ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

“BOYSUN BAHORI” XALQARO FOLKLOR FESTIVALI DUNYO E’TIROFIDA

Аннотация

Ushbu maqolada “Boysun bahori” xalqaro folklor  festivalining paydo bo’lish tarixi, uning yillar davomida taraqqiy etib, butunjahon e’tirofiga tushgani haqida bayon qilinadi. Shuningdek, Surxon vohasining tarixiy an’analari hamda madaniyati haqida ham fikrlar keltirilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

E’TIROFIDA

Istamova Shahzoda Islom qizi

Termiz Davlat Universiteti, Milliy libos va san’at fakulteti

MSM yo’nalishi 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Xumoyiddin Turayev (PhD) Annotatsiya: Ushbu maqolada “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining paydo bo’lish tarixi, uning yillar davomida taraqqiy etib, butunjahon e’tirofiga tushgani haqida bayon qilinadi. Shuningdek, Surxon vohasining tarixiy an’analari hamda madaniyati haqida ham fikrlar keltirilgan. Kalit so’zlar: Janub gavhari, Boysun bahori, festival, folklor, an’ana, etnografiya, so’zana, doston, qadriyat. Kirish: O’zbekistonning “Janub gavhari” deb atalmish Surxondaryo viloyatida joylashgan Boysun oddiy shaharcha boʻlib, u Boysuntogʻ togʻlari etagida joylashgan. Uning asosiy xususiyati shundaki, mahalliy aholi ming yildan ortiq davom etgan va Islomgacha boʻlgan butparastlik madaniyatidan kelib chiqqan qadimiy urf-odat va anʼanalarni saqlab kelgan. Ming yil muqaddam bu yerda oqinlar “Alpomish” qahramonlik dostonini yaratishgan. Boysun oʻziga xos musiqa madaniyatiga ham ega boʻlib, koʻplab marosimlar, musiqa va raqslari bilan ajralib turadi. Boysun tumanining tarixi va etnografiyasi ming yillarga borib taqaladi.

2001-yilda UNESCO tomonidan Boysun madaniyati insoniyatning ogʻzaki va nomoddiy madaniy merosi durdonasi deb eʼtirof etilgan. Bunda Boysun 19 ta nominatsiya boʻyicha jahon hamjamiyatining madaniy merosi obʼektlari orasidan tanlab olingan. 2008-yilda UNESCOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan”. Ayon bo’lganidek, Boysun butunjahon e’tiboriga tushib ulgurgan. 2002-yil may oyida ilk bor O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston xalq ijrochilarining ilk ochiq folklor festivali o’tkazilgan. Nafaqat oʻzbekistonliklarning, balki xorijliklarning ham eʼtiborini tortgan festival 2005-yilga kelib ayrim sabablarga koʻra toʻxtab qolgan va 11 yil davomida oʻtkazilmagan. Lekin 2016-yildan eʼtiboran qayta oʻtkazila boshlangan. Pandemiya davrida, yaʼni 2020—2021-yillar oraligʻida takror toʻxtatilgan. 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boʻldi. Asosiy qism: 2024-yilda esa “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali har yilgidanda o’zgacha tarzda o’tkazildi. Oʻzbekistonning turli hududlarida faoliyat yuritadigan folklor jamoalarning 200 dan ortiq vakili oʻz hududlariga xos libos va qadimiy kuyqoʻshiqlar bilan ishtirok etdilar. Festivalning xalqaro darajadagi ahamiyatini inobatga olib, tayyorgarlik ishlari o‘tgan yildan boshlangan. Bu yilgi festival tadbirlari tumanning “Bibishirin” mahallasida qurilgan, umumiy qiymati 47,0 mlrd so‘mlik turizm kompleksida o‘tkazildi. Uni tashkil qilish jarayonida “Bibishirin” mahallasida 100 dan oshiq oʻtov tikildi va qoʻrgʻonlar barpo etildi. Kurash uchun alohida joy hozirlanib, Respublikadan hakamlar taklif etildi. Bundan tashqari milliy kurash musobaqasi, etnosport, velomarafon, uloq va ko’pkari qolaversa boshqa bir qancha milliy o’yinlarimiz festival doirasida tashkil etildi. Folklor sanʼati — alla, oʻlan, lapar, raqs, terma, marosim singari qoʻshiqlar va milliy xalq oʻyinlari, tomosha sanʼati nominatsiyalari boʻyicha oʻtkaziladigan festivalda xorijiy davlatlar vakillari ham ishtirok etishlari mumkin. Bunga yaqqol misol sifatida 2022- yilda Tojikiston va Afgʻonistondan kelgan hunarmandlarni aytish mumkin. “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan. Unda festivalni oʻtkazish shartlari, jumladan, folklor jamoalari tomonidan xalq amaliy sanʼati yoʻnalishi boʻyicha 12 nafar, milliy oʻyinlar va tomoshalar yoʻnalishi boʻyicha 4 nafardan koʻp boʻlmagan dastur ijrosiga qoʻyiladigan talablar belgilangan. Shuningdek, 9-11 nafar yetakchi ekspertlardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan festival ishtirokchilarini 10 balli tizimda baholash mezonlari va gʻoliblarni aniqlash tartibi belgilab olingan. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Surxondaryo viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan smeta asosida shakllantiriladi: 30 foizi — respublika byudjetidan Madaniyat vazirligiga madaniy tadbirlar oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan; 70 foizi — Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan. Ushbu festival doirasida bir necha yillar davomida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etilgan. Bu yilgi konferensiya festivalning ilk kunida Termiz davlat universitetida tashkil etildi. Xitoy, Chexiya, Janubiy Koreya, Qozogʻiston, Yaponiya, Rossiya, Fransiya va boshqa bir qator tadbirlar boshqa bir qator mamlakatlardan olimlar ishtirok etishdi. Ilmiy konferensiya va forumlarda ishtirok etgan olimlar va hunarmandlar 50 ga yaqin yodgorliklarni aniqlashgan. Bundan tashqari UNESCO homiyligida amalga oshirilgan xalqaro ekspeditsiyada sanʼatshunos olimlar tomonidan 100 ga yaqin ijrochilik sanʼatiga doir namunalar — dostonlar, laparlar va xalq qoʻshiqlari yozib olingan.

