--⊱⊱ 185 ⊰⊰--
TASHKIL ETISH
Berdimuratov Adham Xayrulla oʻg’li
MTTDMQTMO instituti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini samarali tashkil etish masalalari yoritilgan. Unda zamonaviy globallashuv sharoitida bolalarning intellektual, ijodiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda qo‘shimcha ta’limning o‘rni tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar: maktabgacha ta’lim, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari, innovatsion texnologiyalar, davlat-xususiy sheriklik, ota-onalar hamkorligi, pedagogik kompetensiya, rivojlanish strategiyasi, monitoring va baholash.
Abstract: This article highlights the issues of effectively organizing supplementary educational services in preschool education institutions. It analyzes the role of supplementary education in ensuring the intellectual, creative, physical, and social development of children in the context of modern globalization.
Keywords: preschool education, supplementary educational services, innovative technologies, public-private partnership, parent cooperation, pedagogical competence, development strategy, monitoring and evaluation.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimi alohida ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etilib, u keng qamrovli rivojlanish va tub islohotlar jarayonidan o‘tmoqda. Bugungi kunda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorlikni oshirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish, xalqaro standartlar talablariga moslashish kabi ko‘p qirrali va murakkab bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu o‘zgarishlarning bosh maqsadi — ta’lim jarayonini demokratlashtirish, insonparvarlik tamoyillarini chuqur singdirish, shuningdek, o‘quv-tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va metodlarini yangicha yondashuv asosida uyg‘unlashtirib, takomillashtirishdir.
Yangilangan ta’lim nafaqat bilim berish jarayonida, balki millatning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularda global tafakkur va milliy g‘ururni uyg‘otishda ham hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Chunki zamonaviy ta’lim tizimi — yangi dunyoqarash, yangi rivojlanish va yangi marralarga erishishning poydevoridir.
Shu nuqtayi nazardan, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, avvalo, jarayonni amalga oshiruvchi insonlarning kasbiy mahorati, fidoyiligi va yangilikka intilishiga bog‘liqdir. Zero, har qanday jamiyatda yuksak natijalar va muvaffaqiyatlar faqatgina tashabbuskor, mas’uliyatli va intilishdan to‘xtamaydigan kishilar tomonidan qo‘lga kiritiladi. Bugungi kunda ta’lim sohasi xodimidan nafaqat chuqur bilim, balki ijodkorlik, ishbilarmonlik va yuksak fuqarolik pozitsiyasi ham talab etiladi.
Shunday ekan, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni metodologik nuqtayi nazardan o‘rganish, ularning nazariy asoslarini tahlil qilish hamda amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini aniqlash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Zero, ta’lim tizimida izchil va ilmiy asoslangan o‘zgarishlarsiz, jamiyat taraqqiyotining strategik maqsadlariga erishib bo‘lmaydi.
Bugungi globallashuv va kuchayib borayotgan raqobat sharoitida ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar tobora ortib bormoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim bosqichida bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-madaniy, aqliy, jismoniy va estetik qobiliyatlarini erta aniqlash va rivojlantirish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Shu jihatdan qaralganda,
--⊱⊱ 186 ⊰⊰-- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etish bugungi kunda ta’lim tizimining ajralmas va zaruriy bo‘g‘iniga aylanmoqda.
Davlat siyosatida ham mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini erkinlashtirish, ularda sifatli xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlariga mos yo‘nalishlarni joriy etish zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. Ushbu qarorda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini diversifikatsiya qilish — ya’ni chet tillari, sport, raqs, musiqa, tasviriy san’at, robototexnika, mantiqiy fikrlash, innovatsion texnologiyalar kabi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan.
