ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

BOLALARDA SUIDSIDIAL HOLATLAR YUZAGA KELISHIDA IJTIMOIY - PSIXOLOGIK MUAMMOLAR

Аннотация

Hammaga ma’lumki, psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Ijtimoiy munosabatlar tizimida oʻsmirlar hayotida suitsidal xulq –atvorning namoyon etilishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy –psixologik omillarni aniqlash va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

PSIXOLOGIK MUAMMOLAR

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi dotsenti, p.f.n.,

dotsent Rejametova Irada Ikramshikovna

Buxoro viloyati Qóriqlash boshqarmasi

psixologik ta'minlash guruhi katta-psixologi

leytenant A.A.Ne’matov

Annotatsiya. Hammaga ma’lumki, psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Ijtimoiy munosabatlar tizimida oʻsmirlar hayotida suitsidal xulq –atvorning namoyon etilishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy –psixologik omillarni aniqlash va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Kalit soʻzlar: psixologiyaning tarmoqlari, suitsid, jamiyat, shaxs, ijtimoiy muhit, oilaviy muammolar, oʻz joniga qasd qilish, yashirin suitsid.

Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.

Qadimgi yunon tilidan tarjima qilingan "psixologiya" soʻzi tom ma'noda "ruh haqidagi fan" (psyche - "jon", logos - "tushuncha", "ta'limot") degan ma'noni anglatadi. Ilmiy foydalanishda "psixologiya" atamasi birinchi marta 16-asrda paydo boʻlgan. Dastlab, u aqliy yoki psixik deb ataladigan hodisalarni, ya'ni har bir kishi oʻz-oʻzini kuzatish natijasida oʻz ongida osongina kashf etadigan hodisalarni oʻrganish bilan shugʻullanadigan maxsus fanga tegishli edi. Keyinchalik, 17-19-asrlarda. psixologiya tomonidan oʻrganiladigan soha kengayib bormoqda va nafaqat ongli, balki ongsiz hodisalarni ham oʻz ichiga oladi. Demak, psixologiya psixika va psixik hodisalar haqidagi fandir. Psixologiya - bu ruh haqidagi fan.

Psixologiya - bu alohida shaxsning psixikasi va ruhiy hodisalari, ham guruhlar va jamoalarda kuzatiladigan psixik hodisalar. Oʻz navbatida, psixologiyaning vazifasi psixik hodisalarni oʻrganishdir. Psixologiyaning vazifasini xarakterlab, S.L.Rubinshteyn shunday deb yozadi: “Psixologik bilish – bu psixikani uning muhim, ob'ektiv aloqalarini ochib berish orqali vositachi bilishdir”.

✓ Psixologiyaning vazifalari:

✓ Psixik voqelikni sifatli oʻrganish;

✓ Psixik hodisalarning shakllanishi va rivojlanishini tahlil qilish;

✓ Ruhiy hodisalarning fiziologik mexanizmlarini oʻrganish;

✓ Psixologik bilimlarni inson hayoti amaliyotiga tizimli ravishda joriy etishda yordam berish.

Suitsid-oʻz joniga qasd qilish degan ma'noni anglatib, oʻz joniga qasd qiluvchilar suitsidentlar nomi bilan ataladi. Bu holatni amalga oshiruvchilarning koʻpchiligi sogʻlom ong egalaridir, ularda turli depressiya, oilaviy va moliyaviy muammolar, ruhiy va jismoniy holatlar natijasida shu jarayoni amalga oshiradilar. Oʻzbekistonda suitsid muammosining ijtimoiy – psixologik jihatlarini ilk bor ilmiy tadqiq etishni boshlagan mutaxassislar guruhi a’zolari psixologiya fanlari doktorlari, professorlar M.G.Davletshen, Gʻ.B.Shoumarov, psixologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar S.A.Axundjanova, N.A.Sogʻinov, Z,R.Qodirova, E.Sh.Usmanov, B.M.Umarov, F.S.Ismailova, Z.F.Kamaliddinova, tibbiyot fanlari nomzodi N.M.Xoʻjayeva va psixolog N.Z.Ismoilovalardan iborat edi. Mazkur guruh a’zolari faoliyati mahsuli olaroq, suitsid muammosini ilmiy tadqiq etish asnosida oʻrganilayotgan muammoning nazari asoslari ishlab chiqildi, turli ilmiy konsepsiyalar yaratildi. Suitsidning yuzaga kelishiga asos boʻlishi mumkin boʻlgan omillar, suitsid sabablari, ularning turlari, vositalari, koʻrinishlari aniqlandi, suitsidni tadqiq etish metodikalari yaratildi, ularning oldini olish va bartaraf etishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu borada alohida e’tirofga molik tadbirlar amalga oshirilgan boʻlsa-da, mazkur muammo hali hanuz hal etilgani yoʻq. Hamon dunyo miqyosida, oʻz joniga qasd qilib, hayotdan koʻz yumganlar miqdori avtomobil halokati tufayli hayotdan koʻz yumganlardan koʻpligicha qolmoqda Albatta, bu koʻrsatkich respublikamizda gʻarb, yevropa davlatlaridagiga qaraganda sezilarli darajada kam boʻlsa-da, lekin aholimizning etnik, hududiy xususiyatlariga bogʻliq holda bu hodisaning salbiy asoratlari ogʻirroq kechadi.

