Adabiy tanqidda turkumlilik hodisasi
BuxDU filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik yo‘nalishi ikkinchi
bosqich magistranti Mustafoyeva Malika
m.m.mustafoyeva@buxdu.uz
Annotatsiya. Ushbu maqolada o’zbak adabiyotshunosligida turkumlilik hodisasi, turkumlarning xranologiyasi, ularning jahon adabiyoti va o’zbek adabiyotidagi takomili, rus adabiyotshunoslida turkumlilikning o’rganilishi, o’zbek adabiyoti va adabiyotshunosligida turkum istilohi talqinlari va ularning munaqqidlar ijodidagi o’rni, Ibrohim G’ofurov turkum maqolalari xususida so’z olib boriladi
Kalit so’zlar: turkum, turkumlilik, adabiyotdagi turkumlilik, adabiyotshunoslikdagi turkumlilik, rus adabiyotshunosligida turkumlilik, Yegorov, Belinskiy, mavzu, xronologiya, munaqqid, turkum maqolalar, I.G’ofurov.
Adabiyot insoniyat tamaddunining barcha bosqichlarida turli xalqlar hayotida sevilib, sayqallanib shuningdek yangilanib kelgan go’zal san’at fanidir. Har bir ijodkor ahli borki o’z qalami ila adabiyotni yangilab, o’zgacha bir qirralarini kashf etaveradi. San’atshunoslikning yillar davomida o’rganilib kelayotgan turlari ichida zamon - makon oralig’ida ortda qolmay yangilanayotgan badiiyat silsilasi bilan birgalikda janriy sayqal topishlar, yangilanishlar ham talaygina. Mana shunay shakllarning bir qadar murakkab va alohida bilim, malaka talab qiladigani bu- turkumlardir.Ushbu istiloh haqidagi dastlabgi tushunchalar G‘arb adabiyotida dunyoga kelgan bo’lib ,buyuk rus adabiyotshunoslari, xususan Sapogov.V.A: Туркум – “жанр, мавзу, ғоя тамойилларига ёки персонажларнинг умумийлигига кўра, муаллиф томонидан тарихий давр, ягона поэтик кайфиятга мос равишда онгли равишда уюштирилган асарлар гуруҳидир”1;Yegorov B.F: “Адабий танқидчиликда ҳам туркум (цикл) ҳодисаси мавжуд бўлиб, кўпинча рус танқидчиси В.Белинский ижодида учрайди “2,shuningdek Belinskiy.V.G 3,Yanushkevich A.S. 4, Lebedev YU.5 , Lyapina L.E.6 1 Сапогов В.А. Цикл // КЛЭ. – М.: 1975. Т.8– С. 398-399. 2 Егоров, Б. Ф. О мастерстве литературной критики. Жанры, композиция, стиль / Б. Ф. Егоров. — 2-е изд., испр. — Москва: Издательство Юрайт, 2019. — 231 с. 4 . Yanushkevich A.S. Tipologiya prozaincheskogo sikla v ruskoy literature 30-x godov XIX veka.-V sb.:Problemi literaturnix janrov.Tomck ,1972, s.9-12 5 Lebedev YU.U istokov eposa.(Ocherkovie silki v ruskiy literature 1840-1860-x godov).Yaroslavl, 1975 6 Lyapina L.E. Liricheskiy sikl v russkoy poezii 1840-1860-x godov .L.,1977 (avtoreferat kand.dissertatsii) kabilar turkum tushunchasiga oid qarashlarini ifoda etganlar. O‘zbek adabiyotida Izzat Sulton: “Har bir misraga kirgan shu she’rning boshqa misrasi va bandlarida ham takrorlanib, ritmni maydonga keltirgan bo‘g‘inlar soni-ga qarab, she’rlar turkumlarga bo‘linadilar ”7- deya adabiyotdagi lirik turkumlilik haqida fikr yuritgn bo’lsa ,besh tomli “O‘zbek adabiyoti tarixi” kitobida “ХХ аср адабиётшунослигида маърифатпарварлик ва миллий уйғониш даври адабиётида ―поэтик туркумлар атамаси бўлмай, айрим адабиётшунослар томонидан бу турдаги шеърлар гуруҳини ―цикл деб қайд этиш кузатилади”-deya izoh kiritilgan.Keyinchalik O.Qurbonova o’z nomzodlik dissertatsiyasida: “Адабиётшуносликда туркум масаласига эътибор қаратилади. Туркум тузилишининг бош белгиси – атайлаб бир маснадга уюштирилган асарлар бир гуруҳни ҳосил қилиб яхлит бир ҳодисани очиб беришга хизмат қилади” kabi fikrlarni ilgari surib Ibrohim G‘ofurovning turkum maqolalari misolida turkumlilikning yana bir qirrasini namoyon qilishga bel bog‘laydi. Adabiyotshunoslar tomonidan turli davlardagi lug’atlarga kiritilgan ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo’lsak Y.