ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MANTIQIY TAFAKKUR TUSHUNCHASI VA UNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Аннотация

Mazkur maqolada 3-4-sinf matematika darslari misolida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida mantiqiy tafakkur kо‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish hamda ularning samaradorligini oshirish tо‘g‘risidagi fikrlar izchil bayon qilingan


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

VA UNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Suyunova Gulimoh Ilhomjonovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(boshlang‘ich ta'lim) mutaxassisligi 2-kurs magistranti.

Ilmiy rahbar. p.f.f.d., (PhD). dots. G‘.Yu.Salomov

Annotatsiya. Mazkur maqolada 3-4-sinf matematika darslari misolida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida mantiqiy tafakkur kо‘nikmalarini shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish hamda ularning samaradorligini oshirish tо‘g‘risidagi fikrlar izchil bayon qilingan.

Аннотация. В данной статье последовательно изложены идеи о разработке теоретических и методических основ формирования навыков логического мышления у учащихся начальных классов на примере уроков математики в 3-4 классах, а также о повышении их эффективности.

Abstract. This article consistently presents ideas on developing the theoretical and methodological foundations for forming logical thinking skills in primary school students through the example of mathematics lessons in grades 3-4, as well as on improving their effectiveness.

Kalit so‘zlar: mantiqiy tafakkur, metod, didaktik, dastur, kompetensiya, umumlashtirish, xulosa chiqarish, modernizatsiya, tizimlilik, izchillik.

Ключевые слова: логическое мышление, метод, дидактика, программа, компетенция, обобщение, формулирование выводов, модернизация, системность, последовательность.

Keywords: logical thinking, method, didactics, curriculum, competence, generalization, drawing conclusions, modernization, systematicity, consistency.

Kirish.

Mamlakatimizda ham ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, uning mazmunini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan davlat dasturlari va normativhuquqiy hujjatlarda ta’lim sifatini oshirish, о‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’limni tashkil etish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Bu esa boshlang‘ich ta’lim bosqichidayoq о‘quvchilarda mantiqiy tafakkur kо‘nikmalarini shakllantirish zaruratini yanada kuchaytiradi.

Boshlang‘ich ta’lim bosqichi inson tafakkurining shakllanishida alohida о‘rin egallaydi. Aynan shu davrda bola atrof-muhitni anglash, hodisalar о‘rtasidagi bog‘liqliklarni sezish, oddiy umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi intellektual faoliyatlarning dastlabki kо‘nikmalarini egallay boshlaydi. Shu jarayonda mantiqiy tafakkur tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi, chunki u о‘quvchining bilimlarni ongli ravishda о‘zlashtirishiga, fikrini izchil bayon eta olishiga va muammoli vaziyatlarni hal qilishiga xizmat qiladi

Mantiqiy tafakkur – bu insonning voqelikni qonuniyatlar asosida, sabab-oqibat bog‘lanishlarini anglagan holda, izchil va asosli tarzda fikrlash jarayoni hisoblanadi. U oddiy tasavvur yoki obrazli fikrlashdan farqli ravishda, dalillarga tayangan holda xulosa chiqarishni talab etadi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida bu tafakkur turi hali tо‘liq shakllanmagan bо‘lib, u asta-sekin rivojlanish bosqichlarini bosib о‘tadi. Shu sababli bu yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkur kо‘nikmalarini shakllantirish maxsus pedagogik yondashuvni talab qiladi.

Natija va muhokamalar.

Mantiqiy tafakkurning asosiy belgilaridan biri – fikr yuritishning izchilligi va asoslanganligidir. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari dastlab voqea va hodisalarni yuzaki idrok etadi. Ular kо‘pincha tashqi belgilar asosida xulosa chiqaradi. Masalan, ikki predmetning rangiga qarab ularni bir xil deb hisoblashlari mumkin. Ammo ta’lim jarayonida ularning e’tibori asta-sekin ichki xususiyatlarga, muhim belgilarni ajrata olishga qaratiladi. Bu esa mantiqiy tafakkurning rivojlanishida muhim qadam hisoblanadi [1].

Shuningdek, mantiqiy tafakkur tahlil va sintez jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq. Tahlil orqali о‘quvchi murakkab hodisani qismlarga ajratadi, sintez orqali esa ularni qayta birlashtirib, umumiy xulosaga keladi. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari dastlab bu jarayonlarni ongli ravishda bajara olmaydi, lekin о‘qituvchi rahbarligida ular asta-sekin tahlil qilish, solishtirish, umumlashtirish kabi amaliy harakatlarni о‘zlashtira boshlaydi.

