ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

BADIIY MATNDA FRAZEMALARNING POETIK IMKONIYATLARI

Аннотация

Mazkur  maqolada  poetik  matnda  frazeologik   birliklarning  tutgan  o‘rni,  ularning  poetik  aktuallashuvga  o‘ta  moyilligi,  voqea,  hodisa hamda   turli xarakterlarni tasvirlashda  o‘zining  ixchamligi,  siqiqligi, ma’no  ifodasining   ta’sirchanligi  kabi  masalalar  yoritilgan. Shu bilan  birga, ijodkorning  frazemalarni  badiiy  matnga  olib  kirishdagi  mahorati  va  undan  foydalanish  individualligi  yoritilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

BADIIY MATNDA FRAZEMALARNING POETIK IMKONIYATLARI

Yodgorov Hamid

GulDU dotsenti

Annotatsiya: Mazkur maqolada poetik matnda frazeologik birliklarning tutgan o‘rni, ularning poetik aktuallashuvga o‘ta moyilligi, voqea, hodisa hamda turli xarakterlarni tasvirlashda o‘zining ixchamligi, siqiqligi, ma’no ifodasining ta’sirchanligi kabi masalalar yoritilgan. Shu bilan birga, ijodkorning frazemalarni badiiy matnga olib kirishdagi mahorati va undan foydalanish individualligi yoritilgan.

Kalit so‘zlar: badiiy matn, poetika, frazema, ko‘chma ma’no, poetik aktuallashuv, mahorat, so‘z qo‘llashdagi individuallik, sillabik tenglik, ekspressivlik, turg‘un birikmalar.

Hayotdagi xilma-xil voqea-hodisalarning tagiga etish, turli-tuman harakatholatlarga baho berish, katta-kichik tajribalarni umumlashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalari bo‘lmish frazeologik birliklar badiiy matnda deyarli hamisha poetik aktual bo‘ladi.

Shu o‘rinda tilshunos A.Mamatovning quyidagi fikrlarini eslash o‘rinlidir:” U yoki bu xalqning yashayotgan joyining tabiati, iqtisodiy tuzumi, tarixi, madaniyati, hayot tarzi, og‘zaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san’ati, fani, urf-odati, dini kabilar bilan bog‘lanadi”(1).

Odatda ijodkor o‘z poetik asarlari tilining ravon va mazmundor bo‘lishi uchun, qofiyalarning to‘q va misralarning teng bo‘lishi uchun kurashar ekan, ko‘p hollarda turg‘un birikmalar - frazemalarni ham asosiy mazmunini buzmagan holda shaklan yo kengaytirib, yo qisqartirib beradi:

Qaydasan, sen qo‘yding yo‘qlamay,

Menda ham bu ko‘ngil to‘q endi.

Oldingi uzun tun uxlamay,

Jon chekib yozishlar yo‘q endi... (H. Xudoyberdieva)

Ushbu she’riy parchada "ko‘ngil to‘q", "jon chekmoq" iboralari qo‘llanilgan. Keyingi frazemaning shaklini qisman o‘zgartirib berish bilan o‘z asari tilining ravonligi va ifodaliligiga erishgan hamda chuqur mazmunni obrazli qilib berishga muyassar bo‘lgan.

Shoira quyidagi misralarda esa xalq orasida mashhur bo‘lgan "ko‘ngli to‘lmoq" iborasini bo‘lishsiz formada - "ko‘ngil to‘lmaydi" shaklida yangicha uslubda qo‘llab, asar tilining bo‘yoqdorligini ta’minlagan, natijada mazkur ibora poetik aktuallashgan:

Shunchaki yozmoqqa ko‘ngil to‘lmaydi,

Shunchaki yozmoqqa bormaydiqo‘lim.

