--⊱⊱ 154 ⊰⊰--
BOLALARDA ODOB-AXLOQNI OʻRGATISH
Alimova Dilnoza Djurabayevna
Toshkent shahar Yunusobod tumani
Maktagacha va maktab taʼlimi boʻlimi
tasarrufidagi 43-DMTT direktori
Annotatsiya:Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning milliy oʻyinlar vositasida ijtimoiy faolligini hamda odob-axloqni oʻrgatish haqida yoritilgan.
Kalit soʻzlar: oʻyin, nutq, qoida, harakat, ijtimoiy taʼsir, munosabat, didaktik oʻyin, harakatli oʻyin.
Аннотация: В статье описывается социальная деятельность и воспитание манер дошкольников посредством национальных игр.
Ключевые слова: игра, речь, правило, действие, социальное воздействие, отношение, дидактическая игра, игра-действие.
Abstract:The article describes social activity and manners training of preschool children through national games.
Key words: game, speech, rule, action, social influence, attitude, didactic game, action game.
Oʻzbek milly oʻyinlarining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Oʻyinlar xalqning oʻzi singari qadimiy va boy tarixga ega. Milliy oʻyinlarining nomlanishi va ularning oʻynalishi tarkibi toʻgʻrisida turkiy zabon olim Maxmud Qoshqariy oʻzini “Devonu lugʻotit turk” asarida qimmatli maʼlumotlar keltiradi.Qashqariy keltirgan maʼlumotlar oʻyinlarning tarixiy zaminiga va asosga ega ekanligini koʻrsatadi. Darhaqiqat oʻyin nomlari va oʻyinlarning uynalishi tarkibi avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Shunday savol tugʻiladi qanday oʻyinlari boʻlgan? Oʻzbek halqining shox asari hisoblangan.” Devonu lugʻatit turk” da oʻyinlar toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar keltiriladi. Afsuski, qadimiy oʻyin nomlari tadbiq etilmagan, oʻyinlarning uynalishi tartibi tiklanmagan. Qashqariy lugʻatida zikr etilgan oʻyinlar nomini va uning tartibini tiklash va tadbiq etish katta ahamiyatga ega. Zero, oʻyinlar xalq madaniyatining ajralmas bir boʻlagidir. “Devonu lugʻatit turk” da anchagina oʻyinlarning nomlari keltirilgan. Ayrim oʻyinlarning uynalish tartibi batafsil keltirilgan. Hozirgi kunda bolalar sevib uynayotgan yongʻoq, poylamasingari oʻyinlar. X-XII asrlarda ham ommaviy boʻlgan. Bu hodisaning hozirgi nomi doʻl “Devonu lugʻatit turk” da yongʻoq oʻyini bilan bevosita bogʻliq boʻlgan anchagina hodisalarining nomlari qayd etilgan.“Chavgon” haqidagi maʼlumotlarni A.Navoiy, Bobur, va boshqa klassiklar asarlarida ham uchratish mumkin. Firdavsiyning “Shoxnomasi” da esa chavgon haqida voqea bayon qilinadi. M.Qashqariy oʻyin nomini chavgon toʻpini uradigan choʻp nomidan olinganligini taʼkidlaydi. Chavgon choʻpi shu nom bilan atalgan boʻlib fors-tojikcha soʻzdir. Uning maʼnosi “uchi egri, uzun tayoq” degani. Qashqariy lugʻatidan oʻrin olgan bolalarning sevimli oʻyinlaridan biri “Koʻchirma oʻyini” yaʼni oʻn toʻrt degan oʻyindir. Biz oʻzga xalqlar tarixiy, madaniyatini va udumlarini oʻrganib hurmatini joyiga qoʻyib keldigu, oʻzimizning tariximiz fani, madaniyati, urf-odatimizni oʻrganmadek. Unga hurmatsizlik qildek. Natijada bugungi kunga kelib tarbiyaviy ishlarga koʻplab kamchiliklarimiz koʻrinib qoldi. Xalqimiz koʻpsohalarda millatchilikda ayblanib urfodati va anʼanalari taʼqiqlab kelindi. Masalan: oʻzbek milliy oʻyinlarining uynalishiga yoʻl qoʻyilmadi.Taʼkidlaganimizdek, har bir halqning sevimli milliy oʻyinlari boʻlgani kabi, oʻzbek