Mantiqiy tafakkurning yana bir muhim jihati – umumlashtirishdir. Bu jarayonda о‘quvchi turli predmet va hodisalardagi umumiy belgilarni aniqlaydi va ularni bir tushuncha ostida birlashtiradi. Masalan, turli geometrik shakllarni о‘rganish jarayonida о‘quvchi ularning umumiy xususiyatlarini anglab boradi. Bu esa tushunchalarning shakllanishiga olib keladi. Tushuncha esa mantiqiy tafakkurning asosiy elementi hisoblanadi.

Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarda tafakkur kо‘proq konkret xarakterga ega bо‘ladi. Ular abstrakt fikrlashga nisbatan hali tayyor emas, shu bois ular uchun real misollar, kо‘rgazmali vositalar muhim ahamiyatga ega. Mantiqiy tafakkur esa aynan konkret fikrlashdan abstrakt fikrlashga о‘tish jarayonida shakllanadi. Bu о‘tish bosqichma-bosqich amalga oshadi va о‘qituvchi tomonidan tо‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim jarayoni bilan chambarchas bog‘liq bо‘ladi.

Mantiqiy tafakkurning rivojlanishida savol-javob usuli alohida о‘rin tutadi. Tо‘g‘ri qо‘yilgan savollar о‘quvchini fikrlashga majbur qiladi, ularni izlanishga undaydi. Ayniqsa, “nima uchun?”, “qanday qilib?”, “qanday bog‘liq?” kabi savollar о‘quvchilarda sabab-oqibat aloqalarini anglashga yordam beradi. Bu esa mantiqiy fikrlashning shakllanishiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi.

Bundan tashqari, mantiqiy tafakkur nutq bilan uzviy bog‘liqdir. О‘quvchi о‘z fikrini ifodalash jarayonida uni tartibga soladi, asoslaydi va izchillikni ta’minlaydi. Shu sababli boshlang‘ich sinflarda og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish ishlari mantiqiy tafakkur bilan parallel olib borilishi lozim. Fikrni aniq va ravon ifodalash kо‘nikmasi mantiqiy tafakkurning muhim kо‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi [2].

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida mantiqiy tafakkur shakllanishi psixologik rivojlanish qonuniyatlariga ham bevosita bog‘liq. Bu yoshda bolalar faoliyatga qiziqish orqali о‘rganadi. Ular uchun о‘yin, tajriba va amaliy mashg‘ulotlar muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda faqat nazariy tushuntirishlar yetarli emas, balki amaliy faoliyat bilan bog‘langan topshiriqlar muhim о‘rin tutadi.

Shu bilan birga, mantiqiy tafakkur о‘quvchining mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Mustaqil fikrlay oladigan о‘quvchi berilgan muammoni turli yо‘llar bilan hal qilishga harakat qiladi, о‘z xulosalarini himoya qila oladi. Bu esa keyingi ta’lim bosqichlarida muvaffaqiyatli о‘qish uchun mustahkam asos yaratadi.

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida mantiqiy tafakkurni shakllantirish faqatgina psixologik rivojlanish qonuniyatlariga emas, balki aniq pedagogik yondashuv va tamoyillarga ham tayanadi. Ta’lim jarayonining mazmuni, metodlari, vositalari va tashkil etish shakllari mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mantiqiy tafakkurning pedagogik asoslari deganda, uni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan didaktik yondashuvlar tizimi tushuniladi.

Avvalo, ta’limning ongli va faol xarakterga ega bо‘lish tamoyili mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Agar о‘quvchi bilimni tayyor shaklda qabul qilsa, u holda uning fikrlash faoliyati cheklanadi. Aksincha, о‘quvchi bilimni mustaqil izlanish, savol berish, muammoni hal qilish orqali egallasa, bu uning mantiqiy tafakkurini faollashtiradi. Shu sababli о‘qituvchi о‘quvchilarga tayyor xulosalarni berishdan kо‘ra, ularni xulosaga olib keluvchi savollar tizimini qо‘llashi maqsadga muvofiqdir.

