ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Аннотация

Mazkur maqolada O`zbekiston respublikasining xizmat ko`rsatish sohalar, dunyo hamjamiyatida tutgan nufuzi, bozor, urbanizatsiyasi, shahar va qishloq joylarda xizmat ko`rsatish tarkibi, shaxarlar soni haqida so’z boradi. Xizmat ko`rsatish jarayonining bugungi kundagi holati, takliflar, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

AHOLIGA XIZMAT KO`RSATISH SOXALARI GEOGRAFIYASI

Olimqulov Yashnar Maxmadamin o`g`li

Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo`nalishi

talabasi

Yuldosheva Mahfuza Uktam qizi

Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo`nalishi

talabasi

Jumanazarov Jumaniyoz Anvar o`g`li

Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo`nalishi

talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada O`zbekiston respublikasining xizmat ko`rsatish sohalar, dunyo hamjamiyatida tutgan nufuzi, bozor, urbanizatsiyasi, shahar va qishloq joylarda xizmat ko`rsatish tarkibi, shaxarlar soni haqida so’z boradi. Xizmat ko`rsatish jarayonining bugungi kundagi holati, takliflar, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan.

Kalit so`zlar: Xizmat ko`rsatish, Urbanizatsiya, shahar, qishloq, aholi, O’zbekiston, viloyat, tumanlar, manzilgoh.

Abstract: This article talks about the service sectors of the Republic of Uzbekistan, its influence in the world community, the market, urbanization, the composition of services in urban and rural areas, and the number of cities. The current state of the service delivery process, suggestions, aspects that should be paid attention to are highlighted.

Key words: Service provision, Urbanization, city, village, population, Uzbekistan, region, districts, settlement.

Aholiga Хizmаt ko‘rsаtish sоhаsi bоzоr iqtisоdiyotigа o‘tgаn mаmlаkаtlаr iqtisоdiyotidа ustuvоr o‘rinni egаllаydi. Хizmаtlаr bоzоri tаrkibi хizmаtlаrning yаngi istiqbоlli turlаri - bаnk-mоliyа, sug‘urtа, ахbоrоt-kоmmunikаtciyа хizmаtlаri vа mаishiy хizmаtlаrni rivоjlаntirish hisоbigа tаkоmillаshib bоrmоqdа.

Оilаlаrni murаkkаb mаishiy tехnikа, kоmpyutеrlаr vа shахsiy аvtоtrаnspоrt bilаn tа‘minlаshning kеskin оshishi ulаrgа ko‘rsаtilаyotgаn хizmаtlаrning kеngаyishigа imkоn yаrаtdi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish va divеrsifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, bandlikni ta'minlash, odamlarimizning daromadi va hayot sifatini oshirishning muhim omil va yo‘nalishlaridan biri sifatida xizmat ko‘rsatish va sеrvis sohasini jadal rivojlantirish hisoblanadi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 7-fеvraldagi O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risidagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar stratеgiyasida xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori tеxnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish‖ muhim yo‘nalishlardan biri sifatida bеlgilab bеrildi.[1] Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo`nalishlaridan biri xizmatlar sohasiga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ular yordamida yangi ish joylarini yaratish, mehnat resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etishdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek: Xizmatlar sohasida faoliyat yuritidshga ixtisoslashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning tez o`zgarib turadigan bozor talablariga javob berishini ta‘minlaydigan zamonaviy tuzilmalarini O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017-yil 7-fеvraldagi O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida‖gi farmonining 1-ilovasi, - 2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi, Lex.uz shakllantirishda yangi ish o`rinlarini tashkil qilishda va axoli daromadlarini oshirishda qanchalik o`ta muxim rol o‘ynashini albatta chuqur anglashimiz zarur[2]. Jahon iqtisodiyotidagi o`zgarishlar O`zbekiston iqtisodiyotining boshqa sohalari singari xizmatlar sohasini ham ustuvor darajada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Shu sababli mamlakatimizda islohatlarni chuqurlashtirish sharoitida xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Ma‘lumki, respublikamizda xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti bugungi kunda aholi turmush darajasining yaxshilanishida, mamlakat iqtisodiyotining barqaror 1 O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi ―O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bўyicha ―Harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida‖gi farmonining 1-ilovasi, ―2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi‖, Lex.uz 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirdagi nutqi, 2017-yil 8-dekabr yuksalishida, yangi ish o`rinlari yaratilishi va aholi daromadlari ortib borishida muhim omil bo`lmoqda. Mamlakatimizda bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag`batlantirish yo`lidan izchil olg`a siljish borasida keng ko`lamli chora-tadbirlar kompleksi qabul qilingan.