Bugungi kunda ota-onalar o‘z farzandlari uchun nafaqat asosiy ta’lim-tarbiya jarayoniga, balki qo‘shimcha imkoniyatlarga ham katta e’tibor bermoqdalar. Ular farzandlarining erta ixtisoslashuvi, o‘z qobiliyatlarini aniqlashi, mustaqil fikrlash va zamonaviy ko‘nikmalarni egallashi uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lishini istaydilar. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar asrida bolalarning ilk yoshdan innovatsion tafakkur va zamonaviy kompetensiyalarni egallashi ularning kelajakdagi raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omillardan biridir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini joriy etish orqali:
bolalar shaxsining ko‘p qirrali rivojlanishi ta’minlanadi;
ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni va imkoniyatlari kengayadi;
ota-onalarning ta’lim tashkilotlariga bo‘lgan ishonchi ortadi;
tashkilotning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi va qo‘shimcha daromad manbalari yaratiladi;
ta’lim tashkilotsi raqobatbardosh sub’yekt sifatida shakllanadi.
Shuningdek, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish, ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish va yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etishga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etish zamonaviy talab va ehtiyojlarga javob beradigan dolzarb yo‘nalishdir. Bu jarayon nafaqat bolalarning har tomonlama rivojiga, balki ta’lim tashkiloti imidji, raqobatbardoshligi va barqaror taraqqiyotiga ham xizmat qiladi. Shu sababli, mazkur masalani ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan chuqur o‘rganish, uni samarali tashkil etish va doimiy ravishda takomillashtirib borish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etish masalasining metodologik asoslarini o‘rganishda, avvalo, milliy huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda xalqaro tajriba alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatlar qo‘shimcha ta’limning huquqiy, tashkiliy va mazmuniy poydevorini belgilab, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida3 “Har bir inson bilim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimining rivojlanishini ta’minlaydi” deb belgilangan. Mazkur norma davlat zimmasiga ta’lim tizimini, jumladan maktabgacha ta’limni rivojlantirish, uning turli shakllarini qo‘llab-quvvatlash majburiyatini yuklaydi. Shu jihatdan, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ham uzluksiz ta’limning muhim bo‘g‘ini sifatida konstitutsiyaviy asosga ega.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasida ta’lim tizimida davlat va nodavlat sektorlarning hamkorligi, jumladan fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish tartibi 3 “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 3/23/837/0241-son.
--⊱⊱ 187 ⊰⊰-- belgilangan. Bu qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etishda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, ota-onalarning talab va ehtiyojlariga mos dasturlar ishlab chiqish uchun muhim metodologik asos hisoblanadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 153- sonli qarorida qisqa muddatli guruhlar va qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini moliyalashtirish tartibi belgilangan. Unda nodavlat tashkilotlarga ta’lim xizmatlari uchun tariflarni mustaqil belgilash huquqi berilgan. Bu esa ta’lim xizmatlarining diversifikatsiyasini kuchaytirish, ularni sifat jihatidan yaxshilash va pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishda rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13- maydagi 391-sonli “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarini takomillashtirish choratadbirlari belgilangan bo‘lib, unda qo‘shimcha ta’lim yo‘nalishlarini joriy etish, xususan, chet tillari, sport, musiqa, raqs, tasviriy san’at, robototexnika, innovatsion pedagogika va inklyuziv ta’lim kabi sohalar ko‘zda tutilgan Bu hujjat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishda metodologik qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
Xalqaro tajribada ham qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’limning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Masalan, UNESCO hisobotida bolalarning erta yoshdan estetik, madaniy va intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularni kelajakdagi raqobatbardoshlikka tayyorlash uchun qo‘shimcha dasturlarning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. OECD tadqiqotlarida esa qo‘shimcha ta’lim xizmatlari bolalarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, kreativlikni shakllantirish va ta’limda teng imkoniyatlar yaratishda muhim omil ekanligi qayd etiladi.
