QALINLIKLARINI TA’SIRI.
1 Ruzimov J.SH., 2 Bekchanov X.Y, 3
Ilhomova G M., 4 Karimova I U
UrDU dotsenti1,
UrDU mustaqil tadqiqotchisi 2,
UrDU talabasi 3,
UrDU talabasi4 .
komilov@mail.ru
Annatotsiya: Makkajo‘xorining don hosildorligi, Xorazm vohasi sharoitida makkajo‘xorini tup qalinligini aniqlash, makkajo‘xorini asosiy ekin sifatida ekish, don mahsuldorligini o‘rganish.
Kalit so‘zlar: Makkajo‘xori, hosildorlik, tup qalinlik, Xorazm vohasi sharoiti.
Аннoтация: Урожайность зерна кукурузы, определение густоты куста кукурузы в условиях Хорезмского оазиса, посев кукурузы как основной культуры, изучение урожайности зерна.
Ключевые слова: Кукуруза, урожайность, густота кустов, условия Хорезмского оазиса.
Annotation: Corn grain yield, determining corn bush thickness in the conditions of the Khorezm oasis, planting corn as the main crop, studying grain yield.
Key words: Corn, yield, bush density, conditions of the Khorezm oasis.
Makkajo‘xori eng qadimiy ekinlardan bo‘lib, insonlar uni eramizdan bir necha ming yillar ilgari ekib kelishgani va uning vatani Markaziy Amerika hisoblanishini qayd etishgan. Shuningdek, makkajo‘xori birinchi marta Ispaniyaga XVI asrning boshlarida keltirilganligi va XVIII asr oxirlarida makkajo‘xori Sharqiy Xitoy orqali O‘rta Osiyoga o‘tganligi haqida ma’lumot mavjud[1, 303-b].
Makkajo‘xori o‘simligidan yuqori hosil olish uchun, avvalo, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tanlash, maqbul ekish muddatlarini aniqlash, optimal ekish me’yorlarini qo‘llash va don hosilini vaqtida kechiktirmasdan yig‘ishtirib olish juda muhim hisoblanadi[2,3-8-b].
Makkajo‘xori (Zea mays) jahon qishloq xo‘jaligida aholi uchun oziq-ovqat va chorvachilik uchun mustahkam ozuqa bazasi yaratishda muhim ahamiyatga molik o‘simlik hisoblanadi[3, 174-177-b].
Mamlakatimizda makkajo‘xori silosbop ekin sifatida birinchi o‘rinda turadi. Makkajo‘xori silosi yaxshi hazm bo‘ladi va parhezlik xususiyatiga ega. Ozuqa uchun hammadan ko‘proq uning doni endigina qota boshlagan (yoki sut-mum pishiqligida) dumbul so‘tali poyasidan tayyorlangan silos sifatli, to‘yimli hisoblanadi. Bu davrda so‘tasining 60% sut-mum pishiqligida bo‘ladi hamda o‘simliklar yashil va sersuv, hazmlanishi yengil bo‘lishi bilan ajralib turadi
Hozirda respublikamizda makkajo‘xori sug‘oriladigan yerlarda asosiy va bug‘doy hosilidan bo‘shagan ang‘izga takroriy ekin sifatida ekilmoqda. Ammo, makkajo‘xorining sug‘oriladigan yerlarda asosiy va ang‘izda yetishtirishning ilmiy asoslangan texnologiyasining yo‘qligi tufayli fermer xo‘jaliklarida asosiy ekin sifatida ekilganda gektaridan 40-50 s/ga don, 350-400 s/ga silos massasi hosili olinmoqda. Makkajo‘xoridan past hosil olinishiga bir qator sabablar mavjud. So‘nggi yillarda makkajo‘xorini yangi navlari, duragaylari yaratildi va Davlat reestriga kiritildi. Yangi nav va duragaylarning biologik xususiyatlariga hamda mintaqa tuproq-iqlim sharoitiga mos ekish sxemalari, tup qalinligi ishlab chiqilmagan.
Ilmiy-texnika taraqqiyotini butun dunyoda jadallashtirish asosiy muammo bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat qishloq xo‘jaligida qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga don va chorva mollari ozuqasini ishlab chiqarishni oshirish ko‘zda tutilgan. Bunda makkajo‘xoriga katta e’tibor qaratilgan, chunki u sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida don va silos massa hosildorligi bo‘yicha barcha ozuqabop o‘simliklardan ustun turadi.
O‘zbekistonda makkajo‘xori o‘simligining tup qalinligini aniqlash muammosi bilan ko‘pchilik tadqiqotchilar shug‘ullanishgan. Xorazm viloyati sharoitida makkajo‘xori o‘simligining tup qalinligini aniqlash asosiy maqsadimizdan iboratdir.
Bu boradagi ishlar natijasini Z.U.Umarov, U.M.Isakulov, Z.N.Xalikulov, S.M.Mamaniyozov, R.B.Bobokulova, D.Yedenbayev, Yu.Sharipov, A.Roziqov va T.Oserboyevalar ma’lumotlarida ham uchratish mumkin .
Hozirgi paytda respublikamizda makkajo‘xorining potensial imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti. Makkajo‘xori yetishtirishda mintaqaning asosiy muammolaridan biri uning hosildorligini va hosil sifatini oshirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestridagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat reestriga makkajo‘xorining 76 dan ortiq mahalliy va xorijiy duragaylari, navlari kiritilgan [4, 196-b.].
Xulosa qilib aytganda. Xorazm viloyati sharoitida asosiy ekinda makkajo‘xorining don mahsuldorligiga tup qalinliklarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish va kuzatuvlarni olib borish asosiy maqsadlarimizdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Yakubjanov O., Tursunov S., Muqimov J. Donchilik. Darslik. – Toshkent:
“Yangi asr avlodi”. 2009. – B. 303.
2. Орлянский Н. А., Орлянская Н. А., Зубко Д. Г., Маслиёв С. В. Густота
растений, урожай и влажность зерна раннеспелых гибридов кукурузы.
3. Куликов Л.А. Кукуруза важные особенности // Сборник научных трудов
Всероссийского научно-исследовательского института овощеводства и
козоводства. 2015. Т.1. №8. – С.174-177.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat reestri. – Toshkent; 2020. –B. 196.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.