--⊱⊱ 391 ⊰⊰--
OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISH
Sh.Sh.Djabbarova
“Maktabgacha va inklyuziv taʼlim
metodikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi
Kalit soʻzlar: Taomnoma, yaxna taomlar, jihozlar, sanitariya –gigiyena,oshxona, oziq-ovqat mahsulotlari, omborxona, zahira, maxsus transport, taʼminotchi.
Annotatsiya:Mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ovqatlanish rasioni, ovqat mahsulotlarini tashib keltirish, oshxonalarni jihozlash,oshxonalarda saqlash, ishlov berish, ovqatlanishga qoʻyiladigan talablar, ovqatlanishni tashkil etishda sanitariya-gigiyena talablari va qoidalarini bajarilishini taʼminlash yoritib berilgan.
Ключевые слова:Блюда, закуски, оборудование ,санитарно-гигиенические условия, кухня, продукты питания, склад, резерв, специальный транспорт, поставщик.
Аннотация:В данной статье освещены рацион питания дошкольных образовательных организаций, транспортировка продуктования.
Keywords:Dishes, snacks, equipment,sanitary conditions, kitchen, food, warehouse, reserve, special transport, supplier.
Annotationswords:Dishes, snacks, equipment,sanitary conditions, kitchen, food, warehouse, reserve, special transport, supplier.
Abstract:This article highlights the nutrition of preschool educational institutions and the transportation of groceries.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi tarbiyalanuvchilarining sogʻlom va barkamol oʻsishini taʼminlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni isteʼmol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish hisoblanadi.
Quyidagilar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- tarbiyalanuvchilarning belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlanishini tashkil etish;
- tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash;
- oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
- tarbiyalanuvchilarda ovqatlanish bilan bogʻliq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik;
- tarbiyalanuvchilar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish koʻnikmalarini shakllantirish;
- taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etish.
Quyidagilar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
--⊱⊱ 392 ⊰⊰--
- tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishni bevosita maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan amalga oshirish;
- tarbiyalanuvchilar uchun sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni ularning xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishga doir sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirish.
Tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish uchun tegishli tuman (shahar) hokimlari, halq taʼlimi tashkiloti faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari mudirlari hamda taʼlim tashkiloti rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi halq taʼlimi vazirligi, viloyatlar halq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar halq taʼlimi bosh boshqarmasi, halq taʼlimi tashkiloti faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari hamda taʼlim tashkiloti vakolatlari quyidagilardan iborat:
- maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilib borish;
- tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga oshxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar kiritish;
- monitoring natijalarini har chorakda hududiy tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yigʻilishlarda prokuratura, moliya, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi tashkiloti faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilib borish;
- oshxonalarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlmagan holatlarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish kerak. Ovqatlanish toʻgʻri tashkil etilganda, asosiy oziq moddalar tarkibi toʻliq va muvozanatli boʻladi, bola organizmini bir maromda oʻsibulgʻayishini taʼminlaydi, bolaning immunitetini turli kaslliklarga qarshi chidamlilik darajasini oshiradi, shuningdek, kasalliklar kelib chiqishini oldini oladi, uning sabr-toqatliligini, samaradorligini oshiradi hamda psixologik rivojlanishiga ijobiy taʼsir etadi.
Bolalarning energiya sarfi ularning yoshi, yashash sharoiti va faoliyatiga bogʻliq boʻladi. Energiya sarflari bolalarning mashgʻulot turlari xamda xaraktlariga bogʻliq boʻlib, hayot faoliyati davomida sarflanib turadi. Bu energiya bola isteʼmol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari hisobiga toʻldirib borilishi lozim, aks holda energiyaga boʻlgan ehtiyoj organizmning ichki resurslari hisobidan qoplanilishiga toʻgʻri keladi. Natijada tana vazni kamayadi, oʻsishi toʻxtaydi, organizmning himoya taʼsiri tushib, bola asta-sekin toliqishni boshlaydi. Koʻrsatilgan bolalar guruhida energiyaning isteʼmol nisbatini aniqlash mezoni barcha faoliyat turida (oʻyinlar, mashgʻulotlar, jismoniy tarbiya, musiqa, rasm va boshqalar) aniqlanadi, asosiy xajm kattaligi (AXK) – orom olish holatidagi energiyaning sarflanishi va jismoniy faollik koeffisiyenti (JFK) hamda yetim, kam taʼminlangan oilalar bolalarining ruhiy va jismoniy rivojlanishi, umumiy kasallanishining oʻsishiga olib keladi. 2 yoshdan 3 yoshgacha va 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalarning ovqatlanishidagi farq, asosiy oziq moddalarning miqdori, kundalik rasion hajmi, shuningdek bir porsiya ovqat xajmining farq qilishidan iboratdir. Baliqli kotlet, goʻshtli sufle berilishi lozim.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida 9 soat mobaynida boʻlgan bolalarga uch martalik ovqat berilishi lozim. Bunday holatda ikkinchi tushlikdagi ovqatlantirishning energetik qiymati (kkal) 15% dan kam boʻlmasligi kerak. Maktabgacha taʼlim tashkilotida taomnomani oqilona
--⊱⊱ 393 ⊰⊰-- shakllantirishda kunlik rasionga shunday taomlar tanlab olinishi lozimki, unda bolalarning asosiy oziq moddalarga boʻlgan ehtiyoji va ularning yoshiga qarab talab etilgan energiya toʻliq taʼminlanishi, tarbiyalanish sharoiti va sogʻlom boʻlishi, shuningdek, ovqatlanishning iqlimiy va milliy xususiyatlari hisobga olinadi.