Dunyo boʻylab har yili 1 mln. odam suitsid orqali hayotdan koʻz yumadi (Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari, 2016 yil). Bu koʻrsatkich 100 000 aholiga oʻrtacha 16 kishini tashkil qiladi. Dunyo miqyosida suitsid boʻyicha eng oldinda borayotgan davlatlar – bular Rossiya (26,5), Litva (25,7) va Qozogʻiston (22,8). Taqqoslash uchun Janubiy Koreyada 20,2, Belgiyada 15,7, Yaponiyada 14,3, AQSHda 13,7, Fransiyada 12,1, Shveysariyada 11,3, Germaniyada 9,1, Isroilda 5,2 suitsid kuzatiladi. Ushbu koʻrsatkichlar har yili oʻzgarib turadi. Masalan, 2012 yili Janubiy Koreyada suitsid darajasi 28,9 ni tashkil qilgan. E’tibor qilinadigan boʻlsa, hayot darajasi yuqori boʻlgan davlatlarda suitsid darajasi ham yuqori boʻlib qolmoqda. Musulmon davlatlarida suitsid darajasi ancha past hisoblanadi (Qozogʻiston bundan istisno). Masalan, 100 000 aholiga Qirgʻizistonda 9,1, Oʻzbekistonda 7,4, Turkiyada 7,2, Turkmanistonda 7,2, Bahraynda 5,7, Saudiya Arabistonida 3,4, Tojikistonda 3,3, Birlashgan Arab Amirliklarida 2,7, Ozarbayjonda 2,6, Quvaytda 2,2 suitsid roʻy beradi (JSST, 2016 yil). Yillab urush girdobida qolgan davlatlarda suitsid kam uchrashi e’tiborni tortadi. Masalan, Afgʻonistonda bu koʻrsatkich 6,4, Iroqda 4,1, Livan 3,2, Suriyada 2,4 suitsid roʻy beradi. Karib dengizi davlatlari va Bagam orollarida suitsid juda kam uchraydi.

Suitsidni shartli ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: birinchisi − tantanovor suitsid, ya’ni oʻz joniga qasd qilishni oshkor qilib yuradiganlar; ikkinchisi − yashirin suitsid, ya’ni hech kimga bildirmasdan oʻz joniga qasd qiluvchilar. Tantanavor suitsid koʻpincha oʻsmirlarda kuzatiladi, agar ular ota-onasi bilan urishib qolsa, “Mana koʻrasizlar, oʻzimni oʻldiraman-u, mendan qutulasizlar” deb yurishadi. Odatda, oʻsmirning bu gapiga e’tibor qilishmaydi yoki kulib qoʻyishadi. Oʻz joniga qasd qiluvchi oʻsmir goʻyoki shu yoʻl bilan ota-onasidan alamini olmoqchi boʻladi

