Basketbol o’yinida strategiya va taktika
Turdixo’jayeva Komilaxon To’lqinboy qizi
Erejepov Islam Yusupovich
Qoraqalpog’iston Davlat Universiteti Jismoniy tarbiya fakulteti, jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxasisligi magistranti
Annotatsiya. Strategiya, jamoaning asosiy va o‘rinbosar tarkibini tuzish, jamlash, musobaqani boshqarish usullari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, muayyan uchrashuvning (musobaqaning) taktik rejasini tuzish, bo’lajak o‘yinning nazariy va amaliy andozasini (nusxasini) qo’llab ko'rish, hamda o‘tkazilayotgan musobaqalarni atroflicha tahlil qilish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Taktik harakat kibernetik nuqtai nazaridan murakkab vaziyatda eng samarali qarorni topish va unga munosib harakat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z-o‘zini so’zlab boshqaruvchi faoliyatni anglatadi. Muayyan musobaqalarga mo‘ljallangan taktik shakl, usul va vositalar oldindan rejalashtirilgan strategik dasturga bo'ysunishi lozim. Barcha taktik harakatlar taktik bilimlar, fikrlash, vaziyatni to‘g‘ri baholash, maqsadga muvofiq qaror qabul qilish, jismoniy qobiliyat, texnik mahorat va iroda imkoniyatlariga asoslanishi kerak.
Kalit so’zlar: taktika, strategiya, taktik kombinatsiya, strategik reja, o‘yin intizomi, tibbiy va pedagogik nazorat, nazariy bilim, amaliy malaka.
Har bir harakat yoki muayyan faoliyat aniq maqsad sari ijro etiladi. Shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishda odam (sportchi) qator qarshiliklarga (havo, suv, raqib, to‘siq va h.) duchor bo’ladi. Binobarin, bunday jarayon samaradorligini ta’minlash uchun va foydali natijaga erishish uchun sportchi tashqi qarshilik ta’sirlarini (raqibni chalg‘itish, harakat usulini o‘zgartirish va h) yengish uchun kutilmagan taktik usulni qo’llashi darkor.
Taktika deb muayyan texnik xususiyatga ega vaziyat talablariga javob beruvchi (raqibni chalg‘itish, harakat usuli yoki yo‘nalishini o‘zgartirish va h) samarali mazmunga ega harakat usulini qo’llash orqali raqobatli musobaqada (baxsda, olishuvda, tanlovda) g‘alabaga erishish san’atiga aytiladi.
Barcha sport turlari kabi basketbolda ham har bir o'yinga bo’lajak raqib jamoa o‘yinchilari imkoniyatlari, ularring sir asrorlari, o‘yin uslubi haqidagi ma’lumotlarini bilgan holda bir necha variantli taktik rejalar tuziladi va real o‘yin vaziyatlariga qarab shu taktik rejalarning maqbul (samarali) variantidan foydalaniladi.
Strategiya qisqa (bir o'yinga) va uzoq (musobaqa siklari yakunigacha) muddatlarga tuziladigan, o‘z tarkibiga jamoani g‘alabaga olib boradigan taktik rejalar majmuasini kiritgan loyihani ifodalaydi. Bundan tashqari strategiyaga raqib jamoasi, uning o‘yinchilari haqida ma’lumotlar yig‘ish, razvedka (ayg‘oqchilik) asosida raqibning butun imkoniyat va xususiyatlarini bilib olish masalalari kiradi.
“Taktika” atamasi ham yunoncha so‘z bo’lib, tom ma’noda “tartibga keltirish” yoki “ma’lum tartibda joylashtirish” tushunchasini anglatadi. “Taktika” so‘zi “strategiya” atamasi kabi harbiy sohaga doir bo’lib, qo‘shinlarni maqsadga muvofiq tuzish va ulami og‘ir vaziyatlarga qaramasdan g’alaba cho‘qqisiga yetaklash san’atini nazarda tutadi.
Basketbolda o‘yin taktikasi muayyan jamoaning ikkinchi bir jamoa ustidan yakka, guruh va jamoa harakatlari yordamida o‘yin jarayonini tashkil qilish va foydali natijaga erishishni anglatadi.
Taktikaning asosiy vazifasi muayyan raqib jamoaga nisbatan mavjud vaziyatga qarab g‘alaba sari qo‘llaniladigan o‘yin vositalari, usullari va shakllarini aniqlab, qo‘llay bilishidan iborat.
Taktik kombinatsiya — bu ikki yoki undan ko‘p o‘yinchi ishtirokida raqib yoki raqiblarni chalg‘itishga qaratilgan o‘zaro kelishilgan harakatlar majmuasini anglatadi.
