ETISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA TAMOYILLARI.
Tillayeva Muhayyo Abdumutalibjon qizi
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar
instituti Agrobiznes va marketing kafedrasi assistenti
Annotatsiya hisoblangan boshqaruv konsepsiyasi hisoblanadi. Sifat menejmenti korxona miqyosida tashkil etiladigan va haridorlarning extiyojini qondiradigan darajada mahsulot ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan jarayonlar va harakatlar majmuidan iborat. Mazkur boshqaruv shakli korxonalarda ishlab chiqarish xususiyati va shaklidan kelib chiqib turlicha qo‘llanilishi mumkin. Har bir ishlab chiqarilayotgan mahsulot sotilayotgan bozor joylashgan hududning standartlariga va o‘sha joydagi sotib olayotgan xaridorlarning qiziqish hamda hohishlariga mos bo‘lishi zarur.
Kalit so‘zlar: qishloq xo’jaligi, bozor munosabatlari, sifat menejmenti, ISO standartlari, unumdorlik, raqobatbardoshlik, qaror qabul qilish, mijoz.
Abstract. Quality management is a management concept that is considered one of the important philosophies of modern management. Quality management consists of a set of processes and actions that are organized at the enterprise level and ensure the production of products that satisfy the needs of customers. This form of management can be used in enterprises in different ways depending on the nature and form of production. Each manufactured product must meet the standards of the area where the market is located and the interests and desires of the buyers in that place.
Keywords: agriculture, market relations, quality management, ISO standards, productivity, competitiveness, decision-making, customer.
Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini tarkib topishi va rivojlanihi sohada tub tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazish asosida amalga oshirilmoqda. Sababi, yangi iqtisodiy tizim hisoblangan bozor iqtisodiyoti qishloqda samarali faoliyat ko‘rsata olishi uchun u o‘ziga mos keladigan yangi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish asosida amalga oshirilib agrar iqtisodiyotni bozor talablariga moslashtiradi hamda qishloqda mulkdorlar qatlamini vujudga kelishi va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratadi. Shuning uchun ham qishloqda yuz berayotgan tub tarkibiy o‘zgarishlar agrar islohatlarni chuqurlashtirishning qonuniy natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Jamiyat ishlab chiqarishining har qanday vositasidan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, eng avvalo, uning xususiyatlarini bilish hamda shu asosda tashkil etish bilan uzviy bog‘liqdir. Respublikada qishloq xo‘jaligi korxonalarini yanada qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy mustaqilligini bosqichma-bosqich mustahkamlash jarayonida bozor talablariga to‘la javob beradigan klaster tizimini shakllantirilishiga va uni samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlanishiga alohida ahamiyat berilmoqda. hisoblangan boshqaruv konsepsiyasi hisoblanadi. Sifat menejmenti korxona miqyosida tashkil etiladigan va haridorlarning extiyojini qondiradigan darajada mahsulot ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan jarayonlar va harakatlar majmuidan iborat. Mazkur boshqaruv shakli korxonalarda ishlab chiqarish xususiyati va shaklidan kelib chiqib turlicha qo‘llanilishi mumkin. Har bir ishlab chiqarilayotgan mahsulot sotilayotgan bozor joylashgan hududning standartlariga va o‘sha joydagi sotib olayotgan xaridorlarning qiziqish hamda hohishlariga mos bo‘lishi zarur.
Sifatni boshqarishning zamonaviy nazariyasida, sifatni boshqarish bo‘yicha faoliyat mahsulot ishlab chiqarilgandan keyin samarali emas, balki bu faoliyat mahsulot ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirilishi lozim deb hisoblanadi. Chunki mahsulot ishlab chiqarilganidan so‘ng uning sifatini ta’minlash bilan bog‘liq operatsiyalarga ham yakun yasaladi va natijada uni yangilanishi korxona uchun ortiqcha harajatlarni vujudga keltiradi. Shundan ko‘rinadiki, sifatni ta’minlash korxonada faqat ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladi1.Har bir korxona sifatni ta’minlashdagi barcha harakatlarni ishlab chiqarish jarayoniga qadar tayyorlashga harakat qiladi.
