ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Biologik faol moddalarning foydasi va zarari.

Аннотация

Biologik faol moddalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o‘simlik ekstraktlari, to‘yinmagan yog‘li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular o‘simlik, hayvonot yoki mineral xom-ashyolardan olinadigan tabiiy moddalar hisoblanadi, shuningdek, kimyoviy yoki baʼzi hollarda mikrobiologik sintez orqali ham olinishi mumkin. Hozirgi kunda fastfoodlarning, shirin va yuqori kaloriyali taomlarning ko’proq iste’mol qilinishi, “o‘lik” holdagi (ya’ni qaynatilgan, qovurilgan, quritilgan, konserva qilingan) ovqatlarning tobora ko‘payayotgani tanamizning vitaminlar, mikroelementlarga bo’lgan ehtiyojini oshirmoqda. Bunday ehtiyojlarni bartaraf etish uchun biologik faol moddalarning ahamiyati katta.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Biologik faol moddalarning foydasi va zarari.

Oltiboyeva Mavsuma G’ulom qizi

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Farmatsevtika ishini tashkil qilish

kafedrsi assistenti

Annotatsiya

Biologik faol moddalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o‘simlik ekstraktlari, to‘yinmagan yog‘li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular o‘simlik, hayvonot yoki mineral xom-ashyolardan olinadigan tabiiy moddalar hisoblanadi, shuningdek, kimyoviy yoki baʼzi hollarda mikrobiologik sintez orqali ham olinishi mumkin. Hozirgi kunda fastfoodlarning, shirin va yuqori kaloriyali taomlarning ko’proq iste’mol qilinishi, “o‘lik” holdagi (ya’ni qaynatilgan, qovurilgan, quritilgan, konserva qilingan) ovqatlarning tobora ko‘payayotgani tanamizning vitaminlar, mikroelementlarga bo’lgan ehtiyojini oshirmoqda. Bunday ehtiyojlarni bartaraf etish uchun biologik faol moddalarning ahamiyati katta.

Kalit so’zlar: vitamin, ekstrakt, yog’ kislota, mikronutriyent, oqsil, yog’, uglevod, gormon, ferment.

Abstract

Biologically active substances are natural complexes containing minerals, vitamins, dietary fiber, plant extracts, unsaturated fatty acids, amino acids, etc. They are natural substances obtained from plant, animal or mineral raw materials, and can also be obtained by chemical or , in some cases, microbiological synthesis. In our time, the increasing consumption of fast foods, sweet and high-calorie foods, an increase in the number of "dead" foods (that is, boiled, fried, dried, canned) increases our body's need for vitamins and trace elements. To overcome such needs, biologically active substances are of great importance.

Key words: vitamin, microelement, hormone, enzyme.

Biologik faol birikmalar mikronutriyentlar hisoblanadi Ularning oziq moddalarda uchramasligi (yoki yetarli bo‘lmasligi) moddalar almashinuvini buzilishi va bir qancha kaslliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Oqsillar, yog’lar va uglevodlar organizni qurilish, energiya bilan ta’minlash funksiyalarini bajarsa, biologik faol moddalar gormon, fermentlar tarkibiga kirib, moddalar almashinuvini normal o’tishi, o’sish va rivojlanishda va organizmning sog’lom bo’lishi va sog’lom nasl qoldirishida muhim ahamiyatga ega. Ularning dori moddalardan farqi tabiiy va organizmning fiziologik meyor darajasiga yaqin ekanligidir.

Biologik faol moddalarni bioorganik kimyo, farmatsevtik kimyо, biologik kimyo va boshqa fanlar o’rganadi. Bu yo’nalishning intensiv rivojlanishiga sabab hozirgi zamon tekshirish usullari bunda konformatsion strukturalarni, molekulyararo ta’sirlarni, murakkab aralashmalardan moddallar ajratilishi, endogen biologik faol moddalar xossalari ko’pgina muhim fizik-kimyoviy hayot faoliyatini o’rganishga sababchi bo’lmоqdа. Eng muhimi, molekulyar, xujayra va tizimlar darajasida biologik faol moddalar ta’sir mexanizmlari tadqiq qilinmoqda.