Xususan, davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda turizm sohasini jadal rivojlantirish borasida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevralda qabul qilingan № 55 sonli -2016-2020-yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to`g`risida qarori hamda 2017-yil 7-fevralda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlandan PF-4947 sonli O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risidagi farmonida belgilab berilgan ustovor yo‘nalishlar asosida milliy iqtisodiyotmizni tubdan takomillahstirish, xizmatlar sohasining undagi ahamiyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bularning natijasi o‘laroq, bugungi kunda xizmatlar sohasining mamlakat YaIM da 35, 6 % ni tashkil etgani yoki mamlakat jami aholisining 4 000 000 dan 48 ortig‘i aynan mana shu sohada mehnat faoliyati bilan bandligini bemalol qayd etishimiz mumkin.

Respublikamizda so‘ngi yillarda qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o`sish sur‘atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o`zgarishlarining yuz berishi ta‘minlandi. Tarkibiy o`zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi. Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 407 514,5 mlrd.

So‘mni tashkil etdi va 2017-yil bilan taqqoslaganda 5, 1 foizlik o‘sish ko‘rsatkichini qayd etdi. Aholi jon boshiga hisoblaganda YaIM 12 365,6 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 % ga o‘shganini ko‘rishimiz mumkin.

1-Jadval

1995 y 2005 y 2010 y 2015 y 2018 y I. YaIM, jami 302,8 15 923,4 62 388,3 171

808,3

514,5 shu jumladan Mahsulotga sof soliqlar

39,8 1 690,1 5 716,9 15 077,3 45 563,4 II.Yalpi qo`shilgan qiymat

263,0 14 233,3 5 56 671,4 156

731,0

951,1 Qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi

85,1 4 192,8 11 201,0 28 672,2 117

315,8 Sanoat 51,7 3 370,9 15 114,8 40 264,1 95 083,9 Qurilish 21,4 771,1 3 760,5 11 382,6 20 734,4 Savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar

23,1 1 400,2 5 5 982,7 16 145,3 26 493,0 Tashish va saqlash, axborot va aloqa

22,1 1 676,7 7 337,7 19 158,2 29 868,3 Boshqa xizmat tarmoqlari

59,6 2 821,6 13 274,7 41 108,6 72 455,7 O`zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarmoqlar bo`yicha tarkibi (joriy narxlarda, mlrd. So`m)

