--⊱⊱ 302 ⊰⊰--
QIZIQTIRISH YO‘LLARI
Parpiyeva Gulbahor Mirzavaliyevna
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligi, Maktabgacha taʼlim tizimi faoliyatini
muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i
Annotatsiya: Maqola maktabgacha yoshdan boshlab bolalarni kasblarga qiziqtirish va rag‘batlantirish masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda bolalarni atrofdagi kasblar bilan tanishtirish, kasblarga qiziqishni uyg‘otish bo‘yicha tarbiyaviy ishlar, shuningdek, o‘yinlar orqali o‘qishga va o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirishdagi muammolar va ularni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari, rivojlanish, kasbga qiziqish uyg‘otish, ilk algoritmlash, ko‘nikmalar, o‘yinlar, amaliy mashg‘ulotlar, kattalar mehnati, kasblar olami, faoliyat, faoliyat turlari, qobilyat, qiziqish, individuallik, rivojlanish, tizimlilik, tasavvur olami.
Аннотatsiя: Статья посвящена изучению вопросов заинтересованности и мотивatsiи детей к профессиям с дошкольного возраста. В ней проанализированы проблемы и пути их совершенствования в ознакомлении детей с окружающими профессиями, воспитательной работе по пробуждению интереса к профессиям, а также в развитии интереса к чтению и обучению через игры.
Ключевые слова: Дошкольные образовательные организatsiи, развитие, пробуждение интереса к профессии, начальное алгоритмирование, навыки, игры, практические занятия, труд взрослых, мир профессий, деятельность, виды деятельности, способности, интерес, индивидуальность, развитие, системность, мир воображения.
Abstract: The article is dedicated to studying the issues of children's interest and motivation for professions from preschool age. It analyzes the problems and ways to improve them in introducing children to surrounding professions, educational work to awaken interest in professions, and in developing interest in reading and learning through games.
Keywords: Preschool educational organizations, development, awakening interest in a profession, initial algorithmization, skills, games, practical exercises, adult work, world of professions, activity, types of activity, abilities, interest, individuality, development, systematicity, world of imagination.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida bola shaxsiga yoʻnaltirilgan taʼlim, uning shaxsini hurmat qilish va farovonligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratgan holda o‘yinga asoslangan taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi va ta’lim olishiga qo‘yilgan talablar va “Ilk qadam” o‘quv dasturi bolaning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bolalarni milliy oʻziga xoslik va global istiqbollar bilan uygʻunlashtirib atrof -olamdagi voqea hodisalarni anglagan holda hayotga tayyorlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘yin jarayonlari bolaning boshlangʻich taʼlimga tayyorgarlik va hayoti davomida oʻqishi uchun zarur boʻlgan asosiy kompetensiyalarini shakllantirish
--⊱⊱ 303 ⊰⊰-- bilan birgalikda uning shaxsini hurmat qilish, qiziqishlarini rag‘batlantirish, iqtidorini erta aniqlash va faol ishtirokni taʼminlash orqali bola shaxsiga yoʻnaltirilgan inklyuziv yondashuvni rivojlantiradi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar qiziqishi, ehtiyojlari, atrof-muhitni anglashi, muammolarni aniqlay olishi va ularni hal etishi, ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻyin va tadqiqotlarga asoslangan taʼlim va tarbiya berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan dasturda belgilangan oy va hafta mavzularidan kelib chiqib, turli kasblarga qiziqish uyg‘otib, kasblarni qadrlash va mehnatga hurmat hissi tarbiyalanmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kasblarga qiziqishni shakllantirish ularning kelajakdagi shaxsiy rivojlanishi, mehnatga ijobiy munosabatni erta bolalikdan shakllantirish va hayotiy ko‘nikmalarni kamol toptirishda muhim omil hisoblanib, bu jarayonlar o‘yinlar, tajriba, amaliy mashg‘ulotlar va real hayotdagi kuzatishlar orqali samarali tashkil etiladi.
