DIDAKTIK O‘YINLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Ibragimova Nozima Ulug‘bekovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti,
“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
Annostatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinfda arifmetik amallarni o‘rgatishda didaktik o‘yinlarning o‘rni va ahamiyati xususida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Matematika, o‘quvchi, o‘qituvchi,arifmetik amallar,didaktik o‘yin,ta’lim sifati.
Annotation: This article talks about the role and importance of didactic games in teaching arithmetic operations in elementary school.
Key words: Mathematics, student, teacher, arithmetic operations, didactic game, quality of education.
Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi maktab o‘rindiqlarida o‘tirgan yosh avlod ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o‘zidan keyingi avlodga yetgazuvchi vorislarimiz, O‘zbekiston buyuk kelajagining egalaridir. Barkamol avlod haqida so‘z borganda, milliy o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish. Umumta’lim tizimida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxasisliklarini bugungi kun talabalari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarur. Shuningdek, o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnalogiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil inson etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchilarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor. Shu sababli zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan pedagogik texnologiyalarni barcha fanlarga,xususan,matematika darslarida ham joriy qilish ishlari hozirgi davr talablaridan biridir.
Ma’lumki maktab ostonasida ilk qadam qo‘ygan bolaning faoliyatda o‘yin asosiy o‘rinni egallaydi. O‘yin ularning eng sevimli mashg‘uloti bo‘lib, ular har qanday mashg‘ulotni o‘yin bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilishadi. Shunday ekan o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg‘uloti – o‘yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muvofiq foydalanish bilan ta’lim jarayonining samaradoligini oshirishi lozim. O‘yin bola hayotining ma’lum qismidir. O‘yin orqali bola atrof – muhit, tabiat hodisalari, manzaralar, buyumlar o‘simliklar hayvonlar dunyosi bilan aloqa o‘rnatadi.
Didaktik o‘yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noananaviy dars shakllari Formulalar darsi – o‘quvchilarning formulalarni puxta o‘zlashtirishlari bo‘yicha turli o‘yinlar shaklidagi mashqlar o‘tkazish darsi. Kim oshdi savdosi darsi – o‘quv fani ayrim bo‘limi bo‘yicha bilimlarni har bir o‘qituvchi qanchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi. Yarmarka darsi – dars mavzusini bo‘laklar bo‘yicha oldindan o‘zlashtirgan o‘quvchilarning o‘zaro muloqot asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o‘tiladigan dars. “Tergovni bilimdonlar olib boradi” darsi - dars mavzusini oldindan puxta o‘rgangan o‘quvchilar yordamida qiziqarli savol-javoblar, tahlillar asosida isbotlab tushuntirish mashqlari bo‘lib, bunda o‘quvchilar dars mavzusini o‘zlashtirib, eslab qolishlari uchun qulaylik yaratiladi. Integral (integratsiyalashgan) darsi - bir necha fanlarga oid integratsiyalash uchun qulay bo‘lgan mavzular bo‘yicha tashkil qilingan dars bo‘lib, o‘quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini ortirib, ta’lim jarayonidagi faolliklarini ta’minlaydi. Bunday darslar o‘quvchilarga fanlararo bog‘liqlikni o‘rgatish orqali ulardan olam tuzilishining ularning ilmiy asoslarini to‘liq idrok etish, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. “Mo‘jizalar maydoni” darsi – o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan qiziqarli o‘yin bo‘lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida to‘g‘ri javoblar topish va g‘oliblarni rag‘batlantirish orqali o‘quvchilarda fikrlash, topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini shakillantiradi. Didaktik o‘yinlarni amalda qo‘llash shart-sharoitlari
Didaktik o‘yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik o‘yin mashg‘ulotlariga o‘ziga xos xavfsizlik talablari qo‘yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining sarflanadigan vaqt miqdorini to‘g‘ri belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallarni o‘rgatishda quyida keltirilgan didaktik o‘yinlarni qo‘llash mumkin. “Jim” o‘yini Bunda o‘yinda sonlar yozilgan kartochkalar doskaga ilinadi.O‘yinning asosiy sharti barcha o‘quvchilar jim o‘tirishadi,hamda o‘yin shartiga ko‘ra,qo‘shish yoki ayirish amaliga ko‘ra natijalar qo‘yiladi.
va kartochkalar ilingan joyga ularning qo‘shish yoki ayirish natijasida,2 yoki 12 yozilgan kartochkalarni qo‘yadilar. “Karra bilimdonlari” o‘yini Ushbu o‘yinni tashkil etishda turlicha tashkil etish mumkin.Yuqoridagi singari kartochlaradan foydalanish ham mumkin.Yoki o‘qituvchi tomonidan “ha” yoki “yo‘q” shaklida karra jadvali natijasi tekshirib boriladi. Masalan: 4*5=20 -ha 8*6=46 – yo‘q 5*7=35– ha 5*6=29 -yo‘q 9*4=36 – ha 7*9=63– ha Ushbu o‘yinlar orqali dars jarayonini samarali tashkil etishda,yangi mavzuni mustahkamlashda natijalarga erishish mumkin.
Didaktik o‘yinlar bolaning his- tuyg‘usiga ta’sir etib, unda o‘qishga ijobiy munosabat va qiziqish hislatini tarkib toptiradi. Bolalar o‘yinda zo‘r mamnuniyat bilan ishtirok etadilar. O‘yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi o‘quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. J.G‘.Yoldoshev,S.A.Usmonov ”Pedagogik texnologiya asoslari”..Toshkent2004-y 2. N.U.Bikboyeva, E.Ya.Yangiboyeva va boshqalar, “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”, T.: “O‘qituvchi”, 2005; 3. 3. I.P.Repyova. Matematika 2-sinf darsligi I,II qism, Toshkent, 2023-yil
4.Ulug‘Bekovna, I. N. (2024). UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA ANIQ FANLAR VA
ULARNI O ‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Science
and innovation, 3(Special Issue 29), 373-375.
5.Ибрагимова, Н. (2024). MATEMATIKA VA FIZIKA FANLARINI BEVOSITA
BOG'LAB O'QITISHDA INTERFAOL METODLARNING O'RNI. Журнал
универсальных научных исследований, 2(5), 1103-1110.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.