FAOLIYATI
Axmedova Dildora Boboqulovna
Sho’rchi tumani 8-sonli maktabning Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo’ nalishi 3-bosqich 5-BT-S-20 guruhi talabasi
Davlatova Shaxnoza Muhammadiyevna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o’qituvchisi
Sodiqova Baxtigul Ibodullayevna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchisining jamiyatda tutgan o'rni, ularning o'z kasbiga bo'lgan mehr muhabbati hamda dars o'tish jarayonida turli xil zamonaviy interfaol metodlar va tehnologiyalardan foydalangan innovatsion faoliyati haqida so'z boradi.
Shuningdek, maqolada, interfaol metodlar: ''Zanjir'', ''Venn diagrammasi'',''Sinkveyin'', ''Bumerang'', ''Enerjeyzer'', ''Krasvordlar '', slaydlar haqida batafsil yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: dedaktik o’yinlar, boshlang'ich sinf, o'qituvchi, jamiyat, innovatsion, innovatsion faoliyati, meto, ''Zanjir'', ''Venn diagrammasi'', ''Sinkveyin'', ''Bumerang'', ''Enerjeyzer'', ''krasword'', slayd, axborot tehnologiyalari, Microsoft Excel va Pover Point dasturlari.
Kirish. Bugungi kunda ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik tehnologiyalarni mukammal egallagan mutaxassis va uni amalda qo'llay olish natijasida ta'limning sifat va samaradorligini oshirish, uni tahlil qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi bo'lib qolmoqda.
'' Agar mendan sizni nima qiynaydi? '' deb so'rasangiz,
farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Shavkat Mirziyoyev.
Bugungi kunda ko'pchillik uqituvchilarimizda dolzarb muammo ''o'quvchilar darsga quloq solmaydi'', '' uyga vazifani bajarishmaydi'', '' shuh bolalar'' deb barcha aybni o'quvchilarga yuklaymiz. Hech o'ylab ko'rganmisiz , balki o'qituvchi shunga sharoit yaratib beryatgandir , uning eskicha metodlari balkim o'quvchilarda zerigish va darsga bo'lgan qiziqishni yuqotgan bo'lishi mumkindir . Xozirgi innovatsion tehnologiyalar zamonamizda biz o'qituvchilar nechog'lik bilimli va zukko, metod va innavotsion tehnologiyalar bilan qurollanganmiz. Biz bunga tayyormizmi? O'quvchilarga mehr berib, ularni shahs sifatida kurib darsda turli '' Enerjayzerlar'' (ya'ni 20.30 daqiqalik ''dam olish'' vaqti deb atalar edi) lardan foydalansak maqsadga erishgan bo'lardik.
Prezidentimiz I. A. Karimovning,, Barkamol avlod orzusi ” va ,, Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ” asarlarida yosh avlodni tarbiyalashda ,,Kelajak bugundan boshlanadi: Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qaratilmasa , kelajak boy beriladi . Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz. Ma’naviy va ahloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chin insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi. Hammasining zamirida tarbiya yotadi. '' degan fikrlarni ta’kidlaydi.
Umumta'lim maktablarida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'rni muhim ahamiyatga ega bo'lib, o'quvchilar shahsining mukammal bo'lib voyaga yetishi hamda bilim olishi natijasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda boshlang'ich sinf o’qituvchilarining oldida turgan mas'uliyatlari kattadir. Ilk bor maktabga qadam quyayotgan yosh avlod ya'ni o'quvchilar shu ustozga ergashadi. Bu bolajonlar shunchalik qiziquvchan bo'ladiki, bunda pedagog ularning har bir savolini bee'tibor qoldirmasdan javob bera olishi lozim bo'ladi. Bolalarning aqliy faoliyati va o'qishga bo'lgan qiziqishlari shu davrda rivojlana boshlaydi. Bu esa o'z navbatida o'qituvchilardan zukko, bilimdon va albatta, o'z kasbining mohir ustasi bo'lish bilan qatorda xozirgi zamonaviy metodlar, har hil motivatsiya beruvchi o'yinlar, innovatsion faoliyatidan foydalanishda yaqqol namoyon bo'ladi.
Chunki o’qituvchida barcha pedagogik g’oyalar mujassamlangan bo’lib, uning faoliyati orqali bu g’oyalar amalga oshiriladi va hayotga tadbiq etiladi.