Ko‘p hollarda biologi faol moddalarning foydalilik xususiyatiga e’tibor berilmaydi. Ammo organizm uchun tabiiy mahsulotlar poliz mahsulotlari, ko‘katlar hamda meva-chevalar ham juda-juda zarur. Ular kundalik ovqatlarga qo‘shib iste’mol qilinsa organizmda biologik faol moddalarga nisbatan tanqislik kuzatilmasligi mumkin. Lekin meva-sabzavotlarning dasturxonda kamiste’mol qilinishi, shuningdek kundalik taomlarni yuqori issiqlikda tayyorlanishi hatto ovqat pishirishda mikroto‘lqinli moslamadan foydalanish ba’zan kutilgan natijani bermaydi. Bunday qilinganda masalliq va mahsulotlarning tabiiy xoldagi vitaminlari hamda biologik faol moddalari nihoyat darajada kamayib ketadi, hatto butunlay yo‘qolishiyam mumkin.

Biologik faol moddalarning foydali tomonlari shunlardan iboratki, ular organizmda yetishmayotgan vitaminlar, makro va mikroelementlar, almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar, yog‘ kislotalari ning o‘rnini qoplaydi, yurak qon-tomir, asab, oshqozon-ichak, endokrin tizimlar kasalliklari, saraton, semirish kabi kasalliklarning oldini olib davolaydi, turli zararli omillarga chidamlilikni oshirib, imunitetni mustahkamlaydi, turli yosh davrlarida, xomiladorlikda organizmda normal moddalar almashinuvini taminlab beradi. to‘qima va hujayralarda hayotiy jarayonlar davomida hosil bo‘lgan zaharli moddalar hamda shlaklarni chiqarib yuboradi, organizmni tashqi va ichki sharoit o’zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.

Biologik faol moddalarning zararli tomonlari quyidagilar:

❖ Bunday moddalarni konsentratsiyalarining hisobga olinmasligi, meyoridan ortiq istemol qilinishi, foydadan ko’ra zahar sifatida ta’sir etishi mumkin.

❖ Doimiy istemol qilib yurish mumkin emas, ovqat ratsionini va mavsumiy omillarni inobatga olish lozim. Doimiy istemol qilib yurish oqibatida gipervitaminozni yoki oshqozon ichak, jigar kasalliklarini rivojlantirishi mumkin.

❖ Biologik faol moddalarni saqlash tartibi dori moddalariniki kabi bo’lib, biroz noto’g’ri saqlanganda ham ta’sir yo’nalishi umuman boshqa ko’rinishda bo’lishi mumkin.

❖ Ba’zi biologik moddalar tarkibidagi kofein yurak-qontomir va nerv sistemalariga salbiy ta’sir etishi mumkin.

❖ Biologik faol moddalarni boshqa dori vositalari bilan birgalikda iste’mol qilish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

❖ Hozirgi kunda biologik faol moddalarning internet tarmoqlari, va noqonuniy reklamalari va savdosining kuchayishi, ularni o’zboshimchalik bilan va meyoridan ortiq iste’mol qilinishiga, o’smirlar va yoshlarda qiziqishning kuchayishiga, turli aldovlarning ko’payishiga olib kelmoqda.

Demak biologik faol moddalarni o’zboshimchalik bilan, betartib, shifokor ko’rsatmasisiz istemol qilish mumkin emas va bunday moddalarni ko’proq tabiiy oziqovqat mahsulotlari tarkibida qabul qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. T.A. Sattarov, Sh.V. Abdullayev ,,Biologik faol moddalar ta'sir mеxanizmi”

2.Pr.Sh.Qurbonov.,,Biologik aktiv qo‘shimchalar foydalimi yoki zararli?” Avitsenna.uz 2023

3. Алтыбоева, М. ., Норкулова, З., & Худойбердыева, З. (2023). СВОЙСТВА РАСТЕНИЯ SALVIA SUBMUTICA. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2(10), 10–11. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/zdit/article/view

4. Hypotensive properties of the plant salvia submutica AM Gulyamovna, AS Sadriddinovna Eurasian Medical Research Periodical 19, 51-52 2023

