--⊱⊱ 142 ⊰⊰--
HUJJATLARDA AKS ETGAN MASALALAR
Siddiqov Latifjon Baxtiyorovich
Toshkent viloyati pedagogik mahorat
markazi “Ijtimoiy –iqtisodiy fanlar
kafidrasi” katta oʻqtuvchisi
Kalit soʻzlar: Deklaratsiya, BMT, UNICEF , ekspluatatsiya, assambleyasi, protokollar, konvensiya,
Annotatsiya: Bola huquqlarini himoya qilish, nafaqat qonuniy jihatdan, balki ijtimoiy va madaniy jihatdan ham muhimdir. Bolalar bizning kelajagimizdir, shuning uchun ularning huquqlari, sogʻligi va xavfsizligi har qanday jamiyat uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlishi kerak.
Аннотация: Защита прав ребенка важна не только юридически, но и социально и культурно. Дети-это наше будущее, поэтому их права, здоровье и безопасность должны быть приоритетом для любого общества.
Abstract: Protection of the rights of the child is important not only legally, but also socially and culturally. Children are our future, so their rights, health and safety should be a priority for any society.
Bizga malumki Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) – Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va havfsizlikni taʼminlash, davlartlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan, 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan. BMTni barpo etish toʻgʻrisidagi qaror Sovet ittifoqi, AQSH, Xitoy, Angliya, tashqi ishlar vazirligining Moskvadagi kengashida 1943- yil, Ustavi esa San Fransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilindi. BMT ustaviga dastlab 51 ta davlat imzo chekkan boʻlsa 2000-yilda ular soni 189 taga yetdi. Bugungi kunda 193 ta davlat rasmiy aʼzo boʻlib, 2 ta davlat kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
BMT Ustavida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida gʻamxoʻrlik va yordam huquqiga egadirlar deya takidlaydi. Qolaversa, jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha aʼzolari, ayniqsa, bolalar oʻsibulgʻayishlari va farovonlikka ega boʻlishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga toʻliq oladigan boʻlishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan taʼminlanishi lozim. Bolaning shaxsi sogʻlom va har tomonlama uygʻunlashgan holda kamolotga yetishi uchun u oila gʻamxoʻrligida baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida oʻsishi darkor. Bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi, bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balogʻatga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda ogʻir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular
--⊱⊱ 143 ⊰⊰-- alohida eʼtiborga muhtoj ekanliklarini eʼtirof etib, bolaning himoya qilinishi va uygʻun ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning anʼanalari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini inobatgaa olib BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noybr kuni Bola Huquqlari Toʻgʻrisidagi Konvensiya qabul qilindi. Ushbu hujjatda belgilanishicha 18 yoshga toʻlmagan inson zoti bola hisoblanadi. Bundan tashqari, bola huquqlarini xalqaro himoya qilish, jahon miqyosida bolalar manfaatlarini taʼminlash va ularning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bir qator xalqaro hujjatlar va konvensiyalar mavjud boʻlib, ularning eng muhimlari quyidagilardir bola huquqlari toʻgʻrisidagi fakultativ protokollar.
Bu protokollar konvensiyaning oʻziga xos jihatlarini kengaytiradi, jumladan, bolalarning savdosi, ekspluatatsiyasi va harbiy harakatlarga jalb qilinishi kabi masalalar. Bu hujjatlar bolalarning himoyasini kuchaytirishga qaratilgan. •BMTning Bolalar fondi (UNICEF): UNICEF bolalar huquqlarini himoya qilishda muhim rol oʻynaydi, har yili turli hisobotlar, tadqiqotlar va dasturlar orqali bolalarning ahvolini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshiradi. •Regional konvensiyalar: Misol uchun, Evropa, Afrika va Amerikada bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan oʻziga xos konvensiyalar mavjud boʻlib, ularning har biri mintaqaviy muammolarni hal qilishga yordam beradi. Bola huquqlarini himoya qilish, nafaqat qonuniy jihatdan, balki ijtimoiy va madaniy jihatdan ham muhimdir. Bolalar bizning kelajagimizdir, shuning uchun ularning huquqlari, sogʻligi va xavfsizligi har qanday jamiyat uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlishi kerak. Bolalar uchun qulay muhit yaratish va ularning huquqlarini himoya qilish barchamizning burchimizdir. II. Metodologiya Ushbu maqolada bola huquqlarini xalqaro huquqiy himoya qilish masalalari oʻrganildi. Tadqiqot jarayonida quyidagi metodologik usullar qoʻllanildi: hujjatlarni tahlil qilish.
