ResearcherUz LogoResearcherUz
Посмотреть журнал

BUG‘DOYNING KO‘CHAT QALINLIGI VA UMUMIY TUPLASHIGA EKISH MUDDATI VA ME’YORINING TA’SIRI.

Аннотация

Maqolada Xorazm viloyati sharoitida O‘zbekistonda qadimdan yetishtirib kelingan mahalliy bug‘doy nav namunalarining ko‘chat qalinligi va tuplashiga ekish muddati va me’yorining ta’sirini o‘rganish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari keltirilgan.


Полный PDF документ

Похожие статьи

Текст статьи

UO‘T: 633.11

EKISH MUDDATI VA ME’YORINING TA’SIRI.

Z.B.Alloberganova., O.J.Palvanov., K.S.Atajanova.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.

Annotastiya. Maqolada Xorazm viloyati sharoitida O‘zbekistonda qadimdan yetishtirib kelingan mahalliy bug‘doy nav namunalarining ko‘chat qalinligi va tuplashiga ekish muddati va me’yorining ta’sirini o‘rganish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari keltirilgan.

Kalit so‘zla: Ekish me’yori, hosil strukturasi, unumdorlik, ko‘chat qalinligi, hosildorlik, urug‘ massasi, mahsuldor poyalar soni.

Аннотация. В статье представлены результаты научных исследований, проведенных по изучению влияния сроков и норм посева на густоту стояния семян и кустистость местных сортов пшеницы, издавна возделываемых в Узбекистане, в условиях Хорезмской области.

Ключевые слова: Норма высева, структура посевов, урожайность, густота всходов, урожайность, масса семян, количество продуктивных стеблей.

Abstract. The article presents the results of scientific research conducted to study the influence of planting date and rate on seedling density and tillering of local wheat varieties, which have long been cultivated in Uzbekistan, in the conditions of the Khorezm region.

Key words: Planting rate, crop structure, productivity, seedling thickness, yield, seed mass, number of productive stems.

Kirish. Mamlakatimiz aholisining don va non mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining o‘sib borishi don yetishtirishni ko‘paytirish hamda uning sifatini oshirishni taqoza etadi.

Axolining don va don mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish, bugungi bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan, mulkchilikning yangi shakllari shakllanayotgan davrda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Xar bir davlatning iqtisodiy salohiyati, aholining turmush tarzi, don va don maxsulotlari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. G‘alla don ekinlari asosan non maxsulotlari olish uchun ekib yetishtiriladi. Kundalik xayotimizni nonsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Bug‘doy noni insoniyat tomonidan ochilgan eng buyuk ixtiro hisoblanadi. Shu sababli don hosildorligi, sifati, yetishtiriladigan yalpi don hosilini barqarorlashtirishga qaratilgan har qanday tadbir olimlarni qiziqtirib kelgan. Non asosiy oziq-ovqat mahsuloti, dasturxonimizning fayzi.

Kuzgi bug‘doy ko‘p davlatlarda asosiy oziq-ovqat ekini bo‘lganligi sababli ilmiy jihatdan yaxshi o‘rganilgan ekin sanalasdi. Uning hosili va don sifati ekish me’yorlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun, bu muammoga bag‘ishlanib mamlakatimizda va xorijda ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan va otkazilib kelinmoqda.

Bug‘doy siyrak ekilganda tuplanishning kuchayishi, bosh poyalar sonining kamayib ikkilamchi, uchlamchi va keyingi poyalarning ko‘payishi, ekinzorning begona o‘tlar bilan ifloslanishi fotosintetik, assimilyasiya yuzasinig kam bo‘lishi hisobiga don hosilining kamyishi kuzatiladi. Tup qalinligini me’yoridan oshirish, tuproqda namlik va oziq moddalar yetishmasligiga, o‘simliklarni yotib qolishiga, kasallik va zararkunadalar bilan zararlanishiga, hosilning pasayishiga sababchi bo‘ladi. Demak o‘simliklarni siyrak bo‘lishi hamda me’yoridan ortiq zich bo‘lishi hosildorlikni va don sifatini pasayishiga olib keladi.

Ekish me’yorlarini ekish muddatlari davomida yo‘l qo‘yilgan xatolarni ekish me’yorlarini ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali qisman bartaraf qilish mumkin. Shuning uchun ekish muddatlarini ekish me’yorlariga bog‘lab o‘rganish so‘nggi yillarda eng dolzarb muammoga aylanmoqda.

Kuzgi bug‘doy don hosildorligi shuningdek urug‘ ekish me’yoriga bog‘liq. Ekish me’yori navning biologik xususiyatlari, tuproq sharoiti, urug‘ning kattakichikligi singari omillarni hisobga olgan xolda belgilanadi. Yaxshi tuplanadigan navlarning ekish me’yori kamroq, tuplanuvchanligi past bo‘lgan navlarning ekish me’yori esa yuqoriroq bo‘ladi. Respublikamizning shimoliy viloyatlarida janubiy viloyatlariga nisbatan ekish me’yorini biroz yuqoriroq belgilash lozim. Iqlim qancha issiq va quruq bo‘lsa, ekish me’yorlari shunchalik kichik bo‘ladi. Shuningdek urug‘ kechroq ekilganda urug‘ ekish me’yori 10 % ko‘paytiriladi.

