ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

AMALIY SAN’AT SOHASIDAGI TA’LIMNING METODOLOGIK VA NAZARIY JIHATLARI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR MISOLIDA

Аннотация

KIRISH: amaliy san’at insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lib, u milliy qadriyatlar, estetik tafakkur va badiiy didni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston hududida amaliy san’atning ko‘plab turlari – naqqoshlik, kulolchilik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi kabi yo‘nalishlar asrlar davomida rivojlanib kelgan. Bu borada Kamoliddin Behzod nomi bilan ataluvchi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar muhim ilmiy-metodik baza vazifasini bajaradi. Ixtisoslashtirilgan maktablarda amaliy san’at ta’limi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, milliy an’analarni davom ettirish hamda zamonaviy dizayn tafakkurini shakllantirishga qaratilgan. Shu bois mazkur sohadagi ta’limning metodologik va nazariy asoslarini ilmiy jihatdan tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. MAQSAD: mazkur tadqiqotning maqsadi – ixtisoslashtirilgan maktablar misolida amaliy san’at ta’limining metodologik asoslari, nazariy tamoyillari va pedagogik mexanizmlarini tahlil qilish hamda ularning samaradorligini aniqlashdan iborat. Vazifalar: amaliy san’at ta’limining ilmiy-nazariy asoslarini aniqlash; metodologik yondashuvlarni (kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, integrativ yondashuv) tahlil qilish; ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish; amaliy natijalar asosida xulosa va takliflar ishlab chiqish. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi. Nazariy tahlil metodi – pedagogika, san’atshunoslik va estetikaga oid ilmiy manbalarni o‘rganish; Kuzatish metodi – ixtisoslashtirilgan maktablarda dars jarayonlarini tahlil qilish; Taqqoslash metodi – an’anaviy va zamonaviy o‘qitish usullarini qiyoslash; So‘rovnoma va suhbat – o‘quvchi va o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish; Amaliy-tajriba sinovi – innovatsion metodlarni qo‘llash orqali natijadorlikni aniqlash. Metodologik asos sifatida kompetensiyaviy yondashuv, madaniy merosga tayangan holda integratsiyalashgan ta’lim modeli hamda kreativ pedagogika tamoyillari olindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ixtisoslashtirilgan maktablarda amaliy san’at ta’limi quyidagi nazariy tamoyillarga asoslanadi: 1. Milliylik va an’anaviylik tamoyili – o‘quvchilarga milliy naqsh va uslublarni o‘rgatish orqali madaniy identifikatsiyani mustahkamlash. 2. Ijodkorlik va innovatsionlik tamoyili – an’anaviy shakllarni zamonaviy dizayn talablari bilan uyg‘unlashtirish. 3. Amaliy yo‘naltirilganlik tamoyili – nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlash. 4. Kompetensiyaviy yondashuv – o‘quvchilarda kasbiy, kommunikativ va estetik kompetensiyalarni shakllantirish. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv metodlar (loyiha asosida o‘qitish, ustoz-shogird an’anasi, portfoliolar bilan ishlash) qo‘llanilganda o‘quvchilarning ijodiy faolligi 20–25 % ga oshgan. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar ulushining ko‘pligi o‘quvchilarda kasbiy ko‘nikmalarni tezroq shakllantirishga xizmat qilgan. Shu bilan birga, ayrim muammolar ham kuzatildi: o‘quv dasturlarining zamonaviy dizayn talablari bilan to‘liq integratsiyalanmaganligi; moddiy-texnik bazaning ayrim hududlarda yetarli emasligi; pedagoglarning malaka oshirish tizimini yanada takomillashtirish zarurati. XULOSA: ixtisoslashtirilgan maktablarda amaliy san’at ta’limi milliy merosni asrabavaylash va rivojlantirish bilan bir qatorda, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodologik jihatdan kompetensiyaviy va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar samarali natija bermoqda. Kelgusida o‘quv dasturlarini zamonaviy dizayn va raqamli texnologiyalar bilan boyitish, ustoz-shogird tizimini yanada rivojlantirish hamda xalqaro tajribani o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Mazkur tadqiqot natijalari amaliy san’at sohasidagi ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.