O‘yin intizomi — har bir o‘yinchi faoliyatining jamoa faoliyatiga bo‘ysunishi, bo‘lajak o‘yinda rejalashtirilgan taktik ko‘rsatmalarni amalga oshirish, o‘yin qoidalari va umuminsoniy xislatlarga amal qilishni anglatadi.
Taktikaning yakka, guruh va jamoa shakllari mavjud. Taktikaning usullari o‘yin tizimlaridan va kombinatsiyalardan iborat. Taktikaning vositalariga esa bu o‘yin usullari texnikasi va ularning barcha turlari kiradi.
Taktik harakat MNSning afferent-efferent nerv retseptorlari, tolalari ishtirokida tashqi muhit ta’sirotlarini qabul qilish, xotirada saqlash, tahlil qilish, vaziyatga munosib ravishda qayta ishlab motivatsiyani qoniqtiruvchi qarorga kelish kabi faoliyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan psixofiziologik jarayondan iboratdir. Taktik harakat samaradorligi xotira, diqqat, ong, idrok, tafakkur va iroda kabi ruhiy-intellektual “organlarning” funksional imkoniyatlari bilan belgilanadi. Ushbu organlar musobaqa vaziyatlariga nisbatan to‘g‘ri qarorga kelish va maqsadga muvofîq taktik harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi. Albatta, bunday qobiliyatni takomillashuvi sportchining o‘yin tajribasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida hali ro‘y bermagan vaziyatni oldindan fahmlash, unga mos qarorni tanlash va taxminiy harakat rejasini xotirada aks ettirish qobiliyatlarini rivojlantirishga oid mashqlarni tanlash va ulardan unumli foydalanish juda katta ahamiyatga ega. Yuqori darajada takomillashgan mazkur qobiliyatlar taktik va strategik rejani amalga oshirishda muhim poydevor bo‘lib hisoblanadi.
Oldindan fahmlash va vaziyatga munosib harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishga oid mashqlarni qo‘llashda 3 ta jarayondan iborat faoliyatni bajarish zarur bo’ladi:
1. Musobaqa vaziyatini payqash va farqlash ma’lumotini.
2. Maxsus taktik vazifani fikran bajarish.
3. Taktik vazifani harakat amalda ijro etish.
Demak, bundan ko’rinib turibdiki, o‘yin jarayonida samarali taktikani, hamda tayyorgarlik davrida strategik rejani amalga oshirish maxsus nazariy bilim va amaliy malakalarni yuqori darajada takomillashtirish zarurligiga e’tibor qaratiladi. Jamoa tayyorgarligining umumiy strategiyasi tartib bilan amalga oshiriladigan bir necha tadbirlardan iborat bo’ladi.
Jamoa tayyorgarligining umumiy strategiyasi va taktikasi strategik ayg‘oqchilar (razvedka) — jamoa tayyorgarligining strategik rejasi-jamoani jamlash va jamlab borish jamoaning taktik tayyorgarligi o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari, ko‘rik o‘yinlari, tayyorlov musobaqalari, asosiy musobaqalar, moddiy ta’minot kabi amallari o‘rganishga da’vat etadi. Tibbiy va pedagogik nazorat sport bazasi, uskunalar, anjomlar va sport formasi (kiyim) – shifokor nazorati, taktik tayyorgarlikni test yordamida baholash, tanlangan strategik yo‘nalishning yakuniy natijalarini tahlil qilish, ham taktika va strategiyaning poydevori bo’lishi zarur.
Strategik reja tayyorgarlikning yo‘nalishi, musobaqalarda ishtirok etish tajribasini o‘rganish, raqib jamoasi haqida ma’lumotlar yig‘ish tadbirlari bilan bog‘liqdir. Sportchilarni tayyorlash strategiyasi borasida jamoaga sport maktabiga yosh, iste’dodli bolalarni tanlash va jalb qilish alohida ahamiyatga egadir.
Strategik rejada qo‘yilgan maqsadga yuqori samara bilan erishish, aksariyat strategik razvedkaning natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Strategik razvedka raqib o‘yinchilarning individual jismoniy, ruhiy, ijtimoiy, taktik, texnik xususiyatlarini mukammal bilib olishga erishish, raqib jamoasining taktik imkoniyatlarini uning yutuq va kamchiliklarini, hatto jamoaning mashg‘ulot o‘tkaziladigan inshootlari sharoitini, u yerdagi iqlim va texnik omillarni bilishni taqazo etadi. Strategik razvedka nafaqat raqib sportchilar haqida, balki jamoa trenerlari, uqalovchi shifokor va rahbarlari haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Basketbol jamoasi tarkibidagi o‘yinchilar musobaqa davomida maydonda joylashishlariga qarab barcha mavjud o‘yin funksiyalarini bajaradilar. Shu bilan bir qatorda har bir o‘yinchi muayyan o‘yin funksiyasiga ixtisoslashgan bo‘ladi, ya’ni uni o‘ziga xos o‘yin “kasbi” bo’ladi. Masalan, o‘yin kombinatsiyalarini uyushtiruvchi orqa zona o‘yinchilari, shit tagida hujumni samarali yakunlovchi va markaziy o‘yinchilardir.
