BASKETBOL OʻYININI TASHKIL ETISH VA UNING TEXNIK USULLARI
Narziqulov Iftixor Farmonovich
Samarqand Zarmed universiteti oʻqituvchisi
Berdiyev Farxod Ochilovich
Toshkent amaliy fanlar universiteti oʻqituvchisi
Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada basketbol oʻyini taktikasi va texnik usullari, oʻyin jarayonini tashkil qilish hamda uni oʻrganishda foydalaniladigan metodlar haqida batafsil bayon qilinadi.
Kalit soʻzlar: basketboll, chidamlilik, layoqatlilik, jismonioy mashqlar, pedagog, talabalar, ta’lim dasturi va h.k.
Аннотация. В данной научной статье подробно описываются тактика и технические приемы баскетбольной игры, организация игрового процесса, а также методы, используемые при ее изучении.
Ключевые слова: баскетбол, выносливость, умение, физические упражнения, педагог, студенты, учебная программа и т.д.
Abstract. This scientific article describes in detail the tactics and technical techniques of the basketball game, the organization of the game process, as well as the methods used in studying it.
Key words: basketball, endurance, skill, physical exercises, pedagogue, students, curriculum, etc.
Basketbol (from English: basket - корзина [korzina - basket], ball - мяч [myach - ball]) - is a team sport with a ball, consisting of two teams of 5 people each...
Basketbol (inglizcha: basket-savat bol-toʻp - polga urib qaytarmoq va ball – “toʻp”) toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 5 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi. Oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 15 m 28 m maydonchada oʻynaladi. Basketbol bir jamoa 5 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib savatchasiga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni qoʻl bilan oʻynab raqiblar savatga tushirish lozim. Musobaqa 2 yoki 4 partiya oʻynaladi. Basketbol AQShda paydo boʻlgan (1891).
Xalqaro Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) tashkil etilgan Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan, jahon birinchiliklari oʻtkaziladi. Basketbol Oʻzbekistonda 1920-yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil Xalqaro basketbol federatsiyasiga, 1992-yil Osiyo basketbol konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 500 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda ommaviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi[1]. Basketbol 1891-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya boʻyicha rahbari pastor Jeymis Neymis tomonidan yaratilgan. U basketbol oʻyinini oddiy, koʻp mablagʻ sarflamasdan tashkil etishni koʻzda tutib yangi oʻyinning qoidalarini ishlab chiqdi. Oʻyin nomini basketbol deb nomladi.
1891-yilda Springfild shahridagi kollej oʻqituvchisi Jeymis Neymis bu oʻyinga “basketbol” deb nom berdi. Basketbol inglizcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida “qoʻl bilan oʻynamoq” degan maʼnoni bildiradi. 1891-yilda tadbiq etilgan baʼzi bir oʻyin qoidalari quyidagicha edi:
Maydoncha chegaralari 28 x 15 m
Toʻpning vazni 600-650 g.
Oʻyinchilarning soni chegaralanmaydi va hokazo.
Savat balandligi 3 m 5 s.
1891-1920-yillar basketbol oʻyini rivojlanishining birinchi bosqichi boʻlib hisoblanadi. Oʻyinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha: 1900-yil - Kanada, 1908-yil - Kuba, 1909-yil - Puerto-riko, 1910-yil - Peru, 1917-yil - Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1900-1913-yillar - Yaponiya, Kitay, Filippinda, 1914-yil - Angliya, 1917-yil - Fransiya.
Basketbol oʻyinining sobiq ittifoqda vujudga kelishi va rivojlanish tarixi. Basketbol sobiq ittifoqda 1920-1921-yillarda oʻrta Rossiya orqali tarqala boshladi. 1920-yildan boshlab Basketbol (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi. Moskvada Basketbol bilan muntazam shugʻullanishga sanʼat va teatr vakillari kirishdilar. 1923-yilda tashkil etilgan “Dinamo” jamiyati sportning boshqa turlari bilan bir qatorda basketbolni ham targʻib qila boshladi. Xuddi shu yillarda basketbol Markaziy Osiyoda paydo boʻldi. 1925-yildan esa Oʻzbekistonda ham rivojlana boshladi. SSJIda jismoniy tarbiya va sportning keyingi taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega boʻldi.
Oʻyin 2 yoki 4 partiyadan iborat boʻlib, har bir asosida olib boriladi. Yaʼni oʻyindagi har bir harakat natijasiga qarab toʻpni oʻyinga kiritish huquqi qaysi jamoada boʻlishidan qatʼiy nazar jamoaga magʻlubiyat yoki gʻalaba keltirishi mumkin. Hal qiluvchi partiyada oʻyin 3 ochko farq qilguncha davom etadi. 1925-yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi basketbol boʻyicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalarini tuzib tasdiqladi.