Shunchaki yozmoqqa chidab bo‘lmaydi,

Shunchaki yozmoq, bu-shoirga o‘lim. (H. Xudoyberdieva)

Xalq tilida “tosh otmoq”,“bosh ko‘tarmoq” iboralari mavjud. Shoira “Ko‘pni ko‘rdim” nomli she’rida har ikki iboradan juda mohirona .....foydalangan. Bilamizki, “Tosh otmoq “ iborasi yomonlik qilmoq, dushmanlik qilmoq, ko‘rolmaslik kabi ma’nolarni tashishga xizmat qiladi. Vaholanki, bu qusurlar odam tabiatida bo‘lsa, u illat hisoblanadi. Shunday ekan, o‘qimishli, rahbar “arboblar” bir-biriga tosh otsalar, xalqni kim boshqaradi? Odatda muchal yillari har to‘rt yilda bir keladi, shoira “avomining yili hamon qo‘ydir, yuvvosh” deyish bilan “bularining barchasi qo‘y yilida tug‘ilganlar, shuning uchun qo‘yday yuvvosh, ularga baribir, jamiyatda, hayotda bo‘layotgan voqealar bilan ishi yo‘q, na fikr bildiradi, na illatlarga qarshi kurashadi” degan ma’noni ilgari suradi. Mazkur misradagi hamon so‘ziga ulkan ma’no yuki ortilgan, go‘yo avom xalq faqat qo‘y yilida tug‘ilganday...Uchinchi misradagi “Ziyolisi boshqorong‘i, ko‘tarmas bosh” jumlasida ziyolilar o‘zi bilan o‘zi band, “yo‘qotgan” narsasini topolmaganday, boshini ko‘tarolmaydi, degan fikrni ilgari suradi. Shoira “bosh ko‘tarmoq “ iborasini bo‘lishsiz formada qo‘llab, poetik ifodalilikni ta’minlagan. Nihoyat, yakunlovchi misra yuqorida bildirilgan fikrlarga xotima vazifasini bajarmoqda, negaki uxlamoq so‘zi ko‘chma ma’noda kelganda, vaqtni boy bermoq, imkoniyatdan ajralmoq, g‘aflatda qolmoq kabi salbiy ma’no tashishga xizmat qiladi.

Arboblari bir-biriga oturlar tosh,

Avomining yili hamon qo‘ydir, yuvvosh.

Ziyolisi boshqorong‘i, ko‘tarmas bosh,

Bu dunyoga uxlatgani yubordingmu? (H. Xudoyberdieva)

Misollardan ko‘rinadiki, Halima Xudoyberdieva o‘z asarlari tilini shirali va ravon qilish uchun xalq tilidan foydalanar ekan, tilga ehtiyotkorlik va hurmat bilan yondashadi. Ayrim hollarda esa, u vazn va o‘lchovni saqlash, to‘liq qofiyalar yaratish uchun xalq tilining turli formalaridan hamda eski o‘zbek adabiy tilining ayrim formalaridan ham unumli foydalanadi.

Muhammad Yusuf she’riyatining o‘ziga xosligini shoirning jonli xalq tilidan maksimum foydalanishi belgilasa, ajabmas.

Shoir xalq mulki bo‘lmish turg‘un birikmalar – frazemalardan o‘z ijodida unumli foydalangan:

Qon yig‘latdi qaysi bag‘ritosh,

Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?

Oyog‘ingga qo‘yib yotay bosh,

Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?

Ushbu she’riy parchada "qon yig‘lamoq", "oyog‘iga bosh qo‘ymoq" iboralari qo‘llanilgan. Badiiy matnga ustalik bilan olib kirilgan mazkur frazemalar asar mazmunini nihoyatda boyitgan, shu bilan birga, kitobxon ko‘z oldida voqelikni jonli tasvirlash imkonini bergan. Imoratdagi har bir g‘ishtning o‘z o‘rni bo‘lgani kabi mazkur she’riy asarda ham har bir so‘z o‘zining muqim o‘rniga ega.

