ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

BOLALARNI BOSHLANGʻICH TALIMGA MAJBURIY BIR YILLIK TAYYORLASH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

Аннотация

Maqolada jahon taʼlim tizimida taʼlim turlararo uzviylik va uzluksizlikni taʼminlashga qaratilgan ilgʻor xorijiy tajribalar hamda ularning amaliy ahamiyati yoritilgan. Xususan, Carl Wieman Science Education Initiative (Kanada), Purdue University (AQSh), JCM International Management Engineering Institute (Xitoy) va International Institute for Sustainable Development (IISD) kabi nufuzli tashkilotlarda taʼlim samaradorligini oshirish, interaktiv metodlarni joriy etish va uzluksiz taʼlim jarayonini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlar tahlil qilingan


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 295 ⊰⊰--

TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

Daminova Shaxnoza Axrolovna

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 1-bosqich

magistranti, Toshkent viloyati, Toshkent

tumani 12-DMTT direktori

Annotatsiya

Maqolada jahon taʼlim tizimida taʼlim turlararo uzviylik va uzluksizlikni taʼminlashga qaratilgan ilgʻor xorijiy tajribalar hamda ularning amaliy ahamiyati yoritilgan. Xususan, Carl Wieman Science Education Initiative (Kanada), Purdue University (AQSh), JCM International Management Engineering Institute (Xitoy) va International Institute for Sustainable Development (IISD) kabi nufuzli tashkilotlarda taʼlim samaradorligini oshirish, interaktiv metodlarni joriy etish va uzluksiz taʼlim jarayonini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlar tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar:uzluksiz taʼlim, uzviylik, maktabgacha taʼlim, boshlangʻich taʼlim, taʼlim sifati, xalqaro tajriba, fan dasturlari, interaktiv taʼlim, moslashuv jarayoni, pedagogik tahlil, taʼlim samaradorligi.

Bugungi globallashuv jarayonida taʼlim tizimini takomillashtirish hamda bolalarning sifatli boshlangʻich taʼlimga tayyorligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanmoqda. Maktabgacha taʼlim bosqichidan boshlangʻich taʼlimga oʻtish jarayonidagi uzviylik va izchillikni mustahkamlash, ayniqsa, majburiy bir yillik tayyorlov tizimini samarali yoʻlga qoʻyish orqali taʼlimning ilk bosqichlaridagi sifat koʻrsatkichlarini oshirishga erishiladi.

Birinchi sinf oʻquvchilarining yangi taʼlim muhitiga moslashuvi, bilim faoliyatini shakllantirish, nutq, tafakkur, ijtimoiy-emotsional rivojlanish koʻnikmalarining yetarli darajada rivojlanishi bevosita mazkur tayyorlov tizimining qanday tashkil etilgani bilan chambarchas bogʻliqdir. Jahonning ilgʻor tajribalarida bolalarni boshlangʻich taʼlimga puxta tayyorlash yoʻnalishida innovatsion metodlar, kompetensiyaviy yondashuv, psixologik-pedagogik qoʻllabquvvatlash mexanizmlari keng qoʻllanayotgani kuzatiladi.

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda majburiy bir yillik tayyorlov tizimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu jarayonning samaradorligi taʼlim dasturlari uzviyligi, pedagoglarning metodik tayyorgarligi, ota-onalar bilan samarali hamkorlik va bolalarning individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda taʼlim jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi. Mazkur maqolada majburiy bir yillik tayyorlov tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishning ilmiy-amaliy yoʻllari yoritiladi.

Jahon taʼlim tizimida taʼlim turlararo uzluksizlik va uzviylikni taʼminlash boʻyicha tadqiqotlar olib borayotgan xorijiy taʼlim tashkilotlarining ham tajribalari oʻrganilmoqda. Jumladan, Carl Wieman Science Education Initiative (CWSEI) loyihasida (Britaniya Kolumbiyasi), taʼlim samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomilashtirish boʻyicha tadqiqotlar Purdue Universityda (AQSh) va JCM International Management Engineering Instituteda (Xitoy) hamda interaktiv taʼlimni amalga oshirish boʻyicha tadqiqotlar BMTning International Institute for Sustainabie Development (IISD) kabi dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarida olib borilmoqda.