Jadvaldan xulosa qilib Shuni alohida ta‘kidlashimiz lozimki, 2018-yilda YaIM o‘sish sur‘atiga xizmatlar sohasining ta‘siri 1,8 % ni tashkil etdi. Ushbu sohada qo‘shilgan qiymatning o‘sishi 5,4 % ga teng bo‘lib, shundan savdo xizmatlari (avtotransport vositalarini ta‘mirlashni qo‘shgan holda) 4,4 % ga, tashish va saqlash 3,7 % ga, axborot va aloqa 15,3 % ga va boshqa xizmatlar 5,4 % ga oshganini ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda xizmatlar sohasi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida hal qiluvchi rol o‘ynagani kabi, O‘zbekistonda ba‘zan uchlamchi sektor deb ataluvchi ushbu soha mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. 2019-yil 1-yanvar holatiga, respublikada davlat reestridan o‘tgan va faoliyat ko‘rsatayotgan 323,5 mingta tashkilot va korxonalardan 213 mingga yaqini aynan xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda va bu boshqa sohalar bilan taqqoslaganda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Respublikadagi ayni kunda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) sohaga ixtisoslashuvu bo‘yicha foizlar kesimida taqqoslaydigan bo‘lsak, bu yerda 65,8 % lik natija bilan aynan xizmatlar sohasi yetakchilik qiladi, undan keyingi o‘rinlarni sanoat (17 %), qurilish (9,0 %) hamda 7,6 % lik ko‘rsatkich bilan qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligiga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari egallaydi. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va korxonalar umumiy sonida 153 mingdan ortig‘i kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi. 2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra ularning ulushi 72,2 % ni tashkil etdi.

Solishtirish uchun, 2018-yil 1-yanvar holatiga, xizmatlar sohasida 191, 2 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning umumiy tarkibida eng katta

Solishtirish uchun, 2018-yil 1-yanvar holatiga, xizmatlar sohasida 191, 2 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning umumiy tarkibida eng katta

1-Rasm Xizmatlar sohasida faoliyat ko`rsatayotgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy

faoliyat turlari bo`yicha tarkibi[3 ], (2019-yil 1-yanvar holatiga)% (fermer va

dehqon xo`jaliklaridan tashqari)

Milliy iqtisodiyotda xizmatlar hajmining oshishi bir qator omillarning ta‘siri bilan izohlanadi, jumladan: bozorda yangi turdagi xizmatlarning paydo bo‘lishi, masalan, kredit kartalari orqali to‘lovlar, Internet-savdo, yangi savdo markazlari, ovqatlanish korxonalari, mehmonxonalarning tashkil etilishi, ta‘lim xizmatlarini kengaytirish, dam olish sohasidagi tanlovning kengayishi shular jumlasidandir. Yuqoridagi 2-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, hududlarda xizmatlar sohasining hajmi so‘ngi yillarda sezilarli ravishda ortib 2018-yilda uning qiymati 146 836,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan, ya‘ni 2016 yilga nisbatan deyarli 1,5 barobar o‘sish kuzatilgan.

Hududlar miqyosida xizmatlar sohasining ulushi eng ko‘p Toshkent shahriga (2018-yilda 48 361,8 mlrd.so‘m) va Toshkent viloyatiga (2018-yilda 10 959,1 mlrd.so‘m) to‘g‘ri keladi. Eng kam ulushi esa Xorazm va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Buning asosiy sababi sifatida esa ushbu hududlarda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar kamligi, infratuzilmaning rivojlanmaganligi, mavjud salohiyatlardan, ayniqsa turistik salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotganini ko‘rishimiz mumkin. Hududlar orasida xizmatlar hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qiladi. Bu yerda 2022- yil yanvar-sentabr oylarida avtotransport xizmatlari hajmi 4 976,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etildi 450,8 mlrd. so‘m. 2021-yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan Qashqadaryo, 109,8 %, Samarqand 109,3 % va Surxondaryo 109,1 % viloyatlarida yuqori o‘sish kuzatildi. Nisbatan past o‘sish Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi – 104,0 %. Yuqorida xaritada Respublikamiz hududlaridagi sog`liqni saqlash xizmat turlari keltirilgan bo`lib qayerda qancha kasalxonalar, poliklinikalar va boshqa davolash maskanlari ko`rsatilganligini ko`rishimiz mumkun. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,1 % ni tashkil etdi. Shuningdek, moliyaviy (23,1 %) va transport (21,9 %) xizmatlari katta ulushga ega. Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida savdo xizmatlari umumiy hajmning 25,6 % ini tashkil etgan. Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi – 1,7 %. Moliyaviy xizmatlar tarkibida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari (pul mablag‘larini olish va qayta taqsimlash bo‘yicha xizmatlar) pul-kredit sohasida vositachilik xizmatlari ustunlik qiladi. 2022- yil yanvar-sentabr oylarida ushbu xizmatlarning ulushi 96,2 % ni tashkil etdi.

