--⊱⊱ 243 ⊰⊰--
SHAKLLANTIRISH VA BOSHQARISHDA TASHKILIY PSIXOLOGIYANING ROLI
Umarova Shaxnozaxon Shukrillayevna
Andijon viloyati, Jalaquduq tumani
29-MTT direktori
Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijobiy psixologik muhitni yaratish va boshqarishda tashkiliy psixologiyaning o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tashkiliy psixologiya fanining motivatsiya, kommunikatsiya, liderlik, jamoaviy boshqaruv, stressni boshqarish kabi yo‘nalishlari maktabgacha ta’lim muassasalarining ichki muhitini barqarorlashtirishdagi asosiy omillar sifatida ko‘rsatiladi.
Kalit so‘zlar: ta’lim, imkoniyat, boshqaruv, psixologik muhit, faoliyat, ta’lim sifati, tadqiqot, kompleks, usullar, menejment, samaradorlik, tashkiliy-huquqiy, zamonaviy talablar.
Dunyoda ta’lim eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan bugungi sharoitda “Ta’limning hamma bosqichlarida, ta’lim natijalarini baholash samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali barcha insonlar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishni dolzarb vazifa qilib qoʻymoqda”. Bunda esa, birinchi navbatda, ta’limni boshqarish va ta’lim sifatini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.
Ta’lim, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarda ta’lim boshqaruvi natijaviyligiga alohida e’tibor qaratilib, bunda asosiy urgʻu ta’lim sifati menejmentiga berilmoqda. Ushbu tadqiqotlar tarkibida maktabgacha ta’limni boshqarishning nazariy-metodologik asoslari, sifat menejmenti va ta’lim sifati monitoringini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda ta’lim sifati va samaradorligining uygʻunligini ilmiy jihatdan asoslovchi takliflarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, har qanday faoliyat turi boshqaruv asosiga quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishdan koʻzlangan aniq bir maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, shu bilan birga ijobiy psixologik muhitni yaratish uchun ham yaratish uchun ham mas’uldir. Sababini keltirishga harakat qilamiz:
Ma’lumki, MTTda ijobiy psixologik muhit tashkiliy muhitning sifatiga bevosita bog‘liq. Tashkiliy iqlim — bu jamoada hukm suruvchi hissiy fon, munosabatlar, qadriyatlar va xodimlarning tashkilotga bo‘lgan subyektiv qoniqishidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qulay psixologik iqlim jamoada faoliyat olib borayotgan xodimlarning ishga bo‘lgan motivatsiyasini ortiradi, ularda emotsional barqarorlik oshadi, muloqot va hamkorlik masalalarida samaradorlikka erishiladi. Shuningdek, pedagogik ziddiyatlar, tushunmovchiliklar kamayadi. Tashkiliy iqlimning barqaror va ijobiy bo‘lishi nafaqat xodimlarning ruhiy holatiga, balki butun ta’lim tashkilotining boshqaruv jarayonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ijobiy psixologik muhit mavjud bo‘lgan jamoalarda pedagoglar o‘z kasbiy salohiyatini to‘liq namoyon eta oladi, innovatsion g‘oyalarga ochiqlik kuchayadi va ijodiy faoliyatning faollashuvi kuzatiladi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim jarayonining sifat ko‘rsatkichlari oshishiga, tarbiyaviy faoliyatda izchillik va samaradorlikning ta’minlanishiga xizmat qiladi. Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ijobiy psixologik iqlim xodimlarning ish unumdorligini kamida 20–30 foizga oshirishi, stress darajasini sezilarli kamaytirishi, kommunikativ jarayonlarda ishonch va ochiqlikni mustahkamlashi mumkin. Sharqning buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy o‘zining mashhur “Fozil odamlar shahri” risolasida “Yaxshi jamiyat — a’zolari bir-biriga
--⊱⊱ 244 ⊰⊰-- yordam beradigan jamiyatdir.”–deydi. Allomaning mazkur fikri ijobiy tashkiliy iqlimning mazmuni bilan to‘la mos keladi: bir-biriga ko‘mak, tushunish va qo‘llab-quvvatlash mavjud bo‘lgan jamoa rivojlanadi. Bu omillar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar bilan ishlash jarayoniga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi, chunki tarbiyachi yoki pedagogning ruhiy holati bolaning emotsional qabuliga, muloqotiga va rivojlanish dinamikasiga kuchli ta’sir etadi.