Н. Ҳотамов ва Б.Саримсоқовларning “Aдабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати”да (343-бет) “Цикл – (гр. куклос – доира, айлана, ғилдирак сўзидан) – туркум, цикл. Мавзу, ғоя, қаҳрамон, тарихий давр, поэтик руҳ, воқелик ўрни жиҳатидан умумийликка эга бўлган бир жанрга мансуб асарлар мажмуаси”, дейиладigan bo’lsa ,O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida ““ТУРКУМ — муштарак ғоявий ният, умумий мавзу, қаҳрамон ва муайян композицион яхлитликка эга бўлган бадиий асарлар мажмуи. Туркум асарлар адабиётнинг барча жанрларида мавжуд. Мас., Балзакнинг «Инсон комедияси» ёки Золянинг «Ругон — Маккарлар»ини ташкил этувчи асарларини романлар туркуми дейиш мумкин. Шунингдек, ҳикоялар, очерклар ва ҳатто мақолалар туркум лари ҳам бўлади. Туркум, айниқса, шеъриятда кенг тарқалган. Ўзбек шеъриятида деярли ҳамма шоирлар туркум асарлар яратганлар. Миртемирнинг «Қорақалпоқ дафтари», Зулфиянинг «Водий туҳфаси», Ҳ. Ғуломнинг «Қитъалар уйғоқ», Шуҳратнинг «Кавказ дафтари» каби туркум асарлари мавжуд. Туркумни ташкил этувчи ҳар бир асар мустақил бадиий қимматга эга бўлади, бироқ улар бирлашиб, ҳаётнинг бирор томони ҳақида мукаммал тасаввур берувчи тугалланган яхлит асарни вужудга келтиради”8 kabi 7 Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. Turkumlar.–Toshkent, O‘qituvchi.1980,-303 b. 8 www. ziyouz.uz. Qomus. Info. Onlineensiklopediya. umumiy aniq tushunchalar beriladi. Bundan tashqari ,yana bir e’tiborli tomoni shundaki biz turkum tushunchasiga faqat bir fan doirasida tarif beribgina qolmay uni boshqa fanlardagi ma’nolarini ham o´rinli tarzda esltib o´tishimiz lozim .Xususan ,turkum atamasi adabiyot bilan bir qatorda tilshunoslikda,biologiya,botanika, fizika deyarli barcha fanlar doirasida keng qo‘llanadigan atamadir, biroq e’tiborli jihati shundaki yuqorida sanalgan fanlarning barida turlicha narsalarga nisbatan qo’llansa ham umumiy bo‘lgan tushuncha ostida yaxlit ma’no aks ettiradi.Endi biz umumiylikdan xususiylik tomon qaytamiz va turkumning adabiyot va adabiyotshunoslikdagi ahamiyatini o’rganamiz.
Turkumlar adabiyotda ikki xil talqin qilinishi mumkin ,bulardan birinchisi adabiyotdagi turkumlilik bo‘lsa ,ikkinchisi adabiyotshunoslikdagi turkumlilikdir. O’z navbatida biz so’zimiz boshidanoq adabiyotshunoslikdagi turkumlar, turkumlilik to‘g‘risida bir qancha fikrlar yuritdik,va so‘z orasida adabiyotdagi turkumlilik ham nazardan ortda qolmadi. Shularni davom ettirgan holda aytish mumkinki ,adabiyotda biz turkumni ,liririk ,epish dramatik asarlar doirasida bemalol uchratishimiz mumkin .Yuqoridagi nomlari qayd etilgan rus adabiyoti namoyondalarining asarlarida ham adabiyotdagi turkumga shakl sifatida qaralsa ,adabiyotshunoslik nuqtayi nazarida ularga yangicha nigoh ila qarashni ,ya’ni janriy talablarga bemalol javob bera olishini e’tiborga olgan holda janr sifatida talqin qilishni taqozi etadi va biz turkum shunchaki bir shakl emas balki farqlanuvchi yangi bir hodisa yani janr degan fikrga kelamiz.
Adabiy tanqidda turkum- mavzu ,davr, obyekt,xronologiya tamoyillari muallif tomonidan tarixiy davr, yagona poetic kayfiyatga mos ravishda bir matdonga uyushtirilgan asarlar guruhidir .
Izlanishlarimiz davomida bugungi kunda o’zbek adabiyotida turkumlarga deyarli barcha ijodkorlarimiz ijodida duch keldik. Turkum tartib berish anchayin qiyinchiliklarni talab etsada ,biz ular vositasida ma’lum bir hodisa ,voqea ,vahokazolar haqidagi tugal tushunchalarga ega bo’la olamiz va bundan ko’rinib turibdiki bugungi kunda turkumlarlarga qiziqish ortib borayotgani va munaqqidlar ijododa ham ular alohida ahamiyat kasb etib ortib borayotganining bosh omili ham shundadir.