Tarbiyachilar tomonidan bolalarga “Ilk qadam” o‘quv dasturidagi oy va hafta mavzulariga bog‘liq holda atrofimizdagi turli kasblar (shifokor, o‘qituvchi, quruvchi, dizayner-rassom, haydovchi, oshpaz, nonvoy, ichki ishlar xodimi, o‘t o‘chiruvchi, sartarosh, rassom va hokazo)ga oid jihozlar bilan jihozlangan holda tanishtirib boriladi.
Bolalar kasblar haqida rasmlar, ko‘rgazmalar va o‘yinchoqlar orqali emas balki o‘zlari mustaqil amalda bajarib, bevosita o‘zlari ishtirok etib, jamoada ishlashni o‘rganadi, shu bilan birgalikda ijtimoiy hayotga tayyorlanadi, kattalar, oila a‘zolarining kasbi va mehnatini qadrlashga tarbiyalanadi.
Vigotskiy nazariyasiga ko‘ra bola rivojlanishida o‘yin — “yetakchi faoliyat” hisoblanib, kattalar mehnatini “ramziy rol” sifatida o‘zlashtiradi. Kasblarni o‘yin orqali o‘rgatish bolaning ijtimoiy rollarni anglashi, shaxsiy tajribasini kengayishi, nutq va tafakkuri rivojlanishi uchun eng samarali metod hisoblanib yuqori samara beradi.
Piaje nazariyasi (kognitiv rivojlanish)ga ko‘ra 3-6 yoshda bolalar “ramziy fikrlash” bosqichida bo‘ladi. Bu ularning shifokor, o‘qituvchi, quruvchi kabi rollarni obrazli qabul qilishini va o‘yin orqali ijtimoiy mohiyatni idrok etishini osonlashtiradi.
Eriksonning psixosotsial rivojlanish nazariyasiga ko‘ra bu yoshdagi bolalar “tashabbuskorlikka intilish” bosqichida bo‘ladi. Kasbga oid o‘yinlar bolaning mas‘uliyat hissi, mustaqillik, ijtimoiy xulq-atvorini rivojlantirishda muhim hisoblanadi.
Kasblar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bolalarga qiziqarli tarzda yetkazish uchun “Kasblar olami” mavzusida rolli o‘yinlar uchun maxsus o‘yin burchaklari tashkil etiladi.
Shu bilan birgalikda bolalar o‘rtasida savol-javob o‘yinlari, kasblarga oid rebuslar va pazllar, mavzuli viktorinalar, amaliy tajriba va mini-eksperimentlar o‘tkazilishi, bolalarni mantiqiqy va tanqidiy fikrlashga, mas‘uliyatlilikka o‘rgatadi.
Bolalar uchun real tajriba juda muhimligini inobatga olgan holda tashkilot va korxonalarga ekskursiyalar, kasb egalari bilan uchrashuvlar, tashkil etish bu jarayonlarga mahalliy shifokor, o‘t o‘chiruvchi, ichki ishlar xodimi, sartarosh, oshpazlar MTTga taklif qilish, ular bolalarga o‘z ish qurollari, formalari, kundalik vazifalari haqida qisqa va qiziqarli suhbat o‘tkazish samarali natija
Bolalar kasbga oid filmlar, kasblarning jamiyatdagi ahamiyati haqidagi multfilmlar va taʼlimiy videolardan foydalanib, media vositalari orqali ham kasblar bilan tanishtiriladi.
Maktabgacha yoshdan boshlab kasblarni o‘yin orqali o‘rgatish bolaning ijtimoiy, kognitiv va emotsional rivojlanishini eng yuqori darajada taʼminlaydi. Maktabgacha yoshda bolalarning mehnatga, kasblarga qiziqishi ularning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy va aqliy rivojlanishi bilan bog‘liq.