Ko'pgina mamlakatlar, o'qituvchilar va murabbiylar o'quvchilarni qiziqtirish kuproq darsga jalb qilish uchun yangicha innovatsion o'qitish strategiyalarini tajribada kurmoqdalar. Raqamli dasturlar esa ularga o'quvchilarning ongiga kirishiga yordam beradi.
Bunda o'quvchilarning dunyoqarashi kengayadi, sog'lom raqobat muhiti paydo bo'lib, o'zgalar fikrini himoya qilishni, ularni diqqat bilan tinglashni, o'z diqqatini jamlash va fikrlash qobiliyatini shakllanadi.
Bunda o'qituvchilar o'quvchilarga krassvordlar, slaydlar yaratib borishi lozim bo'ladi. Ya'ni hozirgi kun o'qituvchisi innovatsion tehnologiyalardan bilimga ega bo'lishi lozim. Informatika darslarini hamda ingliz tili va rus tili fanlarini mukammal bo'lmasada bilishlari kompyuterda bemalol amallarni bajarishlari kerak bo'ladi.
O’qituvchining kup qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, ahloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa O’qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog’liq: bolalarni o’qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, bilish va utkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot ishlarini olib borish va hakazo. Bularning xammasi O’qituvchidan chuqur bilimga ega bulishni, o’z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.
''Pedagogik texnologiya'' so'zlar birikmasining asosida ''texnologiya'', '' texnologik jarayon '' tushunchalari yotadi. Ushbu tushuncha orqali fan bo'yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog'liq hususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o'quv tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda qurishga yo'naltirilgan, o'qitishning axborotli vositalardan va didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchiga o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.
Boshlang'ich sinf o’qituvchilarining har bir darsni tashkil etishda turli dedaktik o'yinlardan foydalanishi darsning samaradorligini oshiradi. Masalan ''Zanjir'' o'yini: matndagi bir necha so'zlar vositasida bu o'yinni o'ynash mumkin. O'qituvchi boshlab berib bir so'z aytadi, so'zning tugagan harfidan boshlanadigan so'zni bir o'quvchi aytadi, uni shu tartibda o'quvchilar o'zlari davom etadi. Bu o'yinda barcha o'quvchilar qatnashib, faol ishtirok etadi.
Pedagogik innavatsion - bu maqsadlarga samarali erishishga yordam beradigan ta'lim sohasidagi yangilklarni ishlab chiqish, joriy etish, sinovdan o'tkazish va baholash jarayoni.
Tahlil va Natijalar. Maktablar loyihalarida fanlarning integratsiyalashuvidan faol foydalanadilar. O'yin honalari bir necha funksiyalarni bajaradi: ko'ngilochar, ijtimoiy. O'yin davomida o'quvchilar erkin rivojlanish faoliyati bilan shug'ullanib, ularning fikrlash doirasi va dunyoqarash kengayib, natijadan, balki jarayondan ham zavqlanadilar va ta'sir qiladilar. O'quv jarayonida o'yin darsning bir qismi yoki sinfdan tashqari mashg'ulotlar sifatida ishlatiladi. Pedagogik o'yin aniq shakllantirilgan maqsadga ega bo'lib, u o'yin vazifasi shaklida taqdim etiladi. O'yinning barcha ishtirokchilari oldindan tayyorlangan va e'lon qilingan qoidalariga bo'ysunadilar.
O’zbekiston Respublikasi Ta’lim konsepsiyasida O’qituvchi-mutahassisning vazifalari quyidagicha belgilanadi:
,, Mutahassis malakasi - chuqur umumiy bilim , eng keng dunyoqarash va kasb tayyorgarligi , kompyuter savodhonligi , o’z bilimini tezlik bilan yangilash va to’ldira olish qobiliyati singari omillardan tashkil topadi . Shular qatorida uning intizomi, mas’uliyat, ziyolilik, o’z ishiga, mamlakat mustaqilligiga -ффф, vatan va jaxon taraqqiyoti yo’lida ezgulik va adolatga sadoqat tuyg’ularini ham tarbiyalash zarur '' .