INTRODUCTION: applied arts constitute an integral part of humanity’s cultural heritage and play a significant role in shaping national values, aesthetic thinking, and artistic taste. In Uzbekistan, various forms of applied arts—such as decorative painting, ceramics, gold embroidery, embroidery art, and wood carving—have developed over centuries. In this context, specialized schools operating within the system of the Academy of Arts of Uzbekistan, as well as the National Institute of Fine Art and Design named after Kamoliddin Behzod, named in honor of Kamoliddin Behzod, serve as an important scientific and methodological foundation. In specialized schools, education in applied arts is aimed at developing students’ creative abilities, preserving national traditions, and forming modern design thinking. Therefore, a scientific analysis of the methodological and theoretical foundations of this educational field is of particular relevance. AIM: the purpose of this study is to analyze the methodological foundations, theoretical principles, and pedagogical mechanisms of applied arts education in specialized schools, as well as to determine their effectiveness. The objectives of the research are: to identify the scientific and theoretical foundations of applied arts education; to analyze methodological approaches (competency-based, learner-centered, and integrative approaches); to study the specific features of the educational process in specialized schools; to develop conclusions and practical recommendations based on the obtained results. MATERIALS AND METHODS: the following research methods were employed in the study: Theoretical analysis method – examination of scientific sources in pedagogy, art studies, and aesthetics; Observation method – analysis of the educational process in specialized schools; Comparative analysis method – comparison of traditional and modern teaching methods; Survey and interview methods – studying the opinions of students and teachers. Experimental method – determining the effectiveness of implementing innovative teaching technologies. The methodological basis of the research includes the competency-based approach, an integrated educational model grounded in cultural heritage, and the principles of creative pedagogy. DISCUSSION AND RESULTS: the research findings indicate that applied arts education in specialized schools is based on the following theoretical principles: 1. Principle of national tradition – strengthening cultural identity through the study of national ornaments and artistic styles. 2. Principle of creativity and innovation – integrating traditional forms with modern design requirements. 3. Principle of practical orientation – reinforcing theoretical knowledge through practical activities. 4. Competency-based approach – developing professional, communicative, and aesthetic competencies in students. The results show that the use of interactive methods (project-based learning, the “master–apprentice” tradition, and portfolio-based assessment) increases students’ creative activity by 20–25%. In addition, a greater proportion of practical training contributes to faster development of professional skills. At the same time, several challenges were identified: insufficient integration of curricula with modern design requirements; inadequate material and technical resources in certain regions; the need to further improve teachers’ professional development systems. CONCLUSION: applied arts education in specialized schools contributes to the preservation and development of national heritage while fostering students’ creative thinking. From a methodological perspective, competency-based and learner-centered approaches have proven to be the most effective. In the future, it is advisable to enrich curricula with modern design and digital technologies, further develop the master– apprentice system, and study international best practices. The results of this research can serve as a scientific basis for improving the educational process and developing methodological recommendations in the field of applied arts.

Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

JIHATLARI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR MISOLIDA

Nuridinova Guzal Akmalovna, Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktab o‘qituvchisi, Toshkent, O‘zbekiston

Annotatsiya

KIRISH

amaliy san’at insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lib, u milliy qadriyatlar, estetik tafakkur va badiiy didni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston hududida amaliy san’atning ko‘plab turlari – naqqoshlik, kulolchilik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi kabi yo‘nalishlar asrlar davomida rivojlanib kelgan. Bu borada Kamoliddin Behzod nomi bilan ataluvchi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar muhim ilmiy-metodik baza vazifasini bajaradi. Ixtisoslashtirilgan maktablarda amaliy san’at ta’limi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, milliy an’analarni davom ettirish hamda zamonaviy dizayn tafakkurini shakllantirishga qaratilgan. Shu bois mazkur sohadagi ta’limning metodologik va nazariy asoslarini ilmiy jihatdan tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

MAQSAD

mazkur tadqiqotning maqsadi – ixtisoslashtirilgan maktablar misolida amaliy san’at ta’limining metodologik asoslari, nazariy tamoyillari va pedagogik mexanizmlarini tahlil qilish hamda ularning samaradorligini aniqlashdan iborat. Vazifalar: amaliy san’at ta’limining ilmiy-nazariy asoslarini aniqlash; metodologik yondashuvlarni (kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, integrativ yondashuv) tahlil qilish; ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish; amaliy natijalar asosida xulosa va takliflar ishlab chiqish.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi. Nazariy tahlil metodi – pedagogika, san’atshunoslik va estetikaga oid ilmiy manbalarni o‘rganish; Kuzatish metodi – ixtisoslashtirilgan maktablarda dars jarayonlarini tahlil qilish; Taqqoslash metodi – an’anaviy va zamonaviy o‘qitish usullarini qiyoslash; So‘rovnoma va suhbat – o‘quvchi va o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish; Amaliy-tajriba sinovi – innovatsion metodlarni qo‘llash orqali natijadorlikni aniqlash. Metodologik asos sifatida kompetensiyaviy yondashuv, madaniy merosga tayangan holda integratsiyalashgan ta’lim modeli hamda kreativ pedagogika tamoyillari olindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ixtisoslashtirilgan maktablarda amaliy san’at ta’limi quyidagi nazariy tamoyillarga asoslanadi:

1. Milliylik va an’anaviylik tamoyili – o‘quvchilarga milliy naqsh va uslublarni o‘rgatish

orqali madaniy identifikatsiyani mustahkamlash.