Bolalar ovqat rasionini toʻgʻri shakllantirishda mahsulotlarni kun davomida toʻgʻri taqsimlanishini oldindan hisobga olish zarur. Oqsilga boy mahsulotlar, ayniqsa ular moy bilan birikib kelsa, ular bola oshqozonida uzoq saqlanib turadi va koʻproq miqdorda hazm qildiruvchi suyuqlik talab etadi, shuning uchun goʻsht, baliq, tuxum kabi mahsulotlar bor ovqatlarni kunning birinchi yarmida-nonushta va tushlikka berish tavsiya qilinadi. Kechki ovqatga bolalarga sutli va oʻsimlikdan tayyorlangan yengil hazm boʻladigan ovqatlar berish maqsadga muvofiqdir, chunki tunda uyqu paytida hazm qilish jarayoni sekinlashadi.
Taomnoma tuzilayotganda sut, goʻsht, sariyogʻ hamda don mahsulotlari, non, shakar kabi biologik qimmatli mahsulotlar kundalik ovqatlanish rasioniga kiritilishi shartligini hisobga olish kerak.
Baliq, tuxum, pishloq, smetana, tvoroglarni har kun ham berib boʻlmaydi. Chunki ularning ozgina miqdoriga boʻlgan kundalik ehtiyoj ulardan alohida ovqat tayyorlashga imkon bermaydi. Lekin oʻn kun davomida koʻrsatilgan mahsulotlarning belgilangan miqdori berilishi shart.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining kundalik ovqatlanish meʼyorlari bolalar muassasada boʻlgan vaqtlarida (24;12;10,5;4,5 soat va boshqalar) ularni kunlik meʼyorlarda belgilangan oziqovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishini hisobga olgan xolda belgilanadi, biroq xar bir taom uchun sarflanadigan mahsulotlar miqdori taom tayyorlash reseptiga asoslanadi.
Barcha mahsulotlarning oʻn kunlik harajati tasdiqlangan kundalik meʼyorlarga aniq mos boʻlishi kerak (hisob “chiqitli” grafasida yuritiladi, yaʼni mahsulotlarga dastlabki ishlov berishdagi chiqindisi hisobga olinmaydi).
Bolalar taomnomasiga yirik toʻgʻralgan xom sabzavotlardan tayyorlangan salatlar, yangi mevalar (xar kuni), uchinchi taom sifatida yangi tayyorlangan va vitaminlashtirilgan ichimliklar, konservalangan sharbatlar, bolalar uchun mevali pyurelar va shu kabilar koʻproq kiritilishi lozim.
Bola kun davomida ikkita sabzavotli taom va faqat bir marta yormali taom yeyishi maqsadga muvofiqdir. Har xil sabzavotlardan aralashma garnirlar tayyorlash ham tavsiya qilinadi. Har bir maktabgacha taʼlim muassasasi oʻn kunlik istiqbol taomnomasiga ega boʻlishi va taomlarning maxsus ishlab chiqilgan kartotekasiga ega boʻlishi shart.
Bu kartotekalarda taomlarning tarkibiy qismlari, energetik qiymati (kaloriyasi), oqsil, yogʻlar, uglevodlarning miqdori koʻrsatiladi. Tayyor kartochkalarni foydalanish ovqatning kimyoviy tarkibini osongina hisoblab chiqishga, kerak boʻlganda bir taomni oʻzi bilan teng qiymatga ega boʻlgan boshqa taom bilan almashtirishga, bolalar ovqatlanishi sifatini kundalik nazorat qilishga imkoniyat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar .
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisidagi Farmoni PF - 4947-son, “Xalq soʻzi”, 2017 y., 28 (6722)-son.
--⊱⊱ 394 ⊰⊰--
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi“Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” PQ-3160- sonli qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3651-sonli qarori.
4. U.B. Axrorov “Pazandachilik texnologiyasi” Toshkent 2008.
5. I.M. Voronsova “ Spravochnik po detskoy diyetetike” “Medisina” 1980.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.