NAMOYANDASI.
Xodjamurodova Sevinch Nuriddinovna
Termiz davlat universiteti talabasi
Annotatsiya:
O’zbek adabiyot gulshanining fidoyi yozuvchisi Shukur Xolmirzayev XX asr o’zbek adabiyotining rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan adiblardan biridir. Uning yuksak badiiy mahorati bilan yaratgan asarlari o’zbek xalqi ma’naviyatining yuksalishida o’ziga xos o’ringa ega. U yozgan asarlar oddiy dardning ulug’vor ko’rinishidir. Uning yaratgan qahramonlari oddiy insonlar Vatanga millatga daxli yo’qdek. U ana shu daxlsizlik bilan Vatanga millatga, umuminsoniyatga daxldor bo’lgan dardlarni tasvirlay olgan. Maqolada Shukur Xolmirzayevning hayoti va ijodi uning o’zbek adabiyotida tutgan o’rni haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: Shukur Xolmirzayev, surxon eli, boysun tog’lari, adabiyotga muhabbat, o'zbek xalqi.
Аннотация:
Shukur Xolmirzayev — преданный писатель узбекского литературного сада, один из авторов, внесших огромный вклад в развитие узбекской литературы XX века. Его произведения, созданные с высоким художественным мастерством, занимают особое место в духовном развитии узбекского народа. Написанные им произведения являются величественным отражением человеческой боли и переживаний. Герои его произведений — обычные люди, которые на первый взгляд могут казаться далекими от судьбы Родины и нации. Однако именно через эту внешнюю отстраненность писатель сумел изобразить глубокие проблемы, связанные с Родиной, нацией и общечеловеческими ценностями. В статье рассматриваются жизнь и творчество Шукура Холмирзаева, а также его место в узбекской литературе.
Ключевые слова: Shukur Xolmirzayev, сурхонский край, горы Бойсун, любовь к литературе, узбекский народ.
Annotation:
Shukur Xolmirzayev, a devoted writer of Uzbek literature, is one of the authors who made a significant contribution to the development of 20th-century Uzbek literature. The works he created with great artistic mastery occupy a special place in the spiritual development of the Uzbek people. His writings represent the noble expression of ordinary human pain and experiences. The characters he created are ordinary people who may seem unrelated to the fate of their homeland or nation. However, through this seeming detachment, the writer managed to depict problems deeply connected with the homeland, the nation, and universal human values. The article discusses the life and creative work of Shukur Kholmirzayev and his place in Uzbek literature.
Keywords: Shukur Xolmirzayev, Surkhan region, Boysun mountains, love for literature, Uzbek people.
KIRISH.
Serqirra ijodkor Shukur Xolmirzayev o’zining roman, hikoya, drama singari janrlardagi o’zining badiiy asarlari bilan o’zbek adabiyotida o’chmas iz qoldirgan. Uning asarlari o’zbek xaqli ma’naviyatining yuksalishida o’ziga xos ahamiyatga ega. Shukur Xolmirzayev naqadar serqirra ijodkor, u yozgan asarlar bugungi kun olimlari tomonidan hanuzgacha o’rganib kelinmoqda. Adibning hikoyalari haqida taniqli o’zbek adabiyoti olimlaridan U.Normatov, S.Mamajonov, Q.Yo‘ldoshev, H.Boltaboyev, O.Otaxonov, R.Qo‘chqorovlarning maqolalari e’lon qilingan. Shuningdek H. Karimovning “Shukur Xolmirzayev ijodiy portreti” risolasi, akademik B.Nazarovning “Shukur Xolmirzayev” nomli ijodiy portreti yaratilgan. Bu tadqiqot va maqolalarda Shukur Xolmirzayev ijodining ayrim qirralari yoritilgan bo’lsa, uning hikoyachilikdagi mahorati, badiiy so‘z san'ati, tasvir uslubi haqida G.N.Tavaldiyeva (2001), Sh.Doniyorova (2001) kabi adabiyotshunoslar ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borib va yozuvchining hikoyachilikdagi o‘ziga xos tasvir uslubi, voqelikni badiiy idrok etish tamoyillari haqida ilmiy xulosa berganlar.1
ASOSIY QISM.