--⊱⊱ 304 ⊰⊰-- Ushbu jarayonlarda pedagog xodimning asosiy vazifasi har bir bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda qiziqishlarini kuzatish orqali aniqlash va yo‘naltirish, motivatsiya berish, ularni o‘yin jarayoni orqali kasb va mehnat tushunchalariga tanishtirish, va shu orqali tayanch kompetensiyalari rivojlanishini taʼminlash.
Kognitiv (tasniflash, tushunish), ijtimoiy (jamoada ishlash), emotsional (empatiya, masʼuliyat), motorika va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun guruh xonasida zarur sharoit yaratadi.
Pedagoglar uchun kasbiy yo‘naltirish bo‘yicha maxsus treninglar, seminarlar, onlayn kurslar tashkil etish, pedagoglar tomonidan kasbga oid innovatsion didaktik o‘yinlar, situatsion mashg‘ulotlar, ijodiy loyihalar ishlab chiqish, “Ota-onamning kasbi bilan tanishaman” haftaligi, otaonalar bilan master-klasslar (shifokor, tikuvchi, oshpaz, IT mutaxassisi, haydovchi va boshqalar) o‘tkazish, oilada kasblar haqida muloqotni rag‘batlantiruvchi topshiriqlar berib borish samarali natija
Xitoy tajribasida maktabgacha yoshdagi bolalarni “tajribalar orqali” mehnatga o‘rgatish orqali kasbga yo‘naltirish ishlari olib boriladi. Mehnatga o‘rgatish nafaqat bolaga turli kasbiy faoliyatlarni simulyatsiya qilish imkoniga beradi, balki mehnat madaniyati, javobgarlik va ijtimoiy mehnat qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
O‘yinlar bolaga real mehnat faoliyatini kichik shaklda tajriba qilish imkonini beradi va kasbga oid bilimlarni tabiiy yo‘l bilan o‘rgatadi.
Finlyandiyada 3–6 yoshda kasblar “Structured Play” tizimida o‘rgatiladi. MTTlarda "Profession Corners" (kasb burchaklari) tashkil qilinadi shifokor, muhandis, oshpaz, quruvchi, tadbirkor. Bolalar hafta davomida kasblarni almashtirib, har birini tajribada bajarib ko‘radi.
AQSHda "Career Awareness Program for Early Childhood" 4–7 yoshda kasbga qiziqishni rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur bo‘lib, STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Math) ta‘limi bo‘yicha mehnatga oid o‘yinlar, muhandislik qurilmalari, robototexnika asoslari, minilaboratoriyalarda bolalar kasbga qiziqtiriladi.
Singapurda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari haftada ikki marta haqiqiy mutaxassislar bilan uchrashadi (shifokor, militsiya xodimi, IT mutaxassisi, uchuvchi).
Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarni kasbga qiziqtirish bu bola kelajagi uchun asos bo‘ladigan jarayon bo‘lib, u shunchaki kasb tanlashga emas, balki ijtimoiy moslashuv, mehnatsevarlik, mustaqillik, mas‘uliyat kabi fazilatlarni shakllantiradi.
Bolalarda kasblarga nisbatan barqaror qiziqish, mehnatga hurmat shakllanadi, rolli o‘yinlarda muloqot, hamkorlik, mas‘uliyat, ijodkorlik rivojlanadi, boshlang‘ich ta‘limga tayyorgarlikning psixologik-pedagogik darajasi oshadi. Oila–bog‘cha–jamiyat zanjirida uzluksiz kasbiy tarbiya shakllanadi.
Bola kelajakda kasb tanlashda ongli qaror qabul qiladigan shaxsga aylanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Maktabgacha ta‘lim va tarbiya to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-595, 2019-yil
2. “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta‘lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-4312, 2019-yil.
3. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi // Takomillashtirilgan ikkinchi nashr. – Toshkent, 2022.
4. Anvarova D.M., Ergashev R.S. “Kasbga yo‘naltirish va kasb tanlash asoslari” – “Fan va texnologiya” nashriyoti, Toshkent, 2016.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.