Savatning balandligi - 3m 5sm 28x15 oʻlchamli maydonchada oʻtkaziladigan boʻldi. 1926-yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar oʻtkazildi. 1927-yildan basketbol boʻyicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda oʻtkazila boshladi. “Sobiq Ittifoqida” birinchi bosmadan chiqarilgan basketbol boʻyicha maxsus adabiyot 1926-yilda paydo boʻldi va u basketbol 1926-yilda yana bir qator muhim voqealar boʻlib oʻtdi, yaʼni voleybol Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashining oʻyinlar shoʻbasi basketbol boʻyicha musobaqalarning yagona qoidalarini tasdiqladi. Moskvalik basketbolchilarning shaharlararo uchrashuvi oʻtkazildi. Shu yillarda basketbol faqatgina Moskvada emas, balki Ukrainada, shimoliy Kavkazda, Kavkazortida, Uzoq Sharq va Oʻrta osiyo oʻlkalarida ham keng tarqaldi. “SSJI” basketbolda taalluqli muhim voqealardan biri 1928-yilning avgustida birinchi Butunittifoq spartakiadasi vaqtida oʻtkazilgan Ittifoq birinchiligi boʻldi. Unga Moskva, USSJ, Shimoliy Kavkaz, Kavkazorti Federatsiyasi va Uzoq Sharq oʻlkasining erkaklar va ayollari qatnashadilar. Musobaqalar chiqib ketish tartibida oʻtkazildi. Moskva ayollar jamoasi va Ukrainaning erkaklar jamoasi gʻolib chiqdilar.
Birinchi Butunittifoq spartakidasida basketbolchilarning uchrashuvlari musobaqa qoidalarining alohida bandlarini yagona tartibda izohlash uchun imkon berdi. Shuni aytib oʻtish kerakki, bu yerda ayollar jamoalari birinchi bor normal oʻlchovli maydonchalarda oʻynaydilar. Sovet Ittifoqining turli mintaqalarida basketbol taraqqiyotida xilma-xil yoʻnalishlar yuzaga kela boshladi. Ukrainaliklar jamoali oʻyin taktikasini va fidokorona himoyani namoyish etdilar, moskvaliklar kuchli hujumchi ekanliklari bilan koʻzga tashlandilar, Uzoq Sharqliklar esa past uzatilgan toʻp bilan hujum qilishdek ajoyib yangilik olib keldilar.
Shuni taʼkidlash kerakki, terma jamoalarning Butunittifoq spartakiadasiga tayyorlanishi basketbolning joylarda ommaviy ravishda rivojlanishiga turtki boʻldi. Butunittifoq spartakiadasi arafasida oʻtkazilgan Ukraina birinchiligida jumhuriyatning viloyat shaharlaridan 15 jamoa ishtirok etdi. Kavkazortining eng kuchli jamoasini aniqlash uchun Boku, Tiflis va Erevan shaharlarining jamoalararo uchrashuvlari oʻtkazildi. Xuddi oʻsha 1928-yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi. basketbol taraqqiyotida maktab oʻquvchilarining spartakiadasi ham (1929) katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakiada qatnashchilaridan koʻpchiligi keyinchalik basketbol ustalari boʻlib etishdilar.
“Basketbol nazariyasi va uslubiyati” fani mutaxassislik sifatida basketbol boʻyicha murabbiylik kasbiga tayyorlash talablari boʻyicha oliy oʻquv yurti oʻquv rejasining ixtisoslik fani hisoblanadi. U oliy ta’lim Davlat ta’lim standartining 5610500 “Sport faoliyati” (faoliyat turlari) ixtisosligi boʻyicha mutaxassislar tayyorlashning malaka tavsifida belgilangan layoqatlarni shakllanishda umumiy vazifalarning aksariyat qismini bajaradi.
“Jismoniy madaniyat” va “Sport faoliyati” yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash oʻquv rejasidagi bir qator fanlar orasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Oʻquv dasturida yoʻnalishning har bir bitiruvchisi egallashi lozim boʻlgan bilimlar, kasbiy malaka va koʻnikmalar darajasi va hajmi boʻyicha talablarning zaruriy koʻrsatkichi beriladi. Ular quyidagilardan iborat:
basketbol nazariyasining umumiy asoslari;
basketbol oʻrgatish uslubiyati;
sport mashqlari nazariyasi va uslubiyati;
turli toifadagi jamoalarni tayyorlash xususiyatlari;
ommaviy-sport ishlari;
basketbol tibbiy-biologik va psixologik asoslari;
basketbol boʻyicha musobaqalar hakamligini tashkil etish va oʻtkazish uslublari;
basketbol bilan shug‘ullanishning moddiy-texnikaviy ta’minoti;
talabalarning basketbol boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
basketbolchilar sport tayyorgarligi darajasini rejalashtirish va nazorat qilish.