Shoir quyidagi misralarda esa xalq orasida mashhur bo‘lgan "qo‘liga qaramoq" iborasini bo‘lishsiz formada - "qo‘liga qaramagan" shaklida yangicha uslubda qo‘llab, asar tilining bo‘yoqdorligini ta’minlagan:

Ey, o‘tmishdan o‘tgan kunin so‘ramagan,

O’zbek borsa, kim qo‘liga qaramagan?

Botirlari qul bo‘lishga yaramagan, -

Suluvlari bo‘yniga osilgan dunyo!

Misollardan ko‘rinadiki, Muhammad Yusuf jonli xalq tilini chuquro‘zlashtirgan ijodkor sifatida til birliklaridan badiiy mazmunning to‘kisligini ta’minlashda individual layoqatini to‘la namoyon qila olgan. Shu bois, o‘z asarlari tilining shirali va ravon bo‘lishiga erishgan. Ayrim hollarda esa, u vazn va o‘lchovni saqlash, to‘liq qofiyalar yaratish uchun xalq tilining barcha ko‘rinishlaridan hamda eski o‘zbek adabiy tilining ayrim formalaridan ham unumli foydalanadi.

Muhammad Yusufning umumxalq tili imkoniyatlaridan foydalanishdagi, xususan, xalq iboralaridan foydalanish sohasidagi novatorligi, birinchi navbatda, shoirning frazemalarni o‘z asarlari mazmuniga yarasha qayta ishlab, silliqlashtirishda va ixchamlashtirishida ko‘rinadi:

Aslida-ku, baringiz bir o‘zbeksiz,

Bir yurt o‘g‘li,bir uzukka ko‘zdeksiz.

Bo‘g‘zimda tosh qotib qolgan so‘zdeksiz,

Mardu maydon bo‘lib ketgan o‘g‘lonlar.

Tilda "uzukka ko‘z qo‘yganday", "tosh qotmoq" iboralari mavjud. Shoir mazkur iboralarni bir oz o‘zgartirib, yangicha qo‘llab, ularni yangi ma’no bilan boyitadi. Yoki:

Bu dunyoda balki, bir onaning siz-

Tilab olgan yolg‘iz o‘g‘li edingiz.

Qaytmas bo‘lib qaro erga ketdingiz,

Mulki afg‘on bo‘lib ketgan, o‘g‘lonlar.

Jonli xalq tilida "tilab olgan o‘g‘il" iborasi tez-tez ishlatiladi. Shoir shu iborani mohirlik bilan misralar ichiga joylab, yaxlit bir umumlashma ma’noni bera olgan.

Xulosa o‘rnida aytish kerak, xalq iboralari voqelikni obrazli tasvirlashda, ya’ni uni kitobxon ko‘z oldida jonli namoyon qilishda tasvir vositasi sifatida beqiyos ahamiyatga ega.

Adabiyotlar:

1. Akbarovich, Axrorov Alisher. "MAQOLLARDA UMUMYASHIRIN

MA’NONING NAMOYON BO‘LISH OMIL, VOSITA VA USULLARI." TA'LIM

VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI 3.4 (2023): 163-166.

2. Akhrorov A. The role and importance of folk proverbs in the upbringing of a perfect person // ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (81), 812. – Philadelphia, 2020. –P.42-44.https://hemis.guldu.uz/static/uploads/33/TREANWkp3YKpIBvwRxLSR-w1R92MLP_.pdf

3. Alisher O‘razov. (2023). TILSHUNOSLIK VA UNING SATHLARI

XUSUSIDA. Journal of Universal Science Research, 1(5), 13–19. Retrieved from

4. Axrorov Alisher Akbarovich. (2022). The problem of the role of proverbs in the event of a speech act. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 15, 49–53. Retrieved from

5. Axrorov, A. A. UDK: 811.512. 133 ROST VA YOLG ‘ON SO ‘ZLAMOQ

HAQIDA XALQ MAQOLLARI SHARHI. ILMIY AXBOROTNOMA, 57.