O’zbek adabiyotining zabardast yozuvchisi Shuku Xolmirzayev 1940 – yilning 24 – martida Surxondaryo viloyatining boysun tumanida tug’ilgan. Bo’lajak yozuvchi 1959- 1 Jovliyeva Z. Shukur Xolmirzayevning yorqin hayoti va ijodi. — Termiz davlat universiteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Moliya 120-guruh talabasi. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.7843307 1963–yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida o’qiydi. O’qishni tamomlagach ,,Yosh gvardiya ’’ jurnalida muharrir sifatida ishlaydi. Keyinchalik esa Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida adabiy emakdosh sifatida ( 1967 – 1969 ) ,, Guliston’’ va ,,Sharq yulduzi’’ jurnallarida adabiy xodim, bo’lim mudiri sifatida ( 1969 – 1980 ) ishlab kelgan. Xolmirzayevning dastlabki hikoya va ocherklari 1958 yildan nashr etila boshlagan. Xolmirzayev ijodining ilk davridayoq xikoya bilan bir qatorda qissa janrida ham kalam tebratib, „Oq otli“ (1962), „Toʻlqinlar“ (1963), „Un sakkizga kirmagan kim bor?“ (1965) qissalarini yaratdi. Bu asarlar 60-yillardagi oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan boʻlib qoldi. Yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari keyinchalik „Olis yulduzlar ostida“ (1971), „Hayot abadiy“ (1974), „Ogʻir tosh koʻchsa…“ (1980), „Yoʻllar, yoʻldoshlar“ (1984), „Bodom qishda gulladi“ (1986), „Togʻlarga qor tushdi“ (1987) singari toʻplamlaridan oʻrin oldi. Xolmirzayevning hikoya va qissalarida, bir tomondan, yoshlik va talabalik yillarining oʻziga xos romantikasi ifodalangan boʻlsa, ikkinchi tomondan, yozuvchi tugʻilib oʻsgan. Boysun tumanida yashovchi turfa tabiatli kishilar hayoti, jamiyatda va ular ruhiy olamida kechgan kurash va oʻzgarishlar oʻzining badiiy talqinini topdi. Keyinchalik Boysun va boysunliklar hayoti Xolmirzayev ijodining asosiy mavzusi darajasiga koʻtarilib, yozuvchi ijodida realistik tasvirning ustuvor yoʻnalishga aylanishida muhim omil boʻldi. Xolmirzayev voqelikdagi murakkab hayotiy jarayonlar va kishilarning ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini kashf eta borgani sayin uning dastlabki hikoya va qissalaridagi romantik pafos endi oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi va yozuvchining oʻzbek adabiyotiga „shafqatsiz realizm“ unsurlarini olib kirishiga imkoniyat yaratdi. X. 80—90-yillarda yaratgan asarlarida mazkur davrdagi jamiyat va xalq hayotining chuqur badiiy tahlilini berdi. Xolmirzayev „Soʻnggi bekat“ (1976), „Qil koʻprik“ (1984), „Yoʻlovchi“ (1987), „Olaboʻji“ (1992), „Dinozavr“ (1kitob, 1996) singari romanlarini yozdi. X.ning „Soʻnggi bekat“, „Yoʻlovchi“ va „Olaboʻji“ romanlarida shoʻro jamiyatining 70—80-yillarga kelib ichdan yemirila boshlagani yorqin badiiy obrazlar orqali aks ettirildi. Bu romanlarda koʻtarilgan ijtimoiy masala yozuvchining „Dinozavr“ romanida oʻzining yangicha badiiy talqinini topdi. Shoʻro davlatining xalqparvar davlat ekaniga, u olib borgan ichki va tashqi siyosat xalq va mamlakat manfaatiga xizmat qiluvchi siyosat ekaniga astoydil ishongan kishining hayoti va ruhiy olamidagi ziddiyatlar kurashi tasviri mazkur romanning markazida turadi. Xolmirzayev yozuvchilar orasida birinchilardan boʻlib oʻzbek xalqi tarixining „bosmachilik harakati“ deb atab kelingan davrini oʻrgana boshladi. Yozuvchining „Qil koʻprik“ romani va „Qora kamar“ (1987) pyesasida shu mavzu oʻz ifodasini topdi. Ularda adashgan kishilar fojiasi obrazlarda yorqin gavdalantirilgan. X. pyesasi asosida Abror Hidoyatov nomidagi Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan „Qora kamar“ spektakli yosh avlodda tarixiy oʻtmishga yangicha yondashish maylining paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. Xolmirzayevning oʻzbek xotinqizlarining shoʻro davridagi fojiali