maqolada ta’lim tizimini raqamlashtirish jarayonida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda ma’lumotlar bazalari hamda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining pedagogik ahamiyati keng yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, ularda ma’lumotlarni izlash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish va boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada zamonaviy raqamli ta’lim muhitining didaktik imkoniyatlari, interaktiv ta’lim texnologiyalari, virtual laboratoriyalar, loyiha asosida o‘qitish metodlari hamda bulutli platformalardan foydalanishning afzalliklari tahlil qilingan. Shu bilan birga, ma’lumotlar bazalarini o‘qitishda xalqaro tajribalar, innovatsion pedagogik yondashuvlar va o‘quvchilarning kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ham bayon etilgan.
в статье подробно освещена педагогическая значимость баз данных и систем управления базами данных (СУБД) в преподавании информатики и информационных технологий в условиях цифровизации системы образования. Также научно обоснованы вопросы развития цифровых компетенций учащихся, формирования у них практических навыков поиска, хранения, обработки, анализа и управления данными. В статье проанализированы дидактические возможности современной цифровой образовательной среды, интерактивные образовательные технологии, виртуальные лаборатории, методы проектного обучения, а также преимущества использования облачных платформ. Наряду с этим изложены международный опыт преподавания баз данных, инновационные педагогические подходы и методические рекомендации, направленные на развитие компетентности учащихся.