ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

BANKLAR AKTIVLARI RENTABELLIGINI OSHIRISH XUSUSIDAGI ILMIY-NAZARIY QARASHLAR

Аннотация

Banklari foizli daromadlarining umumiy hajmida kreditlardan olingan foizli daromadlar salmog‘ining yuqori va barqaror bo‘lishi ularning oliyaviy barqarorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Shu sababli, Jahon tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan taklif etilgan sof foizli spred koeffitsientini hisoblash metodikasidan Respublikamiz banklarining kreditlardan olingan foizli daromadlarining barqarorligini baholashda foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

XUSUSIDAGI ILMIY-NAZARIY QARASHLAR

Ziyodullaev Sodiqjon Mamadillaevich

Termiz davlat universiteti

ziyodullaevs@tersu.uz

Annotatsiya: Banklari foizli daromadlarining umumiy hajmida kreditlardan olingan foizli daromadlar salmog‘ining yuqori va barqaror bo‘lishi ularning oliyaviy barqarorligini ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Shu sababli, Jahon tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari tomonidan taklif etilgan sof foizli spred koeffitsientini hisoblash metodikasidan Respublikamiz banklarining kreditlardan olingan foizli daromadlarining barqarorligini baholashda foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Kalit so’zlar: Tijorat banklari, aktivlarning rentabellik darajasi, daromad bazasi, kreditlar, depozitlar, risk, bank foydasi, foizli xarajatlar.

Tijorat banklari aktivlarining rentabellik darajasini oshirish masalasi iqtisodchi olimlar tomonidan ilmiy asosda tadqiq qilingan hamda tegishli ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Prof. J.Sinkining fikriga ko‘ra, tijorat banklarining daromad bazasiga baho berishda sof foizli marja ko‘rsatkichi muhim o‘rin tutadi. Sof foizli marja bank aktivlari miqdoriga teskari proporsional bo‘lib, kreditlar va depozitlar bozoridagi yuqori darajadagi raqobat uning darajasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Bu yerda J.Sinki sof foizli marjani sof foizli daromadning brutto aktivlarga nisbati ekanligini va taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida bank foizli daromadlarinining katta qismini kreditlardan olingan foizli daromadlar tashkil etishini, foizli xarajatlarning asosiy qismini muddatli va jamg‘arma depozitlarga to‘langan foizlardan iborat ekanligini nazarda tutmoqda [1].

Prof. V.Usoskinning xulosasiga ko‘ra, bank rahbariyati eng yuqori daromad olish maqsadida risk qilishga moyildir, bu esa, bank omonatchilarining manfaatlariga ziddir.

Bu yerda V.Usoskin foyda ketidan quvib o‘zini yuqori riskka duchor qiladigan tijorat banklari haqida gapirmoqda. Ammo, konservativ strategiya asosida ishlaydigan tijorat banklari ham borki, ular foyda ketidan quvib yuqori riskka duchor bo‘lmaydilar. Chunki, tijorat banklari aktivlarining daromadliligi bilan risk darajasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud [2].

D.Maknotonning tavsiyasiga ko‘ra, tijorat banklari yalpi daromadlarining umumiy hajmida foizli daromadlarning salmog‘i kamida 70 foiz bo‘lishi kerak [3].

Prof. I.Yudinaning xulosasiga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlarda tijorat banklarining daromad bazasining holati bevosita kredit riski darajasiga bog‘liq bo‘lib, milliy valyutaning qadrsizlanishi natijasida xorijiy valyutada kredit olgan mijozlarni kreditni qaytara olmay qolishlari kredit riski darajasini oshib ketishiga olib keladi.

I.Yudinaning ushbu xulosasi O‘zbekiston bank amaliyoti uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining qabul qilinishi bilan valyuta siyosatini liberallashtirish boshlandi va natijada milliy valyuta AQSh dollariga nisbatan qariyb ikki barobarga qadrsizlandi (so‘mning AQSh dollariga nisbatan nominal almashuv kursi 2017 yil 5 sentabrda amaldagi 4210,00 so‘mdan 8100,00 so‘mga ko‘tarildi) [4].