--⊱⊱ 296 ⊰⊰--

Mamlakatimizda maktabgacha va boshlangʻich taʼlim uzviyligini taʼminlash dolzarb ahamiyat kasb etuvchi muammolardan biri boʻlib kelmoqda. Xususan uzluksiz taʼlimning 1-bosqichi boʻlmish maktabgacha taʼlimning tez suratlarda oʻsib borishi taʼlim sifatini yanada takomillashtirib borishni zamon talabiga aylantirib qoʻydi. Yagona taʼlim makonini yaratishda bir qator omillarni, eng avvalo, tizimga taʼlim jarayonining barcha ishtirokchilari jalb etilishini hisobga olish zarur.

Uzviylik va uzluksizligini taʼminlash bolalarni tarbiyalash va oʻqitish uchun sharoitlarni yaqinlashtirishga yordam beradi. Taʼlim jarayonini bir-biriga bogʻliq tarzda tashkil etishga hamda oʻqitishni samarali olib borishga koʻmak beradi. Bolalar bogʻchasi va maktab ishidagi uzluksizlik maxsus, yaxlit yaratishni nazarda tutadi. Bunday yagona taʼlim muhitini tashkil etishda taʼlim muassasalari tomonidan koʻzda tutilgan asosiy maqsad – taʼlim va taʼlimga yagona yondashuvni oqilona rivojlantirishdir.

Uzluksiz taʼlim tizimida fan dasturlarining uzviyligi taʼminlanmaganligi taʼlim sifati va samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Jumladan, taʼlim turlararo mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod koʻp soatning ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy maʼlumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar mavjud. Taʼlim bosqichlari mazmuni tahlilida 10-15 foiz mavzularning takror berilayotganligi, 50- 60 foiz mavzularda uzviylik taʼminlanmaganligi tahlillarda koʻrindi. Uzviylikning yoʻqligi uzluksiz taʼlim turlararo fan xususiyatidan kelib chiqqan holda obyekt va subyekt tanlovi va mazmunida nomutanosibliklar mavjud. Birinchi sinf oʻquvchilarini yangi oʻquv sharoitlariga moslashtirish muammosi ayniqsa dolzarbdir. Uni oʻrganishga bolalar psixologlari, oʻqituvchilari, shifokorlari va olimlari katta eʼtibor qaratmoqda. Mutaxassislar masalani har tomonlama oʻrganib chiqib, birinchi sinf oʻquvchisining jamiyatga moslashuvi muvaffaqiyatiga taʼsir etuvchi omillardan biri bu bogʻcha va maktab ishidagi uzluksizlik degan xulosaga keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” 595-sonli Qonuni – 2019-yil 16-dekabr.

2. Djurayev R.X., Turgʻunov S.T. Taʼlim menejmenti. // Toshkent. — “Vorisnashriyot”. 2006

3. FirsovaI.B. Vzaimodeystviye doshkolnoy obrazovatelnoy organizatsii i semi po razvitiyu rechi rebenka: dissertatsiya ... kandidata pedagogicheskix nauk: 13.00.01 / Firsova Ilona Borisovna;.- Velikiy Novgorod, 2014.- 223 s.

4. Shin A.V. Perspektivы razvitiya sistemы doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan. //Maktabgacha taʼlim metodikasi va nazariyasi – Toshkent. , – 2020. – № 2. –C.2-6.

5. Henderson, A. T., & Mapp, K. L. (2002). A New Wave of Evidence: The Impact of School, Family, and Community Connections on Student Achievement. National Center for Family & Community Connections with Schools.

6. Valiyeva. F.R. Teoreticheskiye osnovы i evolyutsiya sistemы kpi v upravleniya chelovecheskimi resursami. “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini rivojlantirish: amaliyot va xorijiy tajriba” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar toʻplami 1-qismi (2024- yil 23-24-may) – T.: Science and Innovation, 2024.

7. Valiyeva F.R., Sharipova G. N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations// International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756/intjecse/v14i5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022

--⊱⊱ 297 ⊰⊰--

8. Abdullayeva N.Sh. Significance of health-saving technologies in a Preschool educational organization// Abstracts of V International Scientific and Practical Conference,Osaka, Japan 29-31 January 2020, 14-16 bet

9. Edwards, C., Gandini, L., & Forman, G. (Eds.). (2012). Sotrudnichestvo mejdu roditelyami i pedagogami v Redjio-Emiliya: Protsess otkrыtiya sebya i drugix. Teachers College Press.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.