Yuqori don hosilini shakllanishida sug‘oriladigan yerlar sharoitida boshoqli ekinlarning maqbul tup hamda mahsuldor poyalar qalinligi muhim ahamiyatga ega. Siyrak va ortiqcha zich ekilganda hosilining pasayishi aniqlangan. Birinchi holda, ayniqsa, keyingi yillarda o‘simliklar begona o‘tlar bilan ko‘proq ifloslanib, mahsuldor poyalar kam bo‘lsa, ikkinchi holda esa ko‘proq namlik va oziq moddalar yetishmasdan qoladi. Bundan tashqari, zich ekilgan dalalardagi o‘simliklarning tez yotib qolishi kuzatilgan.

Mahsuldor poyalar optimal ekish me’yorlarida shakllanishini va, ayniqsa, navlarning ekish aniqlash hosildorlikning mo‘l bo‘lishini ta’minlaydi [2,6,7].

Turli mintaqalarda boshoqli don ekinlaridan yuqori hosilli va sifatli don yetishtirish uchun tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan nav agrotexnikasini ishlab chiqish zarur.

Akademik V.Ya.Yurevning ta’kidlashicha, har bir navning maqbul tup qalinligi bir qator biologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi [8].

Ekish me’yori o‘simlikning tezpisharligi, tuplanish qobiliyati, yotib qolishga chidamliligiga bog‘liq bo‘lishini akademik V.N.Remeslo aniqlagan [4].

Ko‘pchilik olimlarning ta’kidlashicha tup qalinligi o‘simlikning urug‘ massasi, unuvchanligi, fizik tozaligi, tuproq-iqlim sharoiti, tuproqni unumdorlik darajasi, o‘tmishdosh ekin, solinadigan o‘g‘itning miqdoriga bog‘liq ekanligini ta’kidlashsa, ayrim tadqiqotchilar ekish me’yorining oshishi bilan dala unuvchanligini pasayishini, boshqa tadqiqotchilar esa aksincha, oshishini ko‘rsatganlar [1,3,5].

O‘simlik hosil strukturasining aniqlashni ahamiyati shundaki, u olinadigan hosildorlikni belgilaydi. Bizning tajribalarda o‘rganilgan omillarni (ekish muddati va me’yori) struktura parametrlariga ta’sirini aniqlashdan maqsad, o‘rganilgan omillarni yumshoq bug‘doydan yuqori va sifatli hosildorlikka erishish uchun ularni eng maqbulini tanlab olishdan iborat.

O‘simliklardan olinadigan xosildorlikni asoslash uchun fotosintez jarayonida bevosita ishtirok etuvchi ko‘chat qalinligiga e’tiborni qaratish zarur. Bir metr kvadrat maydondagi umumiy poyalar soni, shu maydondagi o‘simlik soni va ularning umumiy tuplanishiga bog‘liqdir.

Izlanish natijalarida aniqlanishicha, maydon birligidagi mahsuldor poyalar soniga vegetatsiya mobaynida o‘zgarib turuvchi meteorologik omillar va o‘rganilayotgan texnologiyalar katta ta’sir ko‘rsatadi.

Tadqiqot materiallari va uslubi. Yumshoq bug‘doyning ko‘chat qalinligi va tuplashiga ekish muddati va me’yorining ta’sirini o‘rganishda O‘zbekistonda qadimdan yetishtirib kelingan mahalliy bug‘doy nav namunalaridan (Boboki, Yakkabog‘, Oq bug‘doy, Qizilsharq va Qoraqiltiq) foydalanildi. Tanlangan nav namunalar Xorazm viloyati ilmiy tadqiqot instituti (PSUEAITI) ning Xorazm paxtachilik ilmiy tajriba stantsiyasi dalalarida olib borildi va taxlil qilindi.

Tajriba davomida mahalliy bug‘doy nav navlarini bir xil agrotexnik tadbirlarni qo‘llagan sharoitda ekish me’yori bo‘yicha 4 mln, 5 mln, 6 mln dona unuvchan urug‘ hisobida har biri 3 ta takrorlanishda va 3 xil muddatda 20 sentyabr, 1 oktyabr va 10 oktyabrda ekildi.

Tahlil va natijalar. Tajribada sinalgan qadimiy mahalliy bug‘doy nav namunalarlaridan Boboki, Yakkabog‘ hamda Oq bug‘doy nav namunalari sovuqdan ko‘p nobud bo‘lganligi sababli poyalar soni Qizilsharq va Qoraqiltiq nav namunalariga nisbatan kam ekanligi aniqlandi.

Poyalar sonini ekish muddatlari bo‘yicha tahlil qilganda 20 sentyabr va 1 oktyabrda ekish me’yori 5 mln/ga variantlarda ko‘p ekanligi kuzatildi.