Prof. O.Lavrushinning fikriga ko‘ra, har doim ham kutilayotgan samara o‘z kapitalidan olinadigan foydadan iborat bo‘lmaydi. Uzoq muddatli samarani mo‘ljallagan bank mulkdorlari innovatsiyalarni bank faoliyatiga joriy qilish orqali joriy foydaning bir qismini yo‘qotadilar [5].

J.Sinkining xulosasiga ko‘ra, tijorat banki foydasining qisqa muddatli o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib, portfelli risk va operatsion risk hisoblanadi. Bunda portfelli risklardan kredit riski, foiz riski, likvidlilik riski, muddatidan oldin so‘ndirish riski va valyuta riski tijorat banklarining foydasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

J.Sinkining ushbu xulosasi O‘zbekiston bank amaliyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, mamlakat tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar portfelining diversifikatsiya darajasi past, ikkinchidan, ayrim tijorat banklarida operatsion risk darajasining yuqori ekanligi kuzatilmoqda [6].

I.Leщukovaning xulosasiga ko‘ra, bankning foydasining darajasini tadqiq qilish uchun bank faoliyatining samaradorligini ta’minlash strategiyasini ishlab chiqish kerak va ushbu strategiya bank resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan maqsadlar, harakatlar yig‘indisidan iboratdir [7].

Ye.Dudinning fikriga ko‘ra, tijorat banki samarali faoliyatining maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

- mijozlar bazasini kengaytirish va ular bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish;

- bankning resurs bazasini kredit va investitsion operatsiyalarni yetarli hajmlarda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan miqdorlarda shakllantirish;

- bank aktivlari va passivlarining optimal tarkibini shakllantirish;

- yangi bozorlarga kirib borish yo‘li bilan bank faoliyatining sohalarini kengaytirish;

- bank aktivlari va resurslar o‘rtasidagi optimal nisbatni shakllantirish.

Biroq, Ye.Dudina bank risklarini baholash va boshqarishni takomillashtirishni tijorat banki samarali faoliyatining maqsadlari sifatida e’tirof etmagan. Hozirgi davrda esa, tijorat banklari faoliyatidagi risklarning chuqurlashishi, shu jumladan, kredit riski va likvidlilik riskining chuqurlashishi tijorat banklarining daromad bazasi barqarorligiga nisbatan kuchli salbiy ta’sirni yuzaga keltirmoqda [8].

V.Dorofeevning xulosasiga ko‘ra, bankning o‘sish strategiyasi o‘ta qattiq, shu jumladan, har doim ham legitim bo‘lmagan usullardan foydalangan holda raqobatchilarni siqib chiqarishga qaratilgan agressiv raqobat siyosatni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ushbu Strategiyani amalga oshirish, odatda, nisbatan rentabelli, tabiiyki, riskli moliyaviy operatsiyalarga ustuvor yo‘naltirilganlik bilan bog‘liq.

V.Dorofeevning mazkur xulosasi tijorat banklarining zamonaviy faoliyatiga xos bo‘lgan muhim jihatni, ya’ni transmilliy banklar aktivlarining umumiy hajmida kreditlar va derivativlar yuqori salmoqni egallaydi. Kreditlar va derivativlar yuqori riskli moliyaviy aktivlar bo‘lib, banklarning ssuda kapitallari bozori va fond bozoridagi raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omillar bo‘lib hisoblanadi.

Ayniqsa, derivativlarning risk darajasi yuqoridir. Bu esa, derivativlar bozorini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmining mavjud emasligi va derivativlarning volatillik darajasini yuqori ekanligi bilan izohlanadi [9].

S.Kumokning xulosasiga ko‘ra, hozirgi davrda kapitalning yetarliligini kamaytirish hisobiga kapitalga to‘g‘ri keladigan foyda me’yorini oshirishning iloji yo‘q. Qattiq raqobat va kredit resurslarining qimmatligi kapitalning aktivlarga nisbatan optimal darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli, kapitalga to‘g‘ri keladigan foyda me’yorini oshirishning bosh zaxirasi bo‘lib, aktivlarning qaytimi darajasini oshirish hisoblanadi [10].