Sifat menejmentining rivojlanishi korxonalarda aniq standart asosida mahsulot ishlab chiqarishga hamda jahon bozorida umumbelgilangan standartlarni amal qilishiga imkon beradi. Sifat menejmentini ilk rivojlanishi 1910-yillarda, Ford kompaniyasida 1Мазур И.И. Управление качеством: Учебное пособие для студентов вузов. – М.:Омега-Л, 2012.-216с. 113б. “T” Model avtomobilini ishlab chiqarish liniyasida shakllandi2. Korxona mahsulotni standarti bilan taqqoslash hamda sinovdan o‘tkazish uchun nazoratchilar guruhini tuzdi. Guruh tomonidan aniqlangan sifatsiz mahsulotlar qayta ishlov berishga yuborildi, ba’zilariga esa pastroq narxda sotish siyosati qo‘llanildi. Sifat menejmentining tamoyillari sifatni rivojlanish bosqichlarining shakllanishi va qaror topishi natijasida shakllangan. Tamoyillar bitta bosqichdagi sifat menejmentining natijasi emas. Har bir bosqich tamoyillarni vaqt o‘tishi va tajriba ortishini hisobiga takomillashtirib, rivojlantirib bordi.
Sifat menejmentini ishlab chiqarishga, amaliyotga tadbiq etishning juda ham ko‘plab prinsiplari mavjud. 1.-rasm. ISO talablariga asosan sifat menejmenti3
Sifat boshqaruvidagi barcha tamoyillar 1946-yilda tashkil topgan Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning standartlari asosida ishlab kelmoqda. Xususan, Rossiyalik olimlar V.M. Mishin4, M.M.Kane, B.V.Ivanov, V.N.Koreshkov, 2 Jens Dahlgaard, Kai Kristensen and Gopal K.Kanji Fundamentals of Total Quality Management. Textbook, LondonandNewYork, Taylor&Francis 2002. Pages. 337. 3https://www.iso.org/publication/PUB100080.html – International Organization for Standartdization ISO rasmiy sayti 4 Мишин В.М. Управление качеством:для студентов вузов, обучающихся по специальности»Менеджмент организации», М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2005 – 64 с
Mijozni mo‘ljal
olish
Rahbarning
yetakchiligi
Ishchilarni jalb
etish
Jarayonli yondashuv Boshqaruvga tizimli
yondashuv Doimiy
rivojlanish
Dalillarga
asoslangan qaror
qabul qilish
Yetkazib beruvchilar
bilan manfaatli
munosabatlar A.G.Sxirtladze5 va T.A.Salimova6lar sifat boshqaruvidagi asosiy prinsiplarning quyidagi shakllarini ko‘rsatib o‘tganlar. Yuqoridagi rasmdan ko‘rinadiki, sifat menejmentining umum qabul qilingan prinsiplari ISO talablariga asoslanadi hamda quyidagicha mazmun kasb etadi.
1. Mijozni mo‘ljal olish – korxona tashkilotlar o‘zining iste’molchilariga tobe bo‘ladi, shuning uchun ularning joriy va kelgusidagi ehtiyojlarini o‘rganishi, ularning talablarini bajarishi va kutganidan ortiq tovar yetkazib berishga erishishi lozim.
2. Rahbarning yetakchiligi – rahbarlar korxona maqsadi va faoliyat yo‘nalishlarining yagonaligini ta’minlaydi, shuningdek korxona oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda xodimlarni samarali yo‘naltira olishi hamda boshqarishi lozim;
3. Ishchilarni jalb etish – korxonadagi barcha xodimlarni ishga to‘liq jalb etish, ularning qobiliyatlaridan unumli foydalanish uchun ishchanlik muhitini shakllantirish kerak;
4. Jarayonli yondashuv – kutilayotgan natijaga qachonki faoliyatni va zaruriy resurslarni jarayon sifatida boshqarilganida erishiladi;
5. Tizimli yondashuv – tizim sifatida o‘zaro bog‘liq jarayonlarni aniqlashi va samarali boshqaruvini yo‘lga qo‘yish korxona samarasiga xissa qo‘shadi;
6. Doimiy rivojlanish – korxona faoliyatini doimiy yaxshilash asosiy maqsad deb qaralishi lozim;
7. Dalillarga asoslangan qaror qabul qilish – qarorlarni qabul qilishda muayyan asosga ega bo‘lgan axborotlardan foydalanish, tahlil etish talab etiladi;
8. Yetkazib beruvchilar bilan manfaatli munosabatlar – korxonalar va ularning yetkazib beruvchilari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq ravishda faoliyat yuritadi. Bunday holatda ikkala tomonning moddiy boylik yaratish imkoniyatlari oshadi7. 5Кане М.М., Иванов Б.В., Корешков В.Н., Схиртладзе А.Г. Системы, методы и инструменты менеджмента качества: Учебного пособие. – СПБ.: Питер, 2008. – 67 с. 6Салимова Т.А. Управление качеством: учеб. по специальности»Менеджмент организации»/Т.А.Салимова. – 2- еизд., стер. – М.: Издательство»Омега-Л», 2008. – 43 с. 7Салимова Т.А. Управление качеством: учеб. по специальности»Менеджмент организации»/Т.А.Салимова. – 2- еизд., стер. – М.: Издательство»Омега-Л», 2008. – 43 с.
