KIRISH: raqamli muhit sharoitida mediakompetentlik — axborotni izlash, tahlil qilish, yaratish va tanqidiy baholash ko‘nikmalarining integratsiyasi — ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun muhim kasbiy sifatga aylanmoqda. Andragogik ta’lim tinglovchining tajribasi va mustaqil o‘rganish ehtiyojini inobatga olgan tizimli yondashuvni talab etadi. MAQSAD: andragogik yondashuv asosida mediakompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar tizimini ishlab chiqish va uning samaradorligini aniqlash. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot 2022–2024 yillarda 6 ta kollejda kvazieksperimental dizayn asosida o‘tkazildi (tajriba n=64; nazorat n=63). So‘rovnoma, amaliy topshiriqlar, ekspert baholash va Moodle loglari ma’lumotlari statistik testlar yordamida tahlil qilindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: 4 blokli pedagogik shart-sharoitlar tizimi (tashkiliy, psixologo-pedagogik, metodik, raqamli muhit) mediakompetentlikni samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Tajriba guruhida axborot, amaliy va tanqidiy-refleksiv komponentlar bo‘yicha ishonchli o‘sish qayd etildi. Blended format va Moodle–YouTube– Telegram integratsiyasi bosqichma-bosqich rivojlanishni ta’minladi. XULOSA: tizimli pedagogik shart-sharoitlar mediakompetentlikni muvozanatli rivojlantirib, ustalarning raqamli muhitga tayyorgarligini kuchaytiradi. Model boshqa kasbiy ta’lim yo‘nalishlariga ham moslashtirilishi mumkin.
INTRODUCTION: in the context of digitalization, media competence has become a key professional skill. Andragogical learning requires consideration of adult learners’ experience and autonomy. AIM: to design and test a system of pedagogical conditions for media competence development in professional training. MATERIALS AND METHODS: a quasi-experimental study was conducted in six colleges (experimental n=64; control n=63). Survey and Moodle data were statistically analyzed. DISCUSSION AND RESULTS: a four-block system proved effective, showing significant growth in information, practical, and critical-reflective components. Blended learning and Moodle–YouTube–Telegram integration enhanced outcomes. CONCLUSION: systematic implementation of pedagogical conditions strengthens digital readiness and can be adapted to other vocational domains.