O‘yinchining o‘yin “kasbi” uning jismoniy, morfologik, texnik va taktik imkoniyatlariga qarab yillar davomida shakllanib, borgan sari ixtisoslasha boradi.
Zamonaviy basketbolda o‘yinchi o‘zining tanlangan (ixtisoslashgan) o‘yin “kasbi” ni yuqori saviyada mahorat bilan ijro etishi bilan birga, o‘zga o‘yin funksiyalarini ham maromiga yetkazib bajarishi maqsadga muvofiqdir. Demak yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga qaratilgan ko‘p yillik o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlarini o‘rganish va takomillashtirilgan o‘yin funksiyasi asosida amalga oshiriladi.
Basketbol o‘yinda barcha sport o‘yinlari turlaridagidek murabbiy o‘z shogirdlari bilan faqat o‘yin oldidan, choraklar orasida, tanaffus vaqtida qisqa muddatli muloqotlar olib boradi. Masalani mazkur tartibda amalga oshirilishi musobaqa qoidasi bilan belgilangan. Shuning uchun o‘yin davomida o‘yinchilar faoliyatini boshqarish funksiyasi jamoa sardoriga yuklatiladi.
Sardor murabbiyning bergan ko‘rsatmasini, taktik va strategik rejasini muayyan o‘yin davomida amalga tatbiq qilishi kerak bo’ladi. Ayrim vaqtlarda vaziyatga qarab o‘yinning taktik yo‘nalishini boshqarish ham sardorga yuklatiladi. Bunda sardor murabbiyning muntazam beriladigan (mumkin bo’lgan vaqtda) qo’shimcha ko‘rsatma va yo‘riqlariga asoslanadi. Sardorning o’yinchilari bilan bo’ladigan aloqasi, ko‘rsatmasi so‘z, imo-ishora va boshqa belgilar vositasida amalga oshiriladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, sardorlik funksiyasini sifatli va samarali ijro etilishi, ham yaxshi natija berishi aksariyat sardorning nafaqat obro‘siga, balki uning o‘yin mahoratiga hom bog’liqdir. U yuqori mahoratga ega boisdan tashqari, o‘tkir zehnli, zukko, vaziyatni oldindan payqovchi, tez va to‘g‘ri fikrlovchi bo’lishi lozim. Sardorda oliy insoniy sifatlar mujassamlashgan bo’lishi, tashkilotchilik qobiliyati, yo’lboshchilik san’ati musobaqa jarayonida alohida o’rin egallaydi..
Sardorlik “lavozimi” basketbol amaliyoti va nazariyasida ilmiy tomondan puxta o‘rganilmagan bo’lib, ilmiy muammo sifatida o‘z yechimini tadqiqot asosida hal etilishini kutmoqda. Mazkur “lavozim” mohiyati va mazmunini shakllantirish yoki yuqari mahoratli sardorni tarbiyalash murabbiy-mutaxassislarga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog’liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Adashkevichene E. I. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun basketbol. M..Ma’rifat 1983.
2. Ayrapetyants L., Godik M. A. Sport o’yinlari (texnika, taktika, mashg’ulotlar). Toshkent nashriyoti. Ibn Sino, 1991 Yil.
3. Ayrapetyants L. R., Bir Yoshli. M. A. Sport o’yinlari. T., 1991 yil.
4. Babushkin V. Z. Yosh basketbolchilarni tayyorlash. Kiyev, 1985.
5. Basketbol.// Jismoniy tarbiya institutlari uchun darslik.// Umumiy tahrir Y. M. Portnov. 6-nashr, qayta ishlangan. M.: jismoniy tarbiya va sport, 1988.
6. Bashkin S. G. Basketbol bo’yicha darslar. M.: jismoniy tarbiya va sport, 1996.
7. Berger G. I., Bergeryu.g. 2003 yil jismoniy tarbiya hisobi uchun darslarning qisqacha mazmuni / jismoniy tarbiya darsi: Sport o’yinlari, chang’i mashg’ulotlari, ochiq o’yinlar. M., Vlados, 2003.
8. Berger G. I., Berger. Y. G. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi uchun darslarning qisqacha mazmuni. // O’quv qo’llanma. Jismoniy tarbiya darsi: sport o’yinlari, ochiq o’yinlar. M.: Vlados, 2003 Yil.
9. Bondar A. I. Basketbol o’ynashni o’rganing. Minsk shahri, “Bo’sh”., 1986.
10. Bondar A. N. Basketbol o’ynashni o’rganing. Minsk, 1986.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.