5.The relevance of the meaning of plantain in folk medicine AS Sadriddinovna, AM Gulyamovna Eurasian Medical Research Periodical 19, 49-50 2023

6.MEDICINAL PROPERTIES OF SEA BUCKTHORN (Hippophae

Rhamnoides L.) OIL PLANT O Mavsuma Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence 2 (3), 1-3 2023

7.SALVIA O’SIMLIGINING XUSUSIYATLARI. JF Alikovna, AA

Shukrullayevich JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND

EDUCATIONAL RESEARCH 6 (2), 217-218 2023

8. Azizkhonovna N. M., Madullaevich I. O. Uses of sea buckthorn and its beneficial properties in medicine //Eurasian Medical Research Periodical. – 2023. – Т. 19. – С. 57-59.

9. Нарзуллаева М. и др. ЛЕКАРСТВЕННОЕ РАСТЕНИЕ ОБЛЕПИХА И

ЕГО ПОЛЕЗНЫЕ СВОЙСТВА В МЕДИЦИНЕ //Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 68-70.

10. Sobirjonovna B. N. et al. CHAKANDA O’SIMLIGIGA ZAMONAVIY

QARASHLAR //JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND

EDUCATIONAL RESEARCH. – 2023. – Т. 6. – №. 2. – С. 209-211.

12. Nabieva F. S., Narzullayeva M. A., Bo’Riyev M. G. YUQUMLI

KASALLIKLARNI TASHXISLASHDA IMMUNOFERMENT TAHLILINING

AHAMIYATI //Research Focus. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 161-164.

13.Sobirjonovna B. N., Kurakbaevna T. S. Clinical dynamics of chronic nephritic syndrome in children //Eurasian Medical Research Periodical. – 2023. – Т. 19. – С. 53- 56.

14.Kudratova Zebo Erkinovna, & Tuychiyeva Saboxat Kurakbayeana. (2023).

THE OPPORTUNITIES OF SIMULATION TRAINING AT THE MEDICAL

UNIVERSITY. Open Access Repository, 4(2), 98–101.

15.Куракбаевна, Т. С. (2023). ОСОБЕННОСТИ ДИАБЕТИЧЕСКОЙ

НЕФРОПАТИИ В ХРОНИЧЕСКИХ ОСЛОЖНЕНИЯХ САХАРНОГО

ДИАБЕТА. Scientific Impulse, 1(7), 87–91. Retrieved from

16.Туйчиева С. К., Бобобекова З., Эгамбердиева Х. ПРИМЕНЕНИЯ

ШИПОВНИКА КАК ПРИРОДНОГО АНТИОКСИДАНТА //JOURNAL OF

INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. – 2023. – Т.

6. – №. 2. – С. 212-214..

17. Batirbekovna, Abdukadirova Nargiza, Khayatova Shoira Telmanovna, and Shadieva Khalima Nuridinovna. "Clinical and Laboratory Features of the Course of Serous Meningitis of Enterovirus Etiology in Children." The Peerian Journal 16 (2023): 19-24.

18. Abdukadirova N. B., Telmanovna X. S. Assessment of the Level of Immunoglobulins in the Blood Serum in Young Children Depending on the Type of Feeding //Eurasian Research Bulletin. – 2023. – Т. 17. – С. 164-166.

19. Абдукадирова Н. Б., Раббимова Д. Т., Хаятова З. Б. роль дисплазий соединительной ткани в развитии патологии различных систем организма //Journal of Siberian Medical Sciences. – 2020. – №. 3. – С. 126-135.

20. NS Bazarova, Sh Kh Ziyadullaev The Significance Of Polymorphic Genes Of Matrix Metalloproteinases (Mmp) And Their Tissue Inhibitors In The Development Of Disorder Of Kidney Function In Chronic Glomerulonephritis In Children.

21. Nuridinovna S. K., Sobirzhonovna B. N., Batirbekovna A. N. Heart Damage and Arrhythmias in Children After Coronavirus Infection: Early and Remote Observations //Eurasian Research Bulletin. – 2023. – Т. 18. – С. 61-64.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.