ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI, MAKTAB VA OILA HAMKORLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MAZMUNI

Аннотация

Ushbu maqolada bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashda maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab va oila hamkorlik faoliyatining mazmuni, ahamiyati, taʼlim tizimidagi uzviylikni taʼminlashning  nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilingan


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

--⊱⊱ 385 ⊰⊰--

MAZMUNI

Sharipova Gulruxsor Nurkabilovna

MTTDMQTMO instituti dotsenti,

p.f.f.d.(PhD)

Annotatsiya

Ushbu maqolada bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashda maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab va oila hamkorlik faoliyatining mazmuni, ahamiyati, taʼlim tizimidagi uzviylikni taʼminlashning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar: bola, maktabgacha taʼlim, maktab, oila, yondoshuv, uzluksiz taʼlim, hamkorlik, tabiyalanuvchi, oʻquvchi.

Aннотация

В данной статье проанализированы теоретические основы, содержание и практические возможности организации взаимодействия дошкольных образовательных учреждений (ДОУ) с другими типами образовательных организаций на основе кластерного подхода.

Ключевые слова: кластерный подход, дошкольное образование, непрерывное образование, сотрудничество, образовательное учреждение, интеграция.

Annotation

This article analyzes the theoretical foundations, content, and practical possibilities of organizing cooperation between preschool education institutions (PEIs) and other types of educational institutions based on a cluster approach.

Keywords: cluster approach, preschool education, continuous education, cooperation, educational institution, integration.

Taʼlimda uzluksizlik va uzviylik muammosi har doim eng dolzarb va muhim masalalardan biri boʻlib kelgan. Maktabgacha taʼlimda uzluksizlik bu tajriba va toʻplangan bilimlar asosida bola shaxsini toʻlaqonli shakllantirishga qaratilgan, uning jismoniy va ruhiy jihatdan maktabgacha taʼlimdan maktab taʼlimiga tayyorlash bosqichidir.

Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashning zamonaviy bosqichida MTT uchun psixologikpedagogik muammodan ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan vazifaga aylandi. Mazkur murakkab va masʼuliyatli vazifani bajarishda MTT pedagoglari va ota-onalar muhim rol oʻynaydilar. Bola maktabga chiqishi bilan uning hayoti yangi bosqichga koʻtariladi, oʻyin faoliyati oʻqish faoliyatiga almashadi. Yangi muhitga moslashish jarayoni boladan anchagina ruhiy va jismoniy koʻnikmalarni talab qiladi. Bu jarayonda bolaning taʼlim jarayonida muvafaqqiyatga erishishi asosan, uning maktab taʼlimiga psixologik va ongli tayyorligiga bogʻliq boʻladi. Tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, oʻqituvchilar, ota-onalar va tarbiyachilar oʻrtasidagi hamkorlik yaxshi oʻrnatilgan, oʻzaro tajriba almashish tashkil etilgan, MTT faoliyati doimiy tahlil qilinadigan taqdirdagina bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlash darajasi ancha yuqori va boshlangʻiich taʼlim oʻqituvchilarining faoliyati samaradorligi yuqori boʻladi. Bolalarni MTTda boʻlgan davrda maktab taʼlimiga tayyorlash jarayoni kompleks olib boriladi. Unda uch jihatni ajratish mumkin: anatomik va fiziologik, psixologik va pedagogik, taʼlimiy va tashkiliy. Bolani maktabga tayyorlash muammosining psixologik va

--⊱⊱ 386 ⊰⊰-- pedagogik jihatlarini hisobga olgan holda, MTT ichida 3 ta yoʻnalishni ajratish mumkin. Birinchi yoʻnalish MTTda barcha tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan bogʻliq boʻlib, u bolani maktabga umumiy tayyorlashga qaratilgan. Bu yoʻnalishda taʼlim-tarbiya jarayonini tegishli tartibda bolaning har tomonlama yetuk va barkamol toʻlaqonli shaxs qilib tarbiyalashga qaratiladi. Zamonaviy maktab birinchi sinfga qabul qilingan boladan nafaqat maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishnigina emas, balki aqliy tahliliy faoliyat, odob-axloq, mehnatsevarlik fazilatlarini yuqori darajada rivojlangan boʻlishini talab qiladi. Shuning uchun maktabgacha taʼlim dasturi MTT pedagoglarini bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy, axloqiy, irodali, motivatsion va jismoniy tayyorgarlik kabi asosiy fazilatlarni shakllantirishga yoʻnaltiradi. Ammo, aynan baʼzi ota-onalar va oʻqituvchilar bolani maktabga umumiy tayyorlashga emas, balki til va matematikani yaxshiroq oʻrganishga koʻproq eʼtibor qaratadilar. Albatta, bolalar ushbu fanlarni yetarlicha yaxshi oʻzlashtiradilar ammo bu ularning umumiy rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bundan tashqari hozirgi zamonaviy maktablarning boshlangʻich sinflaridayoq musiqa, ashula, ritm, tasviriy sanʼat va dizayndan ham rasmiy mashgʻulotlar olib boriladi, bular ham bolaning umumiy rivojlanishiga murakkablik qiladigan mashgʻulotlar hisoblanadi.

