--⊱⊱ 480 ⊰⊰--
YORDAM BERUVCH MILLIY OʻYIN VA MASHQLAR
Niyozmetova Zumrad Saayevna
Xorazm viloyati Urganch shahar 32-
DMTT Oʻqituvchi logoped
Jumboyeva Shaxnoz Hamidovna
Xorazm viloyati Shovot tumani 35-
DMTT Oʻqituvchi logoped
Davronova Gulbaxor
TKXUNF 1- kurs magistratura talabasi
Annotatsiya
Maqolada oʻrta guruh bolalarini nutqini toʻgʻri shakllanishida ajdodlarimiz tomonidan bizga meros boʻlib kelgan turli xil milliy oʻyinlar va didaktik mashqlarning uslubiy jihatlari yoritib berilgan.
Kalit soʻzlar: Milliy oʻyinlar, Rolli oʻyinlar, Xalq oʻyinlari, Didaktik oʻyinlar va mashqlar.
NATIONAL GAMES AND EXERCISES THAT HELP TO PROPERLY FORM
CHILDRENʼS SPEECH IN THE MIDDLE GROUP
Annotation
The article highlights the methodological aspects of various national games and didactic exercises inherited from our ancestors for the correct formation of the speech of children in the middle group.
Keywords: National games, Role-playing games, Folk games, Didactic games and exercises.
Oʻyinlar xalq pedagogikasining tarbiya vositasidan biri hisoblanadi. Asrlar davomida oʻyinlar rivojlanib, yangilanib kelmoqda. Oʻyin faoliyati bola hayotida, uning jismoniy, ruhiy, aqliy kamolatga yetishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. Milliy oʻyin orqali bolalar tafakkur, tasavvur, xotira, diqqati kabi barcha psixik jarayonlari rivojlanadi va atrof - muhit haqidagi bilmi yanada kengayib boradi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida milliy oʻyinlar faoliyatidan toʻgʻri va unumli foydalanish, har bir oʻtkaziladigan mashgʻulotlar va sayr faoliyatining samaradorligini oshirib boradi. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida oʻyin faoliyati turli xil shaklda voqeaband - ijroli, harakatli, taʼlimiy, musiqiy-taʼlimiy kabi yoʻnalishda olib boriladi. Milliy oʻyinlar bolalar uchun qiziqarli, mazmunli boʻlishi uchun tarbiyachi oʻyin qoidasi bilan yaqindan tanish boʻlishi kerak. Oʻyin mashgʻulotlaridan voqeaband - ijroli oʻyinlar orqali bolalar tafakkuri kengayadi va qiziqishlari rivojlanadi. Rolli oʻyinlar orqali bolalarga ularni qurshab turgan kishilarning kundalik hayoti, oʻzaro munosabatlari, turmush kechirish yoʻsinlari bilan tanishib boradi. Bolalar hamisha kattalarga taqlid qilishadi, qoʻgʻirchogʻini erkalayotgan qizcha onasining soʻzini takrorlaydi, qoʻgʻirchogʻini beshikka belab alla kuylaydi, mana shu birgina oʻyin orqali unda oila sharoitidagi koʻnikmalar hosil
--⊱⊱ 481 ⊰⊰-- boʻlayotganligini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari «Shifokor», «Sartaroshxona», «Doʻkonda», «Quruvchilar», «Tikuvchilar», «Bogʻcha», «Maktab - maktab» kabi oʻyinlar orqali maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qalbida kasbga qiziqish, faollik, oʻzgalarga mehnatiga hurmat, ahil va inoqlilik, shirinsuhanlik kabi hislatlar oʻstirib boriladi.
Harakatli milliy oʻyinlar bolalardan epchillikni, chaqqonlikni, diqqatni bir joyga jamlashni, sezgirlikni talab kiladi. Xalq oʻyinlaridan «Ismingni eslab qol», «Koʻz bogʻlagich», «Oq terakmi, koʻk terak», «gʻozlar», «Qushim boshi», «Toʻp-tosh», «Jami» oʻyinlari orqali bolalarda harakat faoliyati rivojlantirilib boriladi, mustaqil faoliyati, jismoniy quvvati oshirilib, oʻzligiga ishonch ruhi oʻstirib boriladi.
Eshitish va koʻrish aʼzolarini faollashtirish uchun «Xilini top», «Qaysi daraxtning mevasi?», «Nimaning pati», «Mevasini top», «Onasini top», «Mevalar va barglar», «Domino», «Yovvoyi va uy hayvonlari», «Ishlash uchun nima zarur», «Bu uychada qanday hayvon yashaydi»,»Bu kim yoki nima?» singari oʻyinlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi.