O‘z navbatida esa, salbiy muhit kasbiy stress, ishdan qoniqmaslik, bolalarga nisbatan sovuqlik yoki e’tiborsizlik kabi muammolarni kuchaytirishi mumkin. Bu o‘rinda esa Konfutsiyning “Atrofida tartib bo‘lmagan insonning qalbida osoyishtalik bo‘lmaydi.”,-degan fikrlari haqiqatdan ham salbiy psixologik muhit pedagogik muhitning barqarorligiga salbiy ta’sir etishini ta’kidlaymiz.
Xossatan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijobiy psixologik muhitni yaratishda rahbariyatning boshqaruv madaniyati hal qiluvchi rol o‘ynashi aniq. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijobiy psixologik muhitni shakllantirish bir martalik tadbir emas, balki uzluksiz monitoring, tahlil va takomillashtirishni talab qiladigan dinamik jarayondir. Tashkiliy psixologiya nuqtai nazaridan, har bir tashkilot o‘zining psixologik “ritmiga” ega bo‘lib, unda xodimlarning o‘zaro muloqoti, turli pedagogik vazifalarga bo‘lgan yondashuvi, ish uslubi va hatto mikroemotsional holatlari ham aks etadi. Shu bois, tashkilot ichki muhitining barqarorligi uning strategik rivojlanishi uchun asosiy omil hisoblanadi. Rahbar yoki psixolog tomonidan muntazam ravishda ijtimoiypsixologik diagnostika o‘tkazilishi, xodimlar kayfiyati, ishga bo‘lgan munosabati, hamkorlikdagi qiyinchiliklar, stress darajasi, ziddiyat o‘choqlarini erta aniqlash orqali muhitda yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy jarayonlarning oldi olinadi. Bu tashkiliy psixologiyaning profilaktik funksiyasining amaldagi namunasidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ijobiy psixologik muhitni shakllantirish — bu tasodifiy emas, balki ilmiy asoslangan, tizimli yondashuvni talab qiladigan jarayondir. Tashkiliy psixologiya ushbu jarayonning asosiy nazariy hamda amaliy poydevorini shakllantiradi. Rahbarning boshqaruv uslubi, jamoaviy munosabatlar, pedagoglarning psixologik tayyorgarligi va tashkiliy madaniyat darajasi uyg‘unlashgan taqdirdagina bolalar uchun psixologik xavfsiz, qulay va rivojlantiruvchi muhit yaratiladi. Va u yaratgan bunday muhit pedagogik jamoa uchun, har bir pedagog uchun qulayli tug‘diradi, ularda barqarorlik, ishonch va kasbiy o‘sish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Chunki qulay tashkiliy iqlim mavjud bo‘lgan ta’lim tashkilotlarida har bir pedagog o‘zini qadrlangan, eshitilgan va qo‘llab-quvvatlangan holatda his qiladi. Bunday sharoitda pedagoglar o‘z kasbiy mahoratini erkin namoyon eta oladi, yangiliklarni qo‘llashdan cho‘chimaydi, ijodiy tashabbuslar bilan chiqishga intiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva, Q. Maktabgacha ta’lim psixologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
2. Karimova, V. Pedagogik va yosh psixologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018.
3. Yo‘ldosheva, M. Tashkiliy psixologiya asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.
4. Maktabgacha ta’lim vazirligi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish
bo‘yicha metodik qo‘llanma. – Toshkent, 2022.
5. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior
preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print):
2643-9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI:
10.47191/ijmra/v3-i12-09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323
6. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication
system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7
Number 6, 2019. ISSN 2056-5852
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.