ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

1950-1990-YILLARDA SURXON VOHASI QISHLOQ XO‘JALIGI TARIXI (ANGOR TUMANI MISOLIDA)

Аннотация

 Maqolada 1950-1990-yillarda O‘zbekistonning janubiy hududlaridan biri bo‘lmish Surxon vohasining Angor tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar va asosiy ko‘rsatkichlaro‘rganilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

TARIXI (ANGOR TUMANI MISOLIDA)

Amirqulov Muhiddin G‘ulomovich

Termiz davlat pedagogika instituti magistranti

Annontasiya

Maqolada 1950-1990-yillarda O‘zbekistonning janubiy hududlaridan biri bo‘lmish Surxon vohasining Angor tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar va asosiy ko‘rsatkichlaro‘rganilgan.

Kalit so‘zlar: Qishloq xo‘jaligi, Angor, “Kuybishev”, O‘zbekiston SSR, 1950- 1990-yillar.

Аннотация

В статье рассматривается сельскохозяйственная деятельность и основные показатели в Ангорском районе Сурханского оазиса, одного из южных регионов Узбекистана, в 1950-1990-е годы.

Ключевые слова: Сельское хозяйство, Ангор, «Куйбышев», Узбекская ССР, 1950-1990-е гг.

Annotation

The article examines the agricultural activities and main indicators in the Angor district of the Surkhan oasis, one of the southern regions of Uzbekistan, in the 1950s-1990s.

Key words: Agriculture, Angor, "Kuybyshev", Uzbekistan SSR, 1950-1990s.

KIRISH.

Ikkinchi jahon urushini g‘olibona tugallagan sovet xalqi endilikda urush jarohatlarini tiklash va rivojlantirish ishlariga kirishdi. Biroq bu ishlarni amalga oshirishda bir qator qiyinchilik va murakkabliklar ham yuzaga keldi. Masalan, shunday qiyinchiliklardan biri kadrlar masalasi bilan bog‘liq edi. Gap shundaki, urushda qatnashgan jangchilardan juda ko‘pi o‘z kasbining ustasi bo‘lgan kishilar janglarda halok bo‘lgan bo‘lsalar, yana front orqasidagi og‘ir mehnat tufayli oziqovqatning yetishmasligi, turli-tuman kasalliklar tufayli ko‘plab ishga yaroqli mehnatkashlar ham safdan chiqqan edilar.

Bunday holatlar shubhasiz ishning ko‘zini biladigan, omilkorlik bilan xo‘jalik yuritadigan bilimdon kadrlarga muhtojlik zaruratini tug‘dirmasdan qolmas edi. Bundan tashqari, yetarli moliyaviy resurslar, zarur texnika vositalari, mashina va mexanizmlarning yetishmasligi ham katta qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Shunday qiyin sharoit bo‘lishiga qaramasdan viloyat va tuman mehnatkashlari o‘z zimmasidagi reja va topshiriqlarni bajarishga kirishdilar.

Ana shunday og‘ir yillarda Angorning tuman sifatida shakllanishida Sherobodlik mehnatkashlarning hissasi katta bo‘ldi. Ayniqsa, Zang, Tallimaron (1950-yilda qo‘l kuchi bilan qazilgan edi. 1953-1954-yillarda Sherobod va Boysun tumanlari jamoalarining tashabbusi bilan Tallimaron kanali Qorasuvgacha masofaga uzaytirildi. Beshqo‘ton massivida 5 ta jamoa xo‘jaligi tashkil etildi) kanallari qurilishi tuman hayotida katta o‘zgarishlarga yo‘l ochib bergan edi.

Bu yerlarda jamoalashtirish natijasida Sherobod tumanidan ko‘plab oilalar ko‘chirib keltirildi. Ushbu oilalar cho‘lni o‘zlashtirishda katta jonbozdik ko‘rsatdilar. Tumanda yangi yerlar o‘zlashtirilib, hudud kengayib, shu bilan birga aholi soni ham ko‘payib bordi. Shu tufayli O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining “O‘zbekiston SSRda yangi rayonlar tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 1952-yil 16-aprel kuni yangi tuman Angor tumani tashkil etildi. Ana shu farmonga asosan tumanda tashkiliy qo‘mita tuzildi. Unga rais etib Erkin Ostonaqulov tayinlandi.

Tuman tashkil etilgan dastlabki yillarda “Karl Marks,” “Birinchi may,” “Kuybishev,” “Malen’kov,” “Pravda gazetasi” hamda “Xrushchev” nomli bir qancha jamolar mavjud edi. 1953-yili Angor tumanidagi to‘rtta kichik xo‘jalik-“Ozod Buxoro,” “Birinchi may,” “Kuybishev” va “Dehqon ittifoqi” xo‘jaliklari birlashtirilib, unga “Kuybishev” nomi berildi. 1956-yildan xo‘jaliklar traktor va qishloq xo‘jalik mutaxassisliklari bilan ta’minlana boshladi. 1961-yilda Surxon vohasida 1236 ta CKTX-4-6 A markali paxta seyalkalari, 1568 ta NKU-4-4 A markali kultivator va OTN-5 markali 806 ta changlagich va purkagichlar, 863 ta traktor, 1362 ta plug, 621 ta tirkama, 210 ta kombayn 1530 dan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalari mavjud edi.