Bolaning mashgʻulotlar jarayonida olgan iqtisodiy bilimi, tushuncha va tasavvurlarini mustahkamlashda, chuqurlashtirish va kengaytirishda milliy oʻyinlarning oʻrni benihoyadir. Pedagog bolalar oʻyiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining barcha jihatlariga: ongi, his-tuygʻular, irodasi, xulqiga taʼsir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan ham shuningdek, iqtisodiy tarbiyalashda ham foydalanish lozim. Shunda oʻyinlar natijasida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. Quyida oʻrta guruh bolalari uchun milliy oʻyin ishlanmalaridan namunalar keltirilgan.
1. «FABRIKA» oʻyini. Ekskursiya. Jihoz: Kiyim-kechaklar, «yorliqlar, rasm-qalam, qogʻoz, rasmli kartochkalar. Yangi soʻzlar: Iqtisod. yorliq, mukofot, maosh, boshqaruv, narx, vaqt. Maqsad: Boshqaruv haqida bilim berish, sifatdi va sifatsiz mahsulotlar, unga sarflangan vaqt haqida, xazina, maosh, narx haqida tushuncha berish, fabrika belgisini oʻrgatish.
Mashgʻulotning borishi: U yerning direktori va sex boshliqlari boʻladi. Qizlar oʻtirib, qoʻgʻirchoqlarga koʻylaklar tikadilar, Sex boshligʻi ularning bajargan ishlarini koʻrib sifatli va sifatsizga ajratadi-di» Shuncha koʻylakcha tikdingiz» deb maosh toʻlanadi Pichilgan va tikilgan ishlar alohida joyga qoʻyiladi. «Tayyorlariga fabrika nomi yozilgan yorliqlar qoʻyib tikiladi va sotish uchun bogʻcha bozoriga chiqariladi. Qancha koʻp va tez sotilsa, ishchilar mukofot oladilar.
2. «DOʻKON» oʻyini. Didaktik vazifasi: sotib olish zarur boʻlgan narsani tasvirlashga oʻrgatish, xushmuomala boʻlishga, bir-birga eʼtiborli boʻlishga doʻkondagi muomala normasi, xushmuomalalik bilan soʻrashish, rahmat aytish.
Oʻyin qoidasi: tasvirlanishiga qarab, sotib olinadigan buyum topish, kim birinchi boʻlib topsa, oʻsha narsani sotib olishga boradi, xarid qilingan oʻyinchoqlarni keyin bolalar oʻynaydi.
Oʻyin harakatlari: Topishmoq aytish, topish, sotish va sotib olish. Oʻyinning borishi: Tarbiyachi maʼlum qiladi: Bugun bu yerda yangi magazin ochildi. (Oʻyin boshlaguncha narsalarni peshtaxtaga qoʻyib, sotuvchi tayinlanadi). Kim magazinga borib, narsa sotib olsa, olgan narsasini bizga koʻrsatmaydi. Biz soʻraymiz: «Nima sotib olding, bizga koʻrsat!» Bizga javob beradi: «Agar nimaligini topsalaring koʻrsataman». Bolalardan biri oʻyinchoqni tanlab, soʻzlay boshlaydi: Men tunda yoritadigan narsa sotib oldim. U metalldan, chirogʻi qizil. Fonarcha, - deb topadilar bolalar. Birinchi xaridorni tarbiyachi tayinlaydi. Hamma bolalar doʻkonga orqa oʻgirib oʻtiradilar, xaridor sotuvchiga xushmuomalalik bilan soʻzlab, oʻziga yoqqan narsani soʻraydi va tayoqcha bilan koʻrsatadi. Sotuvchi narsani xaltaga solib, xushmuomalalik bilan deydi: «Marhamat!». Xaridor sotuvchiga rahmat aytib xayrlashdi. «Vali nima olding?» deb soʻraydilar. -Avval topinglar, keyin
--⊱⊱ 482 ⊰⊰-- koʻrsataman, - deydi Vali, - men shunday kichkina narsa sotib oldim. Stadionda hakam uni oʻzi bilan olib yuguradi, kim qoidani buzsa uni chaladi. - Hushtak! Koʻrsat! Vali olgan narsani koʻrsatadi va birinchi boʻlib javob bergan bola xaridor boʻladi. Shunday qilib, oʻyin uning hamma ishtirokchilari oʻyinchoq sotib olguncha davom etadi. Oʻyinni tushuntirish bilan yakunlash mumkin: «Magazin tushlik vaqtida yopiladi». Bolalar oʻyinchoqlarni oʻynaydilar, bir-birlari bilan almashtiradilar. Oʻyin uchun unutilgan oʻyinchoqlarni qoʻyish kerak. Tarbiyachi oʻyinchoqlarni qanday oʻynash lozimligini eslatish mumkin. Masalan: «Vali! Xokkey oʻynaganlaringda endi sen hakam boʻlishing mumkin. Senda hushtak bor». Bolalar kim xokkey oʻynapshni kelishib oladilar. «Mep esa aloqachi boʻlaman. Menda fonarcha bor. Men kechasi ham dushmanni koʻra olaman. Kel, Sanjar aloqachilar boʻlib oʻynaymiz! Men senga ham fonarchamni berib turaman». Magazindan olingan narsani olish orqali bolalarda mustaqil oʻynash koʻnikmalari hosil boʻladi.