--⊱⊱ 155 ⊰⊰-- xalqining ham oʻyinlari boʻlgan.Ularning yaratilishi tarixi uzoqlarda borib taqaladi. Oʻzbek xalqi milliy oʻyinlarining yaratilishi halqning yashashi, mehnati, oʻz-oʻzini himoya qilish ehtiyojidan kelib chiqadi.Bu oʻyinlar inson tarbiyasiga, sogʻligiga ijobiy taʼsir etib kelgan. Oʻz zamonasiga kuch va qudrati bilan butun dunyoni qoyil qoldirgan buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur “Tadbirkor, baquvvat, ishjoatli bir kishi ming kishidan afzal”-deb aytgan edi.Milliy oʻyinlarimiz serharakatligi barcha organizm va muskullarni oʻstiruvchanligi, chidamlilikka oʻrgatuvchi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar oʻyinlaridan tubdan farq qiladi.Halqimiz orasida har bir faslga mos oʻyinlar mavjud boʻlib oʻynalib kelingan. Oʻzbek milliy oʻyinlari hatiyligi, har tomondan yaratilganligi uchun xam katta-yu kichik va hatto xotinqizlartomonidan sevib uynalgan. Ota-bobolarimiz oʻz farzandlarini qiyinchiliklar oldidadovdiramaslik, qurqmaslik ruxida tarbiyalab uni yechishga oʻrgatganlar. Koʻp yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib oʻz farzandlariga badan tarbiya va aqliy oʻyinlardan foydalanish yoʻl yoʻriqlarini koʻrsatganlar Ogʻir mehnatdan keyin kishilar bir joyga toʻplanishib turli milliy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlganlar, dam olganlar . Bolalarning oʻyinda birlashishlari bir necha bosqichga boʻlinadi. Birinchi bosqich bolalarning «yonma-yon» oʻyinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik guruh bolalariga xosdir. Bunday oʻyinda bolalar oʻrtogʻining oʻyiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga oʻynab, «yonma-yon» oʻtirganlaridan xursand boʻladilar. Bu yoshdagi bolalarning oʻyini kattalar rahbarligida ularning xulqiga taʼsir etish orqali tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda bolalar oʻyin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar qisqa muddatli boʻladi. Bu davrga kelib bolalardan kimning qaysi oʻyinga qiziqishi aniq boʻla boshlaydi, bir xil bolalar didaktik oʻyinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli oʻyinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy oʻyinlar maʼqulroq boʻladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu oʻyin bilan uzoqroq oʻynashga oʻrgatishdir. Uchinchi bosqichda oʻynovchi bolalar guruhi bir-biriga doʻstona munosabat va oʻzaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga oʻynovchilar soni koʻp boʻlmasa-da, bolalar qiziqib oʻynaydilar. Bu davrga kelib bir-birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu bosqichda tarbiyachi bolalarning oʻyinda birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga keltirishi, ularda oʻzaro yordam, oʻrtoqlik, doʻstlik munosabatlarini shakllantirishi lozim. Bolalar bogʻchasida bolalarning uyushgan, qiziqarli va mazmunli hayotini taʼminlash uchun yosh guruhlarida rang-barang oʻyinlardan foydalanish zarur. Ijodiy oʻyinlar qoidalarining ichki, April 25, 2024 263 yashirin tabiati bolaga harakat qilishi uchun katta erkinlik yaratadi; uning oʻynayotgan jamoa oldidagi vazifasi tayyor qoidali oʻyinlar mazmuniga nisbatan noaniqroq boʻladi.