“Sifat, unumdorlik, raqobatbardoshlik” (1982) kitobida E.Deming sifat menejmentining 14 postulatida quyidagi mohiyatga olib keluvchi menejerlarning talablari va hatti-xarakatlari tushunchasini aks ettirdi:
1. Faoliyatning doimiy maqsadi mahsulot va xizmat sifatini oshirish bo‘lishi zarur.
2. Korxona falsafasi bironta ham defektga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
3. Foydalanilayotgan statistic metodlardan kelib chiqib, mol yetkazib berayotgan hamkorlardan yetkazib berilayotgan xomashyolarning sifat bo‘yicha kafolatini talab qilish lozim.
4. Mahsulotlarni yetkazib berishda faqatgina quyi narxlarni mo‘ljal olib shartnomalar tuzmaslik zarur.
5. Tayyorlovchi sifat sohasidagi muammolarni aniqlashi va bartaraf qilmog‘i lozim.
6. Korxonadagi barcha ishchilar o‘qishlari shart. 7. Boshqaruvni yangi usullaridan foydalanish lozim. 8. Ishchilardan ishdagi xato uchun qo‘rquv bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 9. Bo‘limlar faoliyatida hech qanday to‘siqlar va baryerlar bo‘lmasligi lozim. 10.Ishlarni tashkillashda real faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘ng‘iroq va shiorlardan foydalanmaslik lozim. 11.Hech qaysi ishchi faoliyatini miqdoriy meyorlar bilan baholamang. 12.Barcha ishchilardan o‘z kasbidan g‘ururlanish va hurmat xissini pasaytiradigan barcha sabablarni bartaraf etish kerak. 13.O‘qishga, ta’limni oshirishga va o‘zini-o‘zi o‘qitishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish kerak. 14.Yuqori bo‘g‘in rahbarlari sifat sohasida o‘z majburiyatlarini aniq qo‘yishi lozim.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, sifat menejmentining barcha yo‘nalishdagi tamoyillari ishlab chiqarishga va uni administrativ boshqarishga asoslangan bo‘lib, tayyor mahsulotni iste’molchigacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi.
Sifatni boshqarish prinsiplarini sifat mexanizmining tarkibiy qismlaridan biri sifatida ham izohlash mumkin. O‘zbek olimlaridan J.Qambarov sifatni boshqarish mexanizmini quyidagicha ta’riflaydi: sifatni boshqarish mexanizmi deganda, mahsulot hayotiy siklining istalgan bosqichida sifatni boshqarish darajasidagi jami obyekt va subyektlar, boshqaruv usullari va funksiyalari, foydalanayotgan prinsiplar tushuniladi. Ular sifat boshqaruvini korxonadagi to‘laqonli harakatini ta’minlab beradi8.