Xalqaro konvensiyalar va hujjatlarni oʻrganish, ularning mazmuni va qoʻllanishini tahlil qilish. Statistik maʼlumotlar: UNICEF va boshqa tashkilotlarning hisobotlari asosida bolalar huquqlari himoyasi boʻyicha statistik maʼlumotlar tahlil qilindi.Taqqoslash: Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi bola huquqlari himoyasi boʻyicha qonunchilik taqqoslandi. Ushbu metodologiya yordamida bola huquqlarini xalqaro huquqiy himoya qilishda mavjud muammolar, rivojlanish yoʻnalishlari va takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari bolalarning himoyasini kuchaytirishga va milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladiBolaning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila aʼzolarining qarashlari yoki eʼtiqodida oʻz ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini taʼminlash uchun hamma zarur choralarni koʻradilar. Ushbu davlatlar qatori Oʻzbekiston ham konvensiyani 1992-yil 9-dekabr kuni ratifikatsiya qilgan. Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya bola huquqlarining keng doirasini koʻrib chiquvchi birinchi va asosiy majburiy xalqaro huquqiy hujjatdir.
Hujjat 54 ta moddadan iborat boʻlib, 18 yoshga toʻlmagan shaxslarning ochlik va muhtojlik, shafqatsizlik, ekspluatatsiya va boshqa holatlardan xoli boʻlgan sharoitlarda oʻz imkoniyatlarini toʻliq rivojlantirishga qaratilgan individual huquqlarini batafsil bayon etadi. 1948 yilgi BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida gʻamxoʻrlik va yordam obyekti boʻlishi kerakligi taʼkidlangan. 1959 yilda BMT Bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi. Uning asosiy tezisi shundaki, insoniyat bolaga oʻzida mavjud boʻlgan narsalarning eng yaxshisini berishga majburdir. U milliy va xalqaro darajada bolalarni himoya qilish va farovonligini taʼminlashning oʻnta ijtimoiy va huquqiy tamoyillarini eʼlon qiladi. Deklaratsiya ota-onalar, jismoniy shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini unda belgilangan huquq
--⊱⊱ 144 ⊰⊰-- va erkinliklarni tan olishga va hurmat qilishga intilishga chaqirdi. Shuningdek, deklaratsiyada bolalarni alohida himoya qilish, ularning erkinliklari va qadr-qimmatini hurmat qilish sharoitida sogʻlom va normal rivojlanishi uchun imkoniyat va shart-sharoitlarni taʼminlash zarurligi qayd etilgan. Muhokama Afsuski dunyo boʻylab bola huqulari huquqiy himoyasi boʻyicha keng koʻlamli islohatlar natijasida turli tuman hujjatlar qabul qilingan boʻlsada, bola huquqlari toʻliq taʼminlanganicha yoʻq. Zero, har qanday davlatning kelajagi hamisha yosh avlodga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq. Bunga misol qilib Falastin, Sudan kabi davlatlardagi vaziyatlarni keltirishimiz mumkin. Gʻazo sektoridagi urush bolalar uchun halokatli oqibatlarga olib kelmoqda. Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 14,000 dan ortiq bola halok boʻlgan; yana minglab bolalar jarohat olgan. Xavfsiz joylar yoʻq. Gʻazo bolalarining barchasi urushning travmatik tajribalariga duch kelishdi, buning oqibatlari esa umr boʻyi davom etadi.
Taxminan 1.9 million odam - Gʻazo aholisining taxminan 9 foizi - ichki koʻchmanchi deb hisoblanadi. Ularning yarmidan koʻpi bolalar. Ular suv, ovqat, yoqilgʻi va dori-darmon yetishmovchiligidan azob chekmoqda.
Xulosa: Ushbu masala yuzasidagi farq rivojlangan va qoloq mamlakatlarda yaqqol koʻzga tashlanadi bunday vaziyatdan tezroq halos boʻlish uchun mening shaxsiy fikrim quyidagicha. taʼlimga teng imkoniyatlar yaratish taʼlim sifatini yaxshilash va barcha bolalarga, jumladan, qizlar, qishloq joylaridagi va nogiron bolalarga taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish kerak buning uchun maktablar qurilishi, oʻquv darsliklarini modernizatsiyalash va oʻqituvchilarni oʻqitishni rivojlantirish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: “Oʻzbekiston”, 2017.
2. “Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya”1989 y.
3. “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6- noyabrdagi PQ-4884-sonli Qarori.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.