N.Kunitsinaning fikricha, tijorat banklarining moliyaviy natijalarining tahlilida markaziy o‘rinni, shubhasiz, ular tomonidan olinadigan daromadlarning hajmi va sifatini o‘rganish egallaydi. Chunki, ular, o‘z navbatida, kredit tashkilotining foydasini shakllantirishda bosh omil hisoblanadi. Daromadlarning kamayishi, odatda, bankning moliyaviy qiyinchiliklarga duchor bo‘lishining ob’ektiv indikatori hisoblanadi. Aynan mazkur holatlar bankning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda yalpi daromadlarning tahlilini ahamiyatini belgilaydi [11].

O.Voloshinaning xulosasiga ko‘ra, foizli daromadlarni tahlil qilishda nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalanish kredit operatsiyalarining va alohida olingan kreditlarning o‘rtacha daromadlilik darajasini baholash imkonini beradi. Bunday ko‘rsatkichlar sifatida quyidagi nisbatlar hisoblanadi:

- foizli daromadlarning ssuda hisobraqamlarining o‘rtacha qoldig‘iga nisbati;

- qisqa muddatli ssudalardan olingan daromadlarning qisqa muddatli ssudalarning o‘rtacha qoldig‘iga nisbati;

- alohida kredit guruhlari bo‘yicha olingan daromadlarning ushbu guruh kreditlarining o‘rtacha summasiga nisbati;

- uzoq muddatli ssudalardan olingan foizli daromadlarning uzoq muddatli ssudalarning o‘rtacha qoldig‘iga nisbati.

Ammo, O.Voloshina kreditlarning daromadliligini baholashda kreditlardan olingan foizli daromadlarning o‘sish sur’ati bilan kredit quyilmalarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblik ko‘rsatkichiga e’tibor qaratmaydi. Holbuki, O.Voloshina tomonidan tavsiya etilayotgan ko‘rsatkichlarning hech biri kreditlardan olingan foizli daromadlarning o‘sish sur’ati bilan kredit quyilmalarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni baholash imkonini bermaydi [12].

O.Ovchinnikova va A.Besning xulosasiga ko‘ra, tijorat bankining moliyaviy barqarorligi deganda bankning an’anaviy funksiyalarini va yangi paydo bo‘ladigan funksiyalarini, tashqi ta’sirlarning mazmunidan qat’iy nazar, bajarish imkoniyatiga aytiladi [13].

S.Urazovaning fikriga ko‘ra, bankning moliyaviy barqarorligi – bu bankning o‘z faoliyati ko‘rsatkichlarini ma’lum chegaralar doirasida, turli omillarning salbiy ta’siriga qaramasdan, qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidir [14].

B.Berdiyarovning xulosasiga ko‘ra, tijorat banklari regulyativ kapitalining passivlar hajmidagi salmog‘ining barqarorligini ta’minlash, sof foydaning o‘sish sur’ati bilan jami aktivlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali aktivlarning rentabelligining barqaror darajasini ta’minlash zarur.

Tijorat banklari regulyativ kapitalining passivlar hajmidagi salmog‘ining barqarorligini ta’minlash bankning to‘lovga qobilligini oshirish imkonini beradi, ammo, bu holat uning moliyaviy barqarorligini oshishiga olib kelmasligi mumkin. Chunki, kapital qimmat moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Lekin, ta’kidlash joizki, B.Berdiyarovning sof foydaning o‘sish sur’ati bilan jami aktivlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash to‘g‘risidagi xulosasi respublikamiz tijorat banklari uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi [15].

A.Abdullaevning xulosasiga ko‘ra, respublikamiz tijorat banklarida aktivlardan olingan daromadlarni me’yorga nisbatan 0,91 va 0,93 foizli punktga, olingan foydaning 0,81 va 0,96 foizli punktga past bo‘lib, mazkur holatlar tijorat banklari resurslarini daromad keltiradigan aktivlarga qulay joylashtirilmaganligi bilan izohlanadi.

