KIRISH: so‘nggi yillarda ta’lim tizimida amaliy texnologiyalardan foydalanish kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini samarali rivojlantirishda muhim omilga aylangan. Nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish talabalarni nafaqat bilimli, balki ko‘nikmaga ega, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish imkonini beradi. Shu bois, amaliy ta’lim texnologiyalari pedagogik jarayonda integratsiyalashgan holda qo‘llanilayotgani va talabalar kompetensiyasini rivojlantirishdagi rolini chuqur o‘rganish zarurati mavjud. MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – amaliy ta’lim texnologiyalari orqali talabalarni fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini aniqlash, samaradorligini tahlil qilish va pedagogik amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini izohlashdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida quyidagi metodlar qo‘llanildi:Nazariy tahlil – pedagogika va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar va amaliy metodik qo‘llanmalar o‘rganildi. Eksperimental metod – amaliy mashg‘ulotlar jarayonida talabalar kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha sinovlar va kuzatuvlar amalga oshirildi. Suhbat va so‘rovnomalar – talabalarning o‘quv jarayonidagi fikr-mulohazalari va o‘z-o‘zini baholash natijalari yig‘ildi. Kvantitativ va sifatli tahlil – olingan natijalar statistik va pedagogik usullar orqali tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy predmeti – amaliy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali talabalarda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirish jarayoni. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, amaliy texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalar quyidagi kompetensiyalarni sezilarli darajada rivojlantirdi: - Analitik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari – masalalarni mustaqil tahlil qilish va yechimlar ishlab chiqish. - Amaliy ko‘nikmalar – nazariy bilimlarni laboratoriya, loyiha va muammoli vazifalarda qo‘llash. - Hamkorlik va kommunikatsiya – guruh ishlarida muloqot va mas’uliyatni oshirish. - Muammolarni hal qilish – real vaziyatlarga tez va samarali yechim topish. Eksperimental mashg‘ulotlar ko‘rsatdiki, amaliy texnologiyalarni qo‘llash talabalarning fanga oid kompetensiyalarini 25–30% ga oshirishga yordam berdi. Talabalar tomonidan berilgan so‘rovnomalar natijasida amaliy mashg‘ulotlarning motivatsiya va o‘quv qiziqishini sezilarli darajada kuchaytirishi qayd etildi. XULOSA: amaliy ta’lim texnologiyalari talabalarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, amaliy mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni mustahkamlash, mustaqil fikrlash va hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, pedagogik jarayonda amaliy texnologiyalarni qo‘llash talabalarning motivatsiyasini oshirish va o‘quv jarayonini interaktiv qilishga xizmat qiladi. Kelajakda bu yondashuvni kengaytirish va boshqa fanlar bo‘yicha qo‘llash tavsiya etiladi.
INTRODUCTION: in recent years, the use of practical educational technologies in the education system has become an important factor in effectively developing a competency-oriented learning process. Combining theoretical knowledge with practical activities allows students to develop not only as knowledge holders but also as individuals with practical skills and independent thinking. Therefore, it is necessary to thoroughly study the integration of practical educational technologies into the pedagogical process and their role in developing students’ competencies. RESEARCH OBJECTIVE: the objective of this study is to identify methods for developing students’ competencies related to academic disciplines through practical educational technologies, analyze their effectiveness, and examine their potential application in pedagogical practice. MATERIALS AND METHODS: the following methods were used in the study:Theoretical analysis – examination of scientific literature, articles, and methodological guides on pedagogy and educational technologies. Experimental method – conducting practical lessons to develop students’ competencies, including observation and testing. Interviews and surveys – collecting students’ feedback on the learning process and self-assessment of their competencies. Processing the collected data using statistical and pedagogical methods. The object of the study is the process of applying practical educational technologies to transform students’ theoretical knowledge into practical skills. DISCUSSION AND RESULTS: the study results showed that the application of practical technologies significantly contributes to the development of the following student competencies: Analytical and critical thinking – the ability to independently analyze problems and develop solutions. Practical skills – application of theoretical knowledge in laboratory work, projects, and problem-based tasks. Collaboration and communication – improving interaction and responsibility during group work. Problem-solving – rapid and effective decision-making in real situations. Experimental lessons demonstrated that the use of practical technologies increases students’ competencies by 25–30%. Student survey results confirmed a significant increase in motivation and engagement in the learning process due to practical activities. CONCLUSION: practical educational technologies serve as an effective tool for developing students’ competencies related to academic disciplines. The study showed that practical lessons help consolidate theoretical knowledge, foster independent thinking, and develop collaboration skills. Moreover, the application of practical technologies in the pedagogical process enhances student motivation and makes the learning process more interactive. In the future, it is recommended to expand the use of this approach and apply it to other academic disciplines.