ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

BOSHLANG’ICH TA’LIM SIFAT SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sohasida xususan boshlangʻich taʼlim sohasida boʻlayotkan islohotlar, hamda taʼlimni kuchaytirish uchun olib borilayotgan zamonaviy yondashuvlar haqida maʼlumot keltiriladi.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

ZAMONAVIY YONDASHUV

Zokirova Gulbahor Murodjon qizi

Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani 22-umumiy o'rta ta'lim maktabi

Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi

Annotasiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sohasida xususan boshlangʻich taʼlim sohasida boʻlayotkan islohotlar, hamda taʼlimni kuchaytirish uchun olib borilayotgan zamonaviy yondashuvlar haqida maʼlumot keltiriladi.

Kalit soʻzlar: taʼlim, boshlangʻich sinf, zamonaviy yondashuv, pedagogik faoliyat, taʼlim texnologiyalari

O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida o'tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni bugungi kunda ta’lim jarayonini loyihalashga yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda. Ta’limga zamonaviy yondashuv ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali boshqarish va qo’yilgan o’quv maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlaydi. Boshlang’ich sinflarda ta’lim sifat samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuv –vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta'minlovchi pedagogikjarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimdir.

Ta’lim texnologiyalari pedagogik faoliyatning ma’lum sohasini qamrab oladi. Didaktik jarayon bosqichlarini muayyan ketma-ketlikda qurish o’quvchilarning bilim faoliyatini mavzu bo’yicha belgilangan maqsadlarga mos holda tanlangan o’qitish metodlari yordamida tashkil etish demakdir. Boshlang’ich sinflarda ta'lim sifat samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuv - o’z mohiyati va mazmuniga ko’ra,ma’lum pedagogik nazariyaga asoslangan, u yoki bu tasnifga tegishli bo’ladi.

Ularning samaradorligi to’g’risida fikr yuritilganda o’qitish jarayonini izga soladigan va uni maqsadli yo’naltira oladigan, o’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlash barcha ta’lim muassasalarining oldiga qo’yilayotgan maqsadga nechog’lik erishilayotganini ko’zda tutish kerak. Yoxud o’qitish metodlari bevosita ta’lim amaliyoti bilan aloqador konsepsiyasidir. Boshlang’ich sinflarda “O’qish” darslarida matnlar berilgan bo’lib, shulardan biri “Alisher Navoiy” matnidir. Matn badiiy va ilmiy uslubda berilgan. Mashq shartida matnlarni taqqoslab, ularning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash topshirilgan. Mazkur matnni “Aqliy hujum” metodi yordamida o’rganish ko’zlagan maqsadga erishish imkoniyatini yaratadi. Bu metod asosida matn bilan bir necha bosqichda olib boriladi.

1-bosqich. O’quvchilarni mavzuni tushunishga tayyorlash. O’tgan mashg’ulotlarda berilgan nutq usullariga oid ma’lumotlar esga olinadi va takrorlanadi, har bir nutq uslubining o’ziga xos xususiyatlari yodga olinadi. Chunki matnlarni taqqoslash uchun o’quvchilarda nutq uslublariga oid ma’lumotlar yetarli bo’lishi kerak. Nutq uslublariga oid bilimlar yodga olingandan so’ng har ikki matn o’quvchilar tomonidan mustaqil o’qib chiqiladi. O’quvchilar matn mazmunini tushunishga harakat qiladilar1.

2-bosqich. Berilgan matnlarning o’xshash tomonlarini aniqlash. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savolni beradi? Har ikki matn qaysi jihatdan birbiriga o’xshaydi? O’quvchilar mazkur savolga shunday javob beradilar:

- har ikki matn ham Alisher Navoiy haqida:

- mantning mazmuni bir xil:

- har ikki matndan ham Navoiy ijodi haqida fikr bildirilgan:

- har ikkala matnda ham shoirning ustozlari nomlari keltirilgan:

- Navoiyning turkiy tilda ijod qilganligi aytilgan:

- Navoiyning jahonga tanilgan shoir ekanligi aytilgan

- Forsiy shoirlarning Navoiy ijodiga munosabati ifodalangan.

O'qituvchi o'quvchilarning Navoiy ijodiga umumlashtiradi va o'z munosabatini bildiradi.

3-bosqich. Har ikki matn asosida badiiy va ilmiy uslubga xos xususiyatlarni aniqlash. Bu bosqichda har bir uslubning o’ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Birinchi matnda badiiy uslubga xos quyidagi xususiyatlar qo’llangan: tasviriy ifoda (zanjirband she’r) ko’chma ma’noli so’zlar (she’riyat osmoni, yulduzlarga hira tortdi, shuhratiga soya soldi). Ikkinchi matnda ilmiy uslubga xos quyidagi xususiyatlar qo’llangan: raqamlar (1441 yil tug’ilgan, XV asr 60-yillar), aniq dalillar Yevropa va Osiyo davlatlarini, Nizomiy Ganjaviy, Sadiy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy kabi tarixiy shaxs nomlari, A.Jomiyning Navoiy haqidagi fikri keltirilgan. “Alisher Navoiy” matni shu metod yordamida o’rganilsa, o’quvchilar matn mazmunini yaxshiroq anglaydilar ularning mazmuniga chuqurroq kirib boradilar matnlarni qiyoslash orqali ularning mohiyatini teran idrok etadilar va interfaol metodlaro’quvchilarni fikrlashga, darslarda faol qatnashishga, darslarda faol ishtirokchi bo’lishiga o’rgatadi. Shunday qilib, yuqoridagi interfaol metodlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish asosida ta’lim samaradorligini oshirish va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashish dasturi amal bo’lib qoladi. 1 . Tolipov O. Umumiy pedagogika Toshkent: 2007-y. 24-26betlar

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Tolipov O. Umumiy pedagogika Toshkent: 2007-y. 24-26betlar 2. Yo’ldashev O. Pedagogika Toshkent: 2008-y. 7- bet 3. Xasanboeva O. Oila pedagogikasi. Toshkent: 2007-y. 4. Daminov T, Adambekova T. O’yin mashg`ulotlari. Toshkent: 1993-y/

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.