Zamonaviy basketbol nazariyasi va uslubiyati muammolarini tushunish, yosh mutaxassislarga mavjud bilimlarni obyektiv baholash, ularning kasbiy mahoratni takomillashtirishning samarali yoʻllarini izlashlari va shu jumladan, ushbu muammolarni hal etish jarayonida yangi yoʻllarni topishga imkon beradi. Tor ma’noda esa materialning bir qismini, ayniqsa, nazariy qismini oʻzlashtirishda muammoli oʻqitish uslubidan foydalanish mumkin. Mustaqil ravishda yoki oʻqituvchi yordamida koʻpgina oʻquv vazifalarini hal etishga urinish natijasi koʻproq tushunarli, samarali boʻlishi mumkin. Agar yoshlarga yuksak axloqiy va pedagogik sifatlarga ega, kasbiy faoliyatning barcha sir asrorlarini oʻrgata oladigan, taqlid qilishga arziydigan oʻqituvchi duch kelib qolsa, bu juda katta yutuqdir. Bunday imkoniyatni yoshlar qoʻldan chiqarmasligi kerak. Biroq, nufuzlilar bilan oʻzaro munosabatlarni oʻzaro qaramlik darajasigacha olib borish ham kerak emas. Bu insonni boʻshashtiradi, uning barqarorligini pasaytiradi, shaxsning muhim tamoyillarining rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Mashhur shaxslarga soʻzsiz ishonishga yoʻl qoʻymaslik kerak, tez-tez ikkilanib “Nega?”, “Bu haqiqatdan ham shundaymikan?” degan savollar qoʻyilishi lozim. Oʻrnatilgan va belgilangan koʻrsatmalar, nazariya va usullarga nisbatan asosli ikkilanishlar bilish jarayonini sog‘lomlashtiradi va shaxs shakllanishi hamda yosh mutaxassislarning kasbiy mahorati oʻsishini tezlashtiradi. Aks holda, mustaqil boʻlmaslik va oʻziga ishonmaslik kelajakda ularni quruq ijrochilarga aylantirib qoʻyadi.
Basketbol oʻyiniga oʻrgata olish qobiliyati oʻqitishning samarali va texnologik uslublarini egallash hamda voleybolchilarni har tomonlama tayyorlashni taqozo etadi. Bu oʻyinchilar mahorati oʻsishini ta’minlasada, murabbiyning muhim, ammo yagona qobiliyati qatoriga kirmaydi. U yoki bu koʻrinishda murabbiyning boshqa koʻpgina qobiliyatlariga tayanadi, ularni qisman oʻziga singdiradi. Oʻqitishda qobiliyatga egalik bolalar murabbiylari uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Yosh oʻyinchilar oʻrganishning ushbu bosqichida voleybolga ilk qadamlarni qoʻyishadi, ularning mahorat choʻqqisiga yetaklovchi yoʻllari ancha uzoqdir. Yosh oʻyinchilarni mashqlarga oʻrgatish koʻp vaqt va koʻp kuch talab etadi, shuning uchun bu bosqich juda muhim hisoblanadi. Aynan u oxir-oqibatda BOʻSM oʻquvchilari kelajakda haqiqiy mahoratli oʻyinchilar boʻla olishi mumkinligini aniqlab beradi. Murabbiy mahoratini quyidagi qobiliyatlar: konstruktiv (yaratuvchilik) va prognozlash (moʻljallash, bashorat qilish) tashkil etadi. Murabbiyning yaratuvchanlik qobiliyati unga mavjud materialdan takomillashgan oʻyinchini yaratish asosida uning mahoratini rivojlantirishda eng samarali uslublarni tushunish va tanlash imkonini beradi. Shuningdek, tanlangan uslublarni amaliyotda qoʻllay bilish ham kerak. Biomashina yaratuvchisi rolini muvaffaqiyatli bajarish uchun murabbiyga oʻyinchilar mahoratini barcha tomonlari vujudga kelish mexanizmini aniq tasavvur qilish, sportchilar biomashinasi qurilmalari boʻyicha muhandislik qobiliyati zarurdir.
Shuningdek, u butun jamoaning ham yaratuvchisi boʻlishi lozim. Yaratuvchanlik jarayoni bir necha yillarni egallaydi, shu sababli murabbiyning ehtimoliy kelajagidan kelib chiqqan holda, har bir oʻyinchi va butun jamoaning tayyorgarlik tizimini rivojlantirish qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻyinchilar va jamoa istiqbolini aniqlashda murabbiyning muhim qobiliyati – prognozlash (oldindan koʻra bilish) juda katta ahamiyatga ega. Oldindan koʻra bilish qobiliyati murabbiyga oʻyinchilarning istiqboli, vaqt oʻtishi bilan ularning sonini aniqlash imkonini beradi. U saralash jarayonida iqtidorlilarni topa olish, yosh oʻyinchini qobiliyatiga qarab tarbiyalash, vaqt davomida uning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash imkonini beradi. Oʻyinchilar istiqbolini koʻra bilish mahoratni takomillashtirishning eng samarali yoʻllarini tanlashda juda katta ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Goncharova O.V., Qipchoqov B.B., Boltayev Z.B. Basketbol. –T.: “lider Press”, 2008. –33 b.
2. Железняк Ю.Д., Петров П.К. Основы научно-методической деятельности в физической культуре и спорте. // Учеб. пособие для студ. ВУЗов. – М.: “Академия”, 2002. – 264 с.
3. Годик М.А. Физическая подготовка футболистов. –М.: ТерраСпорт, 2006. – 272 с.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.