Bu vazifa va talablar boshlang’ich sinf o’qituvchisida, ayniqsa, to’la mujassamlashgan bulishi lozim. Zero, maktabga ilk bor qadam quygan bola dunyoning, hayotning qonun va qoidalarini, sir asrorlarini o'qituvchidan o’rganadi. O’qituvchi esa o’z bilganini bolaga o’rgatadi. Agar bolani chuqur bilimli, e’tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo’lsak, shu fazilatlar O’qituvchida mujassam bulmog’i lozim. Shunday ekan, O’qituvchi, umuman boshlang’ich sinf O’qituvchisi qanday fazilatlarga ega bulishi kerak, degan savol tug’iladi. Bu savolga javob berishdan oldin O’qituvchining hozirgi kunda jamiyatimizda tutgan o’rni haqida fikr yuritsak.
Ma’lumki, O’zbekiston respublikasi prezidenti farmoniga binoan, 1-oktabr,, O'’qituvchilar va Murabbiylar kuni '' deb e’lon qilindi . Bu voqea davlatimizda O’qituvchilarning jamiyatda tutgan o’rni naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi.
Keyingi yillarda pedagogik hodimlarning maishiy sharoitini yahshilash borasida qator hujjatlar qabul qilindi: imtiyozlar berildi, ularning ish haqi oshirildi, barcha turdagi maktab hunar-tehnika bilim yurtlari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari pedagogik xodimlari bilan mehnat shartnomasi tuzish tizimiga o’tildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim konsepsiyasida mutahhassis vazifalari quyidagicha belgilangan: '' …mutahassis o’z faoliyati sohasidan qat’iy nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bulishi, yangi tehnologiyalarni joriy etishning xo’jalik, ijtimoiy va madaniy jixatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak”. Ushbu fikrlar O’qituvchilarga ham bevosita taaluqli.
Hozirgi zamon O’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri – o’z kasbiga sadoqatliligi, g’oyaviy e’tiqodligi, o’z kasbini sevishi va uni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Chunki maktabda ta’lim tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat O’qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog’liq.
O’qituvchining yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi ta’lim tarbiya ishlarining muvaffaqqiyatli kechishiga yordam beradi. Xozirgi zamon Boshlang’ich sinf o’qituvchisi milliy qadriyatlarimizni bilibgina qolmay, ota-onalar jamoatchiligi ichida ham, sinfda uning otashin targ’ibotchisi ham bo’lishi kerakdir.
O’qituvchi kasbiga xos bo’lgan muhim talablardan biri – bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shahsni hurmat qilishdan iboratdir. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi, ularni vatanga sadoqatli fuqoro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy o’qituvchi bo’la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, O’qituvchilk kasbiga loqayd inson haqiqiy O’qituvchi bo’la olmaydi.
Boshlang’ich sinflarda utiladigan ona tili, matematika, o’qish, rasm, tabiatshunoslik, odobnoma o’z mohiyati bilan o’quvchilarni ta’limida o’ziga xos ahamiyatga ega. Shuning uchun ham o’quvchilarimizning qiziqishini oshirib darslarga jalb qilishimiz kerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini erkin fikrlaydigan, yangilikka intiladigan qilib tarbiyalashimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Biz bunda o’quvchilarga ilk poydevor ta’lim hamda tarbiya berishimiz kerak buladi.
Ta’lim bu shunday jarayonki unda o’qituvchi va o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo’lib, shaxsning tarbiyasi va uning taraqqiyoti amalga oshadi. O’qituvchi darsni qiziqarli hamda o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishini so’ndirmasligi, qisqa qilib aytganda darslardan bezdirmasligi kerak bo’ladi. Shu maqsadda o’qituvchi o’quvchilarni darsga jalb qilish uchun eng avvalo ularning ko’ngliga yul topa olishi hamda turli hil zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishi kerak. Bunda pedagog avvalambor o’zining qobiliyati, mahorati, malakasi va bilim doirasidan kelib chiqib o’z bilimlarini o’quvchilarga singdira olishi kerak bo’ladi.