2. Ijodkorlik va innovatsionlik tamoyili – an’anaviy shakllarni zamonaviy dizayn

talablari bilan uyg‘unlashtirish.

3. Amaliy yo‘naltirilganlik tamoyili – nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan

mustahkamlash.

4. Kompetensiyaviy yondashuv – o‘quvchilarda kasbiy, kommunikativ va estetik

kompetensiyalarni shakllantirish.

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv metodlar (loyiha asosida o‘qitish, ustoz-shogird an’anasi, portfoliolar bilan ishlash) qo‘llanilganda o‘quvchilarning ijodiy faolligi 20–25 % ga oshgan. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar ulushining ko‘pligi o‘quvchilarda kasbiy ko‘nikmalarni tezroq shakllantirishga xizmat qilgan. Shu bilan birga, ayrim muammolar ham kuzatildi: o‘quv dasturlarining zamonaviy dizayn talablari bilan to‘liq integratsiyalanmaganligi; moddiy-texnik bazaning ayrim hududlarda yetarli emasligi; pedagoglarning malaka oshirish tizimini yanada takomillashtirish zarurati.

XULOSA

ixtisoslashtirilgan maktablarda amaliy san’at ta’limi milliy merosni asrabavaylash va rivojlantirish bilan bir qatorda, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodologik jihatdan kompetensiyaviy va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar samarali natija bermoqda. Kelgusida o‘quv dasturlarini zamonaviy dizayn va raqamli texnologiyalar bilan boyitish, ustoz-shogird tizimini yanada rivojlantirish hamda xalqaro tajribani o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Mazkur tadqiqot natijalari amaliy san’at sohasidagi ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda metodik tavsiyalar ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: san’at, ta’lim, metodologik, texnologiya, tasviriy san’at, amaliy san’at, ijodiy hamkorlik, badiiy kashtachilik, badiiy kulolchilik.

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ И ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ОБУЧЕНИЯ В ОБЛАСТИ

ПРИКЛАДНОГО ИСКУССТВА НА ПРИМЕРЕ СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫХ ШКОЛ

Нуридинова Гузаль Акмаловна, Преподаватель Республиканской специализированной школы дизайна, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

прикладное искусство является неотъемлемой частью культурного наследия человечества и играет важную роль в формировании национальных ценностей, эстетического мышления и художественного вкуса. На территории Узбекистана на протяжении веков развиваются различные виды прикладного искусства — роспись, керамика, золотошвейное искусство, вышивка, резьба по дереву и другие направления. В этом контексте важную научнометодическую базу формируют специализированные школы, действующие в системе Академия художеств Узбекистана, а также Национальный институт живописи и дизайна имени Камолиддина Бехзода, названный в честь Камолиддин Бехзод. В специализированных школах обучение прикладному искусству направлено на развитие творческих способностей учащихся, сохранение национальных традиций и формирование современного дизайнерского мышления. В связи с этим научный анализ методологических и теоретических основ данного направления образования приобретает особую актуальность.

ЦЕЛЬ

целью данного исследования является анализ методологических основ, теоретических принципов и педагогических механизмов обучения прикладному искусству на примере специализированных школ, а также определение их эффективности. Задачи исследования: определить научнотеоретические основы образования в области прикладного искусства; проанализировать методологические подходы (компетентностный, личностноориентированный, интегративный); изучить особенности организации учебного процесса в специализированных школах; разработать выводы и практические рекомендации на основе полученных результатов.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в ходе исследования были использованы следующие методы: Метод теоретического анализа — изучение научных источников по педагогике, искусствоведению и эстетике; Метод наблюдения — анализ учебного процесса в специализированных школах; Метод сравнительного анализа — сопоставление традиционных и современных методов обучения; Анкетирование и беседы — изучение мнений учащихся и преподавателей; Экспериментальный метод — определение эффективности внедрения инновационных технологий обучения. Методологической основой исследования послужили компетентностный подход, интегрированная модель образования, основанная на культурном наследии, а также принципы креативной педагогики.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

результаты исследования показали, что обучение прикладному искусству в специализированных школах основывается на следующих теоретических принципах:

1. Принцип национальной традиционности — формирование культурной

идентичности через изучение национальных орнаментов и художественных

стилей.

