“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI
DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”
DORI VOSITASINI QO‘LLASHNING AFZALLIKLARI
1Izomov T.I. mustaqil izlanuvchi
2Fayziyeva O‘.R., t.f.d., dotsent ToshDavTU Termiz filiali, Bolalar kasalliklari propedevtikasi, bolalar kasalliklari va
oilaviy shifokorlikda pediatriya kafedrasi, Termiz shahri, O‘zbekiston Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda nafas olish tizimi kasalliklari bolalar kasalliklari orasida etakchi o‘rinni egallaydi va pediatriyaning dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda. Pastki nafas yo‘llarining eng keng tarqalgan infektsiyalaridan biri obstruktiv bronxit bo‘lib, u erta yoshli bolalarning 50 foizida rivojlanadi. Erta yoshli bolalarda ko‘p kuzatiladigan o‘tkir zotiljam va bronxitlar bronxobstruktiv sindrom bilan kuzatilganda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bolalarda o‘tkir respirator kasalliklarning o‘sish tendensiyasi va ularning broxial obstruksiya rivojlanishidagi o‘rni, obstruktiv bronxitni qaytalanishi ya’ni so‘nggi vaqtlarda retsidivlanuvchi bronxitni ko‘p kuzatilishi va bronxial astma xavfi yuqoriligi kasallikni yanada ko‘proq o‘rganish kerakligini ko‘rsatmoqda. Bronxoobstruktiv sindrom rivojlanishiga olib keluchi xavf omillari ichida o‘tkir respirator infeksiyalar 25-30% hollarda kuzatilib, etakchi o‘rinni egallaydi. Pediatriya amaliyotida Ventolin (salbutamol) dori vositasi keng qo‘llaniladi. Ushbu dori vositasi - β2-adreno retseptorlarining tanlangan (selektiv) agonisti bo‘lib, terapevtik dozalarda u bronx silliq mushaklarning β2 - adreno retseptorlariga ta’sir qiladi va β2 - adreno retseptorlarga qisqa muddatli (4 soatdan 6 soatgacha) bronxodilatator (bronxlarni kengaytiruvchi), nafas yo‘llarining qaytalanishi mumkin bo‘lgan obstruktsiyada tez ta’sir etuvchi (5 daqiqa ichida) ta’sir ko‘rsatadi. Bronxospazmning oldini olish yoki engillashtiradigan va nafas yo‘llarining qarshiligini kamaytiradigan aniq bronxodilatator ta’siriga ega. Mukotsiliar klirensni oshiradi, shilimshiq sekretsiyasini stimullaydi va siliyer (hilpillovchi) epiteliya funktsiyasini faollashtiradi. Tibbiy ko‘rsatma: allergen ta’sirida yoki jismoniy zo‘riqish bilan bog‘liq bronxospazm xurujlarining oldini olish va bartaraf qilishdan iborat. Tadqiqot maqsadi. O‘tkir obstruktiv bronxit bilan og‘rigan bolalarda salbutamol dori vositasin qo‘llashning afzalliklarini o‘rganish. Olingan natijalar va ularning tahlili. Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi pulmonologiya bo‘limida davolangan jami 35 nafar bemor, shundan 19 (54%) nafari o‘g‘il bolalar, 16(46%) nafari qiz bolalarni tashkil etdi, o‘tkir obstruktiv bronxit bilan jami 15 nafar bola, shundan 8 (53%) nafari o‘g‘il bolalar, 7(47%) nafari qiz bolalarni tashkil etdi, qaytalanuvchi bronxit bilan 20 nafar bemor shundan 11 (55%) nafari o‘g‘il bolalar, 9(45%) nafari qiz bolalarni tashkil etdi va davolash standarti bilan davo kursi o‘tkazildi, ventolin (salbutamol) ingalyasiyasi qo‘llanildi. Salbutamolning ingalyatsion dozasini kiritgandan so‘ng, ta’siri tez rivojlandi, ta’sirning boshlanishi 5 daqiqada va maksimal 30-90 daqiqada (maksimal t’'sirning 75% ga 5 daqiqada erishiladi) va davomiyligi 4-6 soatni tashkil qildi. Xulosa qilib aytganda, Salbutamolning ingalyatsion dozasini kiritgandan so‘ng, terapevtik ta’siri tez rivojlandi, ta’sirning boshlanishi 5 daqiqada va maksimal 30-90 daqiqada va davomiyligi 4-6 soat kuzatildi. Boshqa dori vositalari ishlatilgan
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
bemorlarga nisbatan salbutamolning ta’siridan keyin obstruksiya xuruji tez bartaraf qilindi.Bemorlarda dori ingalyasiyasining nojo‘ya ta’siri kuzatilmadi.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.