Pedagogik asoslarning yana biri – tizimlilik va izchillik tamoyilidir. Mantiqiy tafakkur birdaniga shakllanmaydi, balki bosqichma-bosqich rivojlanadi. Shu bois ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar о‘zaro bog‘langan, ketma-ketlik asosida tashkil etilgan bо‘lishi kerak. Masalan, oddiy taqqoslash kо‘nikmalari shakllantirilmasdan turib, murakkab umumlashtirish topshiriqlarini berish samara bermaydi. Har bir yangi bilim avvalgisiga tayangan holda qurilishi lozim.

Kо‘rgazmalilik tamoyili ham boshlang‘ich sinflarda mantiqiy tafakkurni shakllantirishda muhim о‘rin tutadi. Bu yoshdagi о‘quvchilarda konkret fikrlash ustun bо‘lganligi sababli, ular mavhum tushunchalarni bevosita anglab yetishda qiynaladi. Shu bois о‘qitish jarayonida turli kо‘rgazmali vositalar – predmetlar, rasmlar, sxemalar, modellardan foydalanish zarur. Kо‘rgazmali vositalar о‘quvchining fikrini aniq yо‘naltiradi, ularni tahlil qilishga undaydi va asta-sekin abstrakt fikrlashga olib keladi.

Muammoli ta’lim yondashuvi ham mantiqiy tafakkurning pedagogik asoslaridan biri sifatida alohida ahamiyatga ega. Muammoli vaziyatlar о‘quvchini faol fikrlashga majbur qiladi. Bunday vaziyatda о‘quvchi tayyor bilimni emas, balki yangi bilimni о‘zi kashf etadi. Masalan, о‘qituvchi oddiy misolni berib, uning yechimini kо‘rsatish о‘rniga, о‘quvchilarga turli yо‘llar bilan yechish imkonini berishi mumkin. Bu esa о‘quvchilarda tahlil qilish, solishtirish va eng maqbul yechimni tanlash kо‘nikmalarini rivojlantiradi.

Individuallashtirish va differensial yondashuv tamoyillari ham muhim hisoblanadi. Har bir о‘quvchining fikrlash darajasi, qobiliyati va о‘zlashtirish sur’ati turlicha bо‘ladi. Shu sababli mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda barcha о‘quvchilarga bir xil topshiriqlarni berish yetarli emas. О‘qituvchi о‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularning imkoniyatlariga mos topshiriqlarni tanlashi lozim. Bu esa har bir о‘quvchining rivojlanishiga sharoit yaratadi.

Mantiqiy tafakkurni shakllantirishda о‘qitish metodlari ham muhim rol о‘ynaydi. Tushuntirish, suhbat, muammoli savol-javob, amaliy mashg‘ulotlar, didaktik о‘yinlar kabi metodlar о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtiradi. Ayniqsa, didaktik о‘yinlar boshlang‘ich sinf о‘quvchilari uchun samarali vosita hisoblanadi. О‘yin jarayonida о‘quvchilar о‘zlari sezmagan holda mantiqiy operatsiyalarni bajaradi, muammolarni hal qiladi va xulosa chiqaradi.

Pedagogik asoslar ichida refleksiya jarayonini tashkil etish ham alohida о‘rin tutadi. Refleksiya – bu о‘quvchining о‘z fikrlash jarayonini anglashidir. Dars yakunida о‘quvchidan “sen bu masalani qanday yechding?”, “qaysi yо‘l senga qulay bо‘ldi?” kabi savollar orqali u о‘z fikrlash faoliyatini tahlil qiladi. Bu esa mantiqiy tafakkurning ongli ravishda rivojlanishiga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, о‘qituvchining nutqi va savol berish madaniyati ham katta ahamiyatga ega. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun savollar aniq, izchil va maqsadga yо‘naltirilgan bо‘lishi lozim. Noaniq yoki yuzaki savollar о‘quvchini chuqur fikrlashga undamaydi. Aksincha, puxta о‘ylangan savollar tizimi о‘quvchining tafakkur jarayonini bosqichma-bosqich rivojlantiradi.

О‘quvchilarning mustaqil ishlari ham pedagogik asoslarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mustaqil bajariladigan topshiriqlar о‘quvchini о‘z fikriga tayanishga, muammoni mustaqil hal qilishga о‘rgatadi. Bu jarayonda о‘quvchi xatolardan qо‘rqmaydi, aksincha, xatolar orqali tо‘g‘ri xulosaga kelishni о‘rganadi. Bu esa mantiqiy tafakkurning rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

Ta’lim jarayonida baholash tizimi ham mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. Faqat yakuniy natijani baholash emas, balki fikrlash jarayonini ham e’tiborga olish muhimdir. О‘quvchi qanday yо‘l bilan natijaga erishgani, qanday xulosalar chiqargani baholanishi kerak. Bu esa о‘quvchini fikrlash jarayoniga jiddiy yondashishga undaydi.

