RAQAMLI TA'LIM MUHITINING BO'LAJAK HARBIY XIZMATCHILAR KASBIY MOBILLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada raqamli ta'lim muhitining bo‘lajak harbiy xizmatchilar kasbiy mobilligini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli pedagogika, elektron ta’lim, masofaviy ta’lim, aralash ta’lim, mobil ta’lim va adaptiv ta’lim tushunchalarining zamonaviy pedagogik talqinlari ko‘rib chiqilib, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ochib beriladi. Raqamli ta’lim muhitining harbiy ta’lim jarayoniga integratsiyasi pedagogik va psixologik jihatdan asoslanadi. Maqolada LMS platformalari, virtual laboratoriyalar, raqamli simulyatorlar va mobil ilovalarning kasbiy mobillik komponentlariga (motivatsion, kognitiv-kompetenli, faoliyatli, refleksiv, kommunikativ) ta’siri tizimlashtirilgan jadval shaklida taqdim etiladi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, raqamli ta’limdan foydalanishdagi texnik, pedagogik, tashkiliy va metodik muammolar aniqlangan hamda ularni bartaraf etish mexanizmlari taklif etilgan. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli ta’lim muhitining bo‘lajak harbiy xizmatchilar kasbiy mobilligini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlarini nazariy hamda amaliy jihatdan asoslash va ushbu jarayonni takomillashtirishga qaratilgan konseptual model va takliflarni ishlab chiqishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida raqamli pedagogika, elektron ta’lim, masofaviy, aralash va adaptiv ta’limga oid ilmiy-pedagogik hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tizimli yondashuv, qiyosiy-pedagogik tahlil, xorijiy va NATO davlatlarining harbiy ta’limni raqamlashtirish tajribasini o‘rganish, shuningdek, raqamli vositalarning (LMS, virtual simulyatorlar, mobil ilovalar) kasbiy mobillik komponentlariga ta’sirini guruhlash va modellashtirish usullaridan foydalanildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: raqamli ta’lim muhitining vositalari bo‘lajak harbiy xizmatchilar kasbiy mobilligining motivatsion, kognitiv-kompetentli, faoliyatli, refleksiv va kommunikativ komponentlarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Virtual simulyatorlar va LMS platformalari intizom va avtonomiya o‘rtasidagi muvozanatni ("doiradagi avtonomiya") ta’minlashi, xavfsiz realizm muhitini yaratishi hamda individual tayyorgarlikni jamoaviy qo‘llash bilan uyg‘unlashtirishi asoslab berildi. Shuningdek, harbiy ta’limni raqamlashtirishdagi texnik, pedagogik va metodik muammolar aniqlanib, raqamli ta’lim muhiti hamda kasbiy mobillik o‘rtasidagi pedagogik aloqadorlikning konseptual modeli ishlab chiqildi. XULOSA: Raqamli ta’lim muhiti bo‘lajak harbiy xizmatchilarning kasbiy mobilligini muhit va individ o‘zaro ta’sirining rivojlanuvchi xususiyati sifatida shakllantirishda yuksak pedagogik salohiyatga ega. Harbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish bosqichma-bosqich integratsiya strategiyasini, o‘qituvchilarning raqamli pedagogika bo‘yicha malakasini oshirishni va raqamli ta’lim resurslari uchun maxsus sifat standartlarini yaratishni talab etadi.
INTRODUCTION: this article examines the pedagogical potential of the digital learning environment in developing the professional mobility of future military personnel. The study analyzes contemporary pedagogical interpretations of digital pedagogy, e-learning, distance learning, blended learning, mobile learning, and adaptive learning, revealing their interrelationships. The integration of the digital learning environment into military education is justified from pedagogical and psychological perspectives. The article presents a systematized table illustrating the impact of LMS platforms, virtual laboratories, digital simulators, and mobile applications on the components of professional mobility (motivational, cognitive-competence, activity-based, reflective, and communicative). A comparative analysis of foreign experience is conducted, identifying technical, pedagogical, organizational, and methodological challenges in digital learning, along with proposed mechanisms for their resolution. As a result of the research, a conceptual model of the pedagogical relationship between digital learning and professional mobility is developed. AIM: the primary objective of this study is to theoretically and practically substantiate the pedagogical possibilities of the digital learning environment in fostering the professional mobility of future military personnel, and to develop a conceptual framework and targeted recommendations to enhance this process. MATERIALS AND METHODS: the research involved an extensive analysis of scientific literature and regulatory documents concerning digital pedagogy, e-learning, distance, blended, and adaptive learning. The methodology comprised a systems approach, comparative pedagogical analysis, examination of international practices and NATO distributed learning models, as well as methods for categorizing and modeling the impact of digital tools (LMS platforms, virtual simulators, mobile applications) on the core components of professional mobility. DISCUSSION AND RESULTS: the findings demonstrate that digital learning tools significantly enhance the motivational, cognitive-competence, activity-based, reflective, and communicative components of professional mobility in military trainees. It was established that virtual simulators and LMS platforms maintain an optimal balance between discipline and learner autonomy ("autonomy within boundaries"), provide a "safe realism" training setting, and seamlessly connect individual skill acquisition with unit-level application. Furthermore, the study identified technical, pedagogical, and organizational challenges in military digital education and proposed a conceptual model illustrating the pedagogical relationship between the digital environment and professional mobility. CONCLUSION: The digital learning environment possesses substantial pedagogical potential for developing professional mobility as an emergent property of environment-individual interaction. The successful digital transformation of military education necessitates a phased integration strategy, specialized faculty development in digital pedagogy, and the implementation of dedicated quality assurance standards for military digital educational resources.