2024-yil „Boysun bahori“ ochiq folklor festivali uchun dunyodagi eng katta soʻzana tikildi. Boysunlik xunarmandlar tomonidan tikilgan soʻzananing uzunligi 31 metr, eni 5,2 metrni tashkil qiladi. Shuningdek, har ikki yilda bir marta anʼanaviy ravishda ikki kun oʻtkaziladigan festival ushbu yilda bir hafta davom etgan. „Bibishirin“ mahallasida festival uchun alohida dekoratsiya qilingan. Bundan maqsad boshqa davlatlardan keladigan mehmonlarni voha aholisining madaniy hayoti, turmush tarzi va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishtirish boʻlgan. E’tiborli tomoni bu yilgi festival doirasida Boysun osmoni uzra 20 dan ortiq havo sharlari parvoz qildi va bu raqamlar O’rta Osiyoda ilk bor qayd etildi. Xorijiy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlarga xalqaro festivalning yetti kunlik dasturidan o‘rin olgan tadbirlar, ularning bo‘lib o‘tish vaqtlari, joylari hamda boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan ma’lumot berish maqsadida festival matbuot markazida matbuot anjumani o‘tkazildi. Media tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev, viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Normurodov hamda AOKA viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Zahiriddin To‘rayev ishtirok etdi. Festivalning ochilish marosimida so’zga chiqqan viloyat hokimi Ulug’bek Qosimov "Boysun bahori" festivali insoniyat madaniy merosining qimmatbaho boyliklaridan biri ekanligi hamda bu festival xalqimizning milliy qadriyat va an’analarini asrab-avaylashga, kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qilishini ta’kidladi. Xulosa: O‘lkamizda har bir hududning o‘ziga xos qadriyat va an’analari mavjud. Jumladan, Surxondaryo vohasining ham. Bu diyor ahlining tanti va mardligi, yashash tarzi, tabiati bilan chambarchas bog‘liq holda yaratilgan qadriyatlari va an’analari bor. Bu yerga kelgan hech bir inson ularning dostonlaridan, xalq termalaridan tinglamay turib qaytmaydi, qaytolmaydi. Zero, bu diyorga sayyohlarni chorlagan eng katta kuch ham baxshi do‘mbirasining sehrli sadosi va dostonlarimizdagi sir-sinoatdir. Ko’hna Boysun ham o’zining tarovati va fayzi bilan butunjahon miqyosida o’z o’rniga ega. Festivalda ishtirok etgan Buyuk Britaniyalik sayyoh Faybrijah Kiannejat bu haqida o’z fikrlarini quyidagicha bayon qildi: - “Festivalga ikki yil oldin, Padang kengliklarida o‘tkazilganida kelganman. Ochig‘i bunday manzarani uchratmagandim. Hayratdaman. Ikki yilda shuncha o‘zgarish. Aqlga sig‘maydigan hodisa. Moʻjiza yuz bergandek, go‘yo. Men juda xursandman. Ayniqsa, sahnada ajoyib sozandalar bilan kuy ijro etish men uchun yaxshigina tajriba bo‘ldi. Bu ketishda “Boysun bahori”ning qamrovi ortib boraveradi. Dunyoga yanada mashhur bo‘ladi. Festival ham, undagi chiqishlar, namoyishlar, kuy-qo‘shiq va raqslar ham noyob. Jahonda bunday festivallar juda kam va bitta tilagim mana shu qadriyatlar tarannum etilayotgan xalqaro festival juda uzoq yashasin”. Albatta, Surxon vohasi madaniyat va san’atning tamaddun beshigi hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://yuz.uz/uz/news/xitoy-matbuoti-boysun-bahori-festivali-haqida-maqola2. Yangi O’zbekiston gazetasi: 8-aprel soni 3. O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi o 'quv qo 'llanma toshkent «сг/.к1 tob savdo nashriyoti: 2021 4. O'zbekiston tarixi; Ikkinchi kitob. - O'zbekiston. 2019. — 576 b.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.