--⊱⊱ 162 ⊰⊰--
RIVOJLANTIRISH
Bozorbayeva Gulruh Alisher qizi
MTTDMQTMOI tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tasavvur va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning xususiyatlari, uning yoshga qarab oʻzgarishi va oʻyinlar hamda ijodiy faoliyat orqali shakllanishi tadqiq etilgan. Ishda bolalarning ixtiyoriy va bexohlarsiz tasavvuri, nutq va kommunikativ faoliyatning ahamiyati, shuningdek, tasavvur vositalari va metodlari batafsil bayon qilinadi. Maqola pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarda fantaziya va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar beradi.
Kalit soʻzlar: maktabgacha yosh, tasavvur, ijodiy fikrlash, ixtiyoriy tasavvur, oʻyinlar, fantaziya, rol oʻyinlari, ijodiy faoliyat, nutq, pedagogik metodlar
Аннотация
В статье исследуются особенности развития воображения и творческого мышления у детей дошкольного возраста, их изменения в зависимости от возраста, а также формирование через игры и творческую деятельность. Рассматривается произвольное и непроизвольное воображение, роль речи и коммуникативной деятельности, а также средства и методы развития воображения. Статья содержит рекомендации для педагогов по развитию фантазии и творческих способностей дошкольников.
Ключевые слова: дошкольный возраст, воображение, творческое мышление, произвольное воображение, игры, фантазия, ролевые игры, творческая деятельность, речь, педагогические методы
Abstract
The article explores the characteristics of imagination and creative thinking development in preschool children, their age-related changes, and the formation of these abilities through play and artistic activities. The study discusses voluntary and involuntary imagination, the role of speech and communicative activities, as well as the tools and methods for developing imagination. The article provides recommendations for educators to foster fantasy and creative abilities in preschoolers.
Keywords: preschool age, imagination, creative thinking, voluntary imagination, play, fantasy, role-playing, creative activity, speech, pedagogical methods
Kirish
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasavvur va ijodiy fikrlash bolaning shaxsiy, ijtimoiy va kognitiv rivojlanishida muhim komponent hisoblanadi. Shu yoshda bola dunyoni tasavvur, fantaziya va ijod orqali oʻrganadi, yangi vaziyatlar yaratadi va muammolarni ijodiy yoʻl bilan hal qilishni oʻrganadi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarda tasavvur kattalarnikidan farq qiladi: uning tashqi boy koʻrinishi ortida sxematiklik, stereotiplik va bilimlarning yetishmovchiligi yashiringan. Bu tasavvur bolalarning fikrlashidagi tanqidiylikning pastligi bilan bogʻliq boʻlib, ular “shunday boʻladi” va “shunday boʻlmaydi”ni farqlay olmaydi (L.S. Vygotskiy,)[1] Shu sababli tasavvurning koʻrinishi, uning ijodiy va ijtimoiy ahamiyati yoshga qarab sezilarli farq qiladi.
Tasavvur rivojlanishining bosqichlari
2,5–3 yoshdagi bolalarda reja koʻpincha harakat amalga oshirilgach yuzaga keladi. Agar reja faoliyat boshlanishidan oldin shakllansa ham, u juda barqaror emas. Reja osonlik bilan buziladi yoki
--⊱⊱ 163 ⊰⊰-- yoʻqoladi, masalan, qiyinchiliklar yoki vaziyat oʻzgarishida. Bu yoshdagi tasavvur koʻpincha tasodifiy, vaziyat, predmet yoki qisqa muddatli emotsional tajriba taʼsirida yuzaga keladi [2]. Shu yoshdagi bolalar fantaziyani jarayon sifatida amalga oshiradilar, amaliy natijaga yoʻnaltirilmagan.
Tasavvur boshlangʻich bosqichda predmet bilan uzviy bogʻliq boʻladi: masalan, stulni kemaga, kubikni qozonga aylantirish faqat ular bilan harakat qilganda sodir boʻladi (M.G.Vityaz)[3]. Oʻyinchoqlar va atribut predmetlar oʻyinning syujetini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi.
3–4 yoshda bolalarda reja faqat harakatdan keyin yuzaga keladi. Bola yaratgan tasvirlarni amaliyotda qanday amalga oshirish mumkinligini oldindan oʻylamaydi; u fantaziyani faqat jarayon sifatida bajaradi. Shu yoshda tasavvur predmetga bogʻliq boʻlib, oʻyin syujetini boshlash uchun bola predmet bilan bevosita harakat qilishi kerak. Oʻyin davomiyligi odatda 10–15 daqiqa, va tashqi omillar syujetni oʻzgartiradi, birinchi reja tez-tez yoʻqoladi. Bolalar predmetlarni qayta nomlashni unutib, ularni real funksiyalariga muvofiq ishlatadi [4].
4–5 yoshda bolalar ijtimoiy normalar, qoidalar va faoliyat namunalari asosida oʻz faoliyatini shakllantira boshlaydi. Shu yoshda tasavvur ixtiyoriy va maqsadga yoʻnaltirilgan boʻladi. Bolalar oʻz fantaziyasini boshqarishni, tasavvur asosida reja tuzishni oʻrganadi. Shu davrda oʻyinlar davomiyligi 40–50 daqiqaga yetadi, va bolalar oʻz syujetini koʻproq barqaror ravishda amalga oshiradi [5].
5–6 yoshda bolalar soatlab, hatto kunlab oʻyin oʻynashlari mumkin. Ularning oʻyin syujetlari nisbatan barqaror boʻlib, reja va zamislari koʻpincha oxirigacha bajariladi. Shu yoshda ixtiyoriy tasavvur yanada rivojlangan boʻlib, bolaning ijodiy va strategik fikrlash qobiliyatini kuchaytiradi [4].
