ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Abduvali Qutbiddin she’riyatida an’anaviylik va noan’anaviylik talqini

Аннотация

Ushbu maqolada Abduvali Qutbiddin she’riyatida an’anaviylik va noan’anaviylik talqini haqida ma’lumotlar keltirilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Abduvali Qutbiddin she’riyatida an’anaviylik va noan’anaviylik talqini

Maxmudova Kamola Bolbekovna

Samarqand davlat universiteti o’zbek filalogiya fakulteti 2-kurs magistranti

Annotatsiya. Ushbu maqolada Abduvali Qutbiddin she’riyatida an’anaviylik va noan’anaviylik talqini haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar: she’riyat, iqtidor, yaxshilik.

Shoir Abduvali Qutbiddin iqtidorli va yuksak didli qalamkash. U 1960-yilning 20- iyunida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug’ilgan. Aslida uning ota-onasi toshkentlik bo’lib, Shayxontohur mahallasidan, Xo’ja Ahror Valiy avlodiga mansub kishilar edi. Ular yillar davomida Samarqand, Qashqadaryo vohalariga ko’chirib yuborilganlar qatorida istiqomat qilishgan. Shuning uchun Abduvali Qarshida tug’ilib, Samarqandda tahsil olgan. 1978-yili Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetiga o’qishga kirib, uni 1983-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. Shoirning dastlabki she’riy to’plami “Nayson” 1988-yilda nashr etilgan. Shundan so’ng shoirning “Humo” (1989) ,“Baxtli yil” (1991) , “Xayol kechasi” (1994), “Sen va sen uchun” (1996) va boshqa to’plamlari nashr еtildi.Uning to’plamlariga kirgan she’rlari sodda, ravon ifodalar asosiga qurilgan. Ushbu she’riga e’tibor qarataylik:

Qaysi kun-

Giyohlar temir bo’larlar.

Qoyalar bosqonga,

Oy temirchiga aylanar.

Tayoqlar bolta bo’ladi -u kun

Yaproqlar o’q bo’lar,

Shamollar o’qdon.

Mening ham ko’zlarim bir nima bo’lar-

Yo qalqon,

Yo kamon,

Yo sopqon...

Axir bu butun o’z xalqi ma’anaviyatini, umidini o’zida umumlashtiruvchi baytlar emasmi? Qachon giyoh temir bo’lishi,temirchilarning og’ir bolg’asi qoya kabi bo’lishi bu xalqning bor umidi kutishdir.”Mening ham ko’zlarim bir nima bo’lar”-bu baytda ko’zlarning umidvor kutishi.Buning barchasi xalqning erkni istab kutishidir.

Yoki “ Baxtli yil” to’plamiga kirgan “Yer qa’riga”, “Ikki amakimga xat” she’ridagi falsafiy fikrga diqqat qilaylik. Unda dunyo o’tkinchi, hamma vaqt hamma narsa o’tadi, ketadi, poklik, muhabbat, yaxshilik, mehr kabi buyuk tuyg’ular qoladi degan xulosaga keladi. Va deydiki, bu omonat dunyoda, omonat ko’prikda ana shu adabiyot tinch, pok bo’lsin:

Omonat ko’prikning ustida mahkam,

Tinch-u, pok bo’lsin tirik abadiyat.

Abduvali Qutbiddin she’rlarida millat dardini, orzu-umidlarini, intilishlarini aks etganini ko’rishimiz mumkin:

Men eskirdim.

Shaltog’im chiqqan,

G’iyqillayman eski eshikday.

Shahdim o’chgan,

Qabog’im so’lgan,

Bir zo’r yigit ichimda o’lgan...1

90-yillar arafasida yozilgan ushbu she’rda jamiyatdagi tartibsizliklar-u, adolatsizliklar, to’s-to’polon, ichidan kemirilib kelayotgan tuzum aks ettirilgan va uning nomidan aytilgan. U sirli, ramziy, majozga yo’g’rib yozadi. Rauf Parfini ”yaralari ochiq shoir”,deb tanisak, Abduvali Qutbiddinni ”yaralari yumiq shoir” sifatida taniymiz:

Bebaho matoga tomgam dog’dayin,

O’chmaydi shafaqlar ming yuvilsa ham.

