ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Askiyaning lingvistik xususiyatlari

Аннотация

Xalqimiz boy ma’naviy merosining ajralmas bir boʻlagi sifatida yashab kelayotgan ogʻzaki ijod na’munalarini oʻrganish, ularda aks etgan xalq hayotini insoniy tuygʻular tasvirini koʻrsatish, ularni leksik jihatdan chuqur tadqiq ostiga olish har doim dolzarblik kasb etib kelgan. Tadqiqot manbayi askiyaga xos boʻlgan lingvistik xususiyatlarni oʻrganish, chuqur tahlil qilishni talab qiladi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Askiyaning lingvistik xususiyatlari

Ataxanova Asaloy. Urganch davlat universiteti

Lingvistika: oʻzbek tili yoʻnalishi 1-bosqich magistranti

Annotatsiya: Xalqimiz boy ma’naviy merosining ajralmas bir boʻlagi sifatida yashab kelayotgan ogʻzaki ijod na’munalarini oʻrganish, ularda aks etgan xalq hayotini insoniy tuygʻular tasvirini koʻrsatish, ularni leksik jihatdan chuqur tadqiq ostiga olish har doim dolzarblik kasb etib kelgan. Tadqiqot manbayi askiyaga xos boʻlgan lingvistik xususiyatlarni oʻrganish, chuqur tahlil qilishni talab qiladi.

Kalit soʻzlar: Askiya, soʻz oʻyini, payrov, soʻz qoʻllash talabi, payrov talabi, sintaktik talab

Abstract: It is always important to study the examples of oral creativity that are living as an integral part of the rich spiritual heritage of our nation, to show the image of the people’s life reflected in them, and to take them under lexical deep research. The source of research requires the study of linguistic

features of Askiya, a deep analysis.

Key words: Askiya, word game, payrov, word usage requirement, payrov reqirement, syntactic requirement

Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi na’munalarini oʻrganish bugungi kunda nafaqat adabiyotshunoslik, tilshunoslikning ham oldida turgan muhim masalalardan biri boʻlib kelmoqda. Xalq ogʻzaki ijodiga mansub tadqiqottalab masalalardan biri bu askiya hisoblanadi. Bugungi kunda qadar adabiyotshunos olimlar tomonidan askiya borasida koʻplab tadqiqot ishlari amalga oshirildi, toʻplamlar yaratildi. Shunday boʻlsa ham, askiya tilshunoslik nuqtai nazaridan oʻrganilishga muhtojligicha qolmoqda.

Askiya haqida fikr yuritishdan oldin uning asl mohiyati haqida qisqacha mulohaza yuritish lozim. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida askiyaga soʻz oʻyiniga, qochiriqlarga asoslangan hozirjavoblik musoboqasi sifatida ta’rif berilgan. Askiyaoʻzbek xalq ogʻzaki ijodining yumorga asoslangan kichik janri boʻlib, boshqa xalqlar adabiyotida uchramaydi. Bu askiyaning boshqa xalqlar folklor janrlarida uchramaydigan oʻziga hos alohida xususiyati hisoblanadi. Boshqa xalqlarda bu janrning uchramasligini esa, asosan, oʻzbek tilining ifoda imkoniyatlari boyligi hamda xalqimizning mutoyibaga boy mentaliteti bilan izohlash maqsadga muvofiqdir1. 1 Doʻstmatov X. Askiya matni lingvostilistikasi. Toshkent: Fan, 2015. 12-bet Tomoshabinlarda kulgu qoʻzgʻatuvchi soʻz va qochirimlar, hozirjavoblik va zakiylikni koʻrsatib beruvchi dialogik va polilogik bahs, soʻz oʻyinlari va hazil-mutoyibaga asoslangan, uzoq yillar davomida xalqimiz hayotiy tajribasi negizida yaratilgan askiyalarda xalq hayotining barcha jabhalari qamrab olinganligi uchun ham mavzu

Askiyalar orqali tomoshabinlarda kulgu qoʻzgʻatish askiyachining soʻz qoʻllash mahoratiga, soʻz boyligiga, oʻzbek tilining ifoda imkoniyatlaridan foydalana bilishiga bogʻliq. Askiyalarda koʻzlangan maqsadga erishish, tomoshabinlarda yengil kulgu uygʻotish, soʻz qoʻllash bilan bogʻliq oʻziga xos talablar boʻladi. Bular quyidagilar:

1. Soʻz oʻyini vositasida bellashish

2. Payrov mavzusini yoritishda mavzuga doir lingvistik birliklarni, atamalarni qoʻllash

3. Mavzu doirasidan chetga chiqmaslik

4. Hozirjavoblik

5. Soʻz oʻyinining poetik talablar asosida badiiy va sirli tarzda olib borish

6. Fikrlar izchilligi, mantiqiy bayonga amal qilish

7. Til birliklari yordamida birdan ortiq axborot ifodalash

8. Lisoniy til birliklarining nutqdagi imoniyatlarini koʻrsata bilish

9. Soʻz qoʻllash talabi:

a) payrov talabi

b) sintaktik talab

Bunda payrov mavzusiga doir atamalarni qoʻllash birlamchi talab (payrov talabi) hisoblansa, tilning grammatik qonun- qoidalariga amal qilib soʻz qoʻllash hamda qoʻshimcha axborot ifodalash ikkilamchi talab (sintaktik, stilopragmatik talab) hisoblanadi2. Masalan:

Juda katta qurilish boʻlayotgan joyga komissiya kelibdi. Muhandis u yoqqa, ishboshi- prorab bu yoqqa halloslab choparmish. Yetti-sakkiz quruvchi esa quruq zambilgʻaltakni shaldiratib, u yoqdan- bu yoqqa gʻildiratarmish. Komissiya a’zolari hayron boʻlishib, qurilish boshligʻidan soʻrashibdi.

