ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

BOSHLANG‘ICH TA’LIM JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING EMOTSIONAL INTELLEKTINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI.

Аннотация

Mazkur maqola boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining dars jarayonlaridagi hissiy holatini hisobga olgan holda ta’lim berish va emotsional intellektini rivojlantirish, asosiy o’rin egallagan. Emotsional intellekt o‘quvchilarning o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish, boshqalarning hissiyotlarini tushunish va ijtimoiy muloqotlarda muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam beradi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

EMOTSIONAL INTELLEKTINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI.

Normurodova Nigora Abdusattorovna

O‘zMPU “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi

va metodikasi” kafedrasi Dots.PHD

Azizova Sabina Fahriddinovna

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy

pedagogika universiteti 1-magistranti.

Annotatsiya: Mazkur maqola boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining dars jarayonlaridagi hissiy holatini hisobga olgan holda ta’lim berish va emotsional intellektini rivojlantirish, asosiy o’rin egallagan. Emotsional intellekt o‘quvchilarning o‘z histuyg‘ularini boshqarish, boshqalarning hissiyotlarini tushunish va ijtimoiy muloqotlarda muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam beradi.

Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, diagnostika, pedagogik yondashuv, ijodkorlik, emotsional intellektini rivojlantirish, o‘quvchi salohiyati, ta’lim jarayoni.

Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы развития эмоционального интеллекта у учащихся начальной школы с учётом их эмоционального состояния в классе. Эмоциональный интеллект помогает учащимся управлять своими эмоциями, понимать эмоции других и успешно взаимодействовать с другими людьми.

Ключевые лова: Начальное образование, диагностика, педагогический подход, креативность, развитие эмоционального интеллекта, потенциал учащихся, образовательный процесс.

Annotation: This article focuses on teaching and developing emotional intelligence in primary school students, taking into account their emotional state in the classroom. Emotional intelligence helps students manage their own emotions, understand the emotions of others, and be successful in social interactions.

Keywords: Primary education, diagnostics, pedagogical approach, creativity, development of emotional intelligence, student potential, educational process.

Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, barkamol insonni shakllantirish ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi.

Ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ma’naviy yuksaklikka doir islohotlar amalga oshirilayotgan O’zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarga ehtiyojni oshishi davr talabidir.

Hayotda ziyrak ko’z bilan qaraydigan, teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga ega, iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda ko’rsatib o’tilganidek, demokratik jamiyatda insonni erkin va mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash zarur.

Bugungi kunda ta’lim jarayonida faqat bilim va ko‘nikmalar emas, balki o‘quvchilarning his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish va boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish qobiliyatlari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois emotsional intellektni rivojlantirish zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylangan.

Emotsional intellekt-bu insonning o’z his-tuyg’ularini tushunish, boshqarish va ifoda etish, shuningdek boshqalar his-tuyg’ularini anglash va ularga to’g’ri munosabat bildirish qobiliyatidir. Boshqacha qilib aytganda, bu “hissiy aql”- ya’ni his-tuyg’ularni ongli boshqarish san’atidir.

Emotsional intellektni birinchi bo’lib o’rgangan olimlardan biri Piter Salovey va Jon Mayer 1990-yilda bu atamani ilmiy jihatdan ishlagan.1995-yilda Daniel Goleman “Emotsional Intelligence” nomli mashhur kitobini yozgan va bu tushunchani ommalashtirgan.

Emotsional intellektning asosiy tarkibiy qismlari

1. O‘zini anglash – o‘quvchining o‘z his-tuyg‘ularini tanib olish, ularni ifoda eta bilish.

2. O‘zini boshqarish – hissiyotlarni nazorat qilish, salbiy emotsiyalarga berilmaslik.

3. Motivatsiya – o‘zini rag‘batlantirish, o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirish.

4. Empatiya – boshqalar his-tuyg‘ularini tushunish, ularga hamdard bo‘lish.

5. Ijtimoiy ko‘nikmalar – jamoada ishlash, do‘stona muhit yaratish, muloqot madaniyatiga ega bo‘lish.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yosh xususiyatlariga ko‘ra his-tuyg‘ularini ifoda etishga moyil bo‘ladilar. Shu bois o‘qituvchi ularning emotsional rivojlanishiga e’tibor qaratishi lozim.

Quyidagi usullar samarali hisoblanadi:

• O‘yin texnologiyalaridan foydalanish: “His-tuyg‘ularni tanish”, “Men qanday his qilyapman?” kabi o‘yinlar orqali bolalar o‘z emotsiyalarini ifoda etishni o‘rganadilar.

• Guruhli faoliyatlar: jamoada ishlash orqali o‘quvchilar o‘zaro hurmat va empatiya ko‘nikmalarini shakllantiradilar.

• Muammoli vaziyatlar tahlili: hayotiy holatlar asosida “Agar sen shu holatda bo‘lsang, nima qilarding?” kabi savollar orqali his-tuyg‘ularni boshqarish o‘rgatiladi.