3. «QOʻGʻIRCHOQNING YANGI UYI». Didaktik vazifasi: Umumtashgiruvchi soʻzlar: mebel, kiyim, oyoq kiyimi, idish-tovoq, oʻyinchoq kabilarni toʻgʻri qoʻllash va tushunishni mashq qildirishga, bolalarda ixtiyoriylikni, oʻyinchoqlarni ehtiyotlagani, tengqurlari bilan oʻynash istagini tarbiyalash.
Oʻyinning qoidalari: Yangi qoʻgʻirchoq yasaydigan xonaga aynan soʻzga taalluqli boʻlgan narsalar olib kirishi kerak. Narsalarni biror narsaga solish yoki maʼlum joyga qoʻyish.
Oʻyinning harakatlari: Xonani yangi qoʻgʻirchoq uchun jihozlash, kerakli narsalarni qidirish. Oʻyinning borishi: Tarbiyachi oʻyin burchagini barcha oʻyinchoqlardan holi qiladi va faqat polda gilamnigina qoldiradi. Hamma narsalar, oʻyinchoqlar xonaning devori yonida bir chetda stolda turadi. - Bolalar, bugun biz yangi uyga koʻchamiz. «Rano degan qoʻgʻirchoq biznikiga keldi, biz uning xonasini jihozlashga yordam berishimiz kerak. Kelinglar, yangi qoʻgʻirchoq bilan tanishaylik, - deya oʻyinni boshlaydi tarbiyachi. Bolalar qoʻgʻirchoqni koʻradilar, oʻzlari tanishadilar. Tarbiyachi deydi: «Mana, endi, biz «Yangi uyga koʻchish» oʻyinini oʻynaymiz. Rano sizlarni qanday oʻynay olishlaringni koʻrib turadi. Oʻyin qoidalari shunday: men narsalarni bir aytaman, sizlar esa kerakli narsalarni Raʼno yashaydigan uyga olib kirasizlar. Hushyor boʻlinglar! Bizga uy jihozlari kerak boʻladi. Sevara, Yulduz. Mahliyolar boradilar va uy jihozlariga kiradigan hamma narsani olib keladilar, qolganlar esa tekshiradi: ular hammasini olib kelishganmi, yoʻqmi. Qizlar qoʻgʻirchoq mebelini gilam ustiga joylashtiradilar. Tarbiyachi davom etadi: - Endi, Vohid, Gʻani va Vali borib, idishlarni olib keladilar (ovqat va oshxona idishlarini). Bolalar idishlarni keltirib stolga qoʻyadilar. Hamma bu ishni batartib, bajarilishini kuzatib turadi. Oyoq kiyimlarini yana bir guruh bolalar olib keladi. Raʼno biznikida yaxshi yashashi uchui yana nimalar olib kelish kerak? - Oʻyinchoqlarni, koʻp oʻyinchoqlarni, - deydi bolalar. Bolalar oʻyinchoqlarni olib kelib, gilamga, tokchaga qoʻyadilar. Bu oʻyinda umumlashtiruvchi tushunchalar. Mustahkamlanadi va muhimi, tarbiyachi bolalarni ijodiy oʻyinga tortadi: yangi kelganga gʻamxoʻrlik qilish, u bilan oʻynash, unga yangi uy yasatish koʻnikmasi tarbiyalanadi. Oʻyinda ixtiyoriylik, batartiblilik tartiblanadi. Oʻyin burchagini oʻzi jihozlab olish koʻnikmasi shakllantiradi.
4. «TIJORAT DOʻKONI» oʻyini. Oʻyinniig maqsadi: Reklama, doʻkon turlari, tijorat nima, ustama narx nima ekanini, muomala madaniyatini garbiyalat va savdo qilishga oʻrgatadi. Kerakli jihozlar: sovun, shampun, tish pastasi, soda, oziq-ovqat qogʻozlari.
