ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Аннотация

Ushbu maqola bolalarda tish chiqish jarayonidagi muammolarni, xususan, og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining o‘zgarishi va tish kasalliklariga moyillikni o‘rganadi. Global ekologik muammolar, sanoat chiqindilari va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi o‘zgarishlar tish kasalliklarining keng tarqalishiga olib kelmoqda. Tadqiqotda tish chiqish jarayonidagi noqulayliklar, genetika va atrof-muhit omillarining ta’siri, shuningdek, kalsiy va D vitamini yetishmovchiligining oqibatlari tahlil qilinadi


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

BOLALARDA TISH CHIQISH JARAYONIDAGI MUAMMOLAR

Yusubjonova Buxomidabonu Xabibullo qizi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti

Yoqubov Farruxjon G‘ofur o‘g‘li

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti

Anotatsiya: Ushbu maqola bolalarda tish chiqish jarayonidagi muammolarni, xususan, og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining o‘zgarishi va tish kasalliklariga moyillikni o‘rganadi. Global ekologik muammolar, sanoat chiqindilari va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi o‘zgarishlar tish kasalliklarining keng tarqalishiga olib kelmoqda. Tadqiqotda tish chiqish jarayonidagi noqulayliklar, genetika va atrof-muhit omillarining ta’siri, shuningdek, kalsiy va D vitamini yetishmovchiligining oqibatlari tahlil qilinadi. Bolalarda tish chiqishi bilan bog‘liq og‘riq, shish va yallig‘lanish kabi holatlarni bartaraf etish uchun sovuq kompresslar, tish massaji va maxsus gellar kabi usullar tavsiya etiladi. Shu bilan birga, tishlarning noto‘g‘ri joylashuvi (maloklyuziya) va skelet rivojlanishidagi genetik omillar, tish emalining zaiflashishi va raxit kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Xulosa sifatida, bolalarning sog‘lom tish rivojlanishi uchun kalsiy va D vitamini iste’molini ta’minlash, quyosh nuridan foydalanish va profilaktik choralar muhimligi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar; Tish chiqish, bolalar stomatologiyasi, og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi, tish kasalliklari, ekologik omillar, genetik omillar, kalsiy yetishmovchiligi.

Mavzuning dolzarbligi: Global ekologik muammolarning kuchayishi, sanoat chiqindilarining ortishi va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibining o‘zgarishi mikroorganizmlar uchun qulay sharoitlar yaratmoqda. Shu bilan birga, uglevodlarning haddan ziyod iste'mol qilinishi og‘iz bo‘shlig‘ida pH darajasining o‘zgarishiga olib kelib, uning mikroflorasiga zarar yetkazmoqda. Natijada tish kasalliklariga moyillik kuchaymoqda, bu ayniqsa yosh bolalar orasida keng tarqalmoqda.

Tadqiqot maqsadi: Bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining o‘zgarish sabablarini tahlil qilish.Tish kasalliklari rivojlanishini oldini olish bo‘yicha samarali usullarni ishlab chiqish.Bolalarning tish sog‘lig‘iga ekologik omillar ta'sirini o‘rganish.Kasalliklarning irsiy tus olish ehtimolini kamaytirish yo‘llarini aniqlash.

Tadqiqot materiallari va usullari: Yosh bolalarda tish chiqish jarayoni odatda 6 oylikdan boshlab boshlanadi va 3 yoshga kelib sut tishlari to‘liq chiqib bo‘ladi. Har bir bola bu jarayonni har xil kechiradi, deb aytish to’g’ri emas albatta chunki har bir yosh organizm turli xil. Ba'zilar hech qanday noqulaylik sezmasa, boshqalari og‘riq va bezovtalikdan aziyat chekadi, Yangi tug'ilgan chaqaloqning "og'iz bo'shlig'i infektsiyasi" ning eng keng tarqalgan sababi ona yoki unga g'amxo'rlik qilayotgan boshqa odamlar ekanligi isbotlangan. Qoidaga ko'ra, ona (yoki bolaga g'amxo'rlik qilayotgan odamlar) so'rg'ichni yalaganda, qoshiqda ovqatdan namuna olishda va hokazolarda Str.mutans bolaning og'iz bo'shlig'iga kiradi va ko’payish extimoli yuqori. Ba’zi yosh bolalarda uchraydigan holat ya’ni og‘riq va noqulaylik holatlari bo’ladi.Tish chiqayotganda milklar shishib, qizarib, sezgir bo’lib qoladi. Bu esa bolaning asabiylashishiga, yomon uxlashiga va ovqatlanishdan bosh tortishiga sabab bo‘lishi mumkin.Bunda yosh bolalarning yonida g’amhorlik qilayotgan insonlar quyidagicha yordam berish mumkin.

