UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INGLIZ TILINI
O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ULARNING
METODIK ASPEKTLARI (8-9-SINF INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARI
MISOLIDA)
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
mustaqil izlanuvchisi Fayziyeva Maftuna Kamolovna
+998900544200
mfayziyeva33@gmail.com Annotatsiya. Ushbu maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va ularning metodik aspektlari haqida qisqacha bayon qiladi. Ingliz tilini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish bugungi kun ta’lim dasturining zalvorli qismiga aylanib ulgurdi. Buning yutuqli tomoni esa ta’lim beruvchining ham, ta’lim oluvchining ham qisqa muddatda natijali bilim egallashidir. Shu bois, ushbu maqolada samara beradigan yondashuvlarga va ularning metodik aspektlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya, ingliz tili, o‘qituvchi, optimal, umumiy o‘rta ta’lim, modernizatsiya, ko‘nikma, tizim, metodik, didaktik, kasbiy imidj, ta’lim paradigmasi, component, pedagog
Аннотация. В данной статье кратко изложены современные подходы к обучению английскому языку старшеклассников общеобразовательных школ и их методические аспекты. Обучение английскому языку на основе современных подходов стало неотъемлемой частью сегодняшней образовательной программы. И выигрышной стороной этого является то, что и педагог, и получатель образования получают эффективные знания в краткосрочной перспективе. Поэтому в данной статье особое внимание уделяется подходам, которые дают эффект, и их методологическим аспектам. Ключевые слова: образование, английский язык, учитель, общее среднее образование, модернизация, навыки, методика, дидактика, профессиональный имидж, образовательная парадигма, компонент, педагог Annotation. This article summarizes modern approaches to teaching English and their methodological aspects to high-class students in comprehensive schools. English language teaching based on modern approaches has become an integral part of nowaday's educational program. And the winning side of this is that both the teacher and the recipient of education receive effective knowledge in the short term. Therefore, this article focuses on effective approaches and their methodological aspects. Keywords: education, English, teacher, optimal, general, secondary and comprehensive education, modernization, skills, methodology, systematic, didactics, professional image, educational paradigm, component, teacher Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 10 mingdan ziyod umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 - yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarorlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi davr statistikasiga ko‘ra, Respublikamizning 9963 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birgina 8-9-sinflarida 3378671 ta o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga 1002 nafar o‘qituvchi ingliz tilidan dars berishadi. Ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirish, uni ijodiy tashkil etish, ta’lim mazmunini modernizatsiyalash va integratsiyalash masalalari bugungi kunda juda dolzarb va asosiy masalalar sirasiga kiradi. Ayni shu sababdan, ta’lim-tarbiya jarayonida barkamol insonni shakllantirish, uning mahsuli orqali mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, kuchli irodali, ishchan, g‘oyaviy e’tiqodli, ma’naviyati yuksak, pok vijdonli shaxsni kamol toptirish joiz. Su maqsadda ya’ni, ta’lim tizimini modernizatsiyalash hamda rivojlangan mamlakatlar ta’lim standartlari talablariga har tomonlama javob beradigan raqobatbardosh, kreativ fikrlovchi mutaxassiskadrlarni tayyorlashga qaratilgan o‘qitish jarayonini takomillashtirish zarurati yuzasidan ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligida ta’lim muassasalarida ingliz tilidan dars berayotgan o‘qituvchilarning ta’lim jarayonlarini ham didaktik ham metodik jihatdan loyihalash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etilmoqda. Ularning bilim, ko‘nikma, malaka egallashlarini takomillashtirish, intellektual va deentologik kamolotini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, uni pedagogizatsiyalash, o‘quv predmetlariga sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalarni joriy etish, uzviyligi va uzluksizligi, rivojlantiruvchi va ijtimoiylashtiruvchi maqsadlarini ta’minlash, mutaxassislarni, shu jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining kasbiy imijini rivojlantirish vazifalari ham qo‘yilmoqda. Hozirgi kunda mutaxassislar kasbiy faoliyatlarini hayotiy muvaffaqiyatga erishish uchun shaxsiy shakllanishning asosi deb tushunib, pedagogik qo‘llab-quvvatlanishga ehtiyojlari mavjudligini tan olishmoqda. Shu jihatdan zamonaviy o‘qituvchi o‘z kasbining bilimdoni bo‘lish uchun nafakat sohaga oid kompenetsiyalarni, balki o‘qituvchi imijini egallashi, ta’lim texnologiyalari asosida shaxslarning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatishni ham yaxshi bilishi kerak bo‘ladi. Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ta’lim subyektlarining iste’dodi va iqtidorini namoyon etishlariga shart-sharoit yaratish, kreativ fikrli shaxslarning yutuqlarini kengaytirishga yo‘l ochadi. Zamonaviy ta’lim paradigmasida kadrlarning, shu jumladan ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ qobiliyatlari, so‘zlashuv madaniyatini rivojlantirish, ularda kirishimlilik, empatiyaga moyillik kabi sifatlarni tarkib toptirish ham muhim ahamiyat kasb etadi va mutaxasisslarning kasbiy faoliyatida tayanch komponentlardan bo‘lib hisoblanadi. Har qanday mutaxassisning, shu jumladan ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi o‘z ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, muloqotga kirishuvchanlik, shirinsuxanlik, to‘g‘ri muomala qila bilish, tahsil oluvchilar qalbiga yo‘l topib, ularga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabat o‘rnata bilishdir. Ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash masalalari ham e’tirof etilmoqda Shu bilan birga ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan: birinchidan, ‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini o‘qitish metodikasi nuqtai nazaridan baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim va tarbiya sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; ikkinchidan, ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotganlar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti; uchinchidan, ingliz tilini o‘qitishda qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan, ta'lim oluvchilarga ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy metodikalardan foydalanish, nutq ko‘nikmalarini o‘stirishda amaliy fonetik, reduksiyalangan o‘qitish tizimini joriy qilishdagi sustkashlik, interferensiyani bartaraf etish metodikalarining takomillashuviga bo‘lgan ehtiyoj mavjudligi; to‘rtinchidan, respublikamizning umumiy o‘rta ta'lim maktablarida CEFR, IELTS, TOEFL va boshqa xalqaro til bilish darajalarini bildiruvchi sertifikatlarga egalik qiluvchi o‘qituvchilarning dars berish holatini monitoring qilishni keng jamoatchilikka yetkazish yo‘lga qo‘yilmagan; beshinchidan, ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha taklif kiritish borasida o‘qituvchilar tashabbus ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan. Ushbu ta’kidlangan muammolarga bog‘liq ravishda ta’lim muassasalarida o‘quvtarbiyaviy jarayoni xizmatlarini tashkil etish o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati sifati bilan uzviy bog‘liqdir. Ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: kompetensiyaviy yondashuv, faoliyat mazmunini belgilash yondashuvi, faoliyatga refleksiv baho berish yondashuvlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa o‘rnida aytish kerakki, ta’lim mazmuni, o‘qitish metodlari, shakli, o‘quv jarayonini, kadrlar tarkibi va salohiyati kabilar muhim ahamiyat kasb etganligi kabi, pedagogning o‘z kasbiy va jtimoiy, bilimlarini rivojlantirishi bilan bog‘liq ehtiyojlari va intilishlarini o‘rganishi ham ta’lim sifati va o‘quv faoliyatining turli yo‘nalishlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi hisoblanadi. Demak, bugungi kunda ta’lim muassasalarida ingliz tilidan saboq berayotgan o‘qituvchilar o‘z ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishlari uchun yuqorida qayd etilgan ta’limiy maqsadlarni optimal tanlashga o‘rganishlari, o‘quv maqsadlarini loyihalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1 Эмомов Исматулло Боронович. Воспитание гражданственности на уроках иностранного (английского) языка в общеобразовательной школе: на материалах Республики Таджикистан: диссертация ... кандидата педагогических наук: 13.00.01 / Эмомов Исматулло Боронович; [Место защиты: Науч.-исслед. ин-т пед. наук Акад. пед. наук Респ. Таджикистан]. - Душанбе, 2010. - 169 с.: ил. РГБ ОД, 61 10-13/1111 2. О.П.Жиянов “Педагогик таълим мақсади, мазмуни ва тамойиллари“ (2002) 3. “Modern approaches in educational planning” Webster. Maureen M.1970 4. Яковлева, Н.О. Педагогическое проектирование инновационных систем [Текст]: дис. ... д-ра пед. наук / Н.О. Яковлева. - Челябинск, 2003. - 355 с.; Яковлева, Н.О. Теоретико-методологические основы педагогического проектирования [Текст]: монография / Н.О. Яковлева. - М.: Информационноиздательский центр АТиСО, 2002. - 239с. 5. Lex.uz sayti: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 - yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni;
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.