TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH
Sharipova Iroda Rashid qiz
O’zMPU ,,Boshlang’ich ta’lim’’ yo’nalishi 1-bosqich magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinfda yozuv darslarini tashkiletishda zamonaviy pedagogic va axborot texnologiyalaridan foydalanishning o’rni, afzalliklari hamda ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, yozma savodxonlikni shakllantirishda o’qituvchining innavatsion yondashuvi va o’quvchining faol ishtirokini ta’minlovchi metodlar tahlil qilinadi. Аннотация: В данной статье раскрывается роль, преимущества и влияние современных педагогических и информационных технологий на эффективность обучения при организации уроков письма в начальных классах. Кроме того, анализируются инновационные подходы учителя и методы, обеспечивающие активное участие учащихся в процессе формирования письменной грамотности. Annotation: This article explains the role, advantages, and impact of using modern pedagogical and information technologies in organizing writing lessons in primary school. It also analyzes the teacher’s innovative approaches and the methods that ensure active student participation in the development of writing literacy. Kalit so’zi: yozuv darsi, zamonaviy texnologiyalar, interfaol metodlar, innovatsiya, boshlang’ich ta’lim, AKT, yozma savodxonligi. Ключевые слова: урок письма, современные технологии, интерактивные методы, инновация, начальное образование, ИКТ, письменная грамотность. Keywords: writing lesson, modern technologies, interactive methods, innovation, primary education, ICT, writing literacy.
KIRISH
Bugungi kunda ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo’llash o’qituvchi faoliyatining ajralmas qismiga aylangan. Ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan ishlashda yozuv darslari o’quvchilarning yozma nutqini, tafakkurini, xotirasiniva diqatini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Yozuv darslarida an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda interfaol o’yinlar, multimedia vositalari, axborot -kommunikarsiya texnologiyalarini qo’llash ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Har bir o’quvchi bilan ishlash ularga yozuv texnologiyalarini o’rgatish va hozirgi kundagi qo’llay texnologik usullar orqali o’tish o’quvchining yanada tezroq yozuv texnologiyalarini o’rganishiga yo’l ochib bera oladi. Peadagogik qobiliyat va samarali usullar har xil metodlar o’quvchini darsga va yozuvga bo’lgan diqqatini tortish uchun yordam bera oladi. Hozirgi kunda darslarni interfaol tashkillashtirish va ularni dars ko’niklmalari bilan o’stirish bu o’quvchini shakllanishiga yordam beradi.
Mamlakatimizda ma`nan yetuk , ruhan sog`lom,uyg`un kamol topgan avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar bazasini yaratishga erishildi. ”Maktab ta`limini rivojlantirish Milliy dasturi”ning qabul qilinishi ,”Dars-muqaddas”, “O`rgan –o`rgat” tadbirlarining tashkil etilishi ,zamonaviy darsliklar va ularning ijrosi buning yo`rqin dalilidir. Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilayotgan yangi darsliklar – davr talabi! Boisi, jadal surʼatda rivojlanib borayotgan zamon bilan hamnafas yashar ekanmiz, biz ham yuksak maqsad bilan katta rejalar tuzishimiz va bu rejalar sari intilishimiz zarur. Buning uchun xalqaro maydonlarda raqobatbardosh boʻla oladigan yoshlarni shaklantirishimiz, ularni ma’naviy olamini zamonaviy bilimlar bilan sug’orishimiz shart! Ayni shu maqsadlarni amalga oshirishda yangi darsliklar yetakchi vazifani bajaradi. Milliy oʻquv dasturining maqsadi va mazmuni shu qadar aniq belgilanganki, amaliyotga joriy etilgan darsliklar orqali biz yoshlarga keng qamrovli bilim berishga, ularni xalqaro talablarga mos ravishda shakllantirish va tarbiyalashga erishmoqdamiz. Milliy oʻquv dasturidagi darsliklar avvalgi darsliklarimizdan tubdan farq qilib, tanlab olingan boʻlimlar, mavzular, topshiriqlar, savol va audiomatnlar mazmuni xalqaro talablarga mos darajada ekanligini ifodalaydi. Ta`limning barcha bosqichlarida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, undan samarali va oqilona foydalanish va yuqori samaradorlikka erishishga alohida ahamiyat berish darkor.Interfaol metodlarni qo`llash o`quvchilarda har tamonlama ilmiy-nazariy bilimlarni mustaqil egallash,bilim va ko`nikma,malakalarini shakllantirish va shu asosida o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini tarkib toptirish hamda kompetensiyaviy yondashuvni singdirish ,o`qituvhi –o`quvchi hamkorligini yo`lga qo`yish va nihoyat kafolatlangan yakuniy natijaga erishishishni ta`minlaydi
Boshlamg’ich ta’limda yozuv darslari o’quvchuning savodini to’g’ri shakllantirish, yozma ifoda ko’nikmalarini rivojlantirish va grammatik bilimlarini mustahkamlashga xiz mat qiladi. Bu jarayon nafaqatr yozma faoliyat, balki tafakkur va muloqot mdaniyatining ham poydevoridir.
