INDIVIDUAL TA’LIM MUHITIDA REGGIO EMILIA G‘OYALARINING AHAMIYATI.
Annotatsiya
mazkur maqolada maktabgacha ta’limda individual ta’lim muhitini tashkil etishda Reggio Emilia pedagogik yondashuvi g‘oyalarining ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda bolaning faol, qiziquvchan, ijodkor va ta’lim jarayonining faol subyekti sifatidagi pozitsiyasi, “bolaning yuz tili” konsepsiyasi, ta’lim muhitining pedagogik imkoniyatlari, pedagogning kuzatuvchi va hamkor sifatidagi roli, pedagogik hujjatlashtirish, loyiha faoliyati, ijodiy markazlar hamda oila bilan hamkorlik masalalari yoritilgan. Reggio Emilia yondashuvining individual ta’lim muhiti bilan uyg‘unlashuvi natijasida bolaning qiziqishi, ehtiyoji, rivojlanish sur’ati va individual imkoniyatlarini hisobga olish uchun sharoit yaratilishi asoslangan. Maqolada individual ta’lim muhitini loyihalashning “bola – pedagog – muhit – oila” integrativ modeli taklif etilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Reggio Emilia g‘oyalaridan foydalanishning pedagogik shartlari va amaliy mexanizmlari ko‘rsatib berilgan.
в статье теоретически анализируется значение идей педагогического подхода Reggio Emilia в организации индивидуальной образовательной среды в дошкольном образовании. Рассматриваются представление о ребёнке как активном, любознательном и творческом субъекте образовательного процесса, концепция «ста языков ребёнка», педагогический потенциал образовательной среды, роль педагога как наблюдателя и партнёра, педагогическая документация, проектная деятельность, творческие центры и взаимодействие с семьёй. Обосновано, что интеграция идей Reggio Emilia с индивидуальной образовательной средой создаёт условия для учёта интересов, потребностей, темпа развития и индивидуальных возможностей каждого ребёнка. В статье предложена интегративная модель проектирования индивидуальной образовательной среды «ребёнок – педагог – среда – семья». Также определены педагогические условия и практические механизмы использования идей Reggio Emilia в дошкольных образовательных организациях.