ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO’LGAN BOLALAR INKLYUZIV TA’LIMDA MAKTAB VA OILA HAMKORLIGI

Аннотация

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida maktab va oila hamkorligining mavjud holati, muammolari hamda uni rivojlantirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kuzatish, suhbat, anketa hamda tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Dastlabki natijalar hamkorlik darajasining pastligini ko‘rsatdi. Shakllantiruvchi bosqichda olib borilgan metodik ishlar natijasida respondentlarning inklyuziv ta’limga nisbatan ijobiy munosabati sezilarli darajada oshgani aniqlandi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

TA’LIMDA MAKTAB VA OILA HAMKORLIGI

Alimardonova Qizlarshoh

Nizomiy nomidagi O’zbekistob Milliy pedagogika universiteti (O’zMPU)

Magstrtura bo’limi, Pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti

Oligofrenopedagogika yo'nalishi, II-kurs magistri

Annotatsiya: Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida maktab va oila hamkorligining mavjud holati, muammolari hamda uni rivojlantirish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kuzatish, suhbat, anketa hamda tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Dastlabki natijalar hamkorlik darajasining pastligini ko‘rsatdi. Shakllantiruvchi bosqichda olib borilgan metodik ishlar natijasida respondentlarning inklyuziv ta’limga nisbatan ijobiy munosabati sezilarli darajada oshgani aniqlandi.

Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, maktab-oila hamkorligi, pedagog, ota-ona, maxsus ehtiyoj

Аннотация: В статье анализируются проблемы взаимодействия школы и семьи в условиях инклюзивного образования. Использованы методы наблюдения, анкетирования, интервью и педагогического эксперимента. Результаты показали низкий уровень сотрудничества на начальном этапе и его значительное улучшение после формирующего этапа.

Ключевые слова: инклюзивное образование, сотрудничество, родители, педагоги

Abstract: This article analyzes the problems of cooperation between school and family in inclusive education. Observation, questionnaire, interview and experimental methods were used. The results showed a low level of cooperation at the initial stage and significant improvement after intervention.

Keywords: inclusive education, cooperation, parents, teachers

Bugungi kunda inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish global miqyosda dolzarb masala hisoblanadi. Imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatga integratsiya qilish, ularning sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Inklyuziv ta’lim samaradorligi ko‘p jihatdan maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlikka bog‘liq. Chunki bolaning rivojlanishida nafaqat ta’lim muassasasi, balki oila muhitining ham o‘rni muhim hisoblanadi. Shu bois mazkur tadqiqotda aynan maktab va oila hamkorligida uchraydigan muammolar tahlil qilindi.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqot jarayonida kuzatish, suhbat, anketa va tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotda jami 30 nafar respondent (10 nafar pedagog, 10 nafar sog‘lom bolalar ota-onalari va 10 nafar maxsus ehtiyojli bolalar ota-onalari) ishtirok etdi.

Tajriba-sinov ishlari uch bosqichda olib borildi: 1. aniqlovchi bosqich 2. shakllantiruvchi bosqich 3. yakuniy tahlil bosqichi

Tadqiqot natijalari

Dastlabki bosqichda kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, pedagoglar tomonidan inklyuziv yondashuv yetarli darajada qo‘llanilmagan, ota-onalar bilan hamkorlik esa muntazam emas. Sinfdagi ijtimoiy muhitda alohida ehtiyojli bolalar ko‘pincha chetda qolgan.

Suhbat natijalariga ko‘ra, pedagoglarning 60 foizi hamkorlik muntazam emasligini bildirgan, ota-onalarning 50 foizi esa maktab bilan aloqa yetarli emasligini ta’kidlagan.

Anketa natijalari ham ijobiy munosabat past ekanligini ko‘rsatdi: pedagoglarda 40%, ota-onalarda esa 20–30% atrofida. Shakllantiruvchi bosqichda ota-onalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratildi. Seminarlar, suhbatlar, ota-onalar yig‘ilishlari, individual maslahatlar va doimiy aloqa tizimi tashkil etildi.