Yozuv darslarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish o’quvchining faol ishtirokini ta’minlaydi, darsni jonlantiradi va mustaqil o’rganishga yo’naltiradi.
Quyidagi texnologiyalar samarali hisoblanadi:
1. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) - kompyuter, planshet, interektiv taxta yordamida yozuv mashqlarini bajarish, orfografik testlar o’tkazish
2. Multimedia vositalari – animatsiyalar, videodarslar va audio yozuvlar yordamida so’z talaffuzini, tovush- harf bog’lanishini mustahkamlash.
3. O’yin texnologiyalari – “Top so’zni yoz” , “ Xato so’zni tuzat”, “ So’z zanjiri” , kabi interfaol o’yinlari orqali o’quvchilarda yozishga qiziqish uyg’otish.
4. Loyiha asosida o’qitish – o’quvchilarning muataqil ravishda matn tuzishga, hikoya yozishga , guruhda ijodiy ishlar olib borishga rag’batlantiriladi. Yozuv darslarini texnologiyalar asosida tashkil etish bosqichlari 1. Tayyorgarlik bosqichi - Dars maqsadlarini belgilash. - Multimedia resurslarini tayyorlash. - Harf yozilishi bo‘yicha animatsiyalarni tanlash. - O‘quvchilar individual imkoniyatlarini o‘rganish. 2. Asosiy bosqich - Harfni grafik ko‘rinishda namoyish etish. - Video orqali yozilish jarayonini ko‘rsatish. - O‘quvchilarga mustaqil yozuv mashqlari topshirish. - Interaktiv topshiriqlar orqali xatolarni aniqlash. 3. Yakuniy bosqich - Mobil ilovalarda mustahkamlovchi mashqlar bajarish. - Xatolar tahlili va tuzatish. - Kichik ijodiy matnlar yozish. - Onlayn testlar orqali nazorat.
Interfaol usullar yordamida ta’lim samaradorligini oshirishga e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Interfaol usullar qo‘llangan mashg‘ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni mustaqil tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari chiqarishlariga qaratiladi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi.O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka sabab bo‘ladi. Ta’lim metodlarini har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni turlituman jadallashtiruvchi metodlar bilan boyitish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonidagi faolligini muttasil rag‘batlantirib turishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llashi va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undashi zarur. Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Bunda ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar o‘quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi, u butun jarayon davomida ishtirok etadi. Interfaol metod---o`quv jarayonining tarkibiy qismi bo`lib,bir vaqtning o`zida ham o`qituvchi,ham o`quvchini faollashtirishga yo`naltirilgan o`qitish metodlari majmui. Interfaol metodlar orqali o`quvchi shaxsida mustaqil va ijodiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirish imkoniyati oshadi.O`quv jarayonining interfaol ta’lim turlariga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda hatto ,, bolalar o`yini “ kabi taassurot uyg`otadi.
Xulosa qilib aytganda, birinchi sinf o‘quvchilarida yozuv malakasini shakllantirish o‘ziga xos yondashuv va metodik mahoratni talab qiladigan nozik jarayondir. Bu davrda o‘quvchilar hali mustaqil fikr yuritish, yozma ifoda qilish, nutqni erkin shakllantirish bosqichiga yetmagan bo‘lishadi. Shu sababli ularning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ta’lim jarayonini oson, qiziqarli, faol ishtirokga asoslangan tarzda tashkil qilish nihoyatda muhimdir. Interaktiv metodlar esa aynan mana shu maqsadga xizmat qiladi: bolalarda yozuvga nisbatan ijobiy munosabat shakllantiradi, ular darsda jonlanadi, harakatlanadi, o‘rganilayotgan harf va so‘zlarni ko‘rib, eshitib, sezib, harakat orqali o‘zlashtiradi. Interaktiv usullar o‘quvchining bilim olish jarayonini kuchli motivatsiya, ichki qiziqish va shaxsiy ishtirok orqali boyitadi. Birinchi sinfda bu yondashuv ayniqsa samarali bo‘lib, bola uchun darsni sevimli mashg‘ulotga aylantiradi. O‘qituvchining vazifasi esa bu metodlarni to‘g‘ri tanlash, ularni o‘z darsiga moslashtirib qo‘llay bilish va har bir o‘quvchining yutuq yo‘llarini ochib bera olishdir. Ana shundagina boshlang‘ich ta’lim bosqichi haqiqiy hayot maktabiga aylanishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar yozuv darslarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning savodxonligini yuqori darajada shakllantirish, individual o‘qitish jarayonini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Interaktiv metodlar, multimedia vositalari va mobil ilovalarning qo‘llanilishi dars jarayonini qiziqarli, mazmunli va samarali qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6108-son Farmoni. 3. G‘ofurov U. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 4. Jo‘rayev R., Qodirova M. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2019. 5. Interaktiv ta’lim texnologiyalari bo‘yicha metodik qo‘llanma. – Toshkent, 2021. 6. Xalq ta’limi vazirligi: Boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv dasturlari, 2023.
Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.