RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI
Abdusoatova Zarnigor Otabekovna
Termiz davlat pedogogika institute Boshlang’ich ta’lim fakulteti
2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish bosqichlari, muammolari va ularning yechimi haqida fikrlar yuritilgan hamda bu boradagi samarali metodlar keltirilgan .
Kalit so‘zlar: Nutq, nutq apparati, to‘g’ri talaffuz, tovush, nutq a’zolari, harflar, so‘z, didaktik o‘yinli metodlar.
Inson hayoti davomida tashqi muhitga moslashadi, o‘rganadi, ijtimoiy hayotda ijtimoiylashuv jarayonini boshidan kechiradi. Tug’ilganidan to buguniga qadar atrofdagilari bilan muntazam fikr almashadi va muloqotda bo‘ladi. Muloqotda bo‘lishi va fikr almashishi uchun unga til berilgan (ijtimoiy aloqa almashishning tabiiy vositasi ) aniqrog’i nutq. Mashhur olim Pavlov buni fanga 2- signal sistemasi ya’ni insonga xos hislat sifatida kiritgan. 1-signal sistemasi esa hamma yaratilganlarga ya’ni insonga ham hayvonga ham xosligini ta’kidlagan. Unga ta’m bilish, hid bilish, tilning mavjudligi va boshqalar kiradi. Ammo, nutq a’zolarining mavjudligi faqat insongagina xosdir. Yuqoridagilardan tushunishingiz mumkinki, nutq insonga xos va inson tomonidan yaratiladi .
Jamiyat hayotida o‘rin egallash, katta suhbatlar va davralarda o‘z fikrini dalillay olish uchun avvalo nuqtni to‘g’ri bayon eta olishi, ravon gapirishni talab qiladi .
Shiddat bilan rivojlanayotgan zamon qayta qurish jamiyatimizga har sohada ilg’or, tadbirkorlik bo‘ladimi , siyosat olamimi, ta’lim sohasidami barcha- barchasida suhandon, mustaqil fikrga ega, nutqnini to‘g‘ri bayon eta oladigan va eng muhimi muloqotga kirishgan vaqtida har qanday vaziyatda so‘zlarini sobitqadamlik bilan ifoda eta oladigan yoshlarni tarbiyalashni bugunning maqsadi qilib qo‘ydi .
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta. Xoh, Amerika bo‘lsin, xoh Hindiston butun dunyo xalqining siyosiy, ijtimoiy, madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki, til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat esa aloqasiz rivojlanmaydi. Insondagi nutqni o‘stirishni unga tug’ilgan vaqtidanoq o‘rgatish zarur .
Bola – degan edi K. D. Ushinskiy, - ilk yoshlik chog’idanoq xalq madaniyati, nutq madaniyatini o‘rganib boshlaydi, bularni avvalo ona tilini bilish yo‘li bilan o‘rganadi. Shu bois bizning fikrimizcha, oilada, bolalar bog’chasida, ta’lim muassasalarida ona tilidan o‘rinli foydalanmoq zarur “ Haqiqatda yuqoridagi fikrlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak , bola oiladan boshlab til madaniyatini o‘rganadi. Bugungi kunda eng katta muammolardan biri - bolaning so‘zlarni to‘g’ri talaffuz etmasligi, fikr yuritish va uni tashqariga chiqarishdan ya’ni bayon etishdan qo‘rqishi. Bunga asosiy sabab nima deb o‘ylaysiz ?
Butun dunyoda, ayniqsa, o‘zbek oilalarida chaqaloq dunyoga kelishi juda katta shodiyona. Yosh-u qari birdek suyunadi. Tili chiqib bir so‘zni aytishi bilan oilasidagilar quvonchidan ko‘klarga sakraydi. Uning aytayotgan har bir so‘zi, tovushlari ularning qulog’iga yoqimli eshitiladi. Undagi so‘z boyligi oshib gapira boshlagan sayin tilidagi shirali talaffuzlarni tog’irlash o‘rniga ota - onasi, yaqinlari uning tilida gapirishga harakat qiladi. Vaholanki, hali tili endigina chiqayotgan go‘dak atrof-muhitdan bo‘layotgan ta’sirlarni, reaksiyalarni o‘zi uchun hayotga moslashish reflekslari bilan shartli ravishta o‘z hatti-harakati va nutqida bayon etadi. Mana yuqoridagi savolning javobi. Siz - u biz unga qanday munosabatda bo‘lsak , so‘zlarni qanday talaffuz qilsak u shu holda nutqiga ko‘chiradi. Agar biz so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish o‘rniga nonni -nanna, suvni -buvva, tovuqni -tutu, qo‘yni-baa deb o‘rgatayversak, uning nutqi sekin rivojlanadi. Gapirishi ham qiyin bo‘ladi. Logoped shifokor Mirsharof Siddiqov bola nutqidagi bu kamchiliklarni bartaraf qilishning yagona usuli bu ota – onalarni tarbiyalashda va ularga bola nutqini rivojlantirishda bog’cha ta’limini kutib o‘tirmay, bola nutqini bezatish va zeb berish kerak ekanligini uqtirish ekanligini ta‘kidlab o‘tgan.