Yangi soʻzlar: tijorat, tanga, ustama haq, tijoratchi. Oʻyinning borishi: «Gulruh» tijorat doʻkoni. Peshtaxtaga chiroylik sovun, shampun, soda, tish pastasi, oziq-ovqat qogʻozlari qoʻyiladi. Tijoratchi va oluvchi boʻladi. Hamma narsalar reklama tarzida chiroyli qilib teriladi. -Assalomu alaykum, onajon. Menga ana u sovuningizni koʻrsatib yuboring. Xoʻp boʻladi. Bu pecha pul turadi? Unisi-chi? Unisi 10 soʻm, bunisi 25 soʻm? Nimaga unisi 10 soʻm, bunisi 25 soʻm, onajon? 25 soʻmligi
--⊱⊱ 483 ⊰⊰-- import. Turkiyadan keltirilgan. Chet eldan samolyotda olib kelingan. Shuning uchun 25 soʻmdan sotiladi. 10 soʻmligi esa oʻzimizniki. Soʻngra boshqa xaridorlar ham soʻraydilar: «Menga bitta vafli bering». «Menga 2 ta roʻmolcha». «Menga bitta yaxshi tish pastasi bering». «Tayyor kuylaklarning menga loyigʻi bormi?». «Hozir qarab koʻraman», «Mana, sizga loyigʻi ham bor ekan», «narxi uncha qimmat emas», «juda chiroyli va chidamli matodan tikilgan» kabi javoblar bilan sotuvchi xaridorlar koʻpligini olishga harakat qiladi.
5. «BANK» oʻyini. Oʻyinning maqsadi: Bank haqida bolalarga tushuncha berish, u yerda amalga oshiriladigan ishlar va u yerda kimlar mehnat qiligani, soʻm nimaligi, pul muomala vositasi ekanini oʻrgatish, bankni qattiq nazorat qilinganini tushuntirish.
Kerakli jihozlar: milisioner ustboshi, 2 ta oynakchali moslama, kartondan yasalgan pullarining qiymati yozilgan kartochkalar. Yangi soʻzlar: bank, hisobchi, soʻm, pul, chek, valyuta, dollar. Oʻyinning borishi: Xazinani kirish eshigi oldida milisioner turadi. Ichkarida esa 2 ta xona va xushtag oynakchasi bor. U erda ikkita hisobchi oʻtiradi. Bolalardan biri birinchi kassa-tuynukchaga yaqinlashadi va «Onajon, bogʻcha bolalarining toʻlov pulini qabul qilib oling» deydi. Xazinachi «Pullarni kirim qildingmi?» deb soʻraydi. Bola «Yoʻq» deb javob beradi. «Pullarni bir xil qilib taxlang». Mijoz-bola pullarini 2000, 5000, 10000 soʻmlik qilib taxlaydi. Soʻngra xazipachiga uzatadi. Ikkinchi kassa-tuynukka yana boshqa bola borib: «Ona, 2000 soʻm pulim yirtilib ketdi, uni nima qilsam boʻladi?» deb soʻraydi. Xazinachi «Pulingiz yirtilgan boʻlsa, biz almashtirib beramiz» deya oladi va bolaning qoʻliga butun 2000 soʻmlik beradi. Yana bir mijoz tashkilot xaznachisi sifatida ishchilar uchun ish haqi olishligini aytib, ikkinchi kassaga murojaat qiladi va pul oladi. Soʻngra bankdan chiqib ketiladi. Oʻyinning 2- qismida pullar miqdori yozilgan kartochkalarni har xil joylarga tarqatib qoʻyilgan boʻladi. Bolalar pullarni bir xil qilib (soʻm) qilib tahlaydilar.
Xulosa qilib aytganda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini shakllanishida milliy oʻyinlar benihoya muhim rol oʻynaydi. Bola albatta oʻyinni oʻynab oʻzgalar bilan muomila munosabatiga kirishadi. Hatto kattalar bilan ham oʻyin oʻynash orqali oʻz fikr mulohazalarini bemalol ayta oladi. Shu sababdan bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida turli xil bola sogʻligiga zarar yetkazmaydigan milliy oʻyinlar texnologiyasi qoʻllanib borilsa maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Bolalar entsiklopediyasi. 2-nashr. –T. “Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. -664 b.
2.R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariogʻoch, 1998.
3.F.R. Qodirova. «Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni oʻzbekcha soʻzlashishga oʻrgatish» (metodik qoʻllanma). Toshkent, «Oʻqituvchi», 1997.
4.F.R.Qodirova. R.M Qodirova. «Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi». T., «Istiqlol», 2006.
5.F.R.Qodirova. R.M Qodirova. «Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni oʻrgatish metodikasi». T., «Sano-Standart», 2004.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.