Xulosa qilib aytganda, milliy va xalqaro huquqiy-me’yoriy manbalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini samarali tashkil etishning metodologik asosini belgilaydi. Ular davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, xizmatlarning diversifikatsiyasi hamda pedagogik innovatsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan. Shu bois, ushbu adabiyotlar tahlili mavzuning nazariy va amaliy asoslarini mustahkamlashda muhim manba vazifasini bajaradi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi
R.R Zulfiqorovning tadqiqotida ta’kidlaganidek, qoʻshimcha dasturlar bolalarning ijodiy qobiliyatlari, inteni llektual salohiyati va ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Ayniqsa, individual yondashuv asosida tuzilgan dasturlar bolalarning shaxsiy qobiliyatlarini aniqlash va ularni rivojlantirish imkonini beradi.
Xalqaro tajribalar, xususan Rossiyadagi tadqiqotlarda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarining ta’lim sifatiga ijobiy ta’siri alohida ta’kidlanadi. Masalan, Meshalkina o‘z izlanishlarida qo‘shimcha ta’lim dasturlari bolalarning intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli darajada hissa qo‘shishini ko‘rsatib o‘tgan. Shuningdek, Bolshakova tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan qo‘shimcha ta’lim xizmatlari samaradorligi, ularning ta’lim tashkilotlari raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni asoslab berilgan.
Biroq, muallif sifatida shuni ta’kidlash joizki, amaliyotda ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan, qishloq hududlarida arzon va sifatli qo‘shimcha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, mavjud imkoniyatlarni teng taqsimlash hamda qo‘shimcha ta’limning uzoq muddatli ijtimoiy-pedagogik ta’sirini ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Demak, qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini samarali tashkil etishda nafaqat huquqiy asoslar, balki hududiy tenglik, iqtisodiy imkoniyatlar va pedagogik monitoring ham muhim o‘rin tutadi.
--⊱⊱ 188 ⊰⊰--
Tadqiqot metodologiyasi
Xorijiy ta’lim modellarini O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etishda metodologik yondashuv muhim o‘rin tutadi. Chunki har bir mamlakatning iqlim, madaniyat, infratuzilma va ota-onalarning ta’limga bo‘lgan qarashlari bir-biridan farq qiladi. Shu bois xorijiy tajribani to‘liq ko‘chirib olish emas, balki uni mahalliy sharoitga ijodiy moslashtirish ilmiy asoslangan metodologiyaning markaziy vazifasidir.
Birinchidan, resurslarning mavjudligi hisobga olinishi lozim. Masalan, STEM ta’limida Janubiy Koreya yoki AQShda qo‘llaniladigan yuqori texnologiyali jihozlar o‘rniga, O‘zbekistonda boshlang‘ich bosqichda oddiy konstruktorlar, mobil laboratoriyalar va arzon texnologik vositalardan foydalanish samarali bo‘lishi mumkin. Bu yondashuv resurslarni optimallashtirish bilan birga, bolalarda kreativ fikrlashni shakllantiradi.
Ikkinchidan, madaniy va psixologik xususiyatlar inobatga olinishi zarur. Yaponiyaning tabiat bilan integratsiyalashgan modeli yoki Germaniyaning “o‘rmon bog‘chalari” konsepsiyasi sharoitidan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda ota-onalarning xavfsizlikka oid ehtiyotkorlik kayfiyatini hisobga olib, mikro-ekoparklar, yopiq ekologik sinflar yoki fasllarga moslashtirilgan tabiat mashg‘ulotlarini tashkil etish metodik jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Uchinchidan, ijtimoiy hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqilishi kerak. Davlat-xususiy sheriklik asosida ta’lim tashkilotlari, mahalliy hokimiyatlar va ota-onalar o‘rtasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish qo‘shimcha ta’lim xizmatlarining barqarorligini ta’minlaydi. Bu jarayonda xalqaro grantlar, xususiy investorlar hamda mahalliy homiylarni jalb qilish muhimdir.
To‘rtinchidan, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash strategiyasi ishlab chiqilishi lozim. Chet el tajribasidan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarning nafaqat metodik, balki psixologik, kommunikativ va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish zarur. Bunda mahalliy oliy ta’lim tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar hamkorligida maxsus malaka oshirish dasturlarini joriy etish istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.
