab chiqarish faoliyatiga ixtisoslashgan. Jazoni ijro etish davomida mahkumning tibbiy xizmatdan foydalanish, murojaat qilish, uchrashuvlar va yozishmalar olib borish kabi huquqlari kafolatlanadi, biroq jazo ijrosining asosiy tamoyili – qat’iy nazorat va tartibni saqlash hisoblanadi. Umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan shaxslar maxsus tartibli koloniyalarda saqlanib, ularning harakati, tashqi aloqalari va yashash sharoitlari keskin cheklangan bo‘ladi. Ularning ozodlikka muddatidan oldin chiqish imkoniyati faqat uzoq vaqt davomida tartib buzmagan taqdirda 25 yil o‘tgach ko‘rib chiqilishi mumkin. Umuman olganda, Rossiya huquq tizimida ozodlikdan mahrum qilish eng ko‘p qo‘llaniladigan jazo turi bo‘lib, jazo siyosati qat’iylik, ierarxiyalashgan koloniyalar tizimi, takroriy jinoyatchilikka nisbatan keskin choralar ko‘rilishi bilan ajralib turadi. Jazo tizimi xalqaro inson huquqlari standartlariga moslashishga qaratilgan bo‘lsa-da, mahkumlarni qayta ijtimoiylashtirishdan ko‘ra izolyatsiya va tartibni ustuvor qo‘yadigan tuzilishga ega8.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat ijroiya kodeksi bo‘yicha ham turli oilaviy tartibdagi koloniyalar, SIZOlar va “ayrim tartib” koloniyalar faoliyat ko‘rsatadi.Masalan, jazo ijro etish koloniyalari asosiy turlari sifatida umumiy, qattiq va maxsus tartibdagi korrupsiya koloniyalari ajratilgan. Rossiya qamoqxonalarida ham axloqiy tuzatish va bandlik tamoyili qo‘llaniladi. 2023-yil boshiga ko‘ra Rossiyada 433 000 dan ortiq mahkum saqlanayotgan boʻlib, o‘rtacha qamash ko‘rsatkichi 300 nafarga teng bo‘lgan (har 100 ming aholiga). O‘zbekiston, AQSh va Rossiya huquq tizimida ozodlikdan mahrum qilish jazosining

o‘xshash va farqli jihatlari.

O‘zbekiston, AQSh va Rossiya huquq tizimlarida ozodlikdan mahrum qilish jazo turi jinoyatga qarshi kurashning muhim vositasi sifatida qo‘llaniladi, biroq bu jazoning mazmuni, maqsadi, qo‘llanish tartibi va jazo ijro etish tizimining tuzilishi har bir mamlakatda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uchala tizimning o‘xshash jihati shundaki, 8 Rossiya Federatsiyasi Jinoyat–ijroiya kodeksi ularda ozodlikdan mahrum qilish shaxsni jamiyatdan ma’lum muddatga ajratish, jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va mahkumni tuzatish maqsadlariga xizmat qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston, AQSh va Rossiyada eng xavfli jinoyatlar uchun uzoq muddatli yoki umrbod qamoq jazosini qo‘llash nazarda tutilgan, qamoqxonalar xavfsizlik darajasiga ko‘ra tabaqalashtiriladi va mahkumlarning huquqlari, mehnatga jalb etilishi, tibbiy xizmatdan foydalanishi kabi umumiy qoidalar mavjud.