Sarsari, shaqillab o’tsa-da yillar

Sen o’sha, o’sha...

Tomchila tasvirlab bo’lmaydi seni,

Hatto anglatolmas bilsa-da qo’rshab.

Tap-tarang tasmaday kokillaringni

Taragan isyonlr bermas izohlab.

Sen o’sha, o’sha... 1 Internet ma’lumot.WWW. ziyouz. com kutubxonasi.

Abduvali Qutbiddinning she’rlarida ohanglar va rang-barangliklar, turfa chizgilar xuddi o’quvchini qo’yib yubormayotganga o’xshaydi.Biz buni “Yashnash” she’rida kuzatamiz.

Yuzlandimo bo’shliqqa,

Ena endi qo’shiqman.

Hur qizlaro tegramda

Yo’l yo’q, deydi Eramga.

Bog’i eram, eramo,

Yashnayapti yaramo.

Shoir aqlan emas, qalban his qilayotganini o’zi ham ta’kidlaydi.

Assalom,ey ahli qush,

Boshim xayol, egnim tush.

Ko’krak qafasim sarob,

Olar nafasim azob.

Assalom,ey ahli gul,

Boshim shamol,egnim yo’l,

Og’zim-tamog’im to’zon,

Chiqar nafasim xazon.

“Olar nafasim azob” -deya o’y -xayol azob berishini aytib,gul ahliga salom beradi.Abduvali Qutbiddinning she’rlarida ufurgan jumlalar kitobxonni o’ziga rom qiladi.

Abduvali Qutbiddinning she’rlarini maxsus tayyorgarliksiz tushunish birmuncha qiyin.Uning she’rlaridan bahra olish uchun islomiy bilimlardan xabardor bo’lish lozim. Uning «Baliqning tishila tilimni tildim» misrasi

bilan boshlanuvchi she`rining mohiyatini shu xil fikr tashkil etadi.

Baliqning tishi-la tilimni tildim,

Yuragimni urchuqday uch aylantirdim.,

Ko`zimni qiynadim,

Qiynog’im qiziq…

Indamay ruhimga ergashib oldim,

Devona xayolim g’ilmon sanadim.

Tuf dedim botqoqqa

Guliston qildim….

Yayradim…

Bu misralarni o`qigan kitobxonda kishi qiynoqdan ham yayrashi mumkinmi, degan tabiiy savol tug’iladi. Bu yerda qiynoq jismoniy ma’noda emas, balki poklanish yo`lidagi ruhiy azoblanish, ruhiy qiynoqdir. Kishi ko`p gunohni tili orqali qiladi. Ma`lumki, baliq har jihatdan pok va begunoh. Chunki u hech qachon gapirmaydi. Shoir gunohlarga yo`l qo`ygan o`z a’zolarini jazolash bilan poklanadi, tavba qilish bilan gunohlardan tozalanadi. Lirik qahramon shundan keyin pok bo`lgan ruhiga ergashadi. Keyingi ishlari faqat ezgulikdir. Oqibatda jannatga erishadi

Majnuntol darchasin ochdi, kiritdi,

Yuz bitta qizidan birin tanladim.

Xivich qasrlarda

Barglandim biram…

Dunyoni tark etdim, hur safar etdim,

Yorimla tuyqusubexabar ketdim.

O`n besh kun to`y berdim

Dorulbaqoda…

Yayradim,

Yayradim,

Yayradim-a-a-a-a!

Guvohi bo`layotganimizdek, Abduvali Qutbiddin o`z g’oyasini g’ayritabiiy manzaralar, tasvirlar zamiriga singdiradi. Sirtdan qaraganda, uning tashbehlariga yuklatilgan fikr, tuyg’ular ko`ngil ko`zgusida aks etgan mutlaqo noreal, tushdagi kabi tartibsizday ko`rinadi. Lekin chuqurroq mushohada qilinsa, uning mohiyati anglashiladi.