1950-yillarning oxiriga kelib jamoa xo‘jaliklaridagi ishchilarning ish haqlarida ham o‘zgarishlar bo‘lib, endilikda ish haqi mahsulot bilan emas, balki pul daromadi bilan to‘lanadigan bo‘ldi. Bu esa mehnatkashlarni bozor bilan bog‘lanishga, erkin xarid narxida o‘z xohish istagi bilan mahsulot sotib olishga sharoit yaratib berdi. Lekin, hali jamoa xo‘jaliklarida mehnat haqiga ham pul, ham mahsulot bilan haq to‘lash davom etib kelmoqda edi, bu esa hisobot isharini olib borishga to‘sqinlik qilar edi.

Angor tumani “Lenin” nomli jamoa xo‘jaligi a’zosi X.Saidov 1958-yili yil yakuniga ko‘ra 38400 so‘m pul, 40 sentner bug‘doy yoki 1957-yilga nisbatan 10500 so‘m pul daromad qilgan bo‘lsa, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Stalin” nomli jamoa xo‘jaligi a’zosi Fozil Imomov oilasi esa 50940 so‘m daromad qildi. Mehnat unumdorligining asosiy ko‘rsatkichi, albatta, qilingan mehnatga nisbatan haq olish ekanligiga bog‘liq bo‘lishini yuqoridagi raqamlardan ham bilish mumkin.

Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomoni shundaki, nimagadir o‘sha “chaqiriq” barcha jamoa xo‘jaliklarini o‘z ichiga qamrab ololmadi. Buning sabablaridan biri davlat siyosatdonlarining bu “chaqiriq” orqali kapitalizm tuzumini lol qoldirishga urinishi, bizda hamma insonlar xuddi shu asosda yaxshi haq oladi degan tushunchani singdirishga harakat qilishi edi. 1960-yillarning o‘rtalarida ingichka tolali paxta navlarini yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy qilishda Angor tumani jamoa xo‘jaliklarining ham hissasi katta bo‘ldi.

Angor tumanidagi “Kuybishev” nomli jamoa xo‘jaligi (kolxoz) da texnika ta’minoti ancha mustahkamlanib, 1965-yili jamoa xo‘jaligi raisi Abilsho Xo‘jamqulov tashabbusi bilan ingichka tolali paxtani mashinada terish xo‘jalikning yettita brigadasida sinovdan o‘tkazildi, sinov muvaffaqiyatli o‘tib butun viloyat bo‘yicha joriy etildi. Jamoa xo‘jaligi 1965-yilda 1450 gektar yerga paxta ekib, hosildorlik 17,8 sentnerga, paxta hosili esa 2680 tonnaga yetkazildi.

1960-1970-yillarda viloyatning g‘allakor va sholikorlari ham yuksak muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar. 1965-1975-yillarda donli ekinlar maydoni 52.1 ming gektardan 69.9 ming gektarga, shu jumladan don va makkajo‘xori maydonlari 1,2 ming gektardan, 5,7 ming gektarga, sholi maydonlari 4,1 ming gektardan, 3,5 ming gektarga yetdi. O‘z navbatida bu davrda jami donli ekinlar hosildorligi gektariga 7,3 sentnerdan 10,7 sentnerga, shu jumladan, makkajo‘xori gektaridan 31,7 sentnerdan 55,5 sentnerga, sholi esa 21,8 sentnerdan 45,9 sentnerga ko‘tarildi.

Surxon va Amudaryo etaklarida ixtisoslashgan sholichilik bo‘limi va davlat xo‘jaligining tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayniqsa Amudaryo etaklarida ixtisoslashgan sholichilik xo‘jaliklarining ko‘paytirilishi, suv resurslaridan me’yoridan ko‘proq foydalanish respublika suv zaxiralarining kamayib ketishiga sabab bo‘ldi, bu narsa oqibatda Orol fojeasiga olib keldi.

Bu vaqtda viloyatda don, ayniqsa makkajo‘xori doni yetishtirishda sezilarli yutuqlarga erishildi. Bunga mamlakat siyosiy rahbariyatining bu ekinga katta e’tibor berganligi sabab bo‘ldi. N.S.Xrushchev ma’muriyatining makkajo‘xori hosildorligiga e’tiborning kuchaytirilishi qishloqda ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishda katta sakrashni amalga oshirdi, degan fikrda edi. “Makkajo‘xori” ekini, umuman mamlakat chorvachiligini va agrar ishlab chiqarishni ko‘tarishga yordam qiladi” shiorini o‘rtaga tashlagan “Xrushchev o‘n yilligi” 1960-1970-yillarda ham o‘z ta’sirini yo‘qotmadi.