Agar u biror-bir odamning janozasiga borib qolsa, “Men oʻlsam ham ota-onam va qarindosh-tuqqanlar shunaqa ayuhannos solib yigʻlashadi, meni qiynaganlarini eslab bolamga e’tibor qilsam boʻlarkan, nega aytganlarini qilmadim” deb kuyib-yonishadi degan fikrga qiladi va tezroq oʻz joniga qasd qilishga intiladi. Shuning uchun ham ba’zan oʻz joniga qasd qilishlar ketma-ket roʻy beradi. Oʻz joniga qasd qilishga jazm qilgan odam odamovi boʻlib qoladi, kam gapiradi, yolgʻizlikka intiladi, xulq-atvori ham oʻzgarib boraveradi. U toʻy va tugʻilgan kun kabi oʻyin-kulgili joylarga bormay qoʻyadi, biroq janoza va marakalarga, albatta, borishga harakat qiladi. Chunki u yerda odam oʻlgandan keyin boʻladigan voqealar aks etadi-da. U oʻzini shu oʻlgan odam oʻrnida tasavvur qilib koʻradi. Hali aytganimdek, bu holat oʻz joniga qasd qilishni yanada tezlashtiradi.

Yashirin suitsid, koʻpincha, yoshi kattalar uchun xos. Ba’zan bola-chaqali, nevara-evarali boʻlib ketgan yoshi ulugʻlar ham oʻz joniga qasd qilishadi. Bu, ayniqsa, qariganida doimo uning yonida boʻlguvchi umr yoʻldoshi vafot etgandan keyin roʻy beradi. Farzandlari ishga, nevaralari maktabga ketgandan keyin eng yaqin sirdoshidan ayrilgan keksa doimo uyda yolgʻiz yashay olmaydi. Uning miyasiga “Farzandlarim menga e’tibor qilmay qoʻyishdi, hammasi oʻzi bilan oʻzi ovora, menga bu hayotda yashashning ne keragi bor, men ham oʻlsam boʻlmasmidi” degan fikrlar kelaveradi. Uyda yolgʻiz qolib, yigʻlab ham oladi. Albatta, yolgʻiz qolgan keksalarga e’tibor zarur, ular bilan suhbatlashib turish kerak.

Umuman olganda, statistik jihatdan suitsidal axloq va aniq psixik buzilish ortasidagi yetarlicha aloqa aniqlanmagan. Sabablar. - dinsizlik; - ma'rifatsizlik;

- toʻqchilik;- yoʻqchilik;- shahvoniy, nafsoniy sevgi;- oʻz joniga qasd qilishni muammoning yechimi sifatida koʻrish;

- oʻlimning haqiqati, qabr azobi, oxirat, qayta tirilish, qiyomat va doʻzaxdagi azob -uqubatlardan bexabarlik;

- ruhiy xastalik.

Oiladagi muhit sababli farzandlarni oʻz joniga qasd qilishi real va daxshat sababi bola dastlab tarbiyani oiladan oladi. Avvalo oilalardagi muhitni ijobiylikka oʻzgartirmogʻimiz kerak shu bilan bir qatorda ota-onaning bir biriga munosabati, yetishmovchilik, kelishmovchilik bolani oldida hal qilinmagani ma'qul. Kimdir oʻz joniga qasd qilishini sezgan inson uni tinglashi kerak ularga ularni tinglaydigan inson kerak. Suitsiddan keyingi holat qanday yakun topishi barchaga noma'lum, shunday ekan uning oldini olgan ma'qul.

Xulosa: Insonlarni hayotini saqlab qolish uchun ularni tinglamogʻimiz kerak. Agar oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan yoki shunga moyilligi boʻlgan insonni tanisangiz unga hayotini saqlab qolishida yordam berishingiz mumkin. Buning uchun uni tinglang. Suitsidni amalga oshirmoqchi boʻlganlarda asosan "Men xechkimga kerak emasman", "meni xechkim eshitmaydi" degan tushuncha boʻladi.

Insonlarni tinglab ular mavjud boʻlgan holatni bartaraf etamiz. Maktab psixologlari, sinf rahbarlari bunday shaxsga be'tibor boʻlmasligi kerak. Oʻylaymizki, bu muammo kunlar kelib oʻz yechimini topadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.

1. Oila psixologiyasi, "Sharq" Nashriyot-Matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent 2008y

2. D. Abduvahobova, Xulqi ogʻishgan bolalar psixologiyasi

3. M.Otajonov, D.Soliyeva Xulqi ogʻishgan bolalar psixologiyasi, Qoʻqon 2020y.

4. www.ziyonet.com.

5. https://uz.wikipedia.org/wiki/oʻzini oʻldirish.

6. https://www.newjournal.org/

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.