taqdiriga bagʻishlangan „Ziyofat“ pyesasi ham Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan (1990). „Oq otli“ nomli birinchi qissasi 1962 yilda bosilgan. Ikkinchi asari — „Toʻlqinlar“ (1963) Abdulla Qahhor tahsiniga sazovor boʻldi. „Oʻn sakkizga kirmagan kim bor“ (1964), „Taqdir bashorati“ (1968), „Yoʻllar, yoʻldoshlar“ (1973), „Yur, togʻlarga ketamiz“ (1976), „Choʻloq turna“ (1978), „Tuproq koʻchalar“ (1978), „Qush tili“ (1982), „Qahramonning soʻnggi kunlari“ (1984), „Togʻlarga qor tushdi“ (1986), „Abdulla Nabi oʻgʻlining soʻnggi kunlari“ (1983), „Esiz, Eshniyoz!“ (1988), „Bulut toʻsgan oy“ (1997) qissalari, „Soʻnggi bekat“ (1976), „Qil koʻprik“ (1984), „Olaboʻji“(1991), „Dinozavr“ (1996) kabi romanlari, „Qora kamar“ (1989) nomli dramasi, „Yovvoyi gul“, „Bahor oʻtdi“, „Bitiktosh“, „Ozodlik“, „Oʻzbeklar“, „Hayot abadiy“, „Ogʻir tosh koʻchsa“, „Ustoz“, „Koʻk dengiz“, „Tabassum“, „Shudring tushgan bedazor“, „Boychechak ochildi“, „Otning egasi“, „Navroʻz, navroʻz“ singari oʻnlab hikoyalari va boshqa koʻplab asarlari nashr qilingan.2 1 Shukur Xolmirzayevning so’nggi yozgan ,,Dinozavr’’ romani shunday fikr bildirgan: ,,Kuchlilar yengadi, kuchsizlar yengiladi, deyilgan nazariya noto’g’ri! Agar kuchlilar yengish qobiliyatiga ega bo’lganlarida, avvalo dinozavrlar yenggan bo’lardi. Yo’q u o’ladi’’ 3O’sha paytda kuch qudrat egasi bo’lgan sho’ro hukumati ham hozir parchalanib ketgan… Yuqoridagi so’zlardan Shukur Xolmirzayev ijodini tahlil etar ekanmiz, yozuvchining chuqur bilimga ega ziyoli shaxs ekanligi, shuningdek, uning qarashlari va fikrlari o‘zining keskinligi hamda hayotiy haqiqatlarga yaqinligi bilan ajralib turishini ko‘rish mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Shukur Xolmirzayev nafaqat adabiyotda balki hayotda ham o’z o’rniga, dunyo qarashlariga ega bo’lgan haqiqiy shaxs edi. Uning adabiyot ijod va 2 1 https://www.wikiwand.com/uz/Shukur_Xolmirzayev 3Xolmirzayev, Shukur. Dinozavr. — Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 1997. hayot haqidagi fikrlari bugungi kun odamlarini o’ylashga majbur qiladi. U haqiqiy ijodkor edi. U o’z hayotidan ham adabiyotni ustun qo’yolgan shaxs edi. Ha, bunday iroda o’zbek elining farzandi, Shukur Xolmirzayevga xos edi. Uning uchun adabiyot hayot kechirish vositasi emas, balki yashashning betakror shakli edi. U yaratgan asarlarida adabiyotsiz yashashni tasavvur etolmaydigan qahramonlar talqini yaqqol ko’zga tashlanadi. Uning asarlarini o’qib naqadar adabiyot uning qalbi shu’riga singib ketganini anglash mumkin. Uning asarlarini o’qigan kishi adib tug’ilib o’sgan surxon eli, boysun tog’lariga, bepoyon archazor u dashtliklariga sayohat etadi, u yerdagi ajib ohanglarni, bepoyon manzarani, rang-baranglikni ko’radi. Bularning hammasi Shukur Xolmirzayevning yuragidagi adabiyotga bo’lgan muhabbat ana shu tiriklik ,,urib turgan’’ tabiatning ,,issiq’’ bag’ridan olinganini anglatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Tavaldiyeva G. Sh. Xolmirzayev hikoyalarida inson va tabiat munosabatlarining badiiy talqini. 2020.
2.Xolmirzayev Sh. Dinozavr. — Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 1997.
3.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. — Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2005. (Shukur Xolmirzayev haqidagi maqola mavjud).
4.O‘zbek adabiyoti tarixi. — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nashriyoti, 2019.
5.O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nashrlari va maqolalari (yozuvchining hayoti va ijodi haqida rasmiy ma’lumotlar mavjud).
Internet manbalari:
1. https://www.wikiwand.com/uz/Shukur_Xolmirzayev
2.https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/shukur-xolmirzayev1940- 2005
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.