Bugungi kunda turli hil didaktik o’yinlardan ham foydalanib kelmoqdalar. Interfaollik deganimizda aynan o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi o’zaro muloqotlar, o’qish-bilish savodhonliklari xam o’zaro suhbat kurinishida olib boriladi. Bunday interfaol metodlar va didaktik o’yinlar orqali olib boriladigan darslar juda qiziqarli bo’ladiki, natijada bironta ham o’quvchi chetda qolmasdan ishtirok etadi va o’zlarining shahsiy fikrlarini bemalol qo’rqmasdan bayon eta oladilar. O’quvchilar ko’rgan, eshitgan, idrok qilgan narsalarini zo’r qiziqish bilan bayon eta oladilar. Bolalarda darsga bo’lgan qiziqish va havas ham oshadi. Hamda o’zaro bir-biriga do’stona munosabatlar xosil bo’ladi. Bir - birlari bilan o’zaro fikr almashadilar. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik darajalari, tabiatlariga qarab turli hil didaktik o’yinlar va metodlardan foydalaniladi. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o’yinlarda olib borish haqida gapiramiz: Interfaol metodlar o’quvchi faoliyatini jadallashtirib faollashtiradi. Bunda o’quvchilarning shahsiyatidagi ijodiy imkoniyatlarini ruyobga chiqaradi.
Interaktiv o’yinlar – nazariy, amaliy, rolli, jismoniy, ishchanlik va bir qancha turlarga bo’linadi. Bunda o’quvchilar ulchash, hisoblash, tahlil qilish, sinash, solishtirish, xulosa chiqarish, nutq o’stirish, mustqail qaror qabul qilish kabi bilimlarni takomillashtiradi. Hozirda amaliyotda qullanilayotgan ta’lim metodlari rang-barang va hilma-hildir. Boshlang’ich sinflarni o’qitishda asosan – so’zlash, ko’rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirish va ko’rish, tinglashga asoslangan metodlardan foydalaniladi. Rolli o’yinlar va didaktik o’yinlar metodi ham juda qo’l keladi.
Bugungi kunda bir qancha rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy tehnikalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi – interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interaktiv metodlarning turlari ko’p bo’lib, ta’lim tarbiya jaratyonining deyarli hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud.
,,Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa , berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar” degan edi prezidentimiz I . A. Karimov.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifasiga ko’ra ta’limda o’z o’rniga ega. Sababi uning negizida savodxonlik va ahloqiy ta’lim tarbiya asoslari yotadi. Shuning uchun ham o’qish ta’limisiz, boshqa ta’limni tasavvur qilib bulmaydi. O’qish darslarida o’quvchilarimiz ilk bor matnni to’g’ri o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan rubaro bo’ladi. aynan o’qish ta’limda o’quvchining avvalo insonligini, ya’ni o’zligini qolaversa olamni anglashga urg’u beriladi shuning uchun ham ,,O’qish kitobi” atrofimizni o’rab turgan olam , ona tabiat , Vatanimiz bugungi qiyofasi va undan oldingi tarixi , bolalar va kattalar hayoti , qadriyatlarimiz , mehnatsevarlik , xalqlar do’stligi va tinchlik kabi turli mavzular buyicha tushuncha berish uchun tabiiy , ilmiy ommabop ham ahloqiy - ta’limiy jarayondir .
O’rganish jarayonida o’quvchilar o’zlashtirishning turli ko’rinishlaridan foydalanadilar, ya’ni, o’zlashtirilayotgan ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, hamda amaliyotga tadbiq etish o’ziga xos farqlarga tayanadi. Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning dars paytidagi hamkorligi, o’quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta’lim jarayonidir.
Xozirgi davrda o'quv jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritish, innovatsion usul hamda metodlardan foydalanib ta'limning samaradorligini oshirishda pedagogik tehnologiyalar qo'llanilmoqda.
Metodlar. Xozirda maktablarda boshlang'ich sinf o'qivchilarimizga ''Vin diagrammasi '', ''Sinkveyin'', ''Bumerang'', '' Enerjeyzer'', '' 4 Format'' kabi metodlardan foydalanilib darslar o'tilmoqda.