Sovuq kompresslar – G‘ilofli tish cho‘tkasi yoki rezina tish kompressorlari chaqaloqning milklarini tinchlantirishga yordam beradi.

Tish yoki milk massaji – Qo‘llarni yuvgan holda , toza barmoq yoki maxsus silikon cho‘tkasi yordamida milklarni yoki tishlarni sekin uqalash.

Maxsus gellar – Chaqaloqlar uchun maxsus tish chiqishga ko’maklashuvchi gellaridan foydalanish .

Tish chiqish bola uchun stress bo‘lishi mumkin, bu esa uyqusizlik va kechasi tez-tez uyg‘onishga olib keladi.Bola tinchlanishi uchun uni ko‘proq g’amhorlik qilishdir.

Bolalar stomatologiyasida tishlarning noto‘g‘ri chiqishi (maloklyuziya) genetik va atrof-muhit omillarining o‘zaro ta’siridan kelib chiqadi. Genetik omillarga quyidagilar misol bo‘lishi mumkin:

Skelet maloklyuziyasi: Bu holat jag‘ suyaklarining noto‘g‘ri rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha genetik meros orqali o‘tadi. Masalan, yuqori yoki pastki jag‘ning haddan tashqari rivojlangan yoki rivojlanmagan bo‘lishi.

Tishlarning genetik joylashuvi: Ba’zi hollarda tishlarning noto‘g‘ri joylashuvi yoki siqilib chiqishi genetik omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, tishlarning o‘lchami va jag‘ning hajmi o‘rtasidagi nomutanosiblik.

Tishlarning yo‘qligi yoki ortiqcha bo‘lishi: Ba’zi bolalarda genetik sabablar tufayli tishlarning yo‘qligi (gipodontiya) yoki ortiqcha tishlar (giperdontiya) kuzatiladi [1]. Kalsiy va D vitamini yetishmovchiligi.

Tishlarning kech chiqishi: D vitamini va kalsiy yetishmovchiligi tufayli bolalarda tishlarning chiqish jarayoni sekinlashishi yoki kechikishi mumkin.

Tish emalining zaiflashishi: Kalsiy yetishmovchiligi tish emalining mustahkamligini pasaytiradi, bu esa tishlarning tez-tez chirishiga (kasries)ga olib keladi.

Raxit va suyaklarning zaiflashishi: D vitamini yetishmovchiligi raxit kasalligiga olib kelishi mumkin, bu esa jag‘ suyaklarining noto‘g‘ri rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Tishlarning noto‘g‘ri joylashuvi: Suyaklarning zaifligi va jag‘ning noto‘g‘ri rivojlanishi tishlarning noto‘g‘ri joylashuviga olib kelishi mumkin.

Og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanishlar: Immunitetning pasayishi tufayli og‘iz bo‘shlig‘ida yallig‘lanish jarayonlari ko‘payishi mumkin [2].

Xulosa

Yosh bolalarning sog‘lom rivojlanishi uchun kalsiy va D vitamini yetarli darajada qabul qilinishini ta’minlash muhimdir. Onalarimiz tomonida yetarli miqdorda kalsiy va D vitaminlarni iste’molini nazorat qilish nazardsa tutladi. Bola ratsioniga kalsiyga boy mahsulotlarni qo’shish (sut, pishloq.kunjutga boy bo’lgan maxsulotlar,yogurtlar). Quyosh nuri ta’sirida D vitamini hosil bo‘lishi uchun chaqaloqni har kuni tashqariga olib chiqish. Bolalarni ko'chaga olib chiqish uchun eng yaxshi vaqt erta tongda yoki kechki paytdir, chunki bu vaqtlarda quyosh nurlari uncha kuchli bo'lmaydi, teri kuyish xavfi pastroq bo'ladi. Odatda, quyosh chiqishidan bir soatdan keyin yoki quyosh botishidan bir soat oldin xavfsizroq hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. [Skeletal Malocclusion and Genetic Expression: An Evidence-Based Review](https://aadsm.org/docs/JDSM.3.2.57.pdf) -'

2. [Genetic factors contributing to skeletal class III malocclusion](https://link.springer.com/article/10.1007/s00784-020-03731-5) -

3. “Pediatric Dentistry" JOHN R. CHRISTENSEN. TAD R.MABRY.JANICE A.

TOWNSEND MARTHA H. WELLS.

4. "Nutrition and Dental Health" GERRY McKENNA Editor.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.