--⊱⊱ 53 ⊰⊰--
ASOSIDA SHAKLLANTRISH
Boymirzayeva Dilafruz Pardayevna
Turon Universiteti magistranti
Annotatsiya: Ikkinchi tilga oʻrgatishda tarbiyalanuvchilarning taʼlimiy va tarbiyaviy kompetensiyalarni tarbiyalanuvchilarda xorij tajribalari asosida shakllantirish taʼlimiy faoliyatlarni samarali tashki qilish haqida aytib oʻtilgan.
Аннотatsiя: В статье рассматривается эффективная реализatsiя образовательной деятельности по формированию учебно-воспитательных компетенций обучающихся на основе зарубежного опыта обучения второму языку.
Abstract: The article discusses the effective implementation of educational activities in the formation of studentsʼ educational and educational competencies based on foreign experience in teaching a second language.
Kalit soʻzlar: tarbiyalanuvchi, pedagog, taʼlim, tarbiya, kompetensiya, kompetensiya turlari, taʼlim jarayonlar.
Ключевые слова: обучаемый, педагог, образование, обучение, компетентность, виды кокомпетентности, образовательные процессы.
Key words: trainee, pedagogue, education, training, competence, types of co-competence, educational processes.
Jahon globallashuvi jarayonlari, davlatlar, millatlar va madaniyatlararo munosabatlarning misli koʻrilmagan darajada kengayishi turli xalqlar vakillari oʻrtasidagi toʻlaqonli muloqot masalasini dolzarb qilib qoʻydi. Toʻliq muloqot, birinchi navbatda, til munosabatlarini oʻz ichiga oladi. Chet tilini bilish bilim darajasini oshiradi, dunyoqarashini kengaytiradi, atrofdagi dunyoni tolerantroq idrok etishga hissa qoʻshadi. Mamlakatlarning oʻzaro rivojlanishi, tajriba almashinishida til muhim oʻrinni egallaydi. Shunday ekan, oxirgi yillar mobaynida tilni oʻrganishga boʻlgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Til ikki davlat oʻrtasidagi eng muhim diplomatik aloqalarni olib borishdagi asosiy qurol hisoblanadi. Tarixdan ham maʼlumki, qoʻshni yoki uzoq davlatlar oʻrtasida mustahkam aloqani oʻrnatish uchun elchilarga birinchi navbatda yuklatiladigan vazifa bu, albatta, oʻsha davlat tilini oʻrganish hamda kuchli diplomatik harakatlar orqali mustahkam aloqani oʻrnatish boʻlgan.
Kompetensiya nima? Kompetensiya (lotincha “competo” soʻzidan olingan boʻlib, “erishaman, muvofiqman, mos kelaman” maʼnolarini beradi) — kishi egallagan muayyan bilim, koʻnikma, malakalar majmuasini anglatadi.Kompetensiya tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab, 1960- yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlaridan keng qoʻllanila boshlandi.
Kompetensiya – maʼlum bir sohada samarali faoliyat olib borish uchun zarur boʻlgan mutaxassisning taʼlimiy tayyorgarligiga qoʻyilgan talabdir. U davlat ixtiyorida boʻlgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab boʻlib, u tarbiyalanuvchi (ishchi)ning muayyan sohada samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan taʼlimiy (professional) tayyorgarligiga nisbatan qoʻyiladi. Kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim – tarbiyalanuvchilarning egallangan bilim, koʻnikma va malakalarini oʻz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʻllay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan taʼlim tarbiyalanuvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oʻz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash,
--⊱⊱ 54 ⊰⊰-- sogʻlom raqobat hamda umummadaniy koʻnikmalarini shakllantiradi. Bundan tashqari, taʼlimda har bir oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda, shu fanning oʻziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Kompetensiyali yondashuv, inson faoliyatida har tomonlama kompetenlilikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va taʼlimining asosiy sharti hisoblanadi. Bu talab oʻqituvchi-pedagoglar faoliyatiga ham bevosita daxldordir. Bugungi kunda dunyo taʼlimini yangilashning asosiy yoʻnalishi taʼlim jarayonida faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli koʻra olish, unda tizimli faoliyat koʻrsatish, yangi-yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish tajribasini shakllantirishdan iboratdir.
Taʼlimiy va tarbiyaviy kompetensiyalar tushunchasi
➢ Taʼlimiy kompetensiyalar – tarbiyalanuvchilarning oʻzlashtirish, muammolarni hal qilish, fikrlash, tahlil qilish, muloqot qilish va raqamli savodxonlik kabi koʻnikmalaridir.
➢ Tarbiyaviy kompetensiyalar – axloqiy qarashlar, madaniy qadriyatlar, vatanparvarlik, tolerantlik va ijtimoiy masʼuliyatni anglash koʻnikmalarini oʻz ichiga oladi.
Kasbiy kompetensiya
Pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega boʻlish;
Oʻz ustida ishlash;
Taʼlim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani oʻrnata olish; tarbiyalanuvchilar ehtiyojini anglay olishi;
Tarbiyalanuvchilarda motivatsiyani shakllantirish;
AKTni bilishi;
Taʼlim muhitiga yangilik kiritishi;
Oʻz fanini mukammal bilishi;
Xorijiy tillardan birini bilishi.
Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan ma’naviy, madaniy, dunyoqarashdagi o‘zgarishlar ayrim jihatlari bilan Sharq mamlakatlarining mustaqillikka chiqqan davrdagi holatini, G‘arbiy Ovrupaning Uyg‘onish, o‘zligini anglay boshlash davrini eslatadi. Kundalik turmushdagi, tafakkurdagi an’anaviylikning zamonaviylashuvi, demografik o‘sish, shaharlarning yiriklashuvi, texnologiyada, bank ishlarida munosabatlarning o‘zgarishi, yangi — tijoratchilar avlodining maydonga chiqishi, ishbilarmonlikning keng tarqalishi va boshqalar Uyg‘onish davrining tavsifiy chizgilariga aylangan edi. Xorijiy tillarga, huquqshunoslikka, Vatan tarixiga qiziqishning ommaviy o‘sishi maktab va tarbiya maqsadini keskin o‘zgartirishning sharti bo‘ldi.
Germaniya tajribasining afzalliklari:
Germaniyada maktabgacha taʼlim asosan xususiy kunduzgi bolalar bog‘chalarida, kamroq esa mahalliy hokimiyat tomonidan tashkil etilgan muassasalarda taqdim etiladi. Maktabgacha taʼlim muassasalari “Kinderkrippen” (kreşlar), bolalarga qarash markazlari, bolalar bogʻchalari va kunduzgi parvarish markazlaridir. Cherkovlar, ijtimoiy yordam yoki ota-onalar uyushmalari kabi nodavlat tashkilotlarga bolalik taʼlimi xizmatlarini taklif qilishda ustuvorlik beriladi. Mahalliy hokimiyat organlari maktabgacha taʼlim xizmatlarini faqat xususiy tashabbuslar etishmasligi yoki yuqorida koʻrsatilgan provayderlarning yomon xizmatlari mavjud boʻlganda taklif qilishi mumkin. Maktabgacha taʼlim muassasalarining ish soatlari ota-onalar va rahbar xodimlar oʻrtasidagi hamkorlikda belgilanadi. Biroq, odatda, bolalar 7 soatlik kunlik bolalik taʼlimi va gʻamxoʻrligini, shu jumladan tushlik va baʼzan tushlik tanaffuslarini oladi. Germaniya tajribasi maktabgacha taʼlimda tilga oʻrgatishni faqat lingvistik jarayon emas, balki ijtimoiy, axloqiy, emotsional va madaniy kompetensiyalarni shakllantiruvchi kompleks pedagogik tizim sifatida qaraydi.
--⊱⊱ 55 ⊰⊰--
Yaponiya tajribasining afzalliklari:
Deyarli hamma MTT xususiy. Ularning orasida eng asosiy oʻrinni elita bogʻchalari egallaydi. Agar bola bunday MTTda tarbiyalansa uning kelajagi yetarlicha kafolatlangan deyishimiz mumkin. Chunki bu bogʻchadan keyin bola maktabga undan keyin esa hech qanday imtihonsiz universitetga qabul qilinadi. Yaponiyaning "yochien" deb nomlanuvchi maktabgacha taʼlim tizimi mamlakat taʼlim tizimining muhim qismidir. Bu bolalarning ijtimoiy, hissiy va akademik rivojlanishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi, ularni taʼlimning keyingi bosqichlarida va undan keyingi bosqichlarda muvaffaqiyatga tayyorlaydi. Yochien tizimi uch yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalar uchun mavjud va majburiy emas, lekin yapon bolalarining katta qismi qatnashadi. Maktabgacha taʼlim muassasalari odatda mahalliy hokimiyat yoki xususiy tashkilotlar tomonidan boshqariladi va aholi turar joylarida joylashgan. Yaponiyadagi MTTlarda tarbiyaning eng muhim vazifasi bolani gapga quloq soladigan kattalar gapini boʻlmaydigan va xushxulq etib tarbiyalashdir. Yaponlar oilasida bola tarbiyasi haddan ziyod yumshoq boʻlib bolaga kamdan kam biror narsani taqiqlashadi. Ammo koʻchakoʻyda tanimagan begona odamlar bilan iloji boricha kirishimlilik bilan gaplashish oʻrgatiladi. Shuning uchun bogʻchada koʻp marotaba virtual hayotdagi tanishuvlar, maner tarbiyasi oʻrgatiladi. Bolalarga etiket normalari, ularni qachon va qanday sharoitda qoʻllash oʻrgatiladi.
Tilga oʻrgatish jarayoni bolalarda nafaqat lingvistik bilimlarni, balki kommunikativ, madaniy, ijtimoiy, axloqiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilishi zarur. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, til oʻrganish jarayonida oʻyin texnologiyalari, kommunikativ metod, multimedia vositalari, madaniy integratsiya va bolalar qiziqishiga yoʻnaltirilgan pedagogik yondashuvlar eng yuqori samarani beradi.
Xulosa shuki: Tilga oʻrgatish jarayonida taʼlimiy va tarbiyaviy kompetensiyalarni shakllantirish xalqaro tajribalar asosida tashkil etilganda bolalarning:
➢ tilni oson oʻzlashtirishi,
➢ ijtimoiy faol boʻlishi,
➢ madaniyatlararo muloqotga tayyor boʻlishi,
➢ axloqiy va emotsional kompetensiyalarining rivojlanishi kuzatiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Avesto. Asqar Mahkam oʻzbekcha tarjima. -T.:2001. 56-bet
2. Alisher Bolibekov “Yaponiya maktabgacha taʼlim tizimining qiyosiy tahlil”
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637- son Qonuni.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
5. Valiyeva F.R., Sharipova G.N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations//International Journal of Early Childhood Special Education
(INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022
6. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity Research eISSN:2771- 2141Pages:152-158|Crossref DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue02-23 Published Date: 2024-02-29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548
7. Abdullayeva N.Sh. Improving the preschool education system on the basis of cluster technologies// Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, B. 36872-36886 2021 y
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.