O‘rganilgan omillardan tuplanishga ekish muddatining ta’siri Qizilsharq va Qoraqiltiq nav namunalarida bashqa navlarga nisbatan sezilarli darajada ko‘p ekanligi kuzatilgan bo‘lsa, ekish muddatini kechikishi bilan tuplanish jarayonini kamayishi kuzatildi. Barcha navlarda eng ko‘p tuplashnish jarayoni birinchi va ikkinchi ekish muddatlarida gektariga 4-5 mln dona unuvchan urug‘ ekilganda kuzatildi.

Qadimiy bug‘doy nav namunalarining umumiy tuplashi va poyalar

qalinligiga ekish muddati va me’yorining ta’siri

Nav namunalar

Ekish

me’yo

rimln/

ga

Jami poyalar, dona/m2 Umumiy tuplanish

sentyabr

oktyabr

oktyabr

sentyabr

oktyabr

oktyabr

Boboki 4 475±13,2 450±13,

315±11,

2,40±0,1

2,3±0,1

1,8±0,0

5 563±14,4 552±14,

410±13,

2,3±0,12 2,3±0,1 1,8±0,0

6 401±12,1 406±10,

293±7,5 1,4±0,06 1,4±0,1 Qizilsharq 4 975±24,2 966±23,

705±16,

3.0±0,17 3,0±0,1

2,5±0,1

5 1137±28,

1167±30 904±25,

2,9±0,06 3,0±0,1

2.6±0,1

6 826±22,0 768±18,

494±14,

1,8±0,06 1,7±0,0

1,2±0,0 Yakkabog 4 450±14,4 427±13,

303±11,

2,3±0,09 2,2±0,0

1,7±0,0

5 539±22,5 535±20,

388±10,

2,2±0,06 2.2±0,0

1,7±0,0

6 376±10,3 372±8,7 295±7,5 1,3±0,04 1,3±0,0

Oq

bug‘doy

4 359±8,0 340±6,0 236±6,3 2,2±0,06 2,1±0,0

1,7±0,0

5 469±14,4 447±12,

251±6,4 2,3±0,06 2,2±0,0

1,6±0,0

6 317±9,8 286±6,3 208±4,6 1,3±0,02 1,2±0,0 Qoraqiltiq 4 966±26,6 937±25,

690±20,

3.0±0,06 2,9±0,0

2,5±0,0

5 1072±30,

1134±40 884±28,

2,8±0,06 3,0±0,0

2,6±0,1

6 806±26,5 758±27,

483±13,

1,8±0,03 1,7±0,0

1,2±0,0

Tajribalarimizda o‘rganilayotgan barcha navlarda uchala ekish muddatida ham ekish me’yori oshishi bilan tuplash unga teskari proportsional tarzda kamayib borishi kuzatildi. Umumiy tuplash ekish me’yori va muddatiga bog‘liq ravishda Qizilsharq va Qoraqiltiq nav namularida o‘rtacha farq hisobida 1,2 dan 3,0 gacha bo‘lgan bo‘lsa, Boboki, Yakkabog‘ hamda Oq bug‘doy nav namunalarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha farq hisobida 1,1 dan 2,4 gacha bo‘lganligi kuzatildi.

Xulosa. Hosilni yig‘ishtirishda mahsuldor poyalar soniga ekish me’yori va muddati ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. O‘rganilgan barcha navlarda ham maxsuldor poyalar soni ekish me’yori 5 mln/ga ekilganda oshganligi qayd qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Адамович А.М. Формирование урожая озимой пшеницы в зависимости от агроприёмов в условиях Латвийский: Автореф. дис....канд.с.х.-н.-Каупас, 1978.- 16 с. 2. Bobomirzaev P.X. Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarida bug‘doy ekish muddati va me’yorlarining don hosili va sifatiga ta’siri. Avtoref. ...dis.kand.s.-x.nauk.- Samarqand, 1998.19 b 3. Жаббаров Р.Д. Возделывание пшеницы при осеннем посеве в условиях Зарафшанского бассейна: Автореф. дис. канд.с.-х. н. - Самарканд, 1978. -16 с. 4. Ремесло В.Н. Агротехника пшеница.-М. 1976.-240 с. 5. Пруцков Ф.М. Повышение урожайности зерновых культур.-М.: Россельхозиздат, 1977. - 207 с. 6. Халилов Н.Х. Научные основы возделывания пшеницы осеннего посева на орошаемых землях Узбекистана. Автореф. дис. док. с-х-Самарканд,1994-47 с. 7. Ходжакулов Т.Х. Селекция кормовых сортов ячменя и мягкой пшеницы интенсивного типа особенности семеноводства и сортовой агротехники в орошаемой зоне Узбекистана. Автореф. дис.…док. с.-х. наук. - Санкт-Петербург, 1992. - 35 с. 8. Юрьев В.Я. Избранные труды. - М.:Колос, 1925. -310 с.

Текст распознан автоматически из PDF и может содержать неточности.