Boshlang‘ich ta’lim tizimida matematika fani mantiqiy tafakkurni shakllantirishda yetakchi о‘rinlardan birini egallaydi. Ayniqsa, 3-4-sinflarda о‘quvchilarning fikrlash jarayoni nisbatan murakkablashib, ular oddiy amallarni bajarishdan tashqari, masalalarni tahlil qilish, shartini tushunish, yechim yо‘lini tanlash va xulosa chiqarishga о‘rganadilar. Shu sababli aynan ushbu bosqichda matematika darslarini tо‘g‘ri tashkil etish mantiqiy tafakkurning izchil rivojlanishiga mustahkam zamin yaratadi.

3-4-sinf matematika kursining mazmuni о‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga yо‘naltirilgan bо‘lishi kerak. Bu bosqichda arifmetik amallar, tenglamalar, geometrik tushunchalar va masalalar yechish jarayoni о‘quvchilardan faqat hisoblashni emas, balki fikrlashni talab etadi. Masalan, oddiy qо‘shish yoki ayirish amali ham turli usullar bilan bajarilishi mumkin. О‘quvchining ushbu usullarni solishtirishi va eng qulayini tanlashi uning mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi.

Masala yechish jarayoni esa mantiqiy tafakkurni shakllantirishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. 3-4-sinflarda beriladigan matnli masalalar о‘quvchidan shartni tushunishni, ortiqcha yoki yetishmayotgan ma’lumotlarni aniqlashni, sabab-oqibat bog‘lanishlarini kо‘ra bilishni talab qiladi. Masalan, masalada berilgan sonlar orasidagi bog‘lanishni aniqlash, qaysi amalni qо‘llash zarurligini tushunish о‘quvchining tahlil va umumlashtirish qobiliyatini rivojlantiradi.

Shu о‘rinda muammoli vaziyatlar yaratish metodining ahamiyati yanada ortadi. О‘qituvchi dars jarayonida shunday topshiriqlar berishi kerakki, о‘quvchi uni bajarishda bir oz qiyinchilikka duch kelsin va yechimni izlashga majbur bо‘lsin [38; 56b]. Masalan, odatiy usul bilan yechilmaydigan yoki bir nechta yechimga ega bо‘lgan masalalar о‘quvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi. Bu jarayonda о‘quvchi о‘z fikrini asoslashga, boshqa о‘quvchilarning fikri bilan solishtirishga о‘rganadi.

3-4-sinf matematika darslarida taqqoslash, tasniflash va umumlashtirish kabi aqliy amallarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Masalan, sonlarni turli belgilariga kо‘ra guruhlash, geometrik shakllarni xususiyatlariga qarab ajratish о‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini mustahkamlaydi. Bu kabi mashg‘ulotlar orqali о‘quvchi muhim va ikkinchi darajali belgilarni farqlashni о‘rganadi.

Geometrik materiallar ham mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. 3-4- sinflarda о‘quvchilar shakllarning xossalarini о‘rganadi, ularni taqqoslaydi va umumiy xulosalar chiqaradi. Masalan, tо‘g‘ri tо‘rtburchak va kvadratning о‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash о‘quvchining tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu esa mantiqiy fikrlashning muhim kо‘rsatkichidir.

Shuningdek, о‘quvchilarning mustaqil ishlari va kichik guruhlarda ishlash faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Guruhda ishlash jarayonida о‘quvchilar о‘z fikrini boshqalar bilan baham kо‘radi, turli nuqtai nazarlarni solishtiradi va umumiy xulosaga keladi. Bu esa nafaqat mantiqiy tafakkurni, balki kommunikativ kо‘nikmalarni ham rivojlantiradi.

Baholash jarayonida esa faqat natijani emas, balki yechim jarayonini ham inobatga olish lozim. О‘quvchi masalani qanday tahlil qilgani, qanday yо‘l bilan yechimga kelgani baholansa, u fikrlash jarayoniga kо‘proq e’tibor qaratadi. Bu esa mantiqiy tafakkurning chuqurroq shakllanishiga olib keladi.