Yuqoridagi chizmada xizmat ko`rsatishning iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha xizmatlar keltirilgan, jumladan 1-o`rinda savdo xizmati va eng so`ngida kompyuter ta`mirlash xizmatlari keltirilgan.

3-Rasm

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar tarkibi, % da (2022- yil yanvar-

sentabr oylarida)

Sug‘urta xizmatlari tarkibida eng katta ulush sug‘urta xizmatlariga to‘g‘ri keladi, hayotni sug‘urta qilish xizmatlari bundan mustasno (baxtsiz hodisa va yong‘indan sug‘urta qilish, sog‘liqni sug‘urta qilish, turistik sug‘urta qilish, mol-mulkni sug‘urta qilish, transport sug‘urta qilish, pul yo‘qotishlaridan va majburiyatlardan sug‘urta qilish) - 58,9 %. Hayotni sug‘urta qilish xizmatlari umumiy sug‘urta xizmatlari hajmining 30 % ini tashkil etdi. Taqqoslash uchun: 2021- yil yanvariga nisbatan 2021- yil sentabrida xizmatlar hajmi 6,0 trln. so‘mga, 2021- yil avgustiga nisbatan esa 1,5 trln. so'mga oshgan. 2022- yilning III diskret choragi yakunlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 93,3 trln. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning III diskret choragiga nisbatan (74,0 trln. so‘m) hajmi 19,3 trln. so‘mga oshdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 2022- yil yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 49 111,0 mlrd. so‘mga oshib, 253 840,0 mlrd. so‘mga yetdi.

4-Rasm

Yanvar-sentabr oylarida xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari

Taqqoslama ekvivalentda 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan (119,5 %) o‘sish sur’ati 115,4 % ni tashkil etdi. 2021- yil sentabr oyiga nisbatan (25,7 trln. so‘m), 2022- yil sentabr (diskret oy) uchun taqdim etilgan bozor xizmatlari hajmi (32,2 trln. so‘m) 6,5 trln. so‘mga oshdi. 2022- yil yanvar oyiga nisbatan joriy yilning sentabr (diskret oyi) uchun bozor xizmatlari hajmi 7,9 trln. so‘mga oshdi va 32,2 trln. so‘mga yetdi. 2022- yilning oldingi (avgust) oyiga nisbatan 1,3 trln. so‘mlik o‘sish qayd etildi.

FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR

1.Mirziyoev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”.- T.:O’zbekiston, 2017.

2.Mirziyoyev Sh.M “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”.- T O’zbekiston 2017.

3.Mirziyoyev Sh.M.”Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganing 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza” 2016-yil 7-dekabr.- T O’zbekiston 2017.

4. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining ―Оilаviy tаdbirkоrlik to‘g‘risidа gi qоnuni. 2012-yil 16-mаrtdа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Qоnunchilik pаlаtаsi tоmоnidаn qаbul qilindi vа 23 -mаrtdа Sеnаt tоmоnidаn mа‘qullаnib 26-аprеl O‘RQ-327-sоni.

5. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Qоnuni. «O‘zbеkistоn Rеspublikаsining tаshqi iqtisоdiy fаоliyаti to‘g‘risidа»gi O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnunigа o‘zgаrtishlаr vа qo‘shimchаlаr kiritish хаqidа. «Хo‘jаlik vа huquq», 2000-yil 10-sоn, 96 b. (o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr bilаn).

6. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi «Tоvаr bоzоrlаridа mоnоpоlistik fаоliyаtini chеklаsh vа rаqоbаt tug‘risidа»gi qоnuni. 04-аprеl 1997. (o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr bilаn).

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.