1 ''Venn diagrammasi'' metodi. Ikki yoki undan ortiq narsalarni qanday solishtirishni va qanday qilib solishtirishni o'rganishda foydalaniladi. Venn diagrammasi-ikki yoki undan ortiq narsalarni, voqealarni, odamlar va tushunchalarni taqqoslash va farqlash uchun ishlatiladigan metoddir. Odatda til va matematika fanlarida qullaniladi. Ushbu sodda grafik o'quvchilarning ikkita narsaning bir vaqtning o'zida turli xil va bir xil bo'lganligini tushunishlarini osonlashtiradi. Bunda kupincha ikki doira bir - biriga ozgina mindirib chiziladi, uch hil rangda buyaladi. masalan:
5+5=10 bunda 5 qushiluvchi qizil rangda, ikkinchi qo'shiluvchi 5 esa sariq rangda, yig'indi yashil rangda bo'ladi. bu juda qiziqarli bo'ladi.
2. ''Sinkveyin'' metodi. Sinkveyin - fransuzcha '' 5 qator '' degani. Sinkveyn - ma'lumotlarni sintezlashga yordam beradigan qofiyalanmagan she'r bo'lib, unda o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to'g'risida axborot yig'ilgan holda, o'quvchi so'zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi.
Sinkveyin tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordamga beradi.
1-qator: Mavzu bir so'z bilan ifodalanadi. (odatda ot tanlanadi).
2-qator: Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi).
3-qator: Mavzu doirasidagi hatti harakatni uchta so'z bilan ifodalanadi. (3 ta fe'l yoki ravishdosh yoziladi)
4-qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to'rtta so'zdan iborat bo'lgan fikr yoziladi. (4 ta so'zdan iborat jumla yoziladi).
5-qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma'nosi unga yaqin bo'lgan bitta so'z yoziladi. (mavzuga sinonim yoziladi). Masalan:
Tushuncha -ot O'qituvchi
2 so'zdan iborat sifat Malakali o'qituvchi
3 so'zdan iborat fe'l Malakali o'qituvchi o'qitmoqda
4 so'zdan iborat munosabat Malakali o'qituvchi yahshi o'tmoqda
1 so'zdan iborat sinonim Ustoz.
3. ''Bumerang'' metodi. Ushbu metod o'quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materialni yodda saqlab qolish, so'zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotga ega bo'lish hamda dars jarayonida o'qituvchi barcha o'quvchilarni baholay olish imkoniyatini beradi.
Metodning maqsadi. O'quv jarayoni davomida o'quvchilarga tarqatilgan materiallarning o'quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o'zlashtirib olishlari xamda suhbat munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o'zlashtirilganligini nazorat qilish va baholashda har bir o'quvchi o'z bahosiga ega bo'lishidir.
Bunda bolajonlarga hafta davomida ya'ni, boshidan o'tilgan mavzulardan savollar tuzilgan bo'ladi. Bu o'quvchilarni oldingi o'tilgan darslarini mustahkamlab yodidan chiqmasliklariga erishiladi.
4. ''Enerjayzer'' metodi. Ya'ni ilgari 20-30 daqiqalik dam olishlari deb atalardi. Bunda sinfhonada bir o'quvchini tashqariga chiqarib yuborib, uch qator partada utigan bo'lsa o'quvchilar ularga uch bo'g'ii so'z beriladi. Xar bir qator bir vaqtning uzida uzlariga berilgan bo'g'inni baland ovozda aytadi. u tashqaridagi bir o'quvchi uni topadi. unga uch urinish beriladi. topa olishi kerak buladi. masalan:
Berilgan so'zimiz Kamalak
1-qator ka
2-qator ma
3-qator lak
5. ''Krasvordlar'' bu o'qish, ona tili, matematika, tarbiya, tabiatshunoslik, hullas barcha darslar jarayonida o'quvchilar uchun qiziqarli boshqotirmadir. Bunda bolaning aqliy mehnati samaradorligi oshadi, bolalar guruh, guruh, yoki yakka tartibda bajaradi. Bunda dars jarayoni juda qiziqarli bo'ladi. Krassvordlarni tuzishni Microsoft Excel dasturi yordamida amalga oshiriladi.Yana shu bilan bir qatorda aytib utishimiz lozimki , o'qituvchilar turli hil slaydlar asosida ko'rgazmalar tayyorlab bolalarni qiziqishi va shu darsning samarador yodda qolishini ta'minlaydi . Bu esa o'z navbatida o'qituvchilarimiz tomonidan kompyuter tehnologiyasida PowerPoint dasturi asosida amalga oshiriladi.