Bu oʻynovchiga suyujetni osonlik bilan oʻzgartirish, qoʻshimcha rollar kiritish imkonini beradi. Ijodiy oʻyinlar bolalarda katta qiziqish uygʻotadi va ularga ulkan taʼsir koʻrsatadi, biroq bolalar hayotini tashkil qilishda faqat shu oʻyinlardan foydalanish xato boʻlur edi. Bolalarning qoidali oʻyinlarni egallashlari katta tashkiliy ahamiyatga ega. Qoidalar harakatlarning muayyan normalarini soʻng esa bolalarning bir-biriga boʻlgan munosabatini belgilaydi, bolaga oʻzini va oʻzi bilan birga oʻynayotganlarni nazorat qilish imkonini beradi. Qoidalami bajarishdagi mustaqillik oʻyinda bolalarni maqsadga muvofiq tarbiyalash jarayonida shakllantiriladi. Bola oʻynayotganda bolalar jamoasi bilan muayyan munosabatda boʻladi. Oʻyinning ijtimoiy Oʻyin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Oʻyin bilan taʼlim oʻrtasidagi bogʻliqlik bola ulgʻaygan sari oʻzgarib boradi. Kichik guruhda oʻyin taʼlim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashgʻulotlarda taʼlimning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning oʻzlarida maktabdagi oʻqishga ishtiyoq uygʻonib qoladi. Ammo bolalar uchun oʻyinning qadri yoʻqolmaydi, balki mazmuni oʻzgaradi. Endi bolalarni koʻproq fikriy faollikni talab etuvchi oʻyinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) oʻyinlar qiziqtira boshlaydi. Bolalar tabiat xodisalari, jonivorlar hayoti va xarakatlariga
--⊱⊱ 156 ⊰⊰-- taqlid qilib, oʻynar ekan, shu qatorda ularning maʼnosini anglay boshlaydi. Asta-sekin hayotiy tajriba ortiradi. Qiyinchiliklarni еngishga oʻrganadi. Unda harakat koʻnikmalariga hosil boʻladi va tasavvuri tobora boyib boradi. Bundan tashqari, oʻyinlar bolalarning jismoniy barkamol boʻlishi uchun uchungina emas, balki ularga, aqliy, maʼnaviy va ahloqiy jihatdan tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻplashib oʻynaladigan oʻyinlarda bolalar maqsadga erishi uchun farosati va tadbirkorligini, qatʼiyatini koʻrsatish, jamiyat oldida faqat oʻzining emas, balqi oʻrtoqlarining hatti harakatlari uchun ham javobgralik hissini seza olishni oʻzida shakllantirib borishi zarur.
Xulosa: Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida oʻyinlar katta ahamiyatga ega. Maʼlumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning oʻyinlari taklid qilish tabiatida boʻladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni boshqalardan oʻzgacharoq faxmlaydi, kuzatiladi. Oʻyindagi baʼzi narsalarni oʻyiniga kiritadi va shu oʻyin vositasida oʻzini qurshab turgan olam haqida muayyan axborotga ega boʻladi. Shuning barobarida unda xodisalarga nisbatan muayyan munosabat paydo boʻladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
1. F.Xoʻjayev. “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan harakatli oʻyinkar”.
TOSHKENT – 2022
2. Qodirova R.M. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta- maxsus taʼlim muassasalari uchun darslik. T.:, “Istiqlol”, 2006 y.
3. Imomova SH.M., Norova F.F. Учебные методы организации спортивнооздоровительных мероприятий в образовательных учреждениях// Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.
4. Soliyev I. et al. The role of aesthetic education in introducing children to the environment //Science and Innovation. – 2022. – Т. 1. – №. 3. – С. 801-804. International scientific and practical conference“current issues of special pedagogy and pre-school education: problems, solutions and development prospects” April 25, 2024 264
5. Sobirovich S. I. et al. Socio-personal and mental development of a preschooler //Ijodkor oʻqituvchi. – 2022. – Т. 2. – №. 23. – С. 50-54.
6. Soliyev I. et al. Tarbiyalanuvchilar ijtimoiy faolligini oshirishda foydalaniladigan milliy oʻyinlar //Бюллетень студентов нового Узбекистана. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 83-86.
7. Tursunaliyeva D. et al. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotida oʻyin faoliyatining oʻrni //Бюллетень студентов нового Узбекистана. – 2023. – Т. 1. – №.5 Part 2. – С. 129-131.
8. Fozilova O., Omonova M. Mashgʻulotlar jarayonida oʻyin faoliyatini tashkil etishning oʻziga xosligi //Бюллетень студентов нового Узбекистана. – 2023. – Т. 1. – №. 5 Part 2. – С. 98-101.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.