Biroq bu davlatlarning ozodlikdan mahrum qilish tizimlari ko‘plab farqlar bilan ajralib turadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda jazoni liberallashtirish siyosati kuchayib, ozodlikdan mahrum qilish faqat zarur holatlarda qo‘llanadigan jazo turiga aylantirilmoqda; probatsiya tizimining kengaytirilishi, manzil-koloniyalar sonining ko‘pligi va jazoni yengillashtirish mexanizmlarining faol ishlashi buning yaqqol dalilidir. AQShda esa qamoq tizimi dunyodagi eng kattalaridan biri bo‘lib, federal va shtat qamoqxonalarining farqlanishi, xavfsizlik darajasi bo‘yicha keng turlarga bo‘linishi, shuningdek jazolarning ko‘pincha juda uzoq muddatlarga tayinlanishi bilan ajralib turadi. AQSh tizimida “supermax” kabi yuqori izolyatsiya darajasiga ega qamoqxonalardan faol foydalaniladi, biroq keng ko‘lamli reabilitatsiya dasturlari, parol tizimi va ta’lim dasturlari mavjudligi uni Rossiyadan farqlaydi. Rossiyada esa jazoni ijro etish tizimi sobiq sovet modelining ko‘plab unsurlarini saqlagan bo‘lib, umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalar tizimi qat’iy ierarxiyaga ega; takroriy jinoyatchilarga nisbatan juda keskin choralar qo‘llanadi. Rossiyada majburiy mehnat keng tarqalgan va jazolash yondashuvi ko‘proq izolyatsiya va tartibni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, jazo muddati bo‘yicha ham sezilarli farqlar mavjud: O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilish eng ko‘pi 20 yil, qo‘shilganda 25 yilgacha bo‘lishi mumkin, AQShda esa ayrim shtatlarda 50–100 yil yoki bir nechta umrbod jazo kabi “simvolik” uzoq muddatlar qo‘llanadi. Rossiyada esa jazo muddati qo‘shilganda 30 yilgacha yetishi, umrbod qamoq esa eng og‘ir jinoyatlar uchun amalda qo‘llanilishi mumkin. O‘zbekistonda homilador ayollar, voyaga yetmagan bolasi bor ayollar, keksa shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish muayyan hollarda qo‘llanmaydi, AQSh va Rossiyada esa bu masala shtatlar yoki federal normativlarga bog‘liq bo‘lib, ayrim istisnolar mavjud, ammo O‘zbekistondagidek aniq cheklovlar to‘liq qo‘llanilmaydi. Umuman olganda, uchala davlatda ozodlikdan mahrum qilish jazo turi mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekiston insonparvarlikka yo‘naltirilgan yengillashtirilgan va rehabilitatsiya markazli siyosatni olib borayotgan bo‘lsa, AQShda reabilitatsiya va qat’iylik o‘zaro uyg‘unlashgan murakkab tizim mavjud, Rossiyada esa jazo ijrosida tartib, izolyatsiya va xavfsizlik ustuvor bo‘lgan an’anaviy qattiq model amalda bo‘lib qolmoqda. Xulosa

Ozodlikdan mahrum qilish jazo turi jinoyat huquqi tizimida eng og‘ir, eng keskin choralar qatoriga kiradi va u shaxsni jamiyatdan majburiy ajratish orqali ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda mahkumni tuzatish maqsadlarini ko‘zlaydi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari ushbu jazoning qo‘llanishini cheklash, insonparvarlik tamoyillarini kuchaytirish va jazo siyosatini liberallashtirishga qaratilgan bo‘lib, natijada ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlari sezilarli kengaydi.

Mamlakat qonunchiligida ozodlikdan mahrum qilishning aniq tartibi, muddatlari va jazo ijro etish shartlari belgilangan bo‘lib, mahkumlarning huquqlari va insoniy qadriyati ustuvor hisoblanadi. Jazo muddatining og‘irligi jinoyatning xususiyati, xavfi va mahkumning shaxsiy holatlariga qarab belgilanadi. Koloniya turlarining farqlanishi esa jinoyatning ijtimoiy xavf darajasi va mahkumning avvalgi xulqiga bog‘liq ravishda differensial yondashuvni ta’minlaydi. O‘zbekiston xalqaro standartlarga, xususan Nelson Mandela qoidalariga muvofiq ravishda mahkumlarning huquqlari, salomatligi, xavfsizligi va qayta ijtimoiylashuvi masalalariga katta e'tibor qaratmoqda. Probatsiya institutining joriy etilishi, amnistiya va afv siyosatining muntazam qo‘llanishi ham insonparvarlik yo‘nalishidagi islohotlarning davomi hisoblanadi. AQSh va Rossiya tizimlari bilan qiyoslaganda, O‘zbekiston ozodlikdan mahrum qilishni imkon qadar kamaytirish siyosatini olib borayotganligi, jazoning maqsadini faqat izolyatsiya emas, balki qayta tarbiyalash va ijtimoiy reintegratsiya bilan bog‘layotgani bilan ajralib turadi. Umuman olganda, ozodlikdan mahrum qilish jazosining mazmuni faqat jazolashdan iborat bo‘lmay, balki mahkumlarni o‘zgartirish, jamiyatga foydali a’zo sifatida qayta tayyorlash, jinoyatchilikni kamaytirish va inson huquqlarini ta’minlashni ko‘zlaydi. Shu bois, bu jazo turi davlatning insonparvar demokratik tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqaradigan eng muhim huquqiy mexanizmlardan biri bo‘lib qolmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar:

➢ Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini tashkil etish

➢ Ozodlikdan mahrum qilish - Vikipediya

➢ O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi

➢ Jinoyat ijroiya huquqi: Darslik / I.Ismailov, Q.R.Abdurasulova, A.A.Shodiyev va

boshq. -T.:O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2022.- 206 b.

➢ 22.09.1994. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi https:/

/lex.uz/docs/-111453

➢ 18 U.S. Code § 3553 – Federal jazoni belgilash asoslari

➢ AQSh Qamoqxonalar Statistikasi (Bureau of Justice Statistics)

➢ Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi

➢ Rossiya Federatsiyasi Jinoyat–ijroiya kodeksi

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.