Abduvali Qutbiddining “Ona” nomli she’rida ham asosiy obraz sifatida ona timsoli gavdalangan. Lirik qahramon onaning kuchli bardoshiga, irodasiga tahsin o’qiydi:

Ona,

Men, nima desam,yaroqsiz yaroq-

Va uning parchasi. Yo’q bu rost emas.

Men – haddan tashqari kichkina qaboq-

Baxtsizligim shuki-u omi-hassos…

Ona-polvonim, bahodirim mening,

Qanday ko’tarasiz dunyo yukini.

Bir zarrasi tegsa-tushadi larza,

Jajji gardi tegsa- ketdim qoqinib2.

Ona-kulchadekkina sog’inchim mayda,

Bir pas…unutaman sizni,keyinchi…

Judayam yengil ko’tarolmayman

Men uchun juda olam qiyinni…

U onasiga bo’lgan sog’inchini “kulchadek mayda” deya ta’riflaydi. Zum o’tmay uni unutish mumkinligini ta’kidlaydi. Lekin bu tuyg’uni ko’tarib yurish- olamdagi eng og’ir vazifa ekanligiga takror amin bo’ladi. She’rda shoirning lirik qahramoni o’zini “yaroqsiz yaroq”, “kichkina qaboq”qa qiyoslaydi. Onasini “polvonim,bahodirim” deya uning bardoshiga qoyil qoladi. Dunyo yukini ko’tarishini tariflaydi va onasidan ko’mak so’raydi. Unga buyuk ehtiromini namoyon etadi. Bu kabi mazmuniy birlik o’zaro yaxlit holda- buyuk ona timsolini yaratishga xizmat qiladi.

A.Qutbiddin “ Hajr” nomli she’rida oshiqning hijroni ifoda etilgan. Oshiq bu holatdan qutilish chorasini izlaydi. Hijronni qish kunuday uzun deydi va yoshim o’tganda sog’inchdan dil to’lib ketganini aytadi.Biz bilamizki,kapalakda qon bo’lmaydi.Chorasiz qolgan shoir “kapalak qonini topinglar menga” deydi:

Hijron qish kuniday cho’zilganida,

Kunlar ko’k bag’ridan uzilganida,

Yoshim piyolaga suzilganida,

Sog’inchdan dil to’lib buzilganida-

Kapalak qonini topinglar menga3. 2 Abduvali Qutbiddin. Bor.-T., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2011. –B.242.

Yellar sudrab kirsa meni bog’larga,

Sarg’atib to’kilgan tillar qarg’asa.

Meni ostonada changlar tupurib,

Visol keltiraman yo’llar qarg’asa-

Kapalak qonini keltiring menga.

Abduvali Qutbiddin iqtidorli, nozikta’b va yuksak didli ijodkor. Uning to’plamlariga kirgan she’rlarida bir tomondan yangicha ifoda va ohanglar namoyon bo’lsa, ikkinchi tomondan milliy ruh asosiga qurilganligi bilan ajralib turadi. Shoirning she’rlarida oddiylik,kamtarlik ham bor.Masalan;”Ranj” she’rini olaylik:

Qayon endi,mohi anbarim,

Bayon bo’lmas bo’ldi dardlarim,

Ishq avjida o’ldi mardlarim,

Netay...

(Chalg’idi tovush.)

Suvab chiqdim barcha darzlarni,

Bo’yab chiqdim arzlarni hatto,

To’lolmadim qarzlarim aslo,

Netay

(Yirtildi kovush.)

Abduvali Qutbiddin hali ko’p o’rganiladigan, atrofida bahs-u munozaralar ko’payib boradigan iste’dod, o’zligini saqlagani holda bugungi modernistik tafakkur izlanishlari jug’rofiyasini ham shakliy, ham mazmunan qamrab olgan ko’lamli shoirdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abduvali Qutbiddin. Bor.-T., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2011. –B.242.

2.Mirvaliyev S,Shokirova R.O’zbek adiblari.Toshkent-2016,

3. Internet ma’lumot.WWW. ziyouz. com kutubxonasi.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.