Maqsad: Inklyuziv ta’lim sharoitida pedagoglar va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ularning o‘zaro aloqasini mustahkamlash hamda o‘quvchilar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish.

1. TASHKILIY ISHLAR

Tajriba-sinov ishlarining dastlabki bosqichida pedagoglar va ota-onalar o‘rtasida o‘zaro ishonch muhitini yaratish maqsadida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirildi.

2. AXBOROT VA TUSHUNTIRISH ISHLARI (KENGAYTIRILGAN)

Salbiy

50%Ijobiy

33%

Neytral

17%

Umumiy repondentlarning javoblari

Salbiy Ijobiy Neytral Inklyuziv ta’lim jarayonida ota-onalarda yetarli bilim va tushunchani shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotimiz davomida ota-onalar va pedagoglarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha bilim darajasini oshirish, ularning faol ishtirokini rag‘batlantirish va o‘zaro muloqotini mustahkamlash maqsadida quyidagi axborot va tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

3. AMALIY HAMKORLIK FAOLIYATI

Pedagoglar va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va inklyuziv ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida amaliy faoliyatlar tashkil etildi. Ushbu faoliyatlar ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, pedagoglar bilan samarali muloqotni rivojlantirish va farzandlarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratildi.

4. MULOQOT VA ALOQANI KUCHAYTIRISH

Inklyuziv ta’lim jarayonida pedagoglar va ota-onalar o‘rtasidagi muntazam va samarali muloqot bolalarning rivojlanishi va ta’lim jarayonining samaradorligi uchun muhimdir. Tadqiqot davomida bu maqsadga erishish uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi.

5. PSIXOLOGIK MULOQOT

Faoliyatning maqsadi: Ota-onalar va bolalar muloqoti sharoitida uyg‘un munosabatlarni rivojlantirish, oila a’zolarining ishonchini va stressga chidamliligini oshirish.

Yakuniy natijalarda sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Pedagoglar va otaonalar o‘rtasida muntazam hamkorlik shakllandi, ijtimoiy muhit yaxshilandi hamda inklyuziv ta’limga nisbatan ijobiy munosabat 70–80% gacha oshdi. Ko’zlangan natijalar amalga oshirildi. Quyida repondetlarning javoblari bilan tanishamiz. Muhokama: Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv ta’limdagi asosiy muammolar:

- muloqotning sustligi

- ota-onalar faolligining pastligi

- metodik bilim yetishmasligi

Shakllantiruvchi ishlar ushbu muammolarni kamaytirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qildi.

Xulosa

Inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishda maktab va oila hamkorligi muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tizimli yondashuv orqali hamkorlikni rivojlantirish mumkin.

Ota-onalar bilan muntazam ishlash, ularning pedagogik savodxonligini oshirish hamda pedagoglar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarur.

80%

10% 10%

70%

20%

10%

20% 1

Ijobiy Salbiy Anniq javob yo'q

TADQIQOTDAN KEYIN REPONDENTLARDAN

OLINGAN JAVOBLAR

Pedagoglar

Rivojlanishi normada bo'lgan bolalar ota-onalari

Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ota-onalari

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. PQ-638-son qaror – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim

ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. – Toshkent, 2021. 2. PQ-48-son qaror – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining inklyuziv ta’lim

tizimini rivojlantirishga oid qarori. – Toshkent, 2019. 3. Qodirov A. Inklyuziv ta’lim asoslari. – Toshkent: 2021. 4. Xoliqov A. Maxsus pedagogika. – Toshkent: 2020. 5. Karimova D. Inklyuziv ta’lim metodikasi. – Toshkent: 2022. 6. Rasulova M. Maxsus pedagogika asoslari. – Toshkent: 2019. 7. To‘xtayeva Z. Inklyuziv ta’limda pedagogik yondashuvlar. – Toshkent: 2021. 8. Инклюзивное образование: теория и практика / Под ред. Н.М. Назаровой. –

Москва: 2018. 9. Специальная педагогика / Под ред. Л.С. Волковой. – Москва: 2017.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.