• Ijodiy topshiriqlar: rasm chizish, hikoya tuzish, rolli o‘yinlar orqali bolalar histuyg‘ularini ifoda etadilar.

• O‘qituvchi namunasining roli: o‘qituvchining sabr-toqatli, samimiy va empatik munosabati o‘quvchilarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda insonning hissiy olami va ijtimoiy ko‘nikmalarini ifodalovchi emotsional intellekt tushunchasi, ta’lim tizimida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Pedagogik tadqiqotlarga ko’ra, o’quvchilarning emotsional intellektini rivojlantirish orqali bolalarning dunyo qarashini va his-tuyg’ularini boshqara olish muhim rol o’ynamoqda. Tengdoshlari va sinfdoshlari bilan sog’lom munosabat o’rnatishiga, stress holatlariga chidamli va bardoshli bo’lishga undaydi. Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari o’quvchilarga shaxs sifatida qarashlari va ularni muvaffaqiyatli qilib tarbiyalashda emotsional intellekt bevosita yordam beradi.

Emotsional intellekt shaxslararo munosabatlarni yaxshilaydi, stressni kamaytiradi, qaror qabul qilishni osonlashtiradi. Yetakchilik va jamoaviy ishda muvaffaqiyatni oshiradi. O’quvchi va talabalarda o’qish samaradorligini kuchaytiradi. Xulosa Boshlang‘ich ta’limda emotsional intellektni rivojlantirish – nafaqat o‘quvchilarning shaxsiy kamoloti, balki ularning ijtimoiy moslashuvi va ta’limdagi muvaffaqiyati uchun ham muhim omildir. His-tuyg‘ularni boshqara oladigan bola o‘qishga, muloqotga va hayotdagi qiyinchiliklarga ijobiy yondashadi. Shu sababli har bir o‘qituvchi ta’lim jarayonida emotsional intellektni shakllantirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib ― emotsional intellektni rivojlantirishda quyidagi tavsiyalarni ilgari surish o‘rinli deb topildi: - Ta’lim dasturlarida emotsional-intellektual rivojlanishga xizmat qiluvchi modul yoki mavzularni qo’shish; - o‘z o‘rtog‘lariga nisbatan hurmati oshadi va ular bilan ijtimoiylashadi; - mehr-oqibat, hurmat, do‘stlik kabi sifatlar shakllanadi; - egallangan axloqiy sifatlar malakasi orqali jamiyat bilan muloqotga kirishadi; - ota-onalar bilan hamkorlikda bola emotsional holatini tahlil qilish va tarbiyaviy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish.

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich ta’limda emotsional intellektni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlar nafaqat o‘quvchilar shaxsining barqaror takomillashini ta’minlaydi, balki ularning kelajakda muvaffaqiyatli va baxtli inson bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. To‘xtasinova N. Pedagogik diagnostika asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – 168 b. 2. Rahmonqulova Sh. Ta’limda iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash usullari. – Toshkent: Pedagogika, 2017. – 132 b. 10. Torrens, E. P. Creativity Tests and Their Application in Education. – New York: Wiley, 2000. – 210 p 3.Forobiy, A. N. (2002). Fozil odamlar shahri. Toshkent: Sharq nashriyoti. 4.Ismoilova, M. (2021). Boshlang‘ich ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida o‘qitish. Boshlang‘ich ta’lim, 1(2), 44–48. 5.Abdullayeva, Z. M. (2022). Emotsional intellekt va uning bolalar rivojlanishiga ta’siri. O‘zbek pedagogik axborotnomasi, 3(1), 15–19. 6.G‘afurova, D. (2020). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hissiy dunyosini o‘rganish va rivojlantirish usullari. Psixologiya va pedagogika muammolari, 2(3), 67–72. 7.Vygotskiy L.S. Ijtimoiy rivojlanish nazariyasi. – Moskva: Pedagogika, 1984. – 256 b. 8. Teplov B.M. Psixologiya asoslari. – Moskva: Nauka, 1978. – 312 b. 9. Renzulli J. S. The Three-Ring Conception of Giftedness. – Journal for the Education of the Gifted, 1978. – Vol.1, No.4, pp. 243–254. 10. Gagné F. The Differentiated Model of Giftedness and Talent. – Journal of Educational Psychology, 2004. – Vol. 96, No. 3, pp. 582–597. 11. Gardner H. Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences. – New York: Basic Books, 1983. – 348 p. 12. Ismoilov M.T. Boshlang‘ich ta’limda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va rivojlantirish. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015. – 144 b. 13. Jo‘rayev A. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi. – Toshkent: Fan, 2018. – 120 b. 14. To‘xtasinova N. Pedagogik diagnostika asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – 168 b. 15. Rahmonqulova Sh. Ta’limda iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash usullari. – Toshkent: Pedagogika, 2017. – 132 b. 10. Torrens, E. P. Creativity Tests and Their Application in Education. – New York: Wiley, 2000. – 210 p

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.