Sentyabr oyida oʻqituvchi qaysi bola oʻqishni, qaysi sanashni, qaysi mashqlarni yaxshi yechishni va h.k.larni bilishini aniqlay oladi. Ammo oʻqituvchini bu narsalar birinchi navbatda qiziqtirmasligi lozim. Maktab dasturini bolalarning yaxshi oʻzlashtirishi bolaning aqliy rivojlanish darajasiga, uning qiyinchiliklarga boʻlgan munosabatiga, oʻquv topshiriqlarini bajarishga boʻlgan masʼuliyatiga, voqelikka ongli yondoshuviga, qiziqishlarini rivojlantirishga, oʻzi va tengdoshlariga boʻlgan munosabatlariga bogʻliq. Aynan shu shaxsiy xususiyatlar boshlangʻich sinfda muvafaqqiyatli oʻqish qobiliyatini belgilab beradi. Ammo, tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, birinchi sinfga kelgan bolalarning aksariyatida maktabda taʼlim olish muhimligi haqidagi mustaqil fikrlash qobiliyati yaxshi shakllanmagan. Bu esa bolalarning oilada ham, MTTda ham mustaqil ravishda qiyinchiliklarni yengishga odatlanmaganligi, bu ishni doimo ular uchun ota-onalar yoki tarbiyachilar bajarganligini bildiradi. Maktabda turli qiyinchiliklarga duch kelarkan, bola uning yechimini topishni bilmaydi. Bu esa MTTda bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashda uning shaxsiy rivojlanishiga ham alohida eʼtibor qaratish lozimligini anglatadi. Tayyor maʼlumot olib oʻrgangan oʻquvchi tahsil olishga eʼtiborsiz boʻlishga oʻrganadi, notanish, noodatiy mashqlar, vazifalar berilganda oʻzlariga nisbatan ishonchsizlik his etadilar, oʻz ustida ishlashni istamaydilar. Xuddi shunaqa holatlardan bolaning jamoadagi, tengdoshlar bilan oʻzaro munosabatlarida, oʻquv faoliyatida intilishlarida muammolar paydo boʻladi.

MTTdan maktabga chiqish bola hayotida murakkab jarayon hisoblanadi, yangi ijtimoiy faoliyatga moslashish boladan ijtimoiy-psixologik va jismoniy tomondan ham tayyor boʻlishlikni talab qiladi. Bolaga maktabda kundalik oʻyinlar oʻrniga dars mashgʻulotlari bilan shugʻullanishi ruhiy hissiy jihatdan ogʻirlik qiladi. Shu sababli har bir MTT tarbiyalanuvchilarni maktab taʼlimiga tayyorlayotganda albatta maktabgacha taʼlim va maktab taʼlim tizimi oʻrtasidagi uzviylikni taʼminlash, bolaning maktabga adaptatsiyasi jarayonini yengillashtirish maqsadida hamkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishi darkor. Bu hamkorlik quyidagi vazifalarni hal etishga qaratiladi:

1. Maktab, MTT va oila oʻrtasidahamkorlik yoʻnalishlarini oʻrnatish.

2. Bolaning maktabga boʻlgan emotsional ijobiy munosabatini rivojlantirish va mustahkamlash.

3. Boʻlajak oʻquvchining boshlangʻich taʼlimga muvafaqqiyatli moslashishi uchun zarur boʻlgan shaxsiy xususiyatlarin shakllantirish.

--⊱⊱ 387 ⊰⊰--

Bolani boshlangʻich taʼlimga tayyorlash, uni toʻlaqonli rivojlanishi bu uzoq vaqt va eʼtibor talab etiladigan pedagogik jarayon hisoblanadi. MTT va maktab oʻrtasida uzviylikni taʼminlash, belgilangan vazifalarni yechish maqsadida biz uchta asosiy yoʻnalishni aniqladik:

1. Uslubiy ish

2. Ota-onalar bilan ishlash

3. Bolalar bilan ishlash.

Uslubiy ish tegishli uslubiy taʼminotni ishlab chiqish, maktabga ekskursiyalarni tayyorlash va oʻtkazish, maktab haqida suhbatlar va oʻyinlar tashkil etishni oʻz ichiga oladi. Tarbiyachilar va oʻqituvchilar oʻzaro tajriba almashadilar, bolalar bilan olib borilgan ishlar natijalarini oʻrganadilar, hamkorlikda tavsiyalar va normativ hujjatlar ishlab chiqadilar. Uslubiy ishlar turli shakllarda amalga oshiriladi: pedagogik kengashlar, tarbiyachilar va oʻqituvchilar oʻzaro mashgʻulotlarda ishtirok etish, davra suhbatlari, konferensiyalar, bolaning maktabga tayyorligini aniqlash maqsadida ota-onalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish va h.k. Bolalarni boshlangʻich taʼlimga tayyorlashda MTT pedagoglari ota-onalar bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratishlari lozim. Ota-onalar bilan ishlash oʻzaro hamkorlik munosabatlarini qoʻllab-quvvatlash va saqlashga qaratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʻlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni. 2019- y.

2. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. 2020-y.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti stategiyasi toʻgʻrisida”gi №PF-60 sonli farmoni. –T.2022y.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlai toʻgʻrisida” gi 391-son qarori. –T.2019-y.

5. “Ilm yoʻli” variativ Davlat oʻquv dasturi. - T. 2020y.

6. N.Kayumova “Maktabgacha pedagogika” oʻquv qoʻllanma. – T.2014y.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.