Ixtiyoriy tasavvur va nutqning roli
Ixtiyoriy tasavvur dastlab kattalarning soʻz taʼsiri bilan syujetli-rol oʻyinda yuzaga keladi. L.S. Vygotskiy taʼkidlaydi:
“Bolaning oʻyini shunchaki oldingi tajriba xotirasi emas, balki oʻtgan tajribalarni ijodiy qayta ishlash, ularni kombinatsiyalash va yangi, bolaning istak va talablariga mos keladigan realiyatni yaratishdir” [7].
D.B. Elkonin bolalar oʻyinini, ayniqsa kattalarning koʻrsatmalari bilan amalga oshirilsa, ijodiy tasavvurni rivojlantiradi va shaxsiy hamda jamoaviy faoliyat rejalari yaratishga imkon beradi [8]. Keyinchalik ixtiyoriy tasavvur rasm chizish, loydan ishlash, konstruksiyalar yaratish, mehnat faoliyati va boshqa ijodiy mashgʻulotlarda namoyon boʻladi.
L.S. Vygotskiy nutqning tasavvur rivojlanishidagi ahamiyatini taʼkidlaydi. Nutq bolani bexohlarsiz taassurotlardan ozod qiladi, predmet haqidagi tasavvurlarni shakllantirish va mustahkamlashga yordam beradi. Nutq orqali bola koʻrgan predmetni tasavvur qilishi, unga oid fikr yuritishi va aql bilan qayta ishlashi mumkin. Shu sababli, tasavvurning asosiy vositasi, xuddi fikrlash kabi, nutqdir [3].
T.A. Repina qayd etadi, bolalarning tasavvuri va zamislari yosh bilan barqarorlashadi, oʻyinning bir mavzu boʻyicha davomiyligi oshadi, rollar barqaror boʻladi va syujetni oldindan rejalashtirish yaxshilanadi [5]. Tasavvur va ijodiy fikrlashni rivojlantirish metod va oʻyinlar 1. “Yaxshi – yomon” oʻyini Bolalarga obyektning ijobiy va salbiy xususiyatlarini aniqlash, dialektik qonunni tushunish, mantiqiy fikrlash va dalil keltirishni oʻrgatadi . 2. “Yangi qoʻllanmani top” oʻyini
Bolalar mavjud predmetni turli vazifalarda ishlatishni oʻrganadi, bu ijodiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi
3. “Teskari” oʻyini
--⊱⊱ 164 ⊰⊰--
Har bir predmet yoki hodisaning antitsistemasini topish orqali bolalar predmetlarni va ularning xususiyatlarini solishtirish va umumlashtirishni oʻrganadi.
4. “Kichik odamchalar” metodi
Bolalarni turli agregat holatlar bilan tanishtiradi va dunyoni modellashtirish orqali tasavvur rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaydi.
5. “Ha–Yoʻq” oʻyini
Bolalarni predmet va hodisalarni umumiy xususiyatlar boʻyicha tasniflashga, savol berish va javoblarni tahlil qilishga oʻrgatadi.
6. “Robinson” metodi
Bolalarga dastlab foydasiz koʻringan predmetlarni turli maqsadlarda ishlatishni oʻrgatadi va muammolarni ijodiy hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
7. “Tipik fantaziya” metodi
Bolalarni kichraytirish-kattalashtirish, teskari tasavvur qilish, boʻlaklash va birlashtirish, vaqt va dinamik-statik operatorlar orqali ijodiy hikoya yaratishga oʻrgatadi.
Xulosa: Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasavvur va ijodiy fikrlash rivojlanishi yoshga qarab oʻzgaradi: avvaliga predmetga bogʻliq va bexohlarsiz boʻlsa, keyinchalik ixtiyoriy va maqsadga yoʻnaltirilgan boʻladi. Rol va syujetli oʻyinlar, ijodiy mashgʻulotlar, nutq va kommunikativ faoliyat tasavvur va ijodiy fikrlashni samarali rivojlantiradi. Bolalarning fantaziyasi va ijodiy qobiliyati oʻsib borishi bilan ular oʻz rejalari va zamislari asosida murakkab va barqaror oʻyinlar yaratishga qodir boʻladi. Shu tariqa, tasavvur va ijodiy fikrlashni rivojlantirish bolalarning shaxsiy va ijtimoiy faoliyatini mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Дьяченко, О.М. Воображение школьника [Текст]/ О.М. Дьяченко. – М.: Знание, 1986. – С.34.
2. Казакова, Т.Т. Развитие творчества у дошкольников. [Текст]/ Т.Т. Казакова. – М.: Просвещение, 1999. – 192 с.
3. Козлова, С.А., Куликова, Т.А. Дошкольная педагогика [Текст]/ С.А. Козлова, Т.А. Куликова. – М.: Просвещение, 2000. – С. 41.
4. Коршунов, Л.С. Воображение и его роль в познании [Текст]/Л.С.Коршунов. – М: Просвещение, 1979. – 189 с
5. Рибо, Т. Творческое воображение [Текст]/ Т. Рибо. – М.: Просвещение, 2001. – С. 83.
6. Практикум по возрастной и педагогической психологии. [Текст]/ / Авт.-сост. Е.Е. Данилова; Под ред. И.В. Дубровиной.– М.: Академия, 1998. – 160 с.
7. Выготский, Л.С. Воображение и его развитие в детском возрасте [Текст]/ Л.С. Выготский. – М.: - 1995. – 189 с.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.