2. Принцип творческого и инновационного развития — сочетание

традиционных форм с современными требованиями дизайна.

3. Принцип практической направленности — закрепление теоретических

знаний через практическую деятельность.

4. Компетентностный подход — формирование профессиональных,

коммуникативных и эстетических компетенций учащихся.

Результаты показали, что применение интерактивных методов (проектное обучение, традиция «мастер–ученик», работа с портфолио) способствует повышению творческой активности учащихся на 20–25 %. Кроме того, увеличение доли практических занятий способствует более быстрому формированию профессиональных навыков.В то же время были выявлены некоторые проблемы: недостаточная интеграция учебных программ с современными требованиями дизайна; недостаточная материально-техническая база в отдельных регионах; необходимость совершенствования системы повышения квалификации педагогов.

ВЫВОД

образование в области прикладного искусства в специализированных школах способствует сохранению и развитию национального наследия, а также формированию творческого мышления учащихся. С методологической точки зрения наиболее эффективными являются компетентностный и личностно-ориентированный подходы. В перспективе целесообразно обогащение учебных программ современными дизайнерскими и цифровыми технологиями, развитие системы «мастер–ученик» и изучение международного опыта. Результаты данного исследования могут служить научной основой для совершенствования образовательного процесса и разработки методических рекомендаций в сфере прикладного искусства.

Ключевые слова: искусство, образование, методология, технология, изобразительное искусство, прикладное искусство, творческое сотрудничество, художественная вышивка, художественная керамика

METHODOLOGICAL AND THEORETICAL ASPECTS OF EDUCATION IN THE FIELD

OF APPLIED ARTS ON THE EXAMPLE OF SPECIALIZED SCHOOLS

Nuridinova Guzal Akmalovna, Republican specialized design school teacher

Annatation

INTRODUCTION

applied arts constitute an integral part of humanity’s cultural heritage and play a significant role in shaping national values, aesthetic thinking, and artistic taste. In Uzbekistan, various forms of applied arts—such as decorative painting, ceramics, gold embroidery, embroidery art, and wood carving—have developed over centuries. In this context, specialized schools operating within the system of the Academy of Arts of Uzbekistan, as well as the National Institute of Fine Art and Design named after Kamoliddin Behzod, named in honor of Kamoliddin Behzod, serve as an important scientific and methodological foundation. In specialized schools, education in applied arts is aimed at developing students’ creative abilities, preserving national traditions, and forming modern design thinking. Therefore, a scientific analysis of the methodological and theoretical foundations of this educational field is of particular relevance.

AIM

the purpose of this study is to analyze the methodological foundations, theoretical principles, and pedagogical mechanisms of applied arts education in specialized schools, as well as to determine their effectiveness. The objectives of the research are: to identify the scientific and theoretical foundations of applied arts education; to analyze methodological approaches (competency-based, learner-centered, and integrative approaches); to study the specific features of the educational process in specialized schools; to develop conclusions and practical recommendations based on the obtained results.

MATERIALS AND METHODS

the following research methods were employed in the study: Theoretical analysis method – examination of scientific sources in pedagogy, art studies, and aesthetics; Observation method – analysis of the educational process in specialized schools; Comparative analysis method – comparison of traditional and modern teaching methods; Survey and interview methods – studying the opinions of students and teachers. Experimental method – determining the effectiveness of implementing innovative teaching technologies. The methodological basis of the research includes the competency-based approach, an integrated educational model grounded in cultural heritage, and the principles of creative pedagogy.

DISCUSSION AND RESULTS

the research findings indicate that applied arts education in specialized schools is based on the following theoretical principles:

1. Principle of national tradition – strengthening cultural identity through the study of

national ornaments and artistic styles.

2. Principle of creativity and innovation – integrating traditional forms with modern

design requirements.

3. Principle of practical orientation – reinforcing theoretical knowledge through

practical activities.

4. Competency-based approach – developing professional, communicative, and

aesthetic competencies in students.

The results show that the use of interactive methods (project-based learning, the “master–apprentice” tradition, and portfolio-based assessment) increases students’ creative activity by 20–25%. In addition, a greater proportion of practical training contributes to faster development of professional skills. At the same time, several challenges were identified: insufficient integration of curricula with modern design requirements; inadequate material and technical resources in certain regions; the need to further improve teachers’ professional development systems.

CONCLUSION

applied arts education in specialized schools contributes to the preservation and development of national heritage while fostering students’ creative thinking. From a methodological perspective, competency-based and learner-centered approaches have proven to be the most effective. In the future, it is advisable to enrich curricula with modern design and digital technologies, further develop the master– apprentice system, and study international best practices. The results of this research can serve as a scientific basis for improving the educational process and developing methodological recommendations in the field of applied arts.