6. Dexkanova L. ARABCHA KO ‘PLIK SHAKLLARINING O ‘ZBEK TILIDA

QO ‘LLANILISHI //O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA

ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. – 2023. – Т. 2. – №. 18. – С. 235-238.

7. Doniyorov R.O‘zbek tilining ilmiy-texnikaviy terminlari tarixidan. – Toshkent, 1973. 270 bet

8. Doniyorovich, O. R. A. (2022). TOG ‘AY MUROD ASARLARIDA

EVFEMIZMLAR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE AND

EDUCATION, 1(4), 38-42.

9. Farrux Muxudullayev. (2023). LINGVOPOETIGA DOIR QARASHLAR. Journal of Universal Science Research, 1(5), 31–37. Retrieved from

10. Fazliddin Galievich Sharipov. (2022). Improvement of classification of parts of speech in modern Uzbek morphology. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 14, 16–22. Retrieved from

11. Ibrohimov S. Farg‘ona shevalarining kasb – hunar leksikasi. – Toshkent,1959. 157 -bet

12. Jumanazar, A., & Lutfiniso, D. (2022). Inguistic Unity in Uzbek Linguistics Some Comments about the form. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 6, 688–692. Retrieved from https://emjms.academicjournal.io/index.php/emjms/article/view/505

13. Khamrokulovna, T. Z. (2021, August). ISSUES RELATED TO

SOSIOLINGVISTIK ANALYSIS (ABOUT Qul-,-qul-COMPONENT NAMES).

In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND

INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 1, pp. 48-50).

14. Khamrokulovna, T. Z. (2022). Literature is a source that reveals the truth of life. World Bulletin of Social Sciences, 10, 86-87.

15. Khamrokulovna, T. Z. (2022). On the morphological structure of the word in the uzbek language.

16. Mamaraximov Sirojiddin. (2023). O‘ZBEK TILIDA MAQSAD MA’NOSI SO‘ZLAR ORQALI IFODALANISHI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 20–25. Retrieved from

17. Mirahmedova Z. O‘zbek tilining anatomiya terminologiyasi va uni tartibga solish muammolari. – Toshkent, 2010, 7 –18- bet.

18. Omonullo Muratkulov. (2023). HAMKORLIK TEXNOLOGIYASI -

TALABALARGA YO’NALTIRILGAN TA’LIMNING SAMARALI

USULLARIDAN BIRI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 26–30. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/605

19. Pardaeva I. X. (2022). SEMANTIC METHOD OF JEWELERY TERMS

PRODUCTION WITH. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 9(11), 356–358. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/5VJR8

20. Pardayeva, I., & Mahmudboyeva, F. (2022). ZARGARLIK

TERMINLARINING SINTAKTIK USUL BILAN YASALISHI. Gospodarka i

Innowacje., 24, 562-564.

21. Sh.Xudoyqulova. (2023). MAQOLLARDA SHEVAGA XOS SO‘ZLARNING QO‘LLANILISHI (A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari asosida). Journal of Universal Science Research, 1(4), 299–303. Retrieved from

22. Yodgorov, H., & Zulayho, T. (2022). JOURNAL OF NORTHEASTERN UNIVERSITY. Journal of Northeastern University, 25(04).

23. Yodgorov Hamid. (2022). THE ROLE OF DYSPHEMISMS IN THE

POETIC TEXT. World Bulletin of Social Sciences, 16, 130-132. Retrieved from

24. Зулайҳо Тўйчиева. (2023). АБДУЛЛА ҚАҲҲОРНИНГ “САРОБ” РОМАНИДА ИБОРАЛАРНИНГ ҚЎЛЛАНИЛИШИ. Journal of Universal Science Research, 1(4), 304–307. Retrieved from

25. Маматов А. ”Ўзбек тили фразеологизмларининг шаклланиши. – Т., 1997. – Б.37.

26. Муҳаммад Юсуф. Сайланма. –Т., 2005.

27. Худойбердиева Ҳ. Танланган асарлар. –Т., 2020.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.