- Nima ishboʻlyapti oʻzi?

- Qurilishda qayta qurishni jadallashtiryapmiz, - deb javob beribdi boshliq. 2 Doʻstmatov X. Askiya matni lingvostilistikasi. Toshkent: Fan, 2015. 35-bet

- Zambilgʻaltaklarda yuk yoʻq-ku?!

- Ishlarni tezlashtirganimiz uchun yuklarni ortishga ham vaqt yetmayaptida!

Ushbu askiyada kulgu qoʻzgʻatish bir qancha vositalar yordamida amalga oshgan. Askiya matni an’anaviy boshlanma va dialogik nutqdan iborat. Ushbu misol qurilish haqida boʻlganligi uchun qurilish soʻzi birlamchi talab boʻlib, payrov talabi hisoblanadi. Askiya mavzusini yoritish uchun “Qurilish”, “Qayta qurish” soʻzlari mavzuga doir lingvistik birlik sifatida qoʻllanilgan. Keltirib oʻtilgan misolda hozirjavoblik, mavzudan chetga chiqmaslik, fikr izchilligi, lisoniy til birliklarining nutqdagi imkoniyatlarini koʻrsata bilish, fikr izchilligi mantiqiy bayonga amal qilish kabi talablarning barchasiga amal qilingan.

Bir odam igʻvogarligi tufayli qishloqda otning qashqasidek boʻlgan ekan. Koʻchada ketayotgan Afandining roʻparasidan oʻsha igʻvogar chiqib qolibdi. Shunda afandining eshagi ketma- ket hangrab yuboribdi. Haligi igʻvogar afandiga debdi:

- Bu qanaqasi, aytib qoʻysangiz boʻlmaydimi? Mening yonimda hangraydimi?

- Birodar, - debdi Afandi, buning tiliga siz tushunmasangiz men tushunmayman.

Shu payt eshak boshini qattiq silkib, haligi odamning basharasiga soʻlagini sachratibdi.

- Aytib qoʻying, uning ustidan yozib, ta’zirini beraman!

- E – e, tushunarli, - debdi Afandi, - men emas oʻzingiz ayting, uning tiliga siz tushunar ekansiz. Eshak har holda eshak-da!

Ushbu askiya matnidagi tagma’no afandi va igʻvogar oʻrtasidagi dialogik nutq koʻrinishida voqelangan. Ushbu misolda ham askiyachi soʻz oʻyini vositasida nozik ma’no ifodalashga harakat qilgan. Afandi igʻvogar raqibidagi salbiy hislatlarni soʻz oʻyini vositasida eshakka qiyoslash orqali tinglovchida yengil kulgu paydo qiladi. Mavzu doirasidan chetga chiqmaslik, fikr izchilligi, mantiqiybayonga amal qilish, hozirjavoblik kabi talablarning barchasiga amal qilinishi askiyabozning mahoratini koʻrsatib bergan.

Askiya haqida fikr yuritar ekanmiz yana bir muhim jihatga alohida e’tior qaratishimiz lozim. Askiya san’atining asosini badiiy adabiyotdagi iyhom va tajnis san’atlari tashkil etadi. Askiyada esa koʻproq iyhom san’atidagi soʻz oʻyini yetakchilik qiladi. Ba’zan bu san’at shu qadar murakkablashib ketadiki, uni aytilgani zahoti anglab olish ham qiyin boʻladi3:

Ohunjon qiziqning tanishlaridan biri koʻchada hol-ahvol soʻradi.

- Ohunjon aka, ishlaringiz qalay?

- E uka, qalay nimasi, oltin!

- Rostdan-a?

- Ha-da! Qizichilikning reviziyasi boʻlmagandan keyin yomon boʻlarmidi?

Keltirgan ushbu misolda ham askiyachi tinglovchilarda kulgu uygʻotish uchun kulgu qoʻzgʻatuvchi vositalardan foydalangan. Eng koʻzga tashlanadigan jihati esa askiya matnida omonim soʻzlarni qoʻllash orqali askiyadan koʻzlangan maqsadga erishilgan. “Qalay” soʻzi oʻzbek tilida qanday?, qanaqa? ma’nolari bilan bir qatorda tabiatda uchraydigan metall nomini ham anglatadi. Askiyada bu soʻz dastlab soʻroq olmoshi sifatida qoʻllangan boʻlsa Ohunjon qiziq nutqida metall ma’nosida qoʻllanilgan.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, askiya oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining oʻziga xos janri boʻlib, tilimizning juda boy imkoniyatlarga ega ekanligini koʻrsatib beradigan boy ma’naviy neros hisoblanadi. Eng e’tiborlisi, askiyani oʻylab topish, javob qaytarish, uni tushunib yetish oson emas. Askiyani tushunish, raqibga javob qaytarish uchun oʻzbek tilining nozik qirralarini chuqur anglab yetish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Madayev O. Oʻzbek xalq ogʻzali ijodi. Toshkent: Mumtoz soʻz, 2010

2. Doʻstmatov X. Askiya matni lingvostilistikasi. Toshkent: Fan, 2015

3. Doʻstmatov X. Asosi bitta soʻzdan iborat askiyalar matni. Fargʻona

4. Boltaboyeva U. Askiya san’atiga bir nazar. Fargʻona: Soʻz san’ati xalqaro jurnali, 2020 3 Madayev O. Oʻzbek xalq ogʻzali ijodi. Toshkent: Mumtoz soʻz, 2010. 90-bet

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.