Ibrohim G‘ofurovning turli ijodalarga bag’ishlangan turkum maqolalari bo’lib. Ulardan biri Zulfiyaga bag’ishlab yaratilgan .Munaqqid bu turkumda Zulfiyaning mashaqqatlar yo’lida toblangan ijodiy yo’lining turli davrlarini uch maqola misolida juda ajoyib tarzda tasvirlab beradi. Ushbu “Шеъриятдан туғилган иқбол”, “Ишқ қалам тебратади”, “Юракдаги маърифат” nomli uch turkumning har birida shoiraning dastlabgi asarlaridan to uning ohorli satrlar ila kamolotga erishgan davriga qadar bo’lgan voqealar xranologik tarzda bayon etiladi .Bu esa o’z –o’zidan yuqorida tilga olingan turkumlarning bir necha turlarga bo’linishi va ulardan biri bo’lmish xronologik turkumlilikning yaqqol dalili bo’la oladi.Ibrohim g’ofurov bu turkumni o’zining “Yam-yashil daraxt ” 9kitobiga kiritgan.SHuningdek I.Fafurov o’zining Erkin Vohidovga bag’ishlangan “Joziba” deb nomlangan kitobidagi “Ishongisi kelmas odamning” obzori turkum kichik maqolar majmuidir.Ushbu turkum to’g’risida so’z borar ekan Umarali Normatov o’z kitobida ushbu izlanishlarni tahsinlab : “O’zbekiston xalq shoiri E.Vohidov ijodiga bag’ishlangan turkum tadqiqotlar xam o’zbek tanqidchiligida yaratilganligini ijobiy hodisa ,milliy she’riyatimizning darg’alaridan biri ijodi tadqiqi yo’lidagi o’ziga xos talqin deb hisoblash mumkin .O’z she’riyati bilan xalq qalbidan chuqur joy olgan O’zbekiston xalq shoiri E.Vohidov ijodi adabiyotshunoslikda e’tibor bilan tadqiq etib kelinmoqda” 10 .Bundan tashqari adabiyotshunosligimizda Norboy Xudoyberganov ham o’zing bir qancha turkum maqolalari biln o’zbek tanqidchiligini yanqada boyitdi. Barchasidan yaqqol ko’rinib turibdiki o’zbek adabiyotshunosligida biz bilgan va bilmagan bir qancha turkumlar dunyo yuzini ko’rdi .Tadqiqotlarimizdan kelib chiqqan holda o’zbek tanqidchiligida turkumlarning ifoda etilishi to’g’risida biroz bo’lsada tushuncha shakllanturishga xizmat qildik .Zero adabiy tanqid harakatdagi estetikadir ,davrlar o’tgan sayin adabiyot yangilanishda davom etib boyib borar ekan biz ham izlanishlarimizni davom ettiraveramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Сапогов В.А. Цикл // КЛЭ. – М.: 1975. Т.8– С. 398-399.
2.Егоров, Б. Ф. О мастерстве литературной критики. Жанры, композиция, стиль / Б. Ф. Егоров. — 2-е изд., испр. — Москва: Издательство Юрайт, 2019. — 231 с.
3.Yanushkevich A.S. Tipologiya prozaincheskogo sikla v ruskoy literature 30-x godov XIX veka.-V sb.:Problemi literaturnix janrov.Tomck ,1972, s.9-12
4.Lebedev YU.U istokov eposa.(Ocherkovie silki v ruskiy literature 1840-1860- x godov).Yaroslavl, 1975 9 Ғафуров И. Ям-яшилдарахт. – Тошкент: ҒАСН, 1976. –Б. 186-187. 10 У. Норматов. Ижод сеҳри. – Тошкент: Шарқ, 2009;
5.Lyapina L.E. Liricheskiy sikl v russkoy poezii 1840-1860-x godov .L.,1977 (avtoreferat kand.dissertatsii)
6.Sultonov I. Adabiyot nazariyasi.Turkumlar.–Toshkent, O‘qituvchi.1980,-303 b. 7.Ғафуров И. Ям-яшилдарахт. – Тошкент: ҒАСН, 1976. –Б. 186-187.8.У. Норматов. Ижод сеҳри. – Тошкент: Шарқ, 2009
8.Qurbonova O. Ibrohim G’ofurovning munaqqidlik mahorati Филол. фан.дри…дисс.– Buxoro: 2022
9. www. ziyouz.uz. Qomus. Info. Onlineensiklopediya.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.