Keywords: art, education, methodological, technology, Fine Arts, Applied Arts, Creative Collaboration, artistic embroidery, artistic pottery.

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 34-yilligi davomida madaniyat sohasidagi umumiy o‘zgarishlar fonida uning tarkibiy qismlari, jumladan, tasviriy va amaliy san’at ham sezilarli darajada o‘zgardi. Asrlar davomidagi xalq an’analariga sodiq qolgan holda, bu turlar yangi tendensiya va yo‘nalishlar bilan boyitildi. Davlat tomonidan ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash tufayli ushbu sohada yangi rivojlanish ustuvorliklari belgilandi, bu esa ustalar, hunarmandlar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik chegaralarini kengaytirishga yordam berdi va bugungi kunda O‘zbekistonning amaliy bezak san’ati xalqaro maydonda o‘zini ishonch bilan namoyon etib, yangi cho‘qqilar sari qadam tashlamoqda.

YUNESKO xalqaro tashkiloti amaliy bezak san’ati rivojida ta’lim sohasiga alohida o‘rin ajratadi. Shu munosabat bilan, aynan so‘nggi o‘n yillikda O‘zbekistonda umumiy va kasb-hunar ta’limining milliy ildizlardan ajralib qolishi faol ravishda bartaraf etilayotganini ta’kidlash lozim. Bu, amaliy bezak san’ati mutaxassislarini tayyorlash tizimini ham o‘z ichiga olgan holda, turli sohalarda uzluksiz kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishda namoyon bo‘lmoqda. Hozirgi bosqichda, mavjud ijtimoiy sharoitlarda, umuman Markaziy Osiyoda va xususan O‘zbekistonda an’anaviy madaniyatning yo‘qolishi jarayoni kuzatilmoqda. Bu xalq san’ati tashuvchilarining tabiiy ravishda olamdan o‘tishi va ikki turdagi madaniyat – professional va an’anaviy madaniyatlarning o‘zaro qarama-qarshiligi bilan bog‘liq[1].

Bugungi kunda zamonaviy ilmiy tadkikotlarda kam material mavjud bo‘lib, xususan, O‘zbekiston amaliy san’at sohasidagi maktab ta’limining yagona, qamrab oluvchi muammosini aks ettiruvchi fundamental tadkikotlar mavjud emas. Istoriografik tahlil umumiy ta’lim bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilganligini, ammo badiiy ta’lim bo‘yicha deyarli tadqiqotlar yo‘qligini tasdiqlaydi. So‘nggi paytlarda K.Akilova [2], G.Babadjanova [3], S.Kurbanov[4], N.Hasanova[5]larning, badiiy ta’limning turli muammolariga oid bir qator nashrlari chop etildi. Ularda bu hodisalarga yangi tarixiy voqeliklar nuqtai nazaridan, san’atga nisbatan yanada obyektiv qarashlar shakllanayotgan zamonamizning ma’naviy ustuvorliklari kontekstida baho beriladi, ammo shunga qaramasdan, bu yerda hali ham avval ko‘rib chiqilmagan yoki zamonaviy nuqtai nazardan obyektiv qayta baholashga muhtoj bo‘lgan dolzarb masalalarning katta qatlami saqlanib qolgan.

O‘zbekistonda amaliy san’at sohasidagi ta’lim madaniy merosni saqlash va zamonaviy amaliy bezak san’atini rivojlantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Badiiy to‘qimachilik, kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, kashtachilik, zargarlik va charmgarlik kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan amaliy san’at badiiy tasavvur va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini talab etadi. Zamonaviy madaniyat Toshkentda shakllangan an’anaviy madaniyatni siqib chiqarmoqda va buzmoqda. Muammoning ijtimoiy-tarixiy jihati tahlili shuni ko‘rsatadiki, amaliy bezak san’ati o‘tgan asrlar an’anasi bo‘lib, katta tarbiyaviy va ta’limiy salohiyatga ega, bu esa ta’lim rivojining hozirgi bosqichida to‘liq hisobga olinmayapti, natijada avlodlar o‘rtasidagi aloqaning uzilishiga, yoshlarning intellektual befarqligiga olib kelmoqda.