Viloyatda ham makkajo‘xori yetishtirishga katta e’tibor berilib, o‘rtacha hosildorlik 50-55 sentnerni tashkil qildi. 1965-1975-yillarda viloyatda yalpi hosil yetishtirish 28,4 ming tonnadan 31.6 ming tonnaga yetkazildi. Jamoa xo‘jaliklarida don yetishtirish rivojlanib bordi. Masalan, Angor tumanidagi “Kuybishev” nomli jamoa xo‘jaligida donchilikning o‘sish ko‘rsatkichlari quyidagicha bordi: /R Ekin turlari 1966 1970 1973 1975 1977 1978 1979 . don 22,3 194,

1 394 419 492 497 504 . arpa 22 - 34 18 28 14 85 . bug‘doy - - 114 183 195 210 244 . sholi - 23 153 188 113 128 140 . makkajo‘xori 18 25 53 71 74 81 90

1970-yillar o‘rtalarida dehqonlarning ahvoli bir oz yaxshilanib, ular ish haqi va mehnat mukofotlarini yil yakunida va o‘z vaqtida ola boshladilar. Bu esa, dehqonlarning mehnat ko‘tarinkiligini oshirib mehnat unumdorligining ko‘tarilishiga yordam berdi. O‘z navbatida markaz esa paxtaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni yanada kuchaytirish uchun moddiy-texnika ta’minotini ham o‘z vaqtida yetkazib berishga harakat qildi.

1960-1980-yillarda chorva mollarini ko‘paytirish sohasiga ham e’tibor qaratildi. Viloyatdagi bir qator jamoa xo‘jaliklarida chorvachilik sezilarli darajada o‘sib, ma’lum ma’noda yutuqlarga ham erishildi. Buni Angor tumanidagi yana “Kuybishev” nomli jamoa xo‘jaligi misolida ko‘rishimiz mumkin:

/r

Chorva mollarining

turi

1966 1970 1975 1979

1qoramollar 864 1210 1533 1712

2qo‘ylar 4560 6360 7349 7515

3cho‘chqalar 114 165 385 436

Biroq 1980-yillarning boshlariga kelib, qishloq xo‘jaligida mahsulot yetkazib berishda, chorvachilik va parrandachilikni, don ekinlarini ishlab chiqarish rejasi asosida rivojlantirish, mahsulot narxini arzon qilish borasida qilingan urinishlar natijasiz bo‘lib, bu sohadagi reja va topshiriqlar samarasiz yakunlandi. Bu davrda tanazzullik jarayonlari chuqurlashib bordi.

Natijada qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘zlangan vazifani bajarishga to‘la erishib bo‘lmasdan qoldi. Mehnatni moddiy rag‘batlantirish tizimi butunlay oqsay boshladi. Bora-bora bunday salbiy harakatlar mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqardi. Sovet davri agrar siyosati 1980-yillar o‘rtalarida boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ushbu tahlil etilgan davrda viloyat va tumanlar mehnatkashlarining tashabbusi va fidokorona mehnatlari natijasida agrar sohada ma’lum yutuqlar qo‘lga kiritildi. Biroq Sovet tuzumining ma’muriybuyruqbozlik asosida xo‘jalikni boshqarish siyosati oqibatida mehnat ahli o‘z mehnatining natijasidan bebahra qoldi. Mulkchilikning faqat jamoa xo‘jaligi (kolxoz) va davlat xo‘jaligi (sovxoz) tizimiga asoslanganligi xo‘jalikni boshqarishning byurokratik va volyuntaristik tartiblari shaxsiy tashabbuslarni bo‘g‘ib qo‘ydi. Oqibatda Angor tumani qishloq xo‘jaligida ham viloyat va respublikada bo‘lgani singari qator nuqson va kamchiliklar yuzaga keldi, buni esa inkor etib bo‘lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Юз саволга юз жавоб. - Т., “Ўқитувчи,” 1998 йил, 22 б.

2. С.Н.Турсунов, Э.Қобилов ва бошқалар. Сурхондарё тарих кўзгусида. - Т., “Шарқ,” 2001 йил, 245 б.

3. С.Н.Турсунов, Э.О.Қобилов. Сурхондарё тарих кўзгусида. - Т., “Шарқ,” 2001 йил, 251 б.

4. С.Б.Эшқурбонов. Ўзбек халқи хўжалик фаолиятида деҳқончилик: аньаналар ва замонавийлик (Сурхон воҳаси мисолида). – Т., “Innovatsiya-Ziyo” 2023 йил, 93 б.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.