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida mantiqiy tafakkurni shakllantirish ta’lim jarayonining ustuvor yо‘nalishlaridan biri bо‘lib, u о‘quvchining bilish faoliyatini ongli va izchil rivojlantirishga xizmat qiladi. Mantiqiy tafakkur voqelikni anglash, hodisalar о‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash, asosli xulosa chiqarish hamda fikrni tizimli bayon etish qobiliyatini о‘zida mujassamlashtiradi. Shu jihatdan u nafaqat alohida о‘quv faoliyatining natijasi, balki shaxsning umumiy intellektual rivojlanish darajasini belgilovchi muhim omil sifatida namoyon bо‘ladi.

Boshlang‘ich maktab yoshida tafakkur jarayoni asosan konkret tasavvurlar asosida shakllanib, asta-sekin umumlashtirish va abstraktlashuv bosqichiga о‘tadi. Bu jarayonda tahlil qilish, sintez, taqqoslash va umumlashtirish kabi aqliy amallar yetakchi о‘rin egallaydi. О‘quvchining mazkur operatsiyalarni egallashi uning bilimlarni chuqurroq anglashiga, yangi vaziyatlarda qо‘llay olishiga hamda mustaqil fikr yuritishiga zamin yaratadi. Shu sababli mantiqiy tafakkur rivoji о‘quvchilarning nutqi, idroki va umumiy bilish faoliyati bilan uzviy bog‘liq holda kechadi.

Shu bilan birga, о‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish muhim ahamiyatga ega. Har bir о‘quvchining fikrlash sur’ati va darajasi turlicha bо‘lganligi sababli, differensial yondashuv orqali ularning barchasini faol fikrlash jarayoniga jalb etish mumkin. Mustaqil ishlar, kichik guruhlarda ishlash, о‘z fikrini asoslashga undovchi savollar berish orqali о‘quvchilar о‘z bilimlarini chuqurlashtiradi va mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi.

Matematika ta’limi bu jarayonda alohida о‘rin tutadi. Arifmetik amallarni bajarish, tenglama va ifodalar bilan ishlash, ayniqsa matnli masalalarni yechish о‘quvchilardan izchil fikrlashni talab qiladi. Masalaning shartini tahlil qilish, berilgan va izlanayotgan kattaliklar о‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash, mos amalni tanlash va natijani asoslash jarayoni о‘quvchining mantiqiy tafakkurini faol rivojlantiradi. Bundan tashqari, geometrik materiallar orqali predmetlarning muhim belgilarini ajratish, ularni taqqoslash va umumlashtirish kо‘nikmalari shakllanadi.

Didaktik о‘yinlar, muammoli topshiriqlar va turli mantiqiy mashqlar о‘quvchilarning qiziqishini oshirib, ularni faol fikrlashga undaydi. Bunday faoliyat davomida о‘quvchilar nafaqat tayyor bilimlarni о‘zlashtiradi, balki ularni mustaqil ravishda hosil qilishga о‘rganadi. Bu esa о‘z navbatida, mantiqiy tafakkurning chuqur va barqaror shakllanishini ta’minlaydi.

Xulosa.

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida mantiqiy tafakkurni shakllantirish masalasi ta’lim nazariyasi va amaliyotining muhim yо‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Olib borilgan tahlillar shuni kо‘rsatdiki, mantiqiy fikrlash umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining bilimlarni ongli о‘zlashtirishi, ularni tizimlashtirishi hamda yangi vaziyatlarda qо‘llay olishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu bois bu jarayonni boshlang‘ich ta’lim bosqichidanoq maqsadli ravishda rivojlantirish zarur.

Ta’lim jarayonining didaktik asoslari mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda hal qiluvchi rol о‘ynaydi. Ongli va faol о‘qitish, tizimlilik va izchillik, kо‘rgazmalilik, muammoli yondashuv hamda individuallashtirish tamoyillariga amal qilish о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtiradi. Ayniqsa, о‘quvchini tayyor bilimni qabul qiluvchi emas, balki uni mustaqil kashf etuvchi subyekt sifatida tashkil etish mantiqiy tafakkurning rivojlanishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.

ADABIYOTLAR

1. Adizov B.R. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. – T., 2003.

2. Mahmudov N.M. O‘qituvchi nutq madaniyati. – T.: O‘zbekiston milliy kutubxonasi, 2007. –

220 b.

3. Uljens M. School Didactics and Learning: A School Didactic Model Framing an Analysis of

Pedagogical Implications of Learning Theory. – New York: Routledge, 2008. – 180 p.

4. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: Fan, 2006. – 200 b.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.