Xulosa. Xulosa shundaki , o’qituvchi kreativlik asosida darsni mazmunli tashkil qila olsa , o’quvchida fanga bo’lgan qiziqish oshib boraveradi.Demak , umuman olganda , ta'limning samaradorligi pedagogning mahorati va fidokorona yondashuviga bog'liq .Demak , xozirgi tehnologik innovatsialar davrida o'qituvchilarimizdan nafaqat , bilim va ko'nikma , kompyuter tehnologiyalarini mukammal bilishlari , ingliz tili va rus tili darslarini mukammal bo'lmasada qisman bilishliklari kerakligini anglatadi.O'z navbatida o'qituvchilarimiz Microsoft Excel va PowerPoint dasturlarida krassvordlar hamda slayd ya'ni , taqdimot yaratishlarini talab etadi .
''Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot,
Yo najot - yo halokat.Yo saodat - yo falokat masalasidir .''
Abdulla Avloniy.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- ,,Pedagogika nazariyasi va tarixi” – R.Mavlonova, N.Vohidova, N.Rahmonqulova . Toshkent – 2010
- Matchonov Safo, Bakiyeva Hilola, Gulyamova Xolida, Yo'ldosheva Sharofat, Xolboyeva Gulnora,, Boshlang’ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi'' Chirchiq-2020
- Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G'ulomova, Sharofat Yo'ldosheva, Sharofjon Sariyev,, Ona tili o'qitish metodikasi '' Toshkent-2009
- S.T.Turg'unov, L.A.Maqsudova, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova, M.A.Umaraliyeva ,, Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari '' Toshkent-2014
- Sh.S.Shoyimova, M.K.Xoshimova, Sh.R.Mirzayeva, M.M.Qo'ziboyeva ,, Ta'lim texnologiyalari '' Toshkent-2020
- B . X . Xodjayev ,, Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” T –
- O . U. Avlayev, S. Jo’rayeab, S. P. Mirzayeva,,Ta’lim metodlari” o’quv uslubiy qo’llanma , ,,Navro’z” nashriyoti , Toshkent - 2017
- O’G’Li , A .M .A.,& Ibodullayevna, S. B. (2020). “youth investment2020” innovative approach and modern trends in the development of science and education. Science and Education, 1(1), 508-511.
- Ibodullayevna, S. B. (2020). Kompyuter lingvistikasini kashf etilishidagi matematik modellar ko’rinishi. Science and Education, 1(1), 167-172.
- Sodiqova, B. I., Bobojonov, D. J. O. G. L., & Abdumalikov, F. B. O. G. L. (2021). Til va nutqiy faoliyat o’rtasidagi munosabatlar. Science and Education, 2(12), 641-645.
- Sodiqova, B. I., Bobojonov, D. J. O. G. L., & Jo’Rayeva, S. B. (2021). Tilshunoslikda til va nutq dialektikasi. Science and Education, 2(12), 634-640.
- Ibodullayevna, S. B. (2021, March). ALGORITHMIC THEORY IN
COMPUTER LINGUISTICS AND THEIR PUBLIC AND EFFECTIVE
PROPERTIES. In Euro-Asia Conferences (Vol. 4, No. 1, pp. 17-20).
- Toshmuradovna, I. S., Ibodullayevna, S. B., & Jumaqul o’g’li, B. D.
(2022). NUTQ YARALISHINING PSIXOLINGVISTIK KO’RINISHLARI.
BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI,
264-266.
- IBODULLAYEVNA, S. B., SOBIRJONOVNA, S. M., &
MIRBOBOYEVNA, T. G. The Concept of Culture and Internet Connection. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 7(05), 193-195.
- IBODULLAYEVNA, B. S., XUSHBOQOVNA, E. B., & QIZI, X. D. H.
(2020). The Terms of Postmodern Characteristics in Daniel Martin Novel of John Fowles. JournalNX, 6(05), 98-104.
- Ibodullayevna, S. B., Rajavalievna, A. N., G’anievna, A. Q., &
Ergashevna, M. G. (2022). JOHN FOWLES AS AN EXISTENTIALIST WRITER
AND REALIST LITERARY TRENDS AND ITS PHILOSOPHICAL-
PSYCHOLOGICAL APPROACHES. 湖南大学学报 (自然科学版), 49(04).
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.