A.Abdullaevning xulosasi birmuncha munozaralidir. Chunki, aktivlardan olingan daromadlarni me’yorga nisbatan 0,81 foizdan 0,96 foizgacha ekanligi sezilarli darajada yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. A.Abdullaev esa, buni yetarli emas, deb hisoblayapti [16].

F.Xolmamatovning fikricha, tijorat banklarida kreditlardan ko‘rilgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining me’yoriy darajasini oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va sof foizli marja ko‘rsatkichining barqaror darajasini ta’minlash yo‘li bilan kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning tijorat banklarining yalpi daromadi hajmidagi salmog‘ini oshirish kerak.

F.Xolmamatovning ushbu xulosasi muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, respublikamizning yirik tijorat banklarida kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining amaldagi darajasi ushbu ko‘rsatkichning me’yoriy darajasidan yuqori. Ikkinchidan, mamlakat tijorat banklarida sof foizli marja ko‘rsatkichining amaldagi darajasi mazkur ko‘rsatkichning me’yoriy darajasidan past [17].

Yuqorida keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, iqtisodchi olimlar banklarning moliyaviy barqarorligini ularning tashqi ta’sirlarga qaramasdan o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarni bajara olish imkoniyati sifatida talqin qilishmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Синки Дж. Финансовый менеджмент в коммерческом банке и в индустрии финан-совых услуг. Пер. с англ. – М.: Алпина Паблишер, 2017. – С. 338.

2. Усоскин В.М. Современный коммерческий банк: управление и операции.

– М.:ЛЕНАНД, 2019. – 328 с.

3. Макнотон Д. Банковские учреждения в развивающихся стран. Пер. с англ. – Вашингтон: ИЕР, 1994. – С.71.

4. Юдина И.Н. Банковская система в развивающихся экономиках: опыт становления, развития и кризисов. Монография. – М.: ИНФРА-М, 2013. – С. 230- 231.

5. Лаврушин О.И. Развитие банковского сектора и его инфраструктуры в экономике России. – М.: КНОРУС, 2017. – С. 74.

6. Синки Дж. Финансовый менеджмент в коммерческом банке и в индустрии финансовых услуг. Пер. с англ. – М.: Алпина Паблишер, 2017. – С. 210.

7. Лещукова И. В. Прибыл коммерческого банка и ее источники // Инновационная наука. – Москва, 2017. – № 5. – С. 114 – 116.

8. Дудин Е. В. Динамика прибыли российских банков в условиях экономического спада // Научное обозрение. – Москва, 2016. – № 10. – С. 139- 141.

9. Дорофеев, В. Д. Стратегическое планирование коммерческого банка // Известия высших учебных заведений. Поволжский регион. Общественные науки. – 2013. – № 2 (26) – С. 168.

10. Кумок С.И. Анализ деятелности коммерческих банков. – М. : Вече, 1996. – С. 153.

11. Кунитсина Н. Н. Бизнес-планирование в коммерческом банке // – М: Финансы и статистика, 2007. – 304 с.

12. Волошина О.Б. Доходност банка как один из основных показателей его экономического положения // Известия высших учебных заведений. – Поволжский регион, 2014. – №1. – С. 168-172.

13. Овчинникова О. П., Бес А. Ю. Основные направления обеспечения динамической устойчивости банковской системы // Финансы и кредит. – Моква, 2006. – № 22. – С. 2-11.

14. Уразова С. А. Устойчивост банковской системы: теоретические и методологические аспекты // Банковское дело. – Москва, 2006. – № 12. – С. 26- 32.

15. Berdiyarov B.T. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlash masalalari. i.f.d. ilm. dar. ol. uch. taqd. et. diss. avtoref. – Toshkent, 2020. – B. 30.

16. Abdullaev A.Ya. Tijorat banklarining likvidlilik darajasini oshirish metodologiyasini takomillashtirish. i.f.d. diss. avtoref. – Toshkent, 2018. – B. 21.

17. Xolmamatov F.K. Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirish. i.f.f.d. diss. avtoref. –Toshkent, 2019. – B. 25.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.