ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

Bozor munosabatlarining rivojlanish sharoitida hududiy ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni boshqarish

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish, bozor munosabatlarining rivojlanish sharoitida hududiy ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni boshqarish haqida bayon qilingan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

Bozor munosabatlarining rivojlanish sharoitida hududiy ishlab chiqarish

kuchlarini joylashtirishni boshqarish

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi

o‘qituvchisi

Xayitmurodov Anvarjon G‘aybullayevich

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish, bozor munosabatlarining rivojlanish sharoitida hududiy ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni boshqarish haqida bayon qilingan.

Kalit so‘zlar: Davlat, jamiyat, bozor, munosabat, ishlab chiqarish, boshqarish, imkoniyat, chora-tadbir, tamoyil, diversifikatsiya, ishchi o’rin.

Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to‘rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan. O‘zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib o‘zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo‘lib qoldi. O‘zbekiston tanlagan islohot yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi. Soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyotida davlatning roli va ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilish, shuningdek, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bozor tamoyillarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, bozorni raqobatbardosh tovarlar bilan toʻldirish va ularni tashqi bozorlarga yoʻnaltirish hajmlarini oshirish boʻyicha zarur tadbirlar ishlab chiqilmayapti. Natijada, barqaror ishchi oʻrinlari yaratish darajasi pastligicha saqlanib qolayotganligi aholini, ayniqsa, qishloq aholisini barqaror daromad manbai bilan taʼminlash imkonini bermaydi va sifatli inson kapitalini rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi. Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi. Ishlab chiqarishni joylashtirish masalasi hal qiluvchi bo'lib, diqqat bilan tahlil qilishni talab qiladi. Haqiqat shundaki, ularning har biri ko'plab omillarga bog'liq. Iqtisodchining vazifasi ishlab chiqarish imkon qadar foydali bo'lishi uchun faoliyatni rivojlantirish uchun eng foydali joyni topishdir. Bozor munosabatlarida “ishlab chiqarishni joylashtirish omili” tushunchasining bir qancha talqinlari mavjud. Ba'zi olimlar omillar deganda ma'lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan resurslar va shart-sharoitlarni tushunadilar. Ularning to'plami turli geografik hududlarda farqlanadi. Boshqalar esa ular tabiiy resurslar va davlat resurslariga kapital, xalqaro munosabatlar, davlat ta'siri, yirik kompaniyalar faoliyati bo'linishini ta'kidlaydilar. Ishlab chiqarish kuchlari ishlab chiqarish vоsitalari (asbоb-uskunalar, xоm-ashyo va x.k.) sanоat va qishlоq xo’jaligi hamda mehnat resurslarini o’z ichiga оladi. Оdatda, ishlab chiqarish asоsan sanоat, qishlоq xo’jaligi, transpоrt kabi makrоiqtisоdiy sоhalardan tashkil tоpadi. Ammо ularning barchasini harakatga keltiruvchi ishchi kuchi, ya’ni insоn hisоblanadi. Binоbarin, ahоli ijtimоiy ishlab chiqarishdek murakkab jarayonning markazidan qrin оladi. Buni biz demоtsentrik prinsip deb yuritishimiz mumkin. Shu bilan birga ta’kidlash jоizki, umuman ahоli ishchi kuchi emas va u faqat iqtisоdiy tushuncha sanalmaydi. Afsuski, ilgari ahоli asоsan bоsh ishlab chiqaruvchi kuch sifatida bahоlanardi. Vahоlanki, bizning sharоitimizda, hоzirgi demоgrafik vaziyatda faqat 48-50 fоiz ahоli mehnatga layoqatli yoshlardir, xоlоs. Ijtimоiy ishlab chiqarish tizimi eng avvalо uch tarkibiy qismdan ibоrat. Bu ham bo’lsa, bevоsita ishlab chiqarish, taqsimоt va iste’mоldir. Bularning barchasi, albatta, ishchi kuchisiz bo’lmaydi. Ayni paytda ishlab chiqarilgan mahsulоt bilan uni iste’mоl qilish o’rtasidagi alоqadоrlikni amalga оshirishda transpоrtning ahamiyati katta. Ishlab chiqarish kuchlari keng va murakkab iqtisоdiy tushuncha, uning tarkibi ishlab chiqarishning оb’ekti bilan sub’ekti, ya’ni ishchi kuchidan tashkil tоpadi. Ahоliining ishtirоki qisman, mehnat resursi dоirasida kuzatiladi. Umuman ahоli esa, u ijtimоiy-iqtisоdiy tushuncha hisоblanib, ishlab chiqarish jarayonining qоq o’rtasidan jоy оladi. Sababi- ahоli mehnat resurslari, mоddiy va mahnaviy bоyliklarning yaratuvchisi va ayni paytda ularning iste’mоlchisi hamdir. Birоq, ishlab chiqaruvchilar оzrоq, iste’mоl qiluvchilar esa barcha ahоlidan uning yosh va jinsidan qat’iy nazar ibоrat. Iqtisоdiy geоgrafiya va mintaqaviy iqtisоdiyot uchun ishlab chiqarish kuchlarini jоylashtirish umumiy tushuncha, оb’ekt hisоblanadi. Hattо mintaqaviy iqtisоdiyotni ishlab chiqarish kuchlarini jоylashtirish haqidagi fan sifatida ta’riflaydilar. qоlaversa, sоbiq Ittifоq davridagi iqtisоdiyot universitetlarining iqtisоdiy geоgrafiya kafedralarini nоmlari avval ishlab chiqarish kuchlarini jоylashtirishga, undan keyin esa mintaqaviy iqtisоdiyotga o’zgartirildi. Mazkur fanlarda «ishlab chiqarish kuchlarini jоylashtirish» bilan bir qatоrda «ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil qilish» tushunchasi qqllaniladi. Chindan ham bu ikki tushuncha bir-biriga juda o’xshash. Ayniqsa, «jоylashtirish» hududiy tashkil qilishga yaqin, Chunki bu ma’lum bir sub’ekt (shaxs, davlat) tоmоnidan amalga оshiriladi. Hududiy tashkil qilish hududiy tarkib hududiy tizim, iqtisоdiy rayоn tushunchalari bilan chambarchas bоg’liq va ular mintaqaviy iqtisоdiyot hamda iqtisоdiy geоgrafiyaning o’zak tushunchalarini tashkil qiladi.

Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida xomashyo resurslari muhim omil hisoblanadi. Ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishda esa xomashyo boshqa omillarga qaraganda ko‘proq talab etiladi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. Sanoatning ba’zi tarmoqlari, masalan, tog‘-kon, o‘rmon, baliqchilik sanoati tarmoqlarining joylashuvi xomashyo bo‘lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar ko‘lami bilan belgilanadi. shlab chiqarishni (moddiy va nomoddiy) hududiy jihatdan tashkil etishda, joylashtirishda, albatta hudud shartsharoitlari va omillari hisobga olinadi. Bu omillarni to‘g‘ri tanlay bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimning rivojlanish qonuniyatlarini asoslashga imkon beradi. Sanoat va umuman iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlari shakllanish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida mahsulotlarning raqobatbardoshligining izchil o'sishini ta'minlaydigan samarali, moslashuvchan va barqaror bozor ishlab chiqarish tuzilmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi kerak. postindustrial jamiyat va iqtisodiyot. Salbiy uzoq muddatli tendentsiyalarni bartaraf etish uchun bilimlar iqtisodiyoti tamoyillari va elementlariga asoslangan sanoat korxonalarini rivojlantirishning yangi kompleks yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek, yanada samarali yaratish va ulardan foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy-iqtisodiy vositalarni shakllantirish zarur. mavjud resurs salohiyati. Sanoat korxonalarining rivojlanish xususiyatlari korxonaning barqaror rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash imkonini berdi, masalan: korxona faoliyatidan mustaqil - umumiy iqtisodiy, bozor va korxona faoliyatiga bog'liq - moliyaviy, marketing, ishlab chiqarish, innovatsiyalar, bu korxonaning holatini baholash, barqaror rivojlanish sabablarini aniqlash va strategik boshqaruvga alternativalarni tanlash uchun asos bo'lish imkonini beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarish vositalari egalari bilan yollanib ishlovchi xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomalari asosida shakllanadi. Ishlab chiqarish u yoki bu tarixiy konkret shakllari ishlab chikaruvchi kuchlarning taraqqiyot darajasi, ki-shining tabiat ustidan hukmronlik darajasi bilan belgilanadi. Oʻz navbatida, ishlab chiqarish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatadi, uni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi. Bugungi kunda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari ichki va tshqi bozorda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasidagi maqsadli ko’rsatkichlarga erishish dolzard bo’lib qolmoqda. Ishlab chiqarishni boshqarish Korxona ishlab chiqarish tizimini tashkil etish va uning faoliyatini boshqarishning umumiy atamasi. Shuningdek, ishlab chiqarish nazorati sifatida ham tanilgan. Ishlab chiqarishni tashkil etish ishlari orqali korxona maqsadlari talablariga muvofiq, texnik, iqtisodiy jihatdan tejamkor, moddiy texnik sharoitlar va atrof-muhit sharoitlariga mos ishlab chiqarish tizimini barpo etish; ishlab chiqarishni rejalashtirish ishlari orqali ishlab chiqarish tizimini optimallashtirish bo'yicha ish rejasini tuzish; ishlab chiqarishni nazorat qilish ishlari orqali korxonaning ishlab chiqarish jarayonida va undan tashqaridagi turli xil munosabatlarni o'z vaqtida samarali tartibga solib turing, shunda ishlab chiqarish tizimining ishlashi belgilangan ishlab chiqarish rejasining talablariga javob beradi va kutilayotgan mahsulot turiga, sifatiga, ishlab chiqarishiga erishadi, ishlab chiqarish muddati va ishlab chiqarish qiymati. Ishlab chiqarishni boshqarishning maqsadi kam investitsiya, ko'proq ishlab chiqarish va eng yaxshi iqtisodiy foyda olishdir. Ishlab chiqarishni boshqarish dasturidan foydalanishning maqsadi ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayoni ma'lumotlarini samarali boshqarish va shu bilan korxonaning umumiy raqobatbardoshligini oshirishdir. Mustaqillik davridagi O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi, ishlab chiqarishini boshqarish Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari iqtisodiy ahvoli bilan taqqoslansa, faqat O‘zbekistondagina 90-yillar boshidagi darajadan oshib bir tekis rivojlanmoqda. Bu holatni jahonning ko‘plab yirik rivojlangan mamlakatlarning davlat rahbarlari, taniqli mutaxassislar tan olmoqda.

Foydalanilgan adsabiyotlar:

1. R.I. Nurembetov, S.I. Ahmedov “Ishlab chiqarish menejmenti 2008 y

2. Karimov I. A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. T.6. - T.

(O'zbekiston»), 1998. - 429 b.

3. Karimov J. A. Biz o'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. T.7- T.”O'zbekiston” 1999. - 410 b.

4. Nurimbetov R. I. (dshlab chiqarish menejmenti)) fanidan uslubiy ko'rsatma va nazorat ishlari 2oo5 y

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.