Tahlil va natijalar
Xorijiy tajribani O‘zbekistonda qo‘llash metodologik yondashuvni talab qiladi. Bu yondashuv:
mavjud resurslarni optimallashtirish,
madaniy va psixologik omillarni hisobga olish,
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish,
pedagogik kadrlar salohiyatini oshirish kabi tamoyillarga asoslanishi lozim.
Aynan shu asosda xorijiy modellarni ijodiy moslashtirish orqali qo‘shimcha ta’lim xizmatlari O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning intellektual, kreativ va ijtimoiy rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Xulosa va takliflar
Xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini samarali tashkil etish nafaqat bolalarning intellektual, ijodiy va jismoniy rivojlanishiga, balki ta’lim tashkilotsining iqtisodiy barqarorligi hamda ijtimoiy nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu xizmatlar orqali bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini erta aniqlash, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniyati yaratiladi. Bu esa zamonaviy ota-onalarning ta’limga nisbatan ortib borayotgan talablariga javob berishga, ularning ishonchini oshirishga va tashkilotga sodiqligini mustahkamlashga zamin yaratadi.
Bundan tashqari, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ta’lim tashkilotlari uchun qo‘shimcha moliyaviy manba bo‘lib, pedagoglar uchun kasbiy va ijodiy o‘sish maydoniga aylanadi. Shu sababli
--⊱⊱ 189 ⊰⊰-- ushbu yo‘nalishda izchil tizim yaratish, ilmiy-nazariy asoslar hamda xorijiy va mahalliy ilg‘or tajribalarni uyg‘unlashtirgan kompleks yondashuvni joriy etish muhim hisoblanadi.
Takliflar:
Individual rivojlanish rejalarini joriy etish – har bir bolaning yosh, psixologik va intellektual xususiyatlarini inobatga olgan holda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini moslashtirish.
Strategik rejalashtirish – qo‘shimcha ta’lim xizmatlari bo‘yicha alohida konsepsiya va strategik hujjat ishlab chiqish, unda xizmatlar turlari, maqsadli auditoriya, narx siyosati, marketing va monitoring mexanizmlarini belgilash.
Bozor va ehtiyojlarni tahlil qilish – demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olib, hududga mos xizmatlar (chet tili, IT, sport, san’at, robototexnika va b.)ni joriy etish.
Malakali mutaxassislarni jalb etish – tajribali trenerlar, murabbiylar va mutaxassislar bilan hamkorlik asosida qo‘shimcha xizmatlarni yuqori sifatda yo‘lga qo‘yish.
Ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash – ochiq eshiklar kuni, seminar-treninglar va bolalarning yutuqlarini namoyish etuvchi tadbirlar orqali ota-onalarning faol ishtirokini ta’minlash.
Mahalliy hokimiyat va xususiy sektor bilan sheriklik – qo‘shimcha xizmatlarni moliyalashtirish, moddiy-texnik bazasini kuchaytirish va innovatsion yechimlarni joriy etishda davlat-xususiy hamkorlikni rivojlantirish.
Monitoring va baholash tizimi – qo‘shimcha xizmatlarning samaradorligini muntazam o‘lchash, bolalarning rivojlanish dinamikasini kuzatish va ota-onalar fikrini inobatga olib, xizmatlarni takomillashtirish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2023). Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (50-modda). Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://constitution.uz
2. Oʻzbekiston Respublikasi. (2020). “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun (24-modda). Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/5013007
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2022). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida qaror (153-son, 2022-yil 24-mart). https://lex.uz
11. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643-9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI: 10.47191/ijmra/v3- i12-09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323
12. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical possibilities of design activity in the process of increasing the qualification of preschool workers// European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 1 2020 Page 90-95 bet
13. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6, 2019. ISSN 2056-5852
14. Valiyeva. F.R., Kurbonov Sh. Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.