Fikrimizcha sifatni boshqarish tamoyillarini asosiy va yordamchi kabi ikki turga bo‘lish mumkin. Birinchi turdagi tamoyillar guruhiga xomashyoni sotib olish, ishlab chiqarish va sotish taalluqli bo‘lsa, ikkinchi turdagi tamoyillarga mahsulotni tayyorlash bilan bog‘liq tashkiliy, innovatsion tamoyillar kiradi. Ushbu nuqtai-nazardan olib qaraganda sifat menejmentini quyidagi tamoyillar guruhi orqali ishlab chiqarishga tatbiq etilishi tovarni bozorda aylanish tezligini oshiradi: 2-rasm. Sifat menejmenti tamoyillari9
1. Xomashyoni sotib olish bilan bog‘liq tamoyillarga:
- tranzaktsiya harajatlarini optimallashtirish;
- ta’minotchiga aniq talablar tizimini ishlab chiqish;
- hujjatlashtirish- sotib olinayotgan xomashyo va materiallar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan barcha hujjatlarni rasmiylashtirish;
- kirish nazoratini takomillashtirish;
- yetkazib berish qoidalarini samarali kelishuvini tashkil etish; 8Ж.Қамбаров, Ю.С.Шокирова. Сифат менежментини такомиллаштириш: Монография. Т.: “Наврўз”, 2018.-61 бет. 9Д.А.Орипов Чарм-поябзал корхоналарида сифат менежментини такомиллаштириш Н.Халилов Маҳсулотлар рақобатбардошлигини оширишда сифатни бошқариш тизимини такомиллаштириш (Фарғона вилояти саноат корхоналари мисолида). Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати, Т.: 2021й. 12 бет
Sifatni
boshqarish
tamoyillari
Asosiy tamoyillar
Xomashyoni
sotib olish bilan
bog‘liq tamoyillar
Ishlab chiqarish
bilan bog‘liq
tamoyillar
Sotish bilan
bog‘liq tamoyillar
Yordamchi
tamoyillar
Tashkiliy faoliyat
bilan bog ‘liq
tamoyillar
Innovatsiya bilan
bog‘liq tamoyillar
- ta’minot bo‘yicha logistik tizimni doimiy tahlil qilish.
2.Ishlab chiqarish bilan bog‘liq tamoyillar:
- tartib-intizom barcha boshqaruv jarayonlari uchun asosiy talab bo‘lishi talab etiladi;
- texnologik jarayonlarga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritmaslik;
- yo‘riqnoma bo‘yicha ishlash;
- hamma predmetlarni o‘z joyida saqlash;
- defect va braklarga yo‘l qo‘ymaslik
- o‘z ustida ishlash, kreativ fikrlash uchun imkoniyat yaratilishi;
- samarali laboratoriya tashkil etilishi;
- mahsulotni keying bosqichga o‘tkazishda tanlanma kuzatish;
- mehnat predmetlarini ishga shay holatda saqlash;
Yuqoridagi tamoyillardan kelib chiqqan holda, sotish, tashkiliy va innovatsion tamoyillar ham kelib chiqadi va ular ham ta’minot va ishalb chiqarish tamoyillarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Sotish tamoyillari Tovar hayotiy siklining aksi hisoblangan ikkinchi tomonida turadi. Tashkiliy va innovatsion tamoyillar esa korxonada sifat menejmentini tashkil etishda infrastruktura ko‘rinishida yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Мазур И.И. Управление качеством: Учебное пособие для студентов вузов. – М.:Омега-Л, 2012.-216с. 113б. 2. Jens Dahlgaard, Kai Kristensen and Gopal K.Kanji Fundamentals of Total Quality Management. Textbook, LondonandNewYork, Taylor&Francis 2002. Pages. 337. 3. https://www.iso.org/publication/PUB100080.html – International Organization for Standartdization ISO rasmiy sayti 4. Мишин В.М. Управление качеством:для студентов вузов, обучающихся по специальности»Менеджмент организации», М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2005 – 64 с 5. Кане М.М., Иванов Б.В., Корешков В.Н., Схиртладзе А.Г. Системы, методы и инструменты менеджмента качества: Учебного пособие. – СПБ.: Питер, 2008. – 67 с. 6. Салимова Т.А. Управление качеством: учеб. по специальности»Менеджмент 7. Салимова Т.А. Управление качеством: учеб. по специальности»Менеджмент 8. Ж.Қамбаров, Ю.С.Шокирова. Сифат менежментини такомиллаштириш: Монография. Т.: “Наврўз”, 2018.-61 бет. 9. Д.А.Орипов Чарм-поябзал корхоналарида сифат менежментини такомиллаштириш Н.Халилов Маҳсулотлар рақобатбардошлигини оширишда сифатни бошқариш тизимини такомиллаштириш (Фарғона вилояти саноат корхоналари мисолида). Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати, Т.: 2021й. 12 бет
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.