ResearcherUz LogoResearcherUz

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNING KASBIY FAOLIYATIDA RAQAMLI TAʼLIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatida raqamli taʼlim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Zamonaviy pedagogika oliy taʼlim muassasalarida axborotkommunikatsiya texnologiyalari, elektron taʼlim platformalari va sunʼiy intellektga asoslangan vositalarning kasbiy tayyorgarlik jarayoniga integratsiyalashuvi tahlil qilingan. Boʻlajak oʻqituvchining raqamli kompetentligini shakllantirishda amaliyot bazalari, pedagogik amaliyot va mustaqil ishlash tizimining oʻrni koʻrib chiqiladi. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida raqamli taʼlim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy-metodik asoslarini ishlab chiqish, mavjud metodikalarning samaradorligini tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda nazariy tahlil, pedagogik kuzatuv, soʻrovnoma va qiyosiy-statistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Manba sifatida xorij va Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimidagi raqamli taʼlim modellari, pedagogika yoʻnalishi talabalari va yosh oʻqituvchilar orasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari hamda amaldagi oʻquv dasturlari tahlilga tortildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari boʻlajak oʻqituvchilarning raqamli kompetentligi notekis shakllanayotganini, texnik vositalardan foydalanish koʻnikmalari bilan ularni pedagogik jarayonga metodik jihatdan integratsiya qilish koʻnikmalari oʻrtasida farq mavjudligini koʻrsatdi. Aralash taʼlim modeli, loyihaviy topshiriqlar, virtual pedagogik amaliyot va raqamli portfolio vositalarini bosqichma-bosqich joriy etish samaradorlikni sezilarli darajada oshirishi aniqlandi. XULOSA: boʻlajak oʻqituvchining raqamli taʼlim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish uzluksiz, bosqichli va amaliyotga yoʻnaltirilgan yondashuvni talab qiladi. Oʻquv dasturlariga raqamli pedagogika modulini kiritish, oʻqituvchimentorlarning raqamli kompetentligini oshirish hamda universitet-maktab hamkorligini mustahkamlash ushbu jarayonning samaradorligini taʼminlovchi asosiy omillar sifatida belgilandi.


INTRODUCTION: this article scientifically and theoretically investigates the issues of improving the methodology of using digital educational technologies in the professional activity of future teachers. The integration of information and communication technologies, e-learning platforms, and artificial-intelligence-based tools into the process of professional training at higher education institutions is analyzed. The role of practicum bases, teaching practice, and the system of independent work in shaping the digital competence of a future teacher is examined. AIM: the primary objective of the study is to develop the theoretical and methodological foundations for the use of digital educational technologies in preparing future teachers for professional activity, to analyze the effectiveness of existing methods, and to formulate scientifically grounded recommendations for their improvement. MATERIALS AND METHODS: the research employed methods of theoretical analysis, pedagogical observation, questionnaire surveys, and comparative-statistical analysis. Source materials included foreign and Uzbekistani models of digital education in the higher education system, the results of surveys conducted among pedagogy students and young teachers, and current curricula. DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that the digital competence of future teachers develops unevenly: there is a gap between technical-tool skills and the ability to methodically integrate them into the pedagogical process. It was established that the phased introduction of a blended-learning model, project-based assignments, virtual teaching practice, and digital portfolio tools significantly increases the effectiveness of training. CONCLUSION: improving the methodology by which future teachers use digital educational technologies requires a continuous, phased, and practice-oriented approach. Incorporating a digital pedagogy module into curricula, enhancing the digital competence of mentor teachers, and strengthening university-school cooperation were identified as the key factors ensuring the effectiveness of this process.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar