ORQALI TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH.
Samarqand Davlat Universiteti qoshidagi
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Pedagogikka nazariyasi va tarixi yo‘nalishi
2 kurs magistranti magistranti
Gulyamova Nigina Azimovna
Tel:+998915362644
nigina.madina94@gmail.com
ANNOTATSIYA
berilgan tavsiya va takliflar asosida boshlang’ich ta’lim o`qituvchilari va mustaqil o`rganuvchilarga mo`ljallangan foydali metodik qo’llanma bo`lib esse yozish bo`yicha mavjud qoidalar va ularni o`quvchilarga yetkazib bera olish borasida kerakli tushuncha va tavsiyalar berilgan.
KALIT SO‘ZLAR: Esse, insho, tanqidiy fikrlash, fikrlash ko‘nikmalari, yozma ishlar, rang-baranglik, matn tahlili, yozish malakasi, o'qish ko'nikmasi, tovush tizimi, dars, ona tili, interfaol, usul, ta'lim, modul, shaxsiy fikr, ko`nikma, kirish qismi, asosiy qism , xulosa va takliflar.
ОБЪЯВЛЕНИЕ
В данной статье подробно описаны факторы, которые учат на основе приведенных рекомендаций и предложений является полезным методическим пособием для учителей начальных классов и самостоятельных учащихся, приводятся существующие правила написания реферата и необходимые понятия и рекомендации по донесению их до учащихся.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА
Эссе, критическое мышление, навыки мышления, письменная работа, разноплановость, анализ текста, навыки письма, навыки чтения, фонетика, урок, родной язык, интерактив, метод, образование, модуль, личное мнение, навыки, введение, основная часть, заключение и предложения
ANNOUNCEMENT
This article describes in detail the factors based on the given recommendations and suggestions, it is a useful methodical guide for primary education teachers and independent learners, the existing rules for writing an essay and the necessary concepts and recommendations for delivering them to students given.
KEYWORDS
Essay, critical thinking, thinking skills, written work, diversity, text analysis, writing skills, reading skills, phonics, lesson, mother tongue, interactive, method, education, module, personal opinion, skills, introduction, main part, conclusion and suggestions. 1. Esse yozishning tartib qoidalari bilan tanishtirish 2. Esse va inshoning ijodiy farqli jihatlari 3. Boshlang’ich sinf o`quvchilarda tanqidiy fikrlash orqali esse yozish ko`nikmalarini shaklantirish
Yozma ish turlaridan biri bo’lmish esse yozish orqali o`quvchilarning shaxsiy munosabatlarini bildirish , tanqidiy fikrlash salohiyatini yanada yuksaltirish , butun jahon miqyosida tan olingan xalqaro sertifikatlarni qo`lga kiritishga ko’maklashadigan o’quvchilarni tayyorlash.
Darhaqiqat, bizning boshlang’ich sinf o’quvchilariga ona tili va o’qish savodxonligi darsligidagi o`qitish tizimizda matn tuzish ,diktant, bayon va insho yozish kabi nazorat ishlari bugungi kungacha o`tkazilib kelinardi. Zamon bilan hamhafas yashash orqali, ta`lim tizimi sohasida, fan va texnikaning rivojlanib borishi doirasida jahonning ilgo`r tajribalarini bizning tizimga joriy etish , shu bilan bir qatorda sifatli ta`lim jarayonlaridan andaza (shablon) olish va yuksak natijalarga erishish hayotiy zaruriyatga aylandi. Shu sababli ta`lim tizimimizga kirib kelgan yozma nutqning yangi bir ko’rinishi esse yozishdek ijodiy ish ham butun jahon ta`lim tizimida ijodiy ish turi sifatida bizning ta`limga kirib keldi. Bugungi kunda bu ijodiy ishdan samarali foydalanish maqsadida yangi ishlab chiqilgan darsliklardan keng o`rin oldi.
Yangi ona tili va o’qish savodxonligi darsliklarining aksariyat mavzulari o`quvchining esse yozish ko`nikmasini hosil qilish va rivojlantirishga qaratilgan. Nima sababdan esse yozishni boshlang’ich sinf o’quvchilarining maktab darsliklariga kiritilganiga e’tibor berib qarasak , esseda o`quvchi o`z dunyo qarashidan kelib chiqqan holda va shaxsiy fikr – mulohazasini, munosabatini yozma nutqda yoritib berishlariga imkon yaratib beradi. Esse yozish qonun –qoidalarini boshlang’ich sinflardan o`quvchilarga tushuntirib borilsa, o`rgatilsa, ko`nikma va malaka hosil qilinsa, esse yozish har bir o`quvchining qo`lidan kela olishi mumkin. Ushbu yozma ish turning yana bir afzal tomonlaridan biri, o’quvchilarni hayotiy tajribalari asosida o’z fikrini bayon qilish va ko`chirmakshlik kabi xunuk odatlar yuzaga kelmasligini ham oldini oladi.
Demak, shuning uchun o`quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikr – mulohaza, shaxsiy munosbatini ifodalay olishlari uchun ham esse yoza olish salohiyatlarini takomiliga yetakaza olish biz ustozlarning zimmamizdagi vazifalardan hisoblanadi. Bu esa yoshlarning ona tilimizdan Milliy va xorijiy tillardan ham kerakli Xalqaro TOEFL, IELTS, CEFR, SAT general, SAT subject sertifikatlarni qo`lga kiritishlarida ham o`z natijasini ko`rsatishi kerak.
Shu o`rinda esse ijodiy ishining talab va qoidalariga to`xtalib o`tish joiz . Esse (fransuzcha: essai — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subʼyektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiybiografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiy ommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. Uzbek adabiyotida XX-asrning 70—80-yillaridan Esse yaratila boshlandi.
Esse - o'quvchining aniq bir hodisa yoki mavzu yuzasidan shaxsiy fikrmulohazalari asosida, o’z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda yoziladigan ixcham ijodiy yozma ish hisoblanadi. Uning boshqa yozma ish turlaridan o'zgachaligi mavzuda ko'tarilayotgan muammolarning kelib chiqish sabablari va uning yechimlari anniq fakt va dalillarni o'rinli keltirish orqali o'z munosabatini bildirishidir. Albatta, esse bilan inshoni taqqoslash esse haqidagi ko`nikmalarning kengayishiga, esseni yanada yaxshi tushuna olishga yordam beradi.
Esse va inshoning o'xshash va farqli tomonlari quyidagi o`rinlarda yaqqol namoyon etiladi.
Insho arab tilidan olingan bo’lib qurish degan ma’noni anglatadi. Insho deb bir muallif nuqtai nazaridan yozilgan kichik hajmdagi matnga aytiladi. Insholar turlicha boʻladi: manifest, tanqid, targʻibot, kuzatuv va hk. Deyarli barcha insholar nasr shaklida yoziladi. Insho ijodiy ish bo‘lib, u o'quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Inshoda til nazariyasi bilan nutq tajribasi birgalikda qo'llaniladi. Insho o'quvchining o'zbek adabiyoti fanidan olgan nazariy bilimlarini o'z fikri va dunyoqarashi bilan bog'lab yozadigan ijodiy mehnatidir. Bunda o'quvchidan o'qilgan badiiy asarni chuqur o'ylashi, tahlil qilishi, so'ng badiiy til bilan ta'sirli ifodalab yoritib berishi talab etiladi. Inshoda o`quvchi berilgan mavzu asosida batafsil ijodiy fikrini bayon etishi, inshoga qo`yilgan rejaga muvofiq o’z fikrini erkin va keng ifoda etishi mumkin.
Inshodan farqli o’laroq Esse erkin kompozitsiya asosiga quriladi va tuzilishi jihatdan ixcham nasriy asar bo'lib, badiiy-publitsistik janrning kichik bir turi. O’quvchilar esse yozishda muayyan bir reja asosida yozilmaydilar, epigraf qo`yilmaydi. Insho- tuzilishi jihatdan hajmi keng, fan bo'yicha egallangan nazariy bilimlar asosida yoziladigan ijodiy ish. Aksincha insho yozish uchun reja tuziladi va epigraf yoziladi. Essening bir necha xil turlari bo’lib, yozilish maqsadiga ko'ra uning qay turga mansubligi aniqlanadi. Insho shartli ravishda uch guruhga bo'linadi: adabiy, ijodiy va erkin mavzudagi insholar. Inshodan ko'zda tutilgan maqsad o'quvchining yozma nutqini rivojlantirish. Essening maqsadi - o'quvchini faol va tanqidiy va mantiqiy fikrlashga o'rgatish, o'z mulohazalarini dalillashga yo'naltirish, til unsurlaridan o'rinli foydalanish orqali fikrni to'g'ri yetkazib berish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Esse yozish o'quvchilarga o'z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma'lumotni to`g`ri qabul qilishga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, o'z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yaratadi. Muhim bo’lgan jihatlaridan biri bu, keltirilgan fakt va dalillarning o'rinli qo'llanishidir.
Essening tuzilishi Esse 3 qismdan iborat.
1. Kirish
Kirish - mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog'lab yorita olish . Bu bosqichda berilgan mavzuni ifodalash uchun savolni to'g'ri tushunish va kalit so’zlarni to’g’ri belgilab olish muhim hisoblanadi. Shu o'rinda esse yozuvchi -«Kirish qismida ushbu mavzuga ma'lumot berish kerakmi?», -«Men tanlagan mavzuning dolzarbligi qay darajada?», -«Men esse yozish davomida o'z fikrimni dalillash uchun qanday manbalarga tayanaman?», - «Men kalit so'zdan kelib chiqqan holda tezis qo'ya olamanmi? kabi savollarni o'z oldiga qo'yishi muhimdir. Essening kirish qismi asosan ikki-uch gapdan iborat bo’lishi lozim. O'quvchini qiziqtirish, uning e'tiborini jalb etish maqsadida essening kirish qismi jonli va aniq yozilishi kerak. Bunda xitob, undov, shaxsiy tajribaga ishora, ritorik so'roq kabilardan foydalanish o'rinlidir. Kirish qismida o'quvchi esse mavzusiga umumiy tushuncha beradi, shu orqali uning esse mavzusini qay darajada tushunganligi aniqlanadi va bu mavzu nima uchun yoritilishi muhim ekanligi tushunib olinadi. Mavzu va uning dolzarbligi yoritilgandan keyin tezis qo'yiladi. Tezisdan keyin asosiy qismga bog'lovchi o’quvchining asl maqsadi yoritadigan gap yoziladi. Agarda tezis aniq va yaqqol yoritib berilsa, o’quvchilarning shaxsiy fikrlari gaplari yozilmasligi ham mumkin. Tezis qo'yish essening eng muhim shartlaridan biridir. Tezis-essening kaliti ya’ni aniq bir negizi desak adashmagan bo’lamiz. Esse mavzusida kalit so’zlari topilmasa, essening asosiy maqsadiga yetish qiyin bo’ladi va bu albatta mavzudan chetlashishga olib keladi. Tezis - muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini bildirib, u asosiy qismda isbotlanadigan fikri yo'naltiruvchi g'oya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismining birinchi gapida yorititadi va yoziladi.
2. Asosiy qism
Asosiy bo'lim - mavzuning essening muhim bo’lgan nazariy asosi va savolning mazmunini bayon etuvchi qismi bo`lim. Bunda mavzuga mos bo’lgan barcha bilimlar, o’quvchining asosiy fikri va muammoning yuzaga kelish sabablari dalillar va faktlar, xabarlar, turli statistik ma'lumotlardan foydalanib, mavzu yoritiladi. Ko'tarilgan muammoning kelib chiqish sabablari bir nechta misollar orqali oydinlashtiriladi. Bu jarayon birmuncha murakkabroq kechganligi sababli, asosiy bo'limni bir necha kichik qismlarga bo'lish mumkin. Har bir qismni dalillar asosida yoritish asosiy savolga javob topishga ko'maklashadi. Masalan essening asosiy bo’limidagi birinchi qismida mavzuning ijobiy tomonlari haqida o’quvchi o’z fikrini sabablar, dalillar, misollar va albatta kichik xulosa fikri bilan yakunlaydi. Essening asosiy bo’limidagi ikkinchi qismida mavzuning salbiy bo’lgan tomonlari haqida huddi yuqoridagidek o’quvchi o’z fikrini sabablar, dalillar, misollar va albatta kichik xulosa fikri bilan yakunlaydi. O'quvchining keltirilgan fakt va dalillarni taqqoslab, o'z qarashlarini tahlil orqali ko'rsatib borishi asosiy bo'limning to'liq yoritilishiga imkon beradi. Qismlarga to'g'ri ajratish va izchillik bilan bayon etish mavzuning yoritilishidagi mantiqiylikni, tushunarlilikni ta'minlaydi. Dalillar - o'quvchi tomonidan aytilgan fikri isbotlash uchun keltiriladigan ko'chirma (maqol, iqtibos, hikmatli so'z, rivoyat, she'riy parchalar va hk.). Qo'yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar(ijobiy va salbiy) keltirilishi kerak. Asosiy qismni yoritish uchun kerakli ma'lumotlarni keltirish jarayonida qo'yilayotgan masalaga o'quvchining shaxsiy munosabatini bildiruvchi, shuning bilan birga, menimcha, berilgan masalaning ijobiy tomonini olib qaralsa, berilgan masalaning salbiy tomonidan qaraydigan bo’lsak, mening fikrimcha, ushbu hodisaga o’z qisqacha fikrimni bildiradigan bo’lsam, misol tariqasida shuni aytishimiz mumkinki, misol tariqasida …. olishimiz mumkin, birinchidan, ikkinchidan, shu kabi, demak, biroq, unday bo'lsa kabi kirish so'zlardan foydalanish o'rinli bo'ladi.
3. Xulosa
Xulosa - mavzu bo'yicha chiqariladigan yakuniy fikr bo'lib, unda yangi fikr mulohazalar dalillar, misollar bildirilmaydi, balki dalillarga suyangan holda hukm chiqariladi yoki bo’lmasam o’quvchilar tomonidab maslahat bildiriladi, uni yechish yo'llari ko'rsatiladi. Essening yakuniy qismida asosiy qismda berilgan muammoning yechimi tasdiqlanadi va mazmunning mohiyati ochiladi, ya'ni “ Esse boshida ko'tarilgan masala bo'yicha nima deyish mumkin?”degan savolga aniq va tushunarli javob tarzida yozilishi kerak. Xulosa qismida quyidagi kirish so'zlardan foydalaniladi: men shunday xulosaga keldimki, xulosa qilib aytadigan bo’lsam, qisqasi, asosiy fikrim shuki.., xulosa o`rnida aytganda…, barcha dalillar va faktlarni jamlab shuni ayta olamanki, bir to’xtamga kelib shuni ayta olamanki, va boshqalar.
Esse yozish jarayonida quyidagilarga e'tibor berish kerak:
Kirish va yakuniy qismdagi fikr mavzudan chetga chiqmagan holda asosiy masalaga uzviy bog'liq boʻladi. Masalan, kirish qismida "Men... haqida shuni aytmoqchiman deb boshlansa, yakuniy qismda "Men xulosaga keldim" kabi tugallanadi. Esse yozishda his-hayajonlili ,ta'sirchan va badiiy bo'yoqdor so'zlardan foydalaniladi. Esse ko'lamiga e'tibor berish. (15-16 ta gapdan, 200-250 so'zdan iborat bo'ladi. Kirish-3 ta gap, 60-70 so'z, asosiy qism-1-ijobiy bo’limida 4-5 ta gapdan, 2- salbiy bo’limi 4-5 ta gapdan 100-130 so'z, xulosa -3 ta gapdan, 30-40 so'z)
Esseda birgina mavzu atrofida fikr yuritiladi. Unda birgina fikr o'rtaga tashlanadi va rivojlantiriladi. Uning bir necha mavzu va bir qancha g'oyasi bo'lishi maqsadga muvofiq emas. Aks holda mavzudan chetlashish kelib chiqishi mumkin. Esse erkin kompozitsiya asosida yoziladi. Yaxshi esseni mavzuni yaxshi tushungan, uni har tomonlama idrok eta olgan, o'z g'oyalari bilan o'quvchini o'ylanishga majbur eta oladigan odamgina yoza oladi.
Esse yozish ko’nikmasini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi (1-rasm) texnologiyani tavsiya etaman.
Esse yozish texnologiyasi
KIRISH ASOSIY QISM XULOSA
1.Tezis. Esse mavzusi soddaroq shaklda yoritiladi 2.Mavzuning dolzarbligi yoritish maqsadida muallif o’z fikrini 2 yoki 3 ta qisqa faktlar bildiradi.
1.Muallifning keltirilgan
dolzarb muommoga birinchi
fakti bayon qilinadi.
2.Keltirilgan fakt qo’shimcha
mulohazalar bilan
mustahkamlanadi
3.Keltirgan fikrni
mustahkamlash maqsadida bir
nechta dalillar misollar
keltiradi.
4.Muallifning birinchi fakt
yuzasidan qisqa xulosa beradi.
1.
1.Essening dolzarbligi
yana bir bor aytib
o’tiladi.
2.Barcha dalil va
faktlarni hisobga olgan
holda umumiy xulosa
beriladi
1.Muallifning keltirilgan
dolzarb muommoga ikkinchi
fakti bayon qilinadi.
2.Keltirilgan fakt qo’shimcha
mulohazalar bilan
mustahkamlanadi
3.Keltirgan fikrni
mustahkamlash maqsadida bir
nechta dalillar misollar
keltiradi.
4.Muallifning ikkinchi fakt
yuzasidan qisqa xulosa beradi.
2.
Esse yozishda bir qolipdagi so'zlardan foydalanish, so'zlarni qisqartirish, yuzaki xulosa chiqarishdan xoli bo'lish kerak. Esse tili salmoqlilikni talab qiladi. Bunda esse mavzusini oydinlashtirish, hajmini va maqsadni aniq belgilab olish muhimdir. Esseda umumlashma fikrlar va badiiy to`qima fikrlar bo`lmaydi. Unda adabiy til uslublaridan to'g'ri va o'rinli foydalaniladi. Esse ixcham hajmli bo'lgani bois, fikr-mulohaza bildirishda batafsil ma`lumot berilmaydi, keltirilgan ma'lumotni to`liq ifodalanishi shart emas, bir aytilgan fikrni yana qayta takrorlanmaydi. Ya’ni sozlardan foydalanganda sinonim antonimlardan ko’proq foydalanish tafsiya etiladi. Uzundan uzoq, aralash turdagi qo'shma gaplar o'rniga qisqa va ixcham ifoda usulini qo'llagan ma'qul. Esse xatboshilarga to'g'ri ajratilishi kerak. Esseni yozib bo'lgach, uni qaytaqayta o'qib chiqish tavsiya etiladi. Manbalardan olingan aniq va ma'lumotlar o'z o'rnida qo'llanilishi kerak. Aks holda, essening badiiyligi va ta'sirchanligiga putur yetadi. Esse haqidagi tavsiyalarimni ixcham holatda tushuntirilsa, berilayotgan essemmavzusini yaxshilab tushunib olish kerak va mavzuga oid fikrlar jamlanishi, esseda qanday mavzu yoki qanday muammoli vaziyat so`ralamoqda , ana shunga e`tibor qaratish muhim. Deyarli har bir qismni (Kirish, asosiy qism 1-band, asosiy qism 2-band, xulosa) xat boshi bilan yozishi shart. Kirish qismda mavzuga oid ,uning asosiy qism bilan bo'g'lovchi va mazmunni ochib beruvchi fikrni keltiriladi.
Shu o'rinda bir tavsiya: esse mavzusini qayta ishlab, asosiy qismda yoritmoqchi bo'lgan fikrga bog'lab ketladi. Tezis va iqtibosdan foydalaniladi. Asosiy qismda kamida 3- 4 ta fikr bildiriladi, mana shu fikrlar hayotiy fikrlar bilan asoslanadi. Bu fikrlarni ham xatboshi bilan yoziladi. Xulosada: mavzuga,mavjud muammoli vaziyatga shaxsiy qarashlar asosida shaxsiy qarshlardan kelib chiqib xulosa yoziladi. Xulosada: mening fikrimcha, xulosa o'rnida shuni aytmoqchimanki , xullas, aytmoqchimanki kabi jumlalar qo`llaniladi.
Esse yozishda muallifning tafakkur olami keng va mavzuga oid kerakli bilimlarning bilishi talab etiladi. Bu takomilga o`quvchilarni quyi sinfdan boshlab joriy etilgan mavzular asosida shakllantirish, rivojlantirish va o`qituvchining ijodiy fikrlashlari, qo`shimcha topshiriqlar bilan birgalikda ishlashi maqsad va natijaga erishish uchun tavsiya etiladi. Qolaversa, esse yozishda bor haqiqatni yoritish va mualifning hayotdagi yoki bu voqelik asosidagi shaxsiy fikri muhim. Va shu o`rinda o`quvchilarning esse yozishga bo`lgan ko`nikmlarini rivojlantirishda esseda har bir o`quvchi o`z fikrini ifodalashi va buning uchun mustaqil fikrga, keng tafakkur bilan yurita olishga ega bo`lishi va ana shu o`z shaxsiy fikr – mulohazlarini, munosabatini yozma nutqda ifodalay bilishi asosiysi ekanligini anglatish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Ona tili – 6 – sinf darsligi. Tuzuvchilar: Iroda Azimova, Klara Mavlonova
Sad’ullo Quronov, Sholir Tursun, Nilufar Hakimova, Mansur Siddiqov ( Toshkent – 2022 )
2. Shadiev R., Shadiev N., Fayziev M. Exploring influence of cultural constructs and social network on cross-cultural learning //Innovative Technologies and Learning: First International Conference, ICITL 2018, Portoroz, Slovenia, August 27– 30, 2018, Proceedings 1. – Springer International Publishing, 2018. – С. 345-350.
3. Shadiev R. et al. Exploring Affordances and Student Perceptions of MALL in Familiar Environments //Innovative Technologies and Learning: 4th International Conference, ICITL 2021, Virtual Event, November 29–December 1, 2021, Proceedings 4. – Springer International Publishing, 2021. – С. 397-412.
4. Lutfillaev M. X., Fayziev M. A., Lutfullaeva F. Pedagogical bases of use of multimedia electronic educational literature in educational process //New pedagogical and information technologies in continuing education. Samarkand. – 2003.
5. Shadiev R. et al. Comparing effects of STR versus SELT on cognitive load //2019 Twelfth International Conference on Ubi-Media Computing (Ubi-Media). –
IEEE, 2019. – С. 284-287.
6. Shadiev R. et al. Impact of Speech-Enabled Language Translation Application on Perceived Learning Emotions in Lectures in English as a Medium of Instruction //Innovative Technologies and Learning: Second International Conference, ICITL 2019, Tromsø, Norway, December 2–5, 2019, Proceedings 2. – Springer International Publishing, 2019. – С. 809-814.
7. Файзиев М. А. Талабаларнинг билим ва кўникмаларини компьютер имитацион модели асосида шакллантириш методикаси («Информатика ва ахборот технологиялари» фани мисолида) //П. ф. н. дисс. Самарқанд. – 2008.
8. Lutfullaev M. H., Fayziev M. A. Basics of the Internet. – 2001.
9. Fayziev M. A. Methods of formation of knowledge and skills of students on the basis of computer simulation model (on the example of the subject" Computer Science and Information Technology"): Dis.… Kand. ped. science //Tashkent: TDPU. – 2008.
10. Shadiev R. et al. Correction to: Familiarization Strategies to Facilitate Mobile-Assisted Language Learning in Unfamiliar Learning Environments: A Study of Strategies Development and Their Validation //Innovative Technologies and Learning: 5th International Conference, ICITL 2022, Virtual Event, August 29–31, 2022, Proceedings. – Cham : Springer International Publishing, 2022. – С. C1-C1.
11. Shadiev R. et al. Familiarization Strategies to Facilitate Mobile-Assisted Language Learning in Unfamiliar Learning Environments: A Study of Strategies Development and Their Validation //Innovative Technologies and Learning: 5th International Conference, ICITL 2022, Virtual Event, August 29–31, 2022, Proceedings. – Cham : Springer International Publishing, 2022. – С. 213-217.
12. Fayziyev Mirzaali Asfandiyorovich. (2021). TA'LIM SOHASIDA
MEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK
JIHATLARI. FAN, TA'LIM VA AMALIYATNING INTEGRASI. ILMIY-METODIK
JURNALI , 2 (5), 50–62.
13. Xamidova Diyora Jamshedovna, & Fayziyev Mirzaali Asfandiyorovich. (2023). BOSHLANG'ICH SINF OʻQUVCHILARIDA
KOMMUNIKATIV TA'LIM HARAKATLARINI SHAKLLANTIRISHNING
AHAMIYATI. Universal Science Research jurnali , 1 (5), 726–733.
14. Toshturdiyevna K. D., Asfandiyarovych F. M. FORMATION OF THE
SPIRITUAL HERITAGE OF TEMURY QUEENS IN SCHOOL GIRLS ON THE
BASIS OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES //International Conference on Research Identity, Value and Ethics. – 2023. – С. 47-51.
15. Shadiev R. et al. The effects of familiarity with mobile-assisted language learning environments on creativity //2022 International Conference on Advanced Learning Technologies (ICALT). – IEEE, 2022. – С. 242-244.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.