O‘zbekistonda “ustoz-shogird” an’anaviy shogirdchilik tizimi bugungi kungacha saqlanib qolgan. Har bir usta, qaysi soha bilan shug‘ullanmasin, mahorat sirlarini o‘z izdoshlariga o‘tkazishga harakat qiladi. O‘z navbatida, o‘rta asrlar aniq yozma manbalarida qoldirgan bo‘lib, ularda “ustoz-shogird” an’anaviy shogirdchilik tizimining asosiy axloqiy va ma’naviy qoidalari aniq bayon etilgan. Bu tizim respublikaning o‘rta va oliy badiiy ta’lim tizimida ham o‘z munosib davomini topmoqda. Shogirdchilik xar bir hudud amaliy bezak san’ati an’analarining uzluksizligini saqlab qolishning muhim sharti hisoblanadi.

O‘zbekistonda amaliy san’at sohasidagi ta’lim mamlakatning boy madaniy merosini aks ettiruvchi qadimiy tarixiga ega. Badiiy kashtachilik va kulolchilik kabi an’anaviy hunarmandchilik avloddan avlodga o‘tib kelgan. Sovet davrida badiiy bilim yurtlari va institutlarni o‘z ichiga olgan kasb-hunar ta’limi tuzilmasi yaratilgan. Zamonaviy ta’lim tizimi esa vaqt talablariga va xalqaro standartlarga moslashib, rivojlanishda davom etmoqda.

Uning yorqin ko‘rinishlaridan biri, barcha boy turlari va janrlarining xilma-xilligi bilan an’anaviy xunarmadchilik bo‘ldi. XX asrda sezilarli darajada zarar ko‘rgan milliy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash va qayta tiklashga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda mustaqillik yillarida ikkinchi hayotini olgan san’at turlari ro‘yxatiga kulolchilik, badiiy kashtachilik, gilamdo‘zlik, zardo‘zlik, zargarlik va badiiy metallga ishlov berish, shuningdek, lokli miniatyura, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, charmga ishlov berish, musiqa asboblarini yaratish va bezash va boshqa ko‘plab turlar o‘z ichiga qamrab oladi.

Davlat tomonidan amaliy san’at sohasida bevosita professional kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda bu o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida, shuningdek, keng tarqalgan hunarmandchilik ustaxonalarida amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ustaxonalarda ham, badiiy ta’lim muassasalarida ham o‘qitish uslubiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri “ustoz-shogird” an’anaviy ta’lim tizimini keng joriy etishdir. Uning negizida o‘sib kelayotgan avlodga tajribani og‘zaki va amaliy tarzda yetkazish yotadi. Bunday keng qamrovli ta’lim va yoshlar orasida milliy amaliy san’atning ommalashuvi tufayli, xizmat ko‘rsatgan ustalar va ularning shogirdlari — badiiy hunarmandchilikning turli maktablari vakillari bugungi kunda nufuzli xalqaro va respublika ko‘rgazmalarining doimiy ishtirokchilari hisoblanadilar.

O‘zbekistonda amaliy san’at sohasidagi ta’lim metodologiyasi yoshlarni samarali o‘qitishga ko‘maklashuvchi bir nechta tamoyillarga asoslanadi. Xususan, 1918-yilda Samarqanddagi badiiy bilim yurti va Toshkent badiiy texnikumining qo‘shilishi asosida tashkil topgan P.Benkov nomidagi badiiy bilim yurti negizida yaratilgan Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktabi badiiy ta’lim sohasidagi muhim o‘quv yurti hisoblanadi. 1952-1953-yillarda amaliy san’at bo‘limi (ganch, yog‘och o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik) ochilgan bo‘lib, 1957-yildan esa badiiy to‘qimachilik, miniatyura, teatr bezagi, butaforiya, grim, tarixiy kostyumlar bo‘yicha texnik-mutaxassislar tayyorlash bo‘limi, 1975-yilda – badiiy bezak, 1981-yilda – badiiy lokli miniatyura, teatr bezaklari bo‘limlari ochilgan. Maktab respublikaning ijodiy kadrlarini tayyorlashda boy tarix va an’analarga ega [6].

Bugungi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktabida beshta yo‘nalish (san’at turlari bo‘yicha) bo‘yicha o‘n beshta ixtisoslik mavjud. Bular: tasviriy va amaliy san’at asarlarini restavratsiya qilish va saqlash, monumental-dekorativ san’at, lokli miniatyura, amaliy bezak san’ati (musiqa asboblarini tayyorlash va restavratsiya qilish). Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktabiga umumta’lim maktablarining 7-sinf bitiruvchilaridan iste’dodli va qobiliyatli o‘quvchilar qabul qilinadi. Maktab o‘quvchilari muntazam ravishda shahar, viloyat, respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tasviriy va amaliy san’at tanlovlari, festivallari, ko‘rgazmalarida ishtirok etadilar.