Haqiqatda, agar bolaga so‘zlarni to‘g’ri, o‘z shaklida talaffuz qilishni boshdan o‘rgatsak , bergan savollariga o‘z vaqtida to‘g’ri va aniq javob bersak, iste’mol qilayotgan narsalariga e’tiborli bo‘lsak, kelajakda u ravon va go‘zal nutqqa ega shaxs bo‘lib shakillanadi . Maktab yoshiga yetganda esa unga ko‘proq she’r yodlatish, tez aytishlar, ertaklar, ko‘proq o‘qishini ta’minlash, boladagi nutqni tez va anniq tarzda o‘sib borishiga yordam beradi. Maktab yoshidagi bolada so‘zlarni, harflarni talaffuz qilish ularning nutqini harakatga keltiruvchi apparatlarning ishlashiga bog’liq bo‘ladi. Shuning uchun, to‘g’ri tovush talaffuzini shakllantirish bilan bir vaqtda, nutqni harakatga keltiruvchi apparatlarning alohida a’zolarini harakatini yaxshilovchi mashqlarni bajarish lozim. Bu nutq a’zolarining yaxshi harakat qilishi, tovushlarning anniq, ravon va chiroyli talaffuzini ta’minlaydi.
Nutq a’zolarini yaxshi rivojlanishi uchun mashqlar haftada 3-4 marta (o‘yin va o‘yin mashqlari tarzda, darslar davomida ) o‘tkaziladi. Masalan: “ Ayt-chi xo‘roz qanday qichqiradi ? ”, “ Qarg‘a qanday qag‘illaydi, kuchuk qanday vovullaydi?” kabi artikulatsiya mashqlari o‘rgatilsa, talaffuz yaxshilanadi. Bundan tashqari bolalarga “Ona tili va o‘qish savodxonligi”, “Tarbiya” darslarida qisqa – qisqa video roliklar qo‘yib berish va ulardan rolik haqida fikrlarini so‘rash, bahsli mulohazali davralar tashkil etish undagi fikrlashni, nutqini qo‘rqmasdan bayon etishga o‘rgatadi.
Har bir inson o‘z nutqiga va fikriga ega. Uni yuzaga chiqarish, katta davralarda bayon eta olish, sobitqadamlik bilan gapirgan gaplarini dalillay olish esa hammada ham yaxshi rivojlanmagan. Bunday fazilatlarni yuzaga chiqarish uchun bolani kichik yoshidanoq to‘g‘ri gapirishga, so‘z shakllarini o‘zgarishlarsiz bayon etishga o‘rgatish zarur. Bugungi kun bizdan har tomonlama yetuk bo‘lishni, davralarda chiroyli so‘zlaydigan, kerak bo‘lganda jahon minbarlarida ham barchani o‘ziga jalb qiladigan yosh avlodni, hozirgi zamon shaxsini talab qiladi. Chiroyli nutq har sohada kerak. Siyosatda ham iqtisodda ham, madaniyatda ham, harbiy sohada ham. Kim bo‘lishingizdan qat’iy nazar, avvalo insonsiz va siz doimiy muloqotda bo‘lasiz, fikrlar almashasiz. Chunki hayot ijtimoiylashuvdan iborat.
Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilini rivojlantirish - bu tilning davlat maqomini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish demakdir. Bu mas’uliyat uchun siz u biz ham birdek mas’ul shaxslarmiz.”
Adabiyotlar ro‘yxati :
1. I. A. Karimov O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Toshkent “O‘zbekiston”.1992 – yil. 20-bet .
2. “Nutqni o‘stirish uslubiyati” Q. Shodiyeva .
3. “Boshlang’ich sinflarda adabiyot o‘qitish metodikasi” Qunduzxon Husanboyeva, Mutallib Hazratqulov, Shaxlo Jamoliddinova
4. “O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami” Nargiza Erkaboyeva
5. Abduhalimova, Y. (2023). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QITUVCHILARINING KREATIV YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH
YO‘LLARI. Interpretation and Researches, 2(1).
6. Абдуxалимова Ю. (2022). Педагогическая подготовка будущих учителей в воспитании самостоятельно мыслящих, творческих лиц в процессе непрерывного образования. Общество и инновации, 3(8/S), 103–108.
7. Zarnigor, B., & Ruzikulovna, S. D. (2019). Views Of The Great Thinkers Of The East About Education And Perfection Of Human. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
8. Шаббазова, Д. Р. (2018). ВОСПИТАНИЕ ТРУДОВОЙ
АКТИВНОСТИ ПРИУЧЕНИЕ К ТВОРЧЕСТВУ. Гуманитарный трактат, (25), 99- 102.
9. Saydulloyevich O. Y., Shavkatovna X. M. Scientific activity and spiritual heritage of Imam ghazali. – 2022.
10. Samiyeva S. ISSUES OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF
YOUTH IN THE WORKS OF ABDURAHMON JAMI //InterConf. – 2021.
11. Olloqulova F. U. et al. Non-Traditional Approach to the Process of Teaching Primary Classes //Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 96-98.
12. Abduhalimova, Y. (2023). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QITUVCHILARINING KREATIV YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH
YO‘LLARI. Interpretation and Researches, 2(1).
13. Tursunova Saida Isakovna SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH International scientific online conference
14. Qarshiyevna, M. U. (2023). Lexical-Grammatical Characteristics of the Noun in Ancient Turkish Language. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(1), 389-394.
15. Abdunazarova, Z. (2023). MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILAR
IJTIMOIYLASHUVINING NAZARIY ASOSLARI. Interpretation and Researches, 2(1).
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.