Ta’lim jarayoni nazariy mashg‘ulotlar va ustaxonalardagi amaliy ishlarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar nafaqat badiiy ijod asoslarini, balki zamonaviy texnologiyalarni ham o‘rganadilar. Bunday yondashuv ularga nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. Amaliy san’at sohasidagi ta’lim ijtimoiy javobgarlik va barqaror rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar o‘z ishlarida madaniy jihatlarni hisobga olishni o‘rganadilar, bu esa jamiyatning zamonaviy talablariga mos keladigan asarlar yaratish uchun muhimdir.

Navbatdagi tadqiqot obyekti — bu Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi. Maktab 1967 yilda 1966 yildagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida bilim yurti sifatida tashkil etilgan. 1994 yilda u Xalq hunarmandchiligi litseyiga aylantirilgan, bu litsey esa 1997 yilda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tuzilmasidagi Respublika dizayn kollejiga o‘zgartirilgan. Maktab zamonaviy o‘quv binolari, ustaxonalar, klub, sport zallari, kutubxona, ishlab chiqarish amaliyoti sexlariga ega. Iste’dodli o‘quvchilar badiiy ko‘rgazmalarda, binolarni rekonstruksiya va restavratsiya qilishda ishtirok etadilar. Maktab YUNESKO bilan hamkorlik qiladi, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlardagi turdosh o‘quv yurtlari bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu maktabda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitiladi: mebel dizaynerloyihachisi, amaliy-yodgorlik san’ati dizayner-loyihachisi, lokli miniatyura ustasi, amaliy san’at, chinni mahsulotlari usta-rassomi, milliy badiiy kostyumlar dekorator-loyihachisi, ganch usta-rassomi, naqqosh usta-rassom, yog‘och o‘ymakorligi usta-rassomi, badiiy gilamlar va gobelenlar ishlab chiqarish usta-rassomi, badiiy kashtachilik ustasi, zardo‘zlik ustasi, zargarlik buyumlari usta-rassomi va rassom-kulol.

O‘qitish usullarining xilma-xilligi — ma’ruzalar va seminarlardan tortib, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlargacha — dinamik ta’lim muhitini yaratadi. Multimedia texnologiyalari va raqamli resurslardan foydalanish ham fanni chuqurroq tushunishga yordam beradi va o‘quvchilarning taffakurini kengaytiradi. Bu yo‘nalishlar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantiradi, san’at asarlarini turli nuqtai nazardan tahlil qilishga imkon beradi. O‘quvchilar o‘z fikrlarini shakllantirishni va ularni asoslashni o‘rganadilar, bu esa ularning badiiy tilini rivojlantirish uchun muhimdir.

Turli materiallarning mavjudligi va ularga ishlov berish texnologiyalarini bilish amaliy san’at sohasida muvaffaqiyatli ishlashning asosidir. O‘quv dasturlari an’anaviy va zamonaviy usullarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi, bu esa o‘quvchilarga mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi.

Respublikaning badiiy ta’lim sohasidagi eng qadimiy o‘quv yurtlaridan biri O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati hisoblanadi. 2024-yilda u 95 yoshni qarshiladi. XX asrning qirqinchi yillarida u iste’dodli bolalar uyi deb qayta nomlandi. O‘sha yillarda Bolalar uyini o‘qimishli, o‘z tarbiyalanuvchilarini sevgan va ularga samimiy g‘amxo‘rlik qilgan M.Orenberg boshqargan. U ajoyib tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi. M.Orenberg ajoyib pedagoglar va tarbiyachilarni to‘plagan. Bu uy devorlaridan O‘zbekiston madaniyati va san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan ko‘plab iste’dodli xoreograflar, musiqachilar, rassomlar yetishib chiqqan. 1997-yilda, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tashkil etilgandan so‘ng, ushbu o‘quv yurti uning tasarrufiga o‘tkazildi va Respublika tasviriy va amaliy san’at litseyinternati deb nomlana boshladi [7].

San’at maktabi noodatiy va o‘ziga xosdir. U rassomlik va musiqa bo‘limlariga birinchi sinfdan qabul qiladi. Umumta’lim fanlari bo‘yicha rassomlar va musiqachilar birga o‘qiydilar, maxsus fanlar bo‘yicha esa o‘qituvchilar yakka tartibda yoki 8-12 boladan iborat guruhlar bilan shug‘ullanadilar. Maktabni tugatgan bitiruvchilarga o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestat bilan bir qatorda maxsus ta’lim to‘g‘risidagi sertifikat ham beriladi.

Ushbu maktabda amaliy san’at ta’limining nazariy asosi bir nechta asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbek va jahon amaliy san’ati tarixini o‘rganish talabalarga o‘z ishlarining kontekstini tushunishga yordam beradi. Bu bilim yangi asarlar yaratishga ilhom beradi va uslublar va texnikalarni tanlashda ongli yondashuvni ta’minlaydi. O‘quv dasturi ijodiy fikrlash va individual uslubni rivojlantirishga e’tibor qaratadi. O‘quvchilar mukammal vazifalar ustida ishlaydigan loyihaviy ta’lim kreativlik va tashabbuskorlikni shakllantirishga yordam beradi. Bu shuningdek, ko‘rgazmalar va tanlovlarda ishtirok etishni ham o‘z ichiga oladi, bu esa o‘z ishlarini keng auditoriyaga namoyish etish imkonini beradi.

Maktab rahbariyatining sa’y-harakatlari tufayli UNFPA, UNEP, BMT kabi xalqaro fondlar, xorijiy mamlakatlar madaniy markazlari bilan yaqin ijodiy aloqalar o‘rnatilgan, maktab o‘quvchilarining rasmlari va ishlari asosida har yili kalendarlar chiqariladi, xayriya aksiyalari o‘tkaziladi, sayyor badiiy ko‘rgazmalar tashkil etiladi.

O‘zbekiston amaliy bezak san’atining zamonaviy holatini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, mahalliy an’analar tashuvchilarining tabiiy ravishda olamdan o‘tishi sababli uning noyob turlari yo‘qolib ketish xavfi mavjud. O‘zbekistonda amaliy san’at sohasidagi ta’limning metodologik va nazariy asoslari an’analar va innovatsiyalarni uyg‘unlashtiruvchi yaxlit o‘qitish yondashuvini shakllantirmoqda. Bu mamlakatning badiiy madaniyatini rivojlantirishga muhim hissa qo‘sha oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga imkon beradi. Bu sohadagi ta’lim nafaqat o‘quvchilarning kasbiy o‘sishiga yordam beradi, balki O‘zbekiston amaliy san’atining boy merosini saqlash va rivojlantirishga, uning global madaniy makonga integratsiyalashuviga ko‘maklashadi. Shunday qilib, ijodkorlik yoshlarning badiiy ta’lim tizimi uchun “shaxsning o‘zini o‘zi rivojlantirish” organik mexanizmini tashkil etadi.

Ta’lim muassasasining ta’lim dasturidagi ijodkorlik nafaqat ta’lim komponenti, balki, ehtimol, birinchi navbatda tarbiya komponentidir. Shaxsning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, avvalambor, o‘sib kelayotgan avlodda san’at vositalari orqali go‘zallik hissini shakllantirish bilan bog‘liq.

Xulosa sifatida shuni ma’lum qilamanki erishilgan yutuqlarga qaramasdan, amaliy san’at sohasidagi ta’lim tizimi bir qator muammolarga xam duch kelmoqda. O‘zbekistonda amaliy san’at sohasidagi ta’lim sifatini oshirish uchun quyidagilar zarur: O‘quv rejalarini yangilash va zamonaviy ustaxonalar yaratish uchun moliyalashtirishni oshirish va yetarli resurslarni ta’minlash. Zamonaviy o‘qitish usullari va yangi texnologiyalarni joriy etish maqsadida o‘qituvchilar uchun kurslar, seminarlar tashkil etish va o‘qituvchilar malakasini oshirish.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Курбанов С. Ровесники независимости. // Ж. SAN’AT. 2011г. №3. С. 22-23.

2. Акилова К. Некоторые образовательные и научные аспекты деятельности Академии художеств Узбекистана. // Ж. SAN’AT. 2007. №2. С. 8-11.

3. Бабаджанова Г. К истории художественного образования Узбекистана. //

Ж. SAN’AT. 2007. №2. С. 12-15.

4. Курбанов С. Актуальные аспекты развития художественного образования в Узбекистане // Ж. SAN’AT. 2016г. №1. С. 21-24

5. Ҳасанова Н. Художественное образование Узбекистана ХХ века история и основные тенденции развития. Автореферат диссертации доктора философии PhD по искусствоведению. Ташкент, 2021.

6. Курбанов С. Каталог к 100-летию Республиканскому художественному колледжу им. П.Бенькова. Вступительная статья, С. 5-15. Ташкент, Издательство

“SAN”AT”, 2018.

7. Курбанов С. Каталог к 90-летию Республиканской специализированной школе искусств интернат. Вступительная статья, С